Последние посты

Bulung'ur.uz
22 сент., 16:35
🔵 “OCHIQ ESHIKLAR KUNI”🌟 “Buyuk kelajak sari - “Kelajak” markazi bilan!” shiori ostida joriy yilning 22-sentabr kuni Bulung‘ur tumani “Kelajak” markazida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.🎨 Tadbir davomida markazimizdagi mavjud to‘garaklar o‘zlarining ijodiy ishlari va namunalarini namoyish etib, o‘quvchilarga o‘z faoliyatlari haqida ma’lumot berdilar.🎯 Tadbirning asosiy maqsadi - o‘quvchilarni “Kelajak” markazidagi to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularning qiziqish va iste’dodlarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.💫 “Kelajak” markazi - iste’dod va imkoniyatlar maskani!📚 Farzandingizning qiziqishini qo‘llab-quvvatlang, uning kelajagiga bugundan sarmoya kiriting!Ulaning va ulashing: 📱Telegram •📱Instagram•📱




Bulung'ur.uz
22 сент., 15:45
📊 “BIZNESNI RO‘YXATGA OLISH” TADBIRI BO‘YICHA NAVBATDAGI O‘QUV-SEMINAR O‘TKAZILDI📍 Bulung‘ur tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-190-son Farmonida belgilangan “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini samarali tashkil etish maqsadida hokim yordamchilari uchun navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi.👤 O‘quv-seminarda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Ibragimov ishtirok etib, mas’ullarga “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini sifatli va samarali tashkil etish, jarayonda faol ishtirok etish hamda belgilangan vazifalarni mas’uliyat bilan amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.🔺 Seminar davomida tadbirning maqsad va vazifalari, ro‘yxatga olish jarayonini belgilangan tartibda tashkil etish, tadbirkorlik subyektlarini to‘liq qamrab olish hamda ma’lumotlarni aniq, xolis va haqqoniy shakllantirish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.➡️ Shuningdek, hokim




Bulung'ur.uz
22 сент., 15:15
🤝 Murojaatlar — e’tibor va yechim markazidaBulung‘ur tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazilib, aholini qiynayotgan masalalar atroflicha tinglandi.Qabul davomida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh. Ibragimov jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini eshitib, har bir masala yuzasidan mas’ullarga aniq va manzilli topshiriqlar berdi.Murojaatlarning qonuniy va adolatli yechimini ta’minlash, belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlash hamda natijadorlikni nazorat qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.Ulaning va ulashing: 📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt • 📱Facebook




Bulung'ur.uz
22 сент., 14:56
⚡️Bugun tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi tasarrufidagi 25-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “ILK QADAM" milliy oʻquv dasturining 3- nashri boʻyicha amaliy seminar-trening tashkil etildi.Ulaning va ulashing: 📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt • 📱Facebook
Bulung'ur.uz
22 сент., 14:15
🏭 BULUNG‘URDA SANOAT LOYIHALARI VA KORXONALAR FAOLIYATI O‘RGANILDIBulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov hamda viloyat Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Aziz Rashidov ishtirokida hududdagi sanoat loyihalari va korxonalar faoliyati o‘rganildi.📍 Jumladan, Oqtepa MFYdagi mikrosanoat loyihasining ish jarayonlari ko‘zdan kechirilib, loyiha doirasida 30 nafardan ziyod yangi ish o‘rni yaratish rejalari muhokama qilindi.Shuningdek, “METIN GROUP” MChJ va “URGUT KAMOL JAMOL” MChJ faoliyati, ishlab chiqarish quvvatlari, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar o‘rganildi. Mazkur korxonalarda 50 nafardan ziyod ishchi mehnat qilmoqda.🤝 Tadbirkorlar bilan muloqot davomida faoliyatni kengaytirish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.Ulaning va ulashing: 📱Telegram •




Bulung'ur.uz
22 сент., 13:28
Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi joriy etiladi“Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–345-son, 21.09.2026-y.) qabul qilindi.👍 Qarorga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda hamda ustav kapitalida ushbu yuridik shaxslarning ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda:Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi (Dastur) bosqichma-bosqich joriy etiladi.👍 2026-yil 1-dekabrgacha Boshqaruv samaradorligi agentligining (Agentlik) axborot tizimlarida davlat organlari va


