Последние посты

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
22 сент., 10:34
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
22 сент., 07:26
TA’ZIYA BILDIRAMIZDin ishlari bo‘yicha qo‘mita jamoasi Qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi Paxtachi tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi Eshaliyev Akmal Uchqunovichning baxtsiz hodisa – avtohalokat oqibatida vafot etgani munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.Marhumning vafoti uning yaqinlari va hamkasblari uchun og‘ir judolikdir.Alloh taolo marhumni o‘z rahmatiga olsin, oxiratini obod aylasin. Oila a’zolari va yaqinlariga sabr bersin.✅ Din ishlari bo‘yicha qo‘mita jamoasi


Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
22 сент., 04:27
#Maqola #Mustaqillik_35MA’RIFAT VA BAG‘RIKENGLIK — YANGI O‘ZBEKISTONNING MA’NAVIY POYDEVORI✅Mustaqillik yillari mamlakatimiz uchun nafaqat siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar, balki inson ongi, dunyoqarashi, qadriyatlari va jamiyat tafakkurining yangilanish davri bo‘ldi. Qisqa tarixiy davr ichida ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalarida tub burilishlar amalga oshirildi. Xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqib, haqqoniy tariximiz, milliy madaniyatimiz, qadimiy an’analarimiz va ma’naviy merosimiz qayta tiklandi. Bu boradagi islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri — diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlash hamda diniy qadriyatlarni tiklash bilan bog‘liq bo‘ldi.✅ Bugungi kunda O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga


Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
22 сент., 04:05
переслано из @sshmirziyoyeva
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное




Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
21 сент., 05:08
переслано из @press_secretary_uz
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi sermahsul muzokaralar va muhim kelishuvlarga boy bo‘ldi. “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida davlatimiz rahbari muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida hududni rivojlantirish, investitsiyalarni ko‘paytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha yangi imkoniyatlar belgilandi. — Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyevtiń Koreya Respublikasına mámleketlik saparı nátiyjeli sóylesiwler hám áhmiyetli kelisimlerge bay boldı. “Oraylıq Aziya – Koreya Respublikası” sammitinde mámleketimiz basshısı áhmiyetli baslamalardı ilgeri súrdi. Qaraqalpaqstanǵa sapar dawamında aymaqtı rawajlandırıw, investiciyalardı kóbeytiw hám jańa jumıs orınların jaratıw boyınsha jańa imkaniyatlar belgilendi. — Обзор важнейших событий
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
19 сент., 07:29
👍👍👍O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy ta’lim sohasidagi islohotlar yuqori bosqichda🖥Manba: “Sevimli” telekanali🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati🌐Tg | 📷Insta| ✅ Fb | X | ▶️ Youtube
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
18 сент., 09:01
переслано из @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga keldi. Safarni boshlashdan avval mamlakatimiz yetakchisi marhum davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurdi. — Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Республику Каракалпакстан. Перед началом поездки глава нашего государства посетил дом покойного государственного и общественного деятеля Каллибека Камалова.#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #xotiraPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
18 сент., 05:10
Toshkentda shahar muhitini yanada obod va zamonaviy qilish, madaniyat va kino sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayxontohur tumanidagi yangi istirohat bog‘i loyihasi, Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari hamda “O‘zbekfilm” kinostudiyasining faoliyati bilan tanishdi.🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati🌐Tg | 📷Insta| ✅ Fb | X | ▶️ Youtube
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
16 сент., 08:21
переслано из @sshmirziyoyeva
Administratsiyadagi jamoamiz bilan qizg‘in tahliliy muhokama o‘tkazdik. Muhim yo‘nalishlar va yaqin kelajakda amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan yirik loyihalarni atroflicha ko‘rib chiqdik.Biz doimiy ravishda mana shunday ochiq formatda ish olib boramiz: ustuvor vazifalarni belgilaymiz, dolzarb masalalarni tahlil qilamiz, turli yechimlarni o‘rtaga tashlab, ular orasidan eng samaralilarini tanlab olamiz.Har bir mavzuning butun jamoa ishtirokida muhokama qilinishi vaziyatni kengroq baholash, yangi imkoniyatlarni ko‘ra olish hamda eng maqbul yondashuvlarni topishga xizmat qiladi.Yakunda aniq vazifalarni belgilab, Davlatimiz rahbariga taqdim etiladigan asosli takliflarni jamlaymiz.—В Администрации мы с командой провели большой мозговой штурм. Обсудили важные направления и крупные проекты, которые можем реализовать в ближайшее время.Мы регулярно работаем в таком формате.




Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
16 сент., 06:51
Ketma-ket boʻlib oʻtgan 10 ta tadbir… Hech qanday tanaffussiz va hatto tushliksiz davom etgan qariyb 10 soatlik ish vaqti…Prezidentning Koreyaga tashrifi 1 kuniga nazar🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati🌐Tg | 📷Insta| ✅ Fb | X | ▶️ Youtube
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
16 сент., 06:39
“Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!” — Shavkat MirziyoyevPrezident Janubiy Koreyaga davlat tashrifi doirasida vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.“Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar… Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi”, — dedi davlat rahbari.🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati🌐Tg | 📷Insta| ✅ Fb | X | ▶️ Youtube
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
16 сент., 06:29
#E'LON #Umra #Litsenziya #Tanlov🕋 Umra litsenziyasini olish uchun tanlov e'lon qilinadi🛡 Xabaringiz bor, “Umra” tadbirlari Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi 668-son qarori asosida amalga oshiriladi.💠 Mazkur qaror asosida bugungi kunda “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishga O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi "Haj-umra markazi" hamda rasmiy litsenziyaga ega 14 ta tadbirkorlik subyektlari vakolatli hisoblanadi.✅ Din ishlari boʻyicha qoʻmita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ etib belgilangan.📄 Litsenziya - “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati uchun yakka tartibdagi


Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
16 сент., 01:47
переслано из @press_secretary_uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va alohida strategik sheriklik tarixida muhim bosqich bo‘ldi. Nihoyatda sermazmun dastur ilk daqiqalardanoq O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga nisbatan samimiy mehmondo‘stlik, yuksak ehtirom va chuqur hurmat ruhida o‘tdi.Tashrifning markaziy voqeasi Prezident Li Chje Myon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan muzokaralar bo‘ldi. Yetakchilar ko‘p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga bo‘lgan qat’iy intilishlarini tasdiqladilar.Milliy Assambleya Spikeri Cho Chjon Shik va Bosh vazir Xan Son Suk bilan uchrashuvlarda parlamentlararo aloqalarni, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari belgilab olindi.Tashrif dasturida


Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
15 сент., 12:07
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿Ispaniya ilmiy muassasalari bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama etildi💠 O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi va O‘zbekistonning Ispaniya Qirolligidagi elchixonasi vakillari Granada shahridagi Yevropa va arab mamlakatlari Oliy tadqiqotlar fondi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.💠Uchrashuvda Fond direktori Antonio Sanches Ortega O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi bilan qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni kengaytirish taklifini ilgari surdi.💠Fond vakillari O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy va




Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
15 сент., 10:34
#Tadbir #Jaholatga_qarshi_marifat“YOSHLARNING RUHIY IMMUNITETINI MUSTAHKAMLASH — DAVR TALABI” MAVZUSIDA MA’RIFIY-TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI 🔸 Bugun, 15-sentabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Yoshlarning ruhiy immunitetini mustahkamlash — davr talabi” mavzusida ma’rifiy-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.🗣Tadbirda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Ilhom Ma’rupov ishtirok etib, yoshlarning ma’naviy-ruhiy barqarorligini ta’minlash, turli yot g‘oyalar va zararli axborotlardan himoyalanish hamda bugungi axborot makonida hushyor va mas’uliyatli bo‘lish masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.⏺Shuningdek, institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov mavzu yuzasidan fikrlarini bildirib,




Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
11 сент., 11:30
переслано из @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimiz markazida barpo etilayotgan Oʻzbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства Национального музея Узбекистана, который возводится в центре столицы.#Mirziyoyev #tanishuv #bunyodkorlik #muzeyPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
10 сент., 14:20
переслано из @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniy merosni asrab-avaylash, muzey ishini rivojlantirish va Oʻzbekiston madaniyatini xalqaro maydonda targʻib qilish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о дальнейшей работе по сохранению культурного наследия, развитию музейного дела и продвижению культуры Узбекистана на международной арене.#Mirziyoyev #taqdimot #madaniyat #merosPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
10 сент., 11:20
#Maqola #Mustaqillik_35DINIY-MA'RIFIY TARAQQIYOT POYDEVORI✅Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli, izchil va tizimli islohotlar samarasi o‘laroq, jamiyat hayotining barcha sohalari qatorida diniy-ma’rifiy yo‘nalishda ham muhim yutuqlarga ruy bermoqda. Ushbu yangilanishlar, avvalo, fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash, diniy-ma’rifiy ta’lim sifatini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda jamiyatda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli.✅ Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bosib o‘tilgan yo‘lga nazar tashlar ekanmiz, diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarning eng muhim natijalaridan biri sifatida zamonaviy diniy ta’lim tizimi, ilmiy tadqiqot muhiti va malakali kadrlar tayyorlashning mustahkam asoslari shakllanganini alohida qayd etish lozim.🖌Davronbek Maxsudov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o'rinbosari🗞Manba: “Xalq so'zi” gazetasi🔸 Batafsil: https://gov.uz/oz/religions/news/view/217513🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati🌐Tg | 📷Insta| ✅ Fb | X | ▶️ Youtube


Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
10 сент., 08:12
переслано из @press_secretary_uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega. — Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан Мирзиёева Саида Шавкатовна назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.Facebook|Instagram|X


Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
9 сент., 06:10изменён
#Maqola #Mustaqillik_35BIZ BUGUN KECHAGIDAN KUCHLIMIZ ertaga bundan ham kuchli bo'lamiz✅Istiqlol neʼmati tufayli yurtimizda nafaqat davlat va jamiyat hayotida ulkan oʻzgarishlar roʻyo berdi, balki xalqimizning maʼnaviy dunyosi, milliy va diniy qadriyatlariga munosabatida ham yangi davr boshlandi.✅ Mustaqillikning 35 yilligi xalqimizning istiqlol yillaridagi fidokorona mehnati, ulkan irodasi va bunyodkorlik salohiyati bilan bosib oʻtilgan murakkab va sharafli taraqqiyot yoʻlini sarhisob qilish, erishilgan natijalarni yanada chuqur anglash va kelgusi marralarni belgilash uchun muhim tarixiy palladir.✅ Zero, mustaqillik bizga, avvalo, oʻzligimizni anglash, milliy gʻururimizni tiklash, shonu sharafimizni yuksaltirish, dinimiz, ona tilimiz va asriy qadriyat larimizni eʼzozlash imkonini berdi. Bugungi kunda esa biz aynan erkin va farovon hayot, tinchlik va osoyishtalik, inson huquq va erkinliklari, vijdon erkinligi hamda diniy bagʻrikenglik kabi yuksak qadriyatlarni yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim asoslari sifatida koʻrmoqdamiz.🖌Sodiq Toshboyev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi🗞Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi🔸 Batafsil: https://gov.uz/oz/religions/news/view/217526🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati🌐Tg | 📷Insta| ✅ Fb | X | ▶️ Youtube

Ссылки
