gram news
Аватар канала KOINOT SIRLARI

KOINOT SIRLARI

@astronomiya

🏛 Bu sahifa O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti ilmiy hodimlari tomonidan yuritilMayapti🏛 Sahifa maʼmuriyati: 👤

2,790подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • KOINOT SIRLARI

    1 сент., 08:05изменён

    Mustaqillikning 35 yilligi bilan barchani tabriklayman
    Иллюстрация к посту канала KOINOT SIRLARIИллюстрация к посту канала KOINOT SIRLARI
    5151292111Открыть в Telegram
  • KOINOT SIRLARI

    1 сент., 07:34

    Yangi yulduz chaqnashi kuzatuvlariChaqnash biroz noqulay sanalarga mos keldi. Chaqnash qayd etilganidan keyin hatto 60 cm li kichik teleskop uchun ham bu obekt juda ravshanlik qildi, 2 sekundlik ekspozitsiyada ham saturatsiya ( bu chelakka suv tolib toshganda, suv hajmini olchab bolmay qoladigan holat kabi kamera detektorlarida elektronlar yacheykalari tolib qolishi) kuzatildi. Keyingi kunlarda eaa Tolin oy sababa teleskop vaqtincha dam oldi. Kecha esa yana kuzatuvlar tiklandi.NSge2026 ESO Arxiv tasviri va Kecha Maidanak observatoriyasidagi 60 cm li teleskopda olingan tasviri. Rasmda Nova yulduz qanchalik ravshanlashganini ko'rish mumkin. (Aslida bu chaqnashdan deyarli 1 hafta o'tgach xiralashgandagi ravshanligi)
    Иллюстрация к посту канала KOINOT SIRLARIИллюстрация к посту канала KOINOT SIRLARIИллюстрация к посту канала KOINOT SIRLARI
  • KOINOT SIRLARI

    26 авг., 13:24изменён

    Yulduz chaqnadi (Nova Sge 2026)25-avgustdan 26-avgustga o'tar kechasi Arrow ( o'q) yulduz turkumida yulduz chaqnadi. Uning chaqnashdan avvalgi yulduz kattali 19 mag bo'lgan, juda xira yulduz.Simbad bazasidagi malumotlarga ko'ra bu yulduz aslida qo'shaloq yulduz bo'lib, ulardan biri chaqnagan va 8 mag yulduz kattaligiga erishgan.Oddiy ko'z bilan bu obektni chaqnash vaqtida ham ko'rib bo'lmas edi. Lekin kichik teleskopda bu obektni hozir topish mumkin.Bugun shu obektni kuzatishga harakat qilamiz lekin u bizning teleskoplar uchun juda ravshan. shu sababli juda kichik ekspozitsiya bilan kuzatishga harakat qilamizObject name: N_Sge2026Position (J2000): RA 19:45:06.49 Dec +18:22:42.2′
    Иллюстрация к посту канала KOINOT SIRLARIИллюстрация к посту канала KOINOT SIRLARI
    8511031Открыть в Telegram
  • KOINOT SIRLARI

    14 авг., 10:28изменён

    Maidanak observatoriyasiga o'rnatilgan AllSkyCamera tasvirlariMaidanak osmoni (kecha tungi holati) AZT-22 teleskopi tunda ishlayotgani tasvirlarda ko'rinadi. Meteor yomg'iri ham ko'ringanAsl video 2.2 GB edi, men imkon qadar fayl hajmini kamaytirdim
    1,300видео154Открыть в Telegram
  • KOINOT SIRLARI

    13 авг., 09:56

    Kechagi Quyosh tutulish hodisasi lavhasiHuddiki ufqda Qora tuynuk ko'rina boshlagandek😌@astronomiya
    1,380видео1132Открыть в Telegram
  • KOINOT SIRLARI

    13 авг., 08:36изменён

    Kecha juda ajoyib astronomik hodisalalar sodir bo'ldi. Lekin internetda tarqalayotgan videolar SI yordamida yaratilgani sezilyapti
    1,120311Открыть в Telegram
  • KOINOT SIRLARI

