Последние посты

Asosiy Aktiv
22 сент., 14:33
Anorbank ta'sischisi atrofidagi mojarolar: Bank va Markaziy bank munosabatiSo'nggi kunlarda xorijiy OAVlarda "Anorbank" xususiy banki ta'sischilaridan biri Qahramonjon Olimov (bankning 49,4% aksiyalariga egalik qiladi) haqida turli xabarlar tarqalmoqda.The Insider nashri yozishicha, 2025-yilda Fransiyada o'g'irlab ketilganini aytgan Olimov endi o'zi ham odam o'g'irlashda ayblanib, O'zbekistonda xalqaro qidiruvga berilgan bo'lishi mumkin.Nashr manbasiga ko'ra, u o'zini o'g'irlab ketish holatini sobiq ish beruvchisi Botir Rahimovga qarshi fitna sifatida uyushtirgan bo'lishi mumkin. Rahimov esa avvalroq Olimovni biznes aktivlarini talon-toroj qilganlikda ayblab, 200 million dollardan ortiq tovon talab qilgan.Ushbu xabarlar fonida "Anorbank" rasmiy bayonot berib, bu masalaning bank faoliyati, kapitali yoki boshqaruviga hech qanday aloqasi yo'qligini, bu shaxsiy ish ekanligini
Asosiy Aktiv
22 сент., 14:17изменён
Jurnalistika va biznes tahlillarga qiziqadigan 19-23 yosh oralig’idagi ko’zi yonib turgan rus va ingliz tilini yaxshi biladigan 4 nafar yoshga internship taklif qilamiz.2 nafarini o’zimizga olib qolamiz!• Ofis: Yunusobod tumani, Toshkent shahridaAloqa uchun: @duran_tv
Asosiy Aktiv
22 сент., 09:02изменён
Latviya Usmonov va Fridmandan sanksiyalarni olib tashlashga veto qo‘ydiLatviya hukumati rossiyalik milliarderlar Alisher Usmonov va Mixail Fridmanga nisbatan Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini bekor qilish rejasini blokladi. Riga bu ikki shaxsni ro‘yxatdan chiqarish evaziga qolgan barcha cheklovlarni uch yilga uzaytirish bo‘yicha kelishuvni rad etdi. Oqibatda YeI amaldagi cheklovlarni faqat yetti kunga uzaytirishga majbur bo‘ldi. Agar yakuniy murosaga erishilmasa, 2600 dan ortiq shaxs va kompaniyalarga qarshi butun sanksiyalar rejimi xavf ostida qoladi.Usmonov va Fridmandan cheklovlarni olib tashlashni Fransiya hamda Slovakiya yoqlamoqda. Parijning pozitsiyasi Ozarbayjonda hibsga olingan fransuz fuqarolarini ozod qilish bo‘yicha Boku bilan kelishuvga bog‘liqligi taxmin qilinmoqda.Latviya esa urush davom etayotgan sharoitda Moskvaga bosimni susaytirish Yevropa Ittifoqining zaifligini


Asosiy Aktiv
22 сент., 08:04изменён
Delta Armanistondan 35,5 mlrd so'm qarz jalb qildiOchiq korporativ ma'lumotlar bazasida e'lon qilingan 20-sonli muhim faktga ko'ra, kompaniya Armaniston Respublikasining Yerevan shahrida joylashgan "Inecobank CJSC" moliya institutidan katta miqdorda qarz mablag'larini jalb etish bo'yicha kelishuvga erishgan.Moliyaviy ko'rsatkichlar tahlili shuni ko'rsatadiki, jalb etilayotgan kredit liniyasining umumiy hajmi aniq 35 518 770 000 so'mni tashkil etadi. E'tiborli jihati shundaki, bitim tuzilishidan oldingi chorak yakunlariga ko'ra, emitentning sof aktivlari qiymati 106 465 917,8 ming so'm darajasida qayd etilgan. Demak, bitta moliyaviy operatsiya orqali jalb qilingan ushbu qarz majburiyati kompaniya umumiy sof aktivlarining 33,4 foizini tashkil qilmoqda.Batafsil: https://asosiy.net/uz/n/09227389


