gram news
Аватар канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

@fargona_akm

📚 Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali © 🔹 Kutubxona yangiliklari 🔹 Yangi kitoblar targ'iboti 🔹 Tadbirlar va anjumanlar https://taplink.cc/fergana_akm Murojaat uchun: @Ferga

ПроектыENОбразование

17,438подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    26 сент., 13:25

    #mutolaa_zavqi
    614видео53Открыть в Telegram
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    25 сент., 15:50

    🏆FARG‘ONANING ENG KITOBXON HUDUDI — MARG‘ILON SHAHRI!📚Kitobga mehr, hududiga daxldorlik va minglab kitobxonlarning faolligini birlashtirgan onlayn so‘rovnomamiz yakunlandi. Unda jami 20 597 ta ovoz qayd etildi!So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, yetakchi uchlik: 🥇Marg‘ilon shahri — 3 380 ta ovoz 🥈Buvayda tumani — 3 161 ta ovoz 🥉Quva tumani — 2 091 ta ovoz👏Marg‘ilon shahri kitobxonlarini so‘rovnomadagi birinchilik bilan, Buvayda va Quva tumanlarini yuqori natijalari bilan samimiy tabriklaymiz!O‘z hududini qo‘llab-quvvatlagan barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiramiz. Har bir ovoz kitobxonlikka bo‘lgan e’tiborning ifodasi bo‘ldi.📊Ushbu natijalar onlayn so‘rovnomada berilgan ovozlarni aks ettiradi. Hududlarning umumiy kitobxonlik darajasi, o‘qilgan kitoblar soni yoki kutubxonalar faoliyatiga to‘liq baho bermaydi. Har bir shahar va tumanning kitobxonlik rivojiga qo‘shayotgan hissasi qadrlidir.Har bir hududning o‘z kitobsevarlari, mutolaa an’analari va faxrlansa arzigulik kitobxonlari bor. Bizning maqsadimiz — ana shu insonlarni birlashtirish, kitobga qiziqishni kuchaytirish va mutolaaga chorlash.🤝Keling, natijalarni o‘zaro hurmat bilan qarshi olaylik, faol qatnashgan hududlarni birgalikda tabriklaylik!📖So‘rovnoma yakunlandi, mutolaa davom etadi. Kitobxon Farg‘onani birga yaratamiz!‼️❗️Eslatma: Kitobxon mahalla viloyat koʻrik-tanlovi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar joylardagi belgilangan ishchi guruh tomonidan oʻrganilmoqda. Natijalari bosqichma bosqich e‘lon qilib boriladi.Biz bilan ekanligingizdan xursandmiz☺️
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
    3,6001698331Открыть в Telegram
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    25 сент., 06:40

    #yilning_eng_yaxshi_axborot_kutubxona_mutaxassisiAhmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida Farg‘ona viloyatidagi axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
    3,370видео7521Открыть в Telegram
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    25 сент., 06:15

    переслано из @natlibuz

    📚“YILNING ENG YAXSHI AXBOROT-KUTUBXONA MUTAXASSISI – 2026” KO‘RIK-TANLOVINING II-BOSQICHI BO‘LIB O‘TDIFarg‘ona, Xorazm, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida ko‘rik-tanlovning 2-bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.Ishtirokchilar quyidagi shartlar bo‘yicha bellashishdi:1-shart. Kitoblarni interaktiv usullarda targ‘ib qilish (Booktrailer, Buk-slem, Infografika, Quiz, Viktorina) — ishtirokchilar o‘zlari tanlagan adabiyotlarni ijodiy va interaktiv usullarda targ‘ib qilishdi. 2-shart. Bahru bayt 3-shart. Kutubxonada amalga oshirgan loyihasi taqdimoti Ishtirokchilar o‘z amaliy loyihalarini sodda, aniq va kreativ tarzda taqdim etishdi. 4-shart. Test sinovi Kutubxonachilik sohasi, AKT, mantiqiy va huquqiy savodxonlik bo‘yicha 20 ta test savollariga javob berish orqali o‘z bilimlarini namoyon etishdi. Ishtirokchilar o‘z tashabbuskorligi, kreativ yondashuvi va nutq madaniyati bilan kutubxonachilik sohasining yuksak namunasini ko‘rsatishdi.Shaffoflikni ta’minlash maqsadida, tanlov jarayonlarini O‘zbekiston Milliy kutubxonasining mas’ul mutaxassislari Zoom platformasi orqali onlayn kuzatib borishdi va jarayonni nazorat qilishdi. Eng faol, izlanuvchan va ijodkor mutaxassislar keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi!Quyida 2-bosqichda faol ishtirok etgan va g'olib mutaxassislar ro‘yxati bilan tanishing: Ishtirokchilar ro‘yxati:Farg‘ona viloyati bosqichi g'oliblari: 1-o'rin Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Maxsudova Feruza Jahonali qizi 2-o'rin Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi G‘aniyev Jahongir G‘olibjon o‘g‘li 3-o'rin Quva tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Maxsitaliyeva Gulnoza Muxtorjon qizi Xorazm viloyati bosqichi g'oliblari: 1-o'rin Bog‘ot tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Roxmonova Zulfizar Shuxrat qizi 2-o'rin Xazorasp tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Baxavaddinova Mukaddas Xabibullayevna 3-o'rin Yangiarik tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Khaydarova Shakhnoza Davron qizi Qashqadaryo viloyati bosqichi g'oliblari: 1-o'rin Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Djabborova Dilfuza Shavkatovna 2-o'rin G‘uzor tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Ro‘ziyeva Zuhra Murotovna 3-o'rin Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Tashturdiyeva Umida Baxodirovna Sirdaryo viloyati bosqichi gʻoliblari: 1-o‘rin - Shirin shahri axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Yaxyoyeva Shaxnoza Abdujalol qizi 2-o‘rin – Mirzaobod tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Turapova Mahbuba Jangiboy qizi 3-o‘rin – Mirzaobod tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Musaboyeva Dildora Abdujalilovna Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    25 сент., 05:55

