Последние посты

Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 сент., 17:52
❗️Endilikda hokimlar noqonuniy chiqargan normativ hujjati uchun sudda javob beradiHokimiyat qabul qilgan noqonuniy normativ-huquqiy hujjat o'sha hududdagi ko'plab fuqarolarning huquqlarini buzishi mumkin. Hozir bunday hujjat ustidan ma'muriy sudga shikoyat qilish imkoniyati mavjud emas. Endilikda fuqarolarga bunday hujjatlar ustidan bevosita sudga shikoyat qilish huquqi beriladi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube


Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 сент., 17:49
переслано из @oliysuduz
❗️Davlat organi huquqingizni buzgan, ammo sudga murojaat qilish muddati o'tib ketganmi? Endi buning yechimi bor...Qonunbuzilishni tan oldirish uchun sudga muddatsiz murojaat qilish taklif etilmoqda. Davlat organi tomonidan qo'pol qonunbuzilish sodir etilganini tan olishni so'rab, sudga muddatsiz murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. Bu imkoniyat odamlarni yillar davomida qiynab kelayotgan “da'vo qilish muddati” muammosining hal qilinishiga xizmat qiladi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube


Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 сент., 17:38
переслано из @oliysuduz
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida ma'muriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bag'ishlab o'tkazilgan taqdimot yuzasidan bayonotVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 сент., 12:03
Yirik ishlab chiqaruvchining huquqlari sud orqali himoya qilindiShavkatjon Abduxalikov, Andijon viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay’ati sudyasiBosh qomusimizga ko‘ra, har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli. Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi belgilangan.👉 BatafsilKanalga ulanish: @andijonviloyatisudlari


Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 сент., 10:48
Prezident Shavkat Mirziyoyev maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube




Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 сент., 06:30
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOTFuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudi sudyalari ishtirokida yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv-muloqotdan lavhaKanalga ulanish: @andijonviloyatisudlari
Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
22 сент., 05:55
SUDYA TUSHUNTIRADIOilada 4 nafar farzandmiz. Men ota-onam bilan birga yashab kelganman. Ota-onam vafot etgan, biroq vasiyatnoma qoldirmagan. Bunday holatda kimlar qonun bo‘yicha merosxo‘r hisoblanadi?Fuqarolik ishlari bo'yicha Qo'rg'ontepa tumanlararo sudining sudyasi Shohruh Ravshanov tushuntiradiKanalga ulanish: @andijonviloyatisudlari
Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
21 сент., 09:07
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudi tashabbusi bilan tuman Adliya bo‘limi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutasaddilari ishtirokida mehnat nizolarini oldini olishga qaratilgan seminar o‘tkazildiKanalga ulanish: @andijonviloyatisudlari
Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
21 сент., 07:38
SUDYALAR TUSHUNTIRADIAvval xabar berganimizdek, “Xalq bilan muloqot” jonli efir ko‘rsatuvida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalalari muhokama qilindi.Mazkur muloqotda jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi sudyalari tushuntirishlar berdi.Ko‘rsatuvning to‘liq sonini YouTube platformasida tomosha qilishingiz mumkin!Kanalga ulanish: @andijonviloyatisudlari
Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
21 сент., 05:41
SUDYA VA YOSHLAR UCHRASHUVIFuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudi sudyalari tomonidan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv-muloqot o‘tkazildi.Unda “Odil sudlov — 2030”: Yangi O'zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi toʻgʻrisidagi Prezident farmoni mazmun-mohiyati, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tushuntirishlar berildi.Shuningdek, bo‘lajak yuristlar bilan sud amaliyoti, sudyaning kasbiy faoliyati va yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.Kanalga ulanish: @andijonviloyatisudlari
Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
20 сент., 02:50
Умрини эл-юрт хизматига бахшида этган инсонлар доимо эъзоз ва эҳтиромга лойиқ. Шу маънода, Наманган вилоятининг Уйчи туманида туғилган Ҳалима Муҳитдинова ҳам узоқ йиллар суд-ҳуқуқ тизимида самарали фаолият олиб борган, ўз ҳаётини халқ хизматига бағишлаган фидойилардан эди. Устознинг номини абадийлаштириш, унинг ибратли ҳаётини ёшларга намуна қилиб кўрсатиш мақсадида Наманган шаҳрида Ҳалима Муҳитдинова таваллудининг 110 йиллигига бағишлаб тантанали тадбир ташкил этилди.Президент Администрацияси, Судьялар олий кенгаши, Конституциявий суд, Олий суд, Судьялар Ассоциацияси, Адлия вазирлиги раҳбарлари, шунингдек вилоятлардан келган суд фахрийлари иштирок этган хотира тадбири аввалида Тошкент давлат юридик университети ҳузуридаги Ҳалима Муҳитдинова номидаги академик лицейда суд-ҳуқуқ фидойисининг ҳаёти йўли, амалга оширган эзгу ишларига бағишланган тантанали маросим ўтказилди. У кишининг




Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
18 сент., 15:47
Bugun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Robaxon Maxmudova Seul shahrida bo'lib o'tayotgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari Oliy sud raislari XX-konferensiyasining arbitraj istiqbollari masalariga bag'ishlangan sessiyasida ma'ruza qildi.Singapur, Tailand va Turkiyadan tashrif buyurgan hamkasblar bilan birgalikda o'tkazilgan mazkur sessiyada so'z olgan O'zbekiston Oliy sudi raisi “zamonaviy arbitraj tobora murakkablashib bormoqda, shu sababli, arbitraj va davlat sudlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar aniqroq funksional chegaralanishni talab qiladi”, deya ta'kidladi.Xususan, davlat sudlari va arbitraj o'rtasidagi tanlov sifatida emas, balki transchegaraviy nizolarni hal etishda arbitrajning mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan zamonaviy tizim talabi sifatida qarash lozimligi bildirildi.R. Maxmudova mamlakatimizning bu boradagi tajribasi bilan bo'lishar ekan,
Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
18 сент., 15:47





Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
18 сент., 12:57
Shartnoma shartlariga rioya qilish — majburiyat!Kanalga ulanish: @andijonviloyatisudlari
Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
17 сент., 14:18
YANGI SUDYALAR QASAMYOD QABUL QILDIBugun bo'lib o'tgan Oliy sud Plenumining majlisida ayrim jinoyat va fuqarolik ishlari bo'yicha tuman va tumanlararo hamda tumanlararo iqtisodiy va ma'muriy sudlarga ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlangan sudyalarning qasamyod qabul qilish marosimi o'tkazildi.Majlisda Sudyalar oliy kengashining 2026 yil 16 sentyabrdagi qaroriga mufoviq sudyalik lavozimda bo'lishning birinchi besh yillik muddatiga tayinlangan 17 nafar sudyaning qasamyodi eshitildi.Tadbirda ishtirok etgan sudyalarning yaqinlari ularga ezgu tilaklarni bildirdi.Qasamyod qabul qilgan yangi sudyalarga sudyalik guvohnomalari bilan birga "Sudyalar odobi kodeksi" topshirildi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube




Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
17 сент., 12:45
Bugun Seul shahrida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari Oliy sud raislarining XX-konferensiyasi o'z ishini boshladiXalqaro anjumanning kun tartibidan sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlash, sud tizimi va yuridik amaliyotda sun'iy intellekt texnologiyalardan foydalanish hamda sud-huquq sohasiga oid boshqa dolzarb masalalar o'rin olgan.Qariyb 40 ta davlatning oliy sud organlari rahbarlari va vakillari qatnashayotgan konferensiyada O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Robaxon Maxmudova ham ishtirok etmoqda.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube




Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
17 сент., 08:05
Andijon viloyat ma'muriy sudi tashabbusi bilan Davlat kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasida o'tkazilgan seminar tafsilotlariKanalga ulanish: @andijonviloyatisudlari
Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
17 сент., 04:31
“ODIL SUDLOV - 2030” STRATEGIYASIYangi O'zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etishga qaratilgan Prezident farmoni mazmun-mohiyati haqida Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi raisining o'rinbosari Begzod Satvaldiyev hamda shu sudning sudyasi Ilhom Hayitov so‘z yuritadiKanalga ulanish: @andijonviloyatisudlari
Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
16 сент., 15:30
РАСМИЙ АХБОРОТ!Ўзбекистон Республикаси Судьялар олий кенгашининг 2026 йил 16 сентябрдаги қарорларига асосан 2 нафар судья ўн йиллик муддатга, 2 нафар судья муддатсиз даврга, 13 нафар судья судьялик ваколати муддати даврига қайта тайинланди, 17 нафар номзод судьялик лавозимида бўлишнинг биринчи беш йиллик муддатига тайинланди.Шунингдек, 4 нафар судья судьялик лавозимидан озод этилди.Судьялар олий кенгашининг қарори билан https://qaror.sjco.uz/ платформасида танишиш мумкин.Каналга уланиш: @sudyalaroliykengashi


Andijon viloyati sudlari | Rasmiy kanal
16 сент., 09:34
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining joriy yil 15 sentyabr kuni bo'lib o'tgan navbatdagi majlisida “Sudyaning maqomi to'g'risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o'qishda muhokama qilindiKanalga ulanish: @andijonviloyatisudlari