Asosiy Aktiv
22 сент., 05:53
O'zbekiston kapital bozori hajmi 25 mlrd dollardan oshdi.O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozori so‘nggi ikki yil ichida keskin o'sib, uning kapitallashuvi uch barobarga ko'paydi va 25 milliard dollardan oshdi. Birjadan tashqari bozor aylanmasining 40 barobar sakrashi shunchaki miqdoriy o'zgarish emas, balki tizimning chuqur tarkibiy transformatsiyasidan darak beradi.Bozor infratuzilmasini xalqaro darajaga olib chiqish maqsadida milliy brokerlar va investitsiya institutlari Gonkong, London va Frankfurt kabi global moliya markazlari bilan integratsiyalashmoqda.Batafsil: https://asosiy.net/uz/n/09225452


Asosiy Aktiv
21 сент., 17:23
Birjada propan narxi ikki kunda 65% ga qimmatladiO'zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida propan narxi ikki kun ichida 65 foizga oshib, tarixiy maksimumni yangiladi. 16-sentabrda bir tonna uchun narx 7,412 mln so'mni tashkil qilgan bo'lsa, 18-sentabrda 12,217 mln so'mga yetdi.Narxning keskin o'sishi Raqobat qo'mitasi tomonidan birja savdolarida suyultirilgan gaz narxi o'sishiga qo'yilgan cheklovning bekor qilinishi bilan bog'liq. Garchi ishlab chiqaruvchilar uchun boshlang'ich narx 7,5 mln so'mdan oshmasligi kerakligi haqidagi cheklov saqlanib qolgan bo'lsa-da, savdo jarayonidagi yakuniy narxning o'sishi endi cheklanmaydi. O'zgarishlar fonida propanning birjadagi savdo hajmi ham 67,2 foizga o'sib, 1114 tonnani tashkil etdi.@asosiy_aktiv


Asosiy Aktiv
21 сент., 16:05
Sotuvga tayyorlanayotgan yana bir yirik davlat aktivi ma’lum. Bu Uztelecom@asosiy_aktiv
Asosiy Aktiv
21 сент., 15:16изменён
AQSh Belarusdan o'g'it xarid qilish bo'yicha bitim tuzmoqdaAQSh prezidenti Donald Tramp o'zining "Truth Social" ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida Amerika Qo'shma Shtatlari Belarusdan kaliyli o'g'itlar xarid qilish bo'yicha yirik bitim ustida ish olib borayotganini ma'lum qildi.Trampning so'zlariga ko'ra, xarid narxi hozirda Kanadaga to'lanayotgan qiymatdan sezilarli darajada past bo'ladi va bu amerikalik fermerlar hamda chorvadorlar uchun juda ijobiy yangilikdir.Eslatib o'tamiz, joriy yilning mart oyida AQSh rasmiylari "Belaruskaliy" va uning eksport treyderi — Belarus kaliy kompaniyasi shuningdek, BKKning "Agrorozkvit" sho'ba korxonasi va ularning 50 foizdan ortiq ulushga ega bo'lgan barcha filiallaridan sanksiyalarni to'liq olib tashlagan edi.AQSH ga “foydali” bo’lsang bo’ldi, sanksiyalar ham yechiladi@asosiy_aktiv


Asosiy Aktiv
21 сент., 13:40изменён
Yevropaning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi Volkswagen chuqur operatsion inqiroz fonida 50 mingga yaqin ish o'rnini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Ushbu radikal qaror butun Germaniya bo'ylab avtosanoat ishchilarining keng ko'lamli norozilik namoyishlarini keltirib chiqardi. Hozirda Volkswagen va BMW xodimlari ish o'rinlarini saqlab qolish talabi bilan ko'chalarga chiqqan bo'lsa, yirik butlovchi qismlar yetkazib beruvchi Bosch kompaniyasi ham shtatni qisqartirish va qator ishlab chiqarish zavodlarini yopishga tayyorgarlik ko'rmoqda.Sanoat kasaba uyushmalari hukumatdan Yevropa avtomobil bozorini Xitoyning arzon elektromobillari ekspansiyasidan qat'iy himoya qilishni hamda ichki bozorda avtoparkni yangilashni qo'llab-quvvatlovchi samarali davlat dasturlarini zudlik bilan ishga tushirishni talab qilmoqda.@asosiy_aktiv