    #Kutubxona_atamalari
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    25 сент., 03:01

    🏆ENG KITOBXON HUDUD — SIZNING HUDUDINGIZ BO‘LSIN!📚Farg‘onaning eng kitobxon hududini aniqlash uchun o‘tkazilayotgan so‘rovnoma so'ngi kuni!⏰25-sentyabr, soat 18:00 — so‘rovnoma yakunlanadi va natijalar e’lon qilinadi!O‘z hududingizni qo‘llab-quvvatlang, ovoz bering va kitobsevar do‘stlaringizni ham ishtirok etishga chorlang!📖Kitobxonlar, faollikni namoyon etish vaqti keldi!👉OVOZ BERISH👈
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    25 сент., 02:59

    Aslida sehrli olam kitobdan boshlansachi??
    1,700видео643Открыть в Telegram
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    24 сент., 12:40изменён

    🏆FERUZA MAXSUDOVA — VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBI!📚“Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Maxsudova Feruza Jahonali qizi 1-o‘rinni egalladi! 🥇🎉Feruza Jahonali qizini ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz!✨ Endilikda u tanlovning Respublika bosqichida Farg‘ona viloyati sharafini himoya qiladi.👏Feruza Jahonali qiziga Respublika bosqichida omad, yuqori natijalar va yangi zafarlar tilaymiz!
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
    1,740112211Открыть в Telegram
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    22 сент., 13:19

    Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 1-bosqich talabalari uchun qiziqarli va mazmunli ekskursiya tashkil etildi.Ekskursiya davomida talabalar kutubxona bo‘limlari, boy kitob fondi, o‘quv zallari, elektron resurslar hamda kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. 📖✨Uchrashuv yoshlarning kutubxonaga, kitob mutolaasiga va bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    22 сент., 13:06

    📊KUTUBXONA FOYDALANUVCHILARI FIKRI O‘RGANILDIAhmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida foydalanuvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.So‘rovnoma orqali kitobxonlarning kutubxona xizmatlaridan qoniqish darajasi, mavjud shart-sharoitlar, adabiyotlar fondi, elektron xizmatlardan foydalanish holati hamda kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr va takliflari o‘rganildi.📚Olingan natijalar foydalanuvchilar ehtiyojlarini yanada chuqurroq tahlil qilish, xizmatlar sifatini oshirish va kutubxonada kitobxonlar uchun yanada qulay muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.💬Har bir fikr — xizmatlarimizni yaxshilash sari muhim qadam!
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    22 сент., 10:29изменён

    920731Открыть в Telegram
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    22 сент., 08:23

    📚“KITOBXON MAHALLA” KO‘RIK-TANLOVI: BAHOLASH JARAYONLARI BOSHLANDI!Xabaringiz bor, Farg‘ona viloyatida aholi, ayniqsa, yoshlar va oilalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mahallalarda ma’rifiy muhitni yanada rivojlantirish maqsadida “Kitobxon mahalla” viloyat ko‘rik-tanloviga start berilgan edi.🏁Tanlovning yakuniy natijalari 25-sentyabr kuni aniqlanishi belgilangan.Shu munosabat bilan bugundan boshlab viloyatning barcha tuman va shaharlarida tanlovga mas’ul ishchi guruhlar tomonidan joylarga chiqqan holda baholash jarayonlari boshlandi.Baholash jarayonida mahallalarda tanlovning quyidagi 4 ta yo‘nalishi doirasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganilmoqda:📖“Eng faol kitobxon mahalla” — aholining kutubxonaga a’zolik ko‘rsatkichlari, yangi kitobxonlarni jalb etish,
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
    1,250221Открыть в Telegram
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    22 сент., 02:03