    13 авг., 03:04

    Meteor yomgʻirini shunchaki rasmga olish biroz qiyin, fotokamerani uzunroq va ketma-ket ekspozitsiya holatiga moslab, tasvirga olib, birlashtirish orqali holatni tasavvur qilish mumkin. Biroq bu hodisalarni bevosita koʻz bilan kuzatmoq (ayniqsa Maydanak observatoriyasida) insonga oʻzgacha zavq bagʻishlaydi. Bu holat huddi qarmoqqa baliq ilinishini poylab oʻtirgan baliqchining baliq tutgandagi holatiga qiyoslash mumkin.
    Иллюстрация к посту канала KOINOT SIRLARIИллюстрация к посту канала KOINOT SIRLARI
  • KOINOT SIRLARI

    12 авг., 16:20

    Makka va Sharm el Sheyx rosa qimmat bolsa kerak keyingi yil yozga😝
  • KOINOT SIRLARI

    12 авг., 16:19изменён

    Ex xe yana 34-yil. Shuncha kop kutishni hohlmasangiz keyingi yil 2-avgustda Misr yoki Makkaga boring. U yerdan albatta korinadi keyingi yil
  • KOINOT SIRLARI

    12 авг., 16:16изменён

    To'liq Quyosh tutilishi joriy yil 12-avgustda sodir bo'ladi. To'liq Quyosh tutilishi Greenlaniya, Islandiya, Portugaliya va Shimoliy Isplaniyadan ko'rinadi. 2027-yil 2-avgustda esa Misr, Makka va boshqa davlatlardan ko'rinadi. Agar 2027-yil 2-avgustda Makkada
    1,1505421Открыть в Telegram
  • KOINOT SIRLARI

    12 авг., 07:33

    12-avgustdagi To'liq Quyosh tutilishi O'zbekistondan ko'rinmaydiRasm SI yordamida tayyorlandi
    Иллюстрация к посту канала KOINOT SIRLARIИллюстрация к посту канала KOINOT SIRLARI
    1,060831Открыть в Telegram
  • KOINOT SIRLARI

    12 авг., 07:28изменён

    Yuqoridagi rasmning asli "Somon yo'li galaktikasi markazi" nomli rasm
    919файл73Открыть в Telegram
  • KOINOT SIRLARI

    12 авг., 07:22изменён

    Somon yo'li galaktikasining markazi Rasm haqida: Muallif: Asfandiyarov Ildar Joy: Maidanak observatoriyasi, Qashqadaryo viloyati, O'zbeksiton. Izoh: Rasmda Sharqiy 60 sm diametr ko'zguli Zeiss-600 teleskopi joylashgan astronomik gumbaz. Orqa fonda esa bizning galaktika yaqqol ko'rinadi
    879файл81Открыть в Telegram
  • KOINOT SIRLARI

    11 авг., 02:58

    MARKAZIY OSIYO GEOGRAFIYASI - KOINOTDAMarkaziy Osiyo geografik nomlarining Asteroidlarga berilganlarini ko'rib chiqamiz.1. O'zbekistondan 3 ta: (1351) Uzbekistania, (210271) Samarkand, (22948) Maidanak; 2. Qozog'istondan 2 ta: (2178) Kazakhstania, (2700) Baikonur; 3. Tojikistondan 2 ta: (2469) Tadjikistan, (2746) Hissao; 4. Qirg'izistondan 1 ta: (2566) Kirghizia; 5. Turkmanistonda 1 ta: (2584) Turkmenia;Ushbu 9 ta asteroidning 7 tasi (Uzbekistania, Kazakhstania, Baikonur, Tadjikistan, Hissao, Kirghizia, Turkmenia) Qrimdagi observatoriyalarda turli yillarda kashf qilingan.Qolgan 2 tasi: (22948) Maidanak - AQSHda, (210271) Samarkand esa - O'zbekistondagi Maidanak observatoriyasida kashf qilingan.🔭 @Astronom_Kamoliddin_Ergashev
    Иллюстрация к посту канала KOINOT SIRLARIИллюстрация к посту канала KOINOT SIRLARI
  • KOINOT SIRLARI

    10 авг., 15:42изменён

    12-avgust Perseid meteor yomg'iri
    1,130видео1441Открыть в Telegram
  • KOINOT SIRLARI