Asosiy Aktiv
21 сент., 12:23
Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandiMarkaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko'ra, Ramzan Qodirov Checheniston rahbari saylovlarida 99,85 foiz ovoz bilan munosib g'alaba qozondi. "Yedinaya Rossiya" partiyasidan ilgari surilgan Qodirovning raqiblari — Ismoil Denilxanov va Xolid Nakayevlarning har biri atigi 0,05 foizdan ovoz yig'ishga muvaffaq bo'ldi.2007-yildan buyon respublikani uzluksiz boshqarib kelayotgan rahbar aprel oyida Vladimir Putinning to'liq qo'llab-quvvatlashiga erishgan edi. Iyul oyida u siyosiy poygadagi ishtirokini "majburiyat" hamda xalq ishonchini oqlash yo'lidagi ulkan mas'uliyat deb atagan.@asosiy_aktiv


Asosiy Aktiv
21 сент., 10:36
UzAuto Motors xususiylashtirilishi: General Motors uchun eksklyuziv huquqlar bekor qilind!O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatida kutilayotgan eng yirik xususiylashtirish jarayoni mutlaqo ochiq raqobat tamoyillari asosida o‘tkaziladi. Hukumat ushbu strategik aktivni sotishda hech bir kompaniyaga, jumladan ko'p yillik hamkor hisoblangan Amerikaning General Motors korporatsiyasiga ham ustuvor huquq yoki maxsus preferensiyalar bermasligini qat'iy ma'lum qildi.Xususan, hozirgi jarayonlarga global miqyosda inqirozni boshqarish va korporativ qayta qurish bo'yicha yetakchi bo'lgan Alvarez & Marsal maslahat kompaniyasi mas'ul etib belgilangan.Batafsil: https://asosiy.net/uz/n/09216520


Asosiy Aktiv
21 сент., 08:45изменён
O'zbekiston Prezidenti Putinni Duma saylovlari yakuni bilan tabrikladiMarkaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilovaning ma'lum qilishicha, protokollarning 95,18 foizi qayta ishlanganidan so'ng, "Yagona Rossiya" partiyasi partiya ro'yxatlari bo'yicha 57,83 foiz ovoz to'pladi va 208 ta bir mandatli saylov okrugida g'alaba qozonmoqda.Shuningdek, KPRF (Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi) 13,81 foiz ovoz bilan ikkinchi o'rinda va 5 ta bir mandatli okrugda yetakchilik qilmoqda. LDPR 8,98 foiz ovoz va 2 ta bir mandatli okrug, "Yangi odamlar" partiyasi esa 7,96 foiz ovoz yig'ib, hozircha birorta ham bir mandatli okrugda g'alaba qozonmagan. "Adolatli Rossiya" partiyasi esa partiya ro'yxatlari bo'yicha 4,96 foiz ovoz to'plab, hozircha Davlat Dumasiga kirmayapti, biroq 4 ta bir mandatli okrugda g'alaba qozonmoqda.Batafsil: https://asosiy.net/uz/n/09212140