Bulung'ur.uz
22 сент., 12:59
📣Tadbirkorlar uchun taklif: YaTT va MChJ24-sentabr kuni Samarqandda TadbirCore marketpleysining taqdimoti bo'lib o'tadi, u yerda tadbirkorlar biznes uchun kredit olishga ariza topshirib, banklardan bir nechta taklifni bir vaqtda oladilar.Maydonchadagi mutaxassislar arizani rasmiylashtirishga va banklarning shartlarini solishtirishga yordam berishadi. Qarorni o'sha kunning o'zida olish mumkin.O'rinlar soni cheklangan, oldindan ro'yxatdan o'tish talab etiladi.📍Manzil: Movenpick Hotel, Samarqand ⏰Vaqti: 10:00–18:00 📄Ro'yxatdan o'tish: @TadbirCore_bot 🌐Veb-sayt: https://tadbircore.uzUlaning va ulashing: 📱Telegram • 📱Instagram •
Bulung'ur.uz
22 сент., 07:48
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdiKechadan Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva sessiya doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilingan.Ulaning va ulashing: 📱Telegram • 📱Instagram • 📱YouTube • 📱Web-sayt • 📱Facebook




Bulung'ur.uz
22 сент., 06:37

Bulung'ur.uz
22 сент., 05:35
Qurilish, kadastr va shaharsozlik bo‘yicha muammoingiz bormi?2026-yil boshidan beri Prezident Xalq qabulxonasi tizimiga qurilish bo‘yicha 5 mingdan ortiq, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga oid 11 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushdi.Ushbu sohalarga doir muammolarga yechim topish va huquqiy bilimlarni oshirish maqsadida quyidagi tashkilotlar rahbarlarining o‘rinbosarlari ishtirokida navbatdagi onlayn muloqot o‘tkaziladi:📊Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi; 📊Vazirlar mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi; 📊Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi; 📊Kadastr agentligi.Onlayn muloqotda qatnashing va sohaga oid savollaringizga bevosita javob oling.⏰ Onlayn muloqot vaqti: 22-sentabr, soat 11:00. 📱 Jonli efir: Prezident Xalq qabulxonasi YouTube kanali.Samarkand.uz|Face


Bulung'ur.uz
22 сент., 04:33
⁉️ BIZNESNI RO'YXATGA OLISH TARTIBI QANDAY BO'LADI?BATAFSIL INFOGRAFIKADA 🔼Ulaning va ulashing: 📱Telegram • 📱Instagram • 📱YouTube • 📱Web-sayt • 📱Facebook


3,520Открыть в Telegram
Bulung'ur.uz
12 сент., 06:40
❇️ Tadbirkorlik uchun mo'ljallangan yer uchastkasini muddatli bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling!Manzil: Samarqand viloyati, Bulung'ur tumani, Olmazor MFY1️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427237 2️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427238 3️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427238 4️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427241 5️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427240 6️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427242 7️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427245 8️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427243 9️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427244 🔟 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25427246⭕️ Izoh: Muddatli to'lov imkoniyati mavjud!🎞 Video-qo'llanma 👈🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17 ☎️ 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️ 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️⏰ Ish vaqti - (09:00 dan 18:00 gacha)Ulaning va ulashing: 📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt • 📱Facebook
1,590Открыть в Telegram
Bulung'ur.uz
12 сент., 03:37изменён
#Brifing⚡️Bulung'ur tumanida 1-sentabrdan 30-sentabrgacha o'tkaziladigan "Yong' indan ogohlik" umummilliy kompaniyasi oyligi mavzusida brifing boʻlib oʻtdi.🔰Mavzu yuzasidan Bulung'ur tumani FVB katta inspektori Shoxrux Ne'matov tomonidan maʼlumot berildi.Ulaning va ulashing: 📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt • 📱Facebook
Bulung'ur.uz
11 сент., 15:40
🥈 BULUNG‘UR QIZLARI — RESPUBLIKA BOSQICHIDA FAXRLI 2-O‘RIN🏆 Andijon viloyatida 8–12-sentabr kunlari “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gandbol (qo‘l to‘pi) sport turi bo‘yicha Respublika bosqichi musobaqalari yuqori saviyada o‘tkazildi.Musobaqaning Respublika bosqichida Bulung‘ur tumani Fozil Yo‘ldosh mahallasining qizlar jamoasi ham munosib qatnashib, faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medalni qo‘lga kiritdi. 🥈🏅 Shu bois Fozil Yo‘ldosh mahallasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish va yangi iste’dodlarni kashf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.💪 Mahalla hududida yoshlar uchun street workout sport maydonchasi ham barpo etiladi. Mazkur sport inshooti O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan qurib berilib, yoshlarning muntazam shug‘ullanishi, jismoniy chiniqishi va sportdagi imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.Ulaning va ulashing: 📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt • 📱Facebook