    7 авг., 10:53

    Chaqnash...Bugun Maidanak observatoriyasida tong otishi bilan rasmdagi galaktikada chaqnash aniqlanganligi haqida xabarnoma chiqdi, Hozir estafeda bo'yicha Yerdagi teleskoplar kuzatib yotibdi bu obektni, bugun ob havo yaxshi bo'lsinda. Rasmdagi maydon o'lchami taqriban 1 yoy minut kvadrat. Obektning qizilga siljishi z = 0.089.Nega bu haqida yozyapman. Iyul oyida 10 taga yaqin gamma chaqnash qayd etildi, ularning deyarli hammasi janubiy yarim shardan ko'rinadi holos. Men esa yangi chaqnashi hammadan birinchi kuzatish uchun tuni bilan xabarlarni kutib o'tirsam, mana shunaqa ishlar bo'lyapti.
    Иллюстрация к посту канала KOINOT SIRLARIИллюстрация к посту канала KOINOT SIRLARI
    1,310141011Открыть в Telegram
  • KOINOT SIRLARI

    2 авг., 08:41

    https://youtu.be/tqUka1oHYAU?si=pvmk9XgMadnxQ4kP
    YouTubeKoinotda yolg‘izmizmi? O‘zbekiston astronomi javob beradiKoinotda milliardlab galaktikalar, yulduzlar va sayyoralar mavjud. Shunday bo‘lsa, nega biz hali Yerdan tashqaridagi hayotning aniq izini topmadik? Nega osmon jim? “Sirli dunyo” podkastining ilk sonida fizika-matematika fanlari nomzodi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi…
  • KOINOT SIRLARI

    27 июл., 13:21

    Ertaga to'lin Oyni kuzatmoqchi bo'lganlar bormi?
    1,8402852Открыть в Telegram
  • KOINOT SIRLARI

    26 июл., 05:00изменён

    Andromeda galaktikasi qachon ko'rinadi?Andromeda galaktikasini bugun tunda ham ko'rish mumkin. Albatta nisbatan kattaroq teleskop bilan shahardan tashqari yorug'lik nurlari halal bermaydigan joydan turib kuzatish tavsiya etiladi.Andromeda galaktikasi Persey yulduz turkumi bilan yonma-yon. Shu sababli 13-avgust sanasida Adromenda galaktikasini ham osmondan qidirib ko'rish uchun yetarli vaqt topish mumkin.P.S. Hulkar yulduz to'dasini (Pleiades yoki "yetti opa singil") oddiy ko'z bilan ham oson topish mumkin (Toshkent markazidan ham ko'rinadi).
    Иллюстрация к посту канала KOINOT SIRLARIИллюстрация к посту канала KOINOT SIRLARI
    1,9108411Открыть в Telegram
  • KOINOT SIRLARI

    25 июл., 16:14

    Avgust oyida ro'y beradigan astronimk hodisalar2-avgust: Merkuriyning g'aribiy elongatsiyasi Ertalab Quyosh chiqishidan avval osmonning sharqiy qismida Merkuriy yaxshi ko'rinadi. O'zbeksitondan ko'rish mumkin, yorqin yulduz bo'lib ko'rinadi.12-avgust: To'liq Quyosh tutilishi Rossiyaning shimoliy hududlari, Greenlandiya, Islandiya, Ispaniya hududlaridan ko'rniadi. Alyaska, Kanada, Afrikaning g'arbiy hududlari va AQShning shimoliy hududlaridan qism tutilish ko'rinadi. O'zbeksiton hududidan ko'rinmaydi.12-13-avgust: Perseid meteor yomg'iri. Bir soat ichida 60 ta gacha meteorning atmosferaga kirib yonoshini ko'rish mumkin. 1862-yil kashf etilgan Swift-Tuttle kometasining qoldiqlari Yer atmosferasiga kirib, xalq tilida "yulduz uchishi" ni hosli qiladi. Bus jismlar atmosferaning yuqori qisminida yonib tugaydi, yergacha yetib kelmaydi. Hodisa aslida 17-iyuldan 24-avgustgacha davom etib,
    1,410521Открыть в Telegram