Последние посты

Best Facts
3 сент., 07:08
Abbos Bahodur — Amir Temurning safdoshi, yirik lashkarboshi. Jeta mo‘g‘ullariga qarshi kurashda faol qatnashgan. Abbos Bahodur Jangi loyda Amir Temur cherikining markazida turib, katta jasorat ko‘rsatgan. 1370 yil amir Xusayn bilan bo‘lgan so‘nggi jangda Amir Temur tarafida jang qilib, ko‘p bahodirlik ko‘rsatgan. 1370 yil 9 aprelda amir Xusayn ustidan to‘la g‘alabaga erishilgach, Amir Temur Abbos Bahodurga boshqa yirik lashkarboshilari qatorida amiri lashkar harbiy unvonini bergan. Abbos Bahodurning yoshi Sohibqironga nisbatan ulug‘roq bo‘lgan bo‘lsa kerak, chunki u 1385 yilgacha bo‘lgan harbiy yurishlarda faol qatnashib, shu yildan e’tiboran ko‘proq o‘g‘ruqda qoldirilgan. Xususan u 1386 yil boshlangan «uch yillik yurish»da ishtirok etmay, Samarqandda «Movarounnahr viloyatining zabti uchun» qoldirilgan. 1387 yil oxirida To‘xtamishxon Movarounnahrga bostirib kelganida u bilan O‘trordan 5
Best Facts
30 авг., 12:41
Kokatrisa — Yevropa afsonalari va oʻrta asrlar mifologiyasidagi dahshatli afsonaviy mahluq boʻlib, u ajdarho va xoʻrozning gibrid koʻrinishiga ega.@Best_facts1


Best Facts
29 авг., 17:20
Patsi - hayvonlar uchun Oskar mukofoti.@Best_facts1
Best Facts
29 авг., 16:31
Dolbi - Oskar topshirish marosimi oʻtkaziladigan teatr.@Best_facts1
Best Facts
28 авг., 15:11
Mashhur radiotexnik Mixail Bonch-Bruevich 1914-yilda Sankt-Peterburgda oʻqishni bitirib, harbiy xizmatni oʻtash uchun Toshkentga yuborilgan. U yerda yangi qurilayotgan Toshkent radiostansiyasida faoliyat yuritgan va Turkiston harbiy okrugiga xizmatga tayinlangan. Bu inson «Moskva — Toshkent» kalta toʻlqinli aloqa liniyasi asoschisi hisoblanadi.Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Best Facts
18 авг., 10:49
Omakase — mijoz barcha taomlar tanlovini butunlay oshpazning ixtiyoriga topshiradigan yaponcha odat.Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Best Facts
13 авг., 17:37
Emmanuil Gendel (1903–1992) — sovet muhandis-quruvchisi, ogʻir inshootlar va binolarni koʻchirish, qulash xavfida boʻlgan me'moriy obidalarni va minoralarni tiklash boʻyicha dunyodagi eng yetakchi mutaxassislardan biri. 1930-yillarning boshlarida Moskva metrosining birinchi liniyalarini qurishda qatnashgan, metro liniyalari oʻtayotgan yer ustidagi poydevori zaif tarixiy binolarning poydevorini mustahkamlash texnologiyasini ishlab chiqqan. Emmanuil Gendel Oʻzbekiston meʼmoriy obidalarini saqlab qolishda va qayta tiklashda juda buyuk xizmat koʻrsatgan. Registon maydonidagi Ulugʻbek madrasasining ogʻib borayotgan va qulash xavfi ostida boʻlgan janubi-sharqiy minorasini maxsus domkratlar va muhandislik uskunalari yordamida sekin-asta koʻtarib, oʻz oʻqiga qaytargan. Bibixonim majmuasidagi ogʻgan minorani ham oʻz joyiga tekislab tiklagan.Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Best Facts
12 авг., 17:37
Artur Sass - Eynshteyn tilini chiqargan rasmni olgan fotograf.Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Best Facts
10 авг., 02:31
Cicada 3301 — bu internet tarixidagi eng sirlisidan biri boʻlgan Onlayn Boshqotirma (Kvest). 2012, 2013 va 2014-yillarning 4-yanvar kunlari internetda juda murakkab, dasturlash va shifrlashga oid topishmoqlar paydo boʻlgan. Uning maqsadi tashkilotchilar dunyo boʻylab eng kuchli xakerlar, dasturchilar va mantiqiy fikrlaydigan daho insonlarni topib, oʻz jamoasiga yollamoqchi boʻlishgan. Dastlabki ikkita topishmoq yechilgan, lekin 2014-yilgi 3-topishmoq hamon toʻliq yechilmagan. Baʼzilar ularni internetda maxfiylikni himoya qiluvchi xakerlar guruhi desa, boshqalar razvedka xizmati yoki xususiy tashkilot deb taxmin qiladi.Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Best Facts
8 авг., 22:32
Erdapfel — bu dunyodagi eng qadimgi saqlanib qolgan globus hisoblanadi. U nemis geograf va kartografi Martin Bexaym tomonidan yaratilgan.T.me/Best_facts1
Best Facts
7 авг., 19:02
"4 3 2 1" — bu Pol Osterning 2017-yilda chop etilgan romani. Asarda Fergyusonning 1950—1960-yillardagi hayotining toʻrtta muqobil varianti tasvirlangan boʻlib, u inson hayoti va shaxsiyati tasodif hamda sharoitlar ta'sirida qanday shakllanishini tadqiq qiladi.Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1