Bulung'ur.uz
11 сент., 14:27
🌾 MO‘L HOSIL SARI MUHIM QADAM: BOSHOQLI DON EKISH MAVSUMI BOSHLANDIBugun Bulung‘ur tumanidagi Zaribdor MMTP hududida joylashgan “G‘ubdin paxtaboshi dalalari” fermer xo‘jaligida 2027-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish mavsumiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.Unda tuman hokimi S. Astonov, soha mutaxassislari hamda mas’ul tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.🤲 Tadbir avvalida mo‘l-ko‘l hosil, yurtimiz tinchligi va dehqonlar mehnatiga baraka tilab qurbonlik keltirilib, Qur’on tilovat qilindi va xayrli duolar qilindi.🌱 Seminar davomida olim va mutaxassislar tomonidan urug‘likni sifatli tayyorlash va dorilash, yerga ishlov berish, shudgorlash, g‘allani maqbul muddatlarda ekish hamda agrotexnik tadbirlarni belgilangan talablar asosida olib borish bo‘yicha fermerlarga muhim tavsiyalar berildi.🚜 Shuningdek, g‘alla ekish jarayonlari amaliy tarzda namoyish etilib, fermerlarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.📌 Seminar yakunida 2027-yil hosili uchun mo‘ljallangan urug‘lik g‘allani belgilangan muddatlarda, sifatli va uyushqoqlik bilan ekish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.Ulaning va ulashing: 📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt • 📱Facebook




Bulung'ur.uz
11 сент., 11:44
📡 Baza stansiyasi nima? U sog‘liq uchun zararlimi?Uyali aloqa antennalari inson salomatligi va atrof-muhitga qanday ta’sir ko‘rsatadi?❗️Baza stansiyalari va uyali aloqa antennalari, ularning ishlash prinsipi, elektromagnit nurlanish darajasi hamda xavfsizligi bilan bog‘liq savollarga javoblarni yuqoridagi infografikada batafsil bilib olishingiz mumkin.⚡️Aloqa sohasida nazorat va xavfsizlik — barchamiz uchun muhim!Ulaning va ulashing: 📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt • 📱Facebook


Bulung'ur.uz
11 сент., 10:23
❗️⭕️⭕️Ayni paytda tuman hokimligining majlislar zalida xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.Sessiya kun tartibidan hududdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va budjet masalalari o‘rin olgan. Sessiya jarayonlarini quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin: 👉 https://www.instagram.com/bulungur_press/live/18098496752629809?stkn=MTA0dGZ6dGFzaXlxaw==Ulaning va ulashing: 📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt • 📱Facebook




Bulung'ur.uz
11 сент., 08:30
📚 “ONA TUPROQ” — ONA ZAMINGA MUHABBAT TARANNUMIBulung‘ur tumani Axborot-kutubxona markazida Bulung‘ur tumanida tug‘ilib, voyaga yetgan ijodkor Baxtiyor Egamqulov (Hamdam) ning “Ona tuproq” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Tadbirda kitobxonlar, yoshlar va nuroniylar ishtirok etib, ijodkorning hayoti va ijodi, asarning mazmun-mohiyati hamda unda Vatanga muhabbat va insoniy qadriyatlarning badiiy ifodasi haqida fikr almashdilar.Tadbir yakunida muallif tomonidan “Ona tuproq” kitoblari Axborot-kutubxona markaziga sovg‘a qilindi. 📖Ulaning va ulashing: 📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt • 📱Facebook




Bulung'ur.uz
11 сент., 06:50
O‘ZBEKCHASI BOR-KU, NEGA FOYDALANMAYMIZ?Dunyo mamlakatlarining shiddat bilan rivojlanishi, yangi-yangi mahsulotlarning yaratilishi natijasida ilm-fan, texnologiya, ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalarda kundan kunga yangi soʻz va atamalar, tushunchalar paydo bo‘lmoqda. Bu tabiiy jarayon. Chunki til jamiyat bilan birga rivojlanadi, yangi voqelik va tushunchalarni ifodalash uchun yangi so‘zlarga ehtiyoj tug‘iladi.Ulaning va ulashing: 📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt • 📱Facebook

Ссылки