Asosiy Aktiv
21 сент., 06:08изменён
O'zbekiston avtobozorida savdo 17 foizga quladiO'zbekiston avtomobil bozorida talab ketma-ket pasayishda davom etib, 2026-yilning avgust oyida o'tgan yilning mos davriga nisbatan 17,2 foizga qisqardi va jami 37 798 ta yangi avtomobil sotildi. Sakkiz oylik yakunlarga ko'ra, umumiy savdo hajmi 248 711 donani tashkil etib, 2025-yilga nisbatan 5,9 foizlik pasayish qayd etildi. Garchi bozor yetakchisi UzAuto Motors avgust-sentabr oylarida Chevrolet Cobalt modeli uchun narxlarni 10-15 million so'mga arzonlashtirib, foizsiz muddatli to'lovlarni joriy etgan bo'lsa-da, bu chora faqatgina mazkur modelning o'tgan yilgi savdo ko'rsatkichini (12 245 dona) saqlab qolishga xizmat qildi, xolos.Batafsil: https://asosiy.net/uz/n/09215520


Asosiy Aktiv
21 сент., 04:39изменён
Maseratti ham Xitoy brendiga aylanadimi ?Maserati brendini qayta tiklash maqsadida Xitoyning Huawei va JAC Motors kompaniyalari bilan hamkorligi qog'ozdagi loyihadan aniq harakatlarga ko'chmoqda."Future Cars Daily" nashrining sanoat manbalariga tayanib xabar berishicha, Italiyaning nufuzli avtomobil ishlab chiqaruvchisi ikkita yangi elektromobil modelini: o'rta va yirik o'lchamdagi sof elektrik SUV hamda yirik sof elektrik GT (GranTurismo) modellarini ishlab chiqarish rejasini yakunlagan.Ushbu avtomobillar Xitoy bozorida "Maextro" brendi ostida sotiladi, jahon bozorlarida esa mashhur Maserati nishonini saqlab qoladi.Batafsil: https://asosiy.net/uz/n/09214164@asosiy_aktiv


Asosiy Aktiv
20 сент., 13:21изменён
Aksariyat iste’molchilar Jahon Savdo Tashkilotiga a’zolik avtomatik ravishda bojxona to‘lovlarining bekor qilinishiga, arzon xorijiy avtomobillar oqimining kirib kelishiga va amaldagi milliy avtosanoat monopoliyasining barham topishiga olib keladi, degan chuqur ishonchda. Biroq xalqaro savdo arxitekturasi va Jahon savdo tashkilotining fundamental qoidalari chuqur tahlil qilinsa, reallik mutlaqo boshqacha ssenariy asosida rivojlanishi oydinlashadi.Jahon savdo tashkiloti a’zo davlatlardan faqatgina bevosita bojxona tariflari (import bojlari) bo‘yicha maksimal chegarani belgilashni va uni bosqichma-bosqich pasaytirishni talab qiladi. Ammo tashkilot qoidalari davlatlarning ichki soliq siyosatiga, xususan, ekologik soliqlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i va turli xil notarif to‘siqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralasha olmaydi.Davlat o'zini qanday himoya qiladi? (To'liq o'qib chiqing)Batafsil:


Asosiy Aktiv
20 сент., 08:34изменён
Hindiston Qishloq xo'jaligi va fermerlar farovonligi vazirligi O'zbekistondan yangi uzilgan anor hamda achchiq qalampir importiga rasman ruxsat berdi.Tegishli qaror hukumatning rasmiy gazetasi — "Gazette of India"da chop etilib, kuchga kirdi. Mazkur kelishuv mahalliy agrotadbirkorlar va eksportchilar uchun dinamik rivojlanayotgan va ulkan Hindiston bozoriga to'g'ridan to'g'ri chiqish yo'lini ochadi.Yetkazib berish jarayoni qat'iy fitosanitariya va xavfsizlik standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.O'z navbatida, javob chorasi sifatida O'zbekiston ham Hindistondan ananas va papayya importi uchun xuddi shunday "yashil yo'lak" taqdim etish jarayonini jadallashtirmoqda.@asosiy_aktiv