Best Facts
7 авг., 18:47
Billund - LEGO o'yinchoqlari tashkil topgan shahar.
Best Facts
7 авг., 17:11
HeLa hujayralari — bu saraton oʻsimtasidan olingan, cheksiz boʻlinish qobiliyatiga ega va muhim ilmiy kashfiyotlar uchun ishlatiladigan insonning birinchi «oʻlmas» hujayra liniyasidir. Ushbu hujayralar 1951-yilda Genrietta Laks (Henrietta Lacks) ismli qora tanli ayolning bachadon boʻyni saratoni oʻsimtasidan olingan.Eng sara faktlar⬇️ @Best_facts1
Best Facts
4 авг., 05:45изменён
Trompe-l'œil — tasviriy san'atda realizmni shu darajada aniq va chuqur koʻrsatish usuliki, tomoshabinda ikki oʻlchamli tasvir uch oʻlchamli obyektdek koʻrinadi. Bu uslub optik illyuziya hosil qilib, tomoshabinning koʻzini "aldash"ga asoslangan. Yunon mifologiyasida rassomlar Ksevksis va Parrasiy oʻrtasidagi bellashuv mashhur. Ksevksis shunday uzum rasmini chizdiki, qushlar kelib uni choʻqiy boshladi. Parrasiy esa mato pardani chizdi. Ksevksis pardani tortmoqchi boʻlganida, uning oʻzi rasm ekanini tushunib, magʻlubiyatini tan olgan.Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1


Best Facts
3 авг., 09:04
Veronika roʻmoli — xristianlikda Iso Masihning qoʻl bilan chizilmagan ikona boʻlib, afsonalarga koʻra, Iso Masih Golgofaga xochini koʻtarib borayotganida, avliyo Veronika unga uzatgan roʻmolda paydo boʻlgan.Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Best Facts
28 июл., 08:03
Ngorongoro - Afrikadagi eng yirik qo‘riqxonalardan biri. Bu yerda ov qilish mutlaqo man etilgan, hayvonlar himoya ostida.Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Best Facts
27 июл., 06:20
Sagan standarti - agar kimdir juda noodatiy yoki ilmiy asosdan yiroq da’vo qilsa, bu da’vo qanchalik favqulodda bo‘lsa, uni isbotlash uchun shuncha kuchli, aniq va ishonchli dalillar kerak.Eng sara faktlar ⬇️ @Best_facts1
Best Facts
26 июл., 12:09
Vera Muxina - taniqli sovet haykaltaroshi va rassomi. "Sovet haykaltaroshligi malikasi" laqabini olgan.Eng sara faktlar ⬇️ @best_facts1
Best Facts
26 июл., 12:02
Mantikora ning anagrammasi RomantikaEng sara faktlar⬇️ @best_facts1
Best Facts
25 июл., 05:34
Jonka — An’anaviy Sharqiy Osiyo, xususan, Xitoy dengizchilik madaniyatining ramzi bo‘lgan yog‘och yelkanli kema. Bu kemalarning tarixi taxminan 2000-yil oldingi davrlarga borib taqaladi va ular asosan savdo, harbiy hamda uzoq masofalarga suzish uchun ishlatilgan.Eng sara faktlar⬇️ @best_facts1