Asosiy Aktiv
20 сент., 06:28
O‘zbekiston to‘lov tizimi yetakchisi "Paynet" o‘zining sho‘ba korxonasi bo‘lgan "FurtherIT" orqali "GOINVEST" investitsiya kompaniyasidagi ulushini 33,14 foizdan 51 foizgacha oshirib, kompaniyaning nazorat paketini to‘liq qo‘lga kiritdi.Dastlab 18-avgust kuni kiritilgan 17,2 milliard so‘mlik investitsiya ortidan bitimning ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Mazkur strategik kelishuv Paynet guruhining kuchli fintech infratuzilmasini GOINVEST hamda KAP DEPO tajribasi bilan birlashtirishga xizmat qiladi.Integratsiya doirasida aholi uchun kapital bozoriga raqamli kirish imkoniyatlarini yaratish, yangi investitsiya instrumentlarini taqdim etish va xalqaro bozorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkonini beruvchi masofaviy brokerlik xizmatlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.@asosiy_aktiv


Asosiy Aktiv
19 сент., 17:57
AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) xodimlari Nyu-Jersi shtatida noqonuniy ravishda yashab kelayotgan ikki nafar O'zbekiston fuqarosini hibsga oldi.Rasmiy xabarlarga ko'ra, 23-avgust kuni Hamilton shahrida Xayrullo Fayzullayev ismli shaxs qo'lga olingan bo'lib, u mamlakatda noqonuniy maqomda bo'lishiga qaramay, Pensilvaniya shtatining tijorat haydovchilik guvohnomasiga (CDL) ega bo'lgan.Ayni shu kuni Vudbrij shahrida Zohid Zohidov ismli yana bir muhojir ushlangan.Nyu-York tijorat haydovchilik ruxsatnomasiga ega bo'lgan ushbu shaxs avvalroq mast holda avtomobil boshqargani (DUI) uchun sudlangani hamda unga nisbatan yanvar oyidan buyon jismoniy jarohat yetkazish niyatida qilingan hujum va shilqimlik bo'yicha ochiq ayblovlar mavjudligi ma'lum qilingan.Hozirda har ikki shaxs ICE nazoratida saqlanmoqda va ularni AQShdan deportatsiya qilish jarayoni kutilmoqda.Eng yom



Asosiy Aktiv
19 сент., 15:38изменён
2025–2026 yillarda O‘zbekistondagi 170 ta oliy ta'lim muassasasini tamomlagan 249,4 ming nafar yoshning 83 foizi ish bilan ta'minlandi.Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi tomonidan e'lon qilingan "Bitiruvchilar sifati indeksi"ga ko'ra, eng yuqori bandlik ijtimoiy fanlar yo'nalishida (84%), eng past ko'rsatkich esa tibbiyotda (75%) qayd etilgan.Bu har to'rtinchi tibbiyot bitiruvchisi ishga kira olmaganini anglatadi.Garchi qizlar ishga joylashish darajasi bo'yicha yigitlarni ortda qoldirgan bo'lsa-da (85,1% ga qarshi 80,4%), daromad masalasida keskin farq saqlanib qolmoqda: yigitlarning o'rtacha maoshi 6 million so'mni, qizlarniki esa 3,9 million so'mni tashkil etgan.Umumiy bitiruvchilar o'zining birinchi ishini topishi uchun o'rtacha 2 oy-u 27 kun vaqt sarflagan. Hududlar kesimida 62,5 ball bilan Navoiy viloyati yetakchilik qilmoqda.@asosiy_aktiv


Asosiy Aktiv
19 сент., 11:36
Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O'zbekistonga 18 ta davlatdan jami 47,6 million dollarlik 39,8 ming tonna tovuq go'shti import qilingan.Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 25 foizga yoki 7,9 ming tonnaga keskin oshganini ko'rsatmoqda. Bozorning asosiy qismini Turkiya (10,2 ming tonna) va Rossiya (7,2 ming tonna) egallagan bo'lsa, Xitoy, Belarus hamda AQSh ham yirik yetkazib beruvchilar qatoridan mustahkam joy oldi.Ichki bozorda oziq-ovqat iste'molining jadal ortib borayotgani ushbu import hajmining keskin o'sishiga asosiy omil bo'lmoqda.@asosiy_aktiv