    🏆ENG KITOBXON HUDUD — SIZNING HUDUDINGIZ BO‘LSIN!📚Farg‘onaning eng kitobxon hududini aniqlash uchun o‘tkazilayotgan so‘rovnoma yakunlanishiga atigi 3 kun qoldi!⏰25-sentyabr, soat 18:00 — so‘rovnoma yakunlanadi va natijalar e’lon qilinadi!O‘z hududingizni qo‘llab-quvvatlang, ovoz bering va kitobsevar do‘stlaringizni ham ishtirok etishga chorlang!📖Kitobxonlar, faollikni namoyon etish vaqti keldi!👉OVOZ BERISH👈
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    21 сент., 08:54

    📢YANGI IMKONIYAT — TIL O‘RGANAMIZ, FIKRLAYMIZ VA BAHSLASHAMIZ! 🇬🇧🇰🇷Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Arcane Study o‘quv markazi hamkorligida kutubxonamizda ingliz va koreys tillarida "DEBATE CLUB" o‘z faoliyatini boshlaydi! 📚Eng muhimi — klublar kutubxonamizga a’zo kitobxonlar uchun MUTLAQO BEPUL!🇬🇧English Language Debate Club 🎤Boshlovchi: Isfandiyor — IELTS 7.5 🗓Har chorshanba | ⏰14:30🇰🇷Korean Language Debate Club 🎤Boshlovchilar: Gulshanoy va Bahriddin 🏆TOPIK 6 — eng
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    21 сент., 06:15

    📚“ENG YAXSHI YOSH KITOBXON” — VILOYAT BOSQICHIAhmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi hamda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida Favqulodda vaziyatlar tizimining yosh xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.📖Tanlovda tuman va shahar bosqichlari g‘oliblari o‘zaro bellashib, kitobxonlik borasidagi bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.🏆Yakuniy natijalarga ko‘ra: 🥇1-o‘rin — Madaminov S. — Quva tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi 🥈2-o‘rin — To‘lqinov A. — Qo‘qon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi 🥉3-o‘rin — Mahmudjonov A. — Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
    1,490511Открыть в Telegram
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    21 сент., 05:22

    📚“TAYANCHLAB BOOKS” KITOBXONLAR KLUBI — 2-MAVSUMGA START! 🚀Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan “TAYANCHLAB BOOKS” kitobxonlar klubi o‘zining 2-mavsumini boshlamoqda!Birinchi mavsum davomida klubimiz kitobxonlarni bir joyga jamlab, o‘qilgan asarlar yuzasidan erkin fikr almashish, tahlil qilish va turli qarashlarni muhokama qilish uchun o‘ziga xos maydonga aylandi. Endi esa bu muhitni yangi ishtirokchilar, yangi kitoblar va yangi g‘oyalar bilan davom ettiramiz! 📖2-mavsumning ilk uchrashuvida nimalar bo‘ladi?🔸 “TayanchLab Books” kitobxonlar klubi va uning maqsadlari bilan tanishamiz; 🔺 1-mavsumdagi faoliyat va tajribalarni qisqacha sarhisob qilamiz; 🔺 yangi ishtirokchilar bilan tanishamiz
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    21 сент., 04:38

    Ertaklar olami kutubxonada davom etadi!Kichkintoy kitobxonlarimiz uchun kutubxonamizda barcha sharoitlar yaratilgan. Milliy hunarmandchilik burchagimizdan tortib, zamonaviy va shinam bolalar zali — barchasi siz uchun.
    1,350видео6521Открыть в Telegram
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    20 сент., 15:05

    Тарихсиз келажак бўлмайди (+видео) 18:09 / 18.09.2026 https://uza.uz/uz/posts/tarixsiz-kelazhak-bolmaydi-video_910714
    UZA.uzТарихсиз келажак бўлмайди (+видео)Фарғонада “Ислом Каримов ўқишлари: мИстақиллик йилларида Ўзбекистон маданияти: тарихий мерос ва маданий юксалиш” мавзусида Республика илмий анжумани бўлиб ўтди.
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    19 сент., 06:56

    Kitobni shunchaki o‘qish emas, his qilish, tinglash va birgalikda mushohada qilish uchun yig‘ilamiz!20-sentyabr kuni Farg‘ona kitobxonlar klubi navbatdagi o‘zgacha adabiy uchrashuv — “Dostonxonlik” tadbirini tashkil etadi. Bu gal e’tibor markazida Erkin Vohidovning buyuk asarlaridan biri — “Ruhlar isyoni” dostoni.📖Biz dostonni boshidan oxirigacha o‘qib chiqmaymiz. Tayyorlangan o‘quvchi asarning eng ta’sirli parcha va satrlarini ovozli o‘qib beradi, qolganlar esa tinglaydi. So‘ng o‘qilgan parchalar, asar g‘oyasi, obrazlari va bizda uyg‘otgan tuyg‘ular haqida erkin va jonli muhokama qilamiz.Dasturda: qisqa kirish va suhbat, 20–30 daqiqalik mutolaa, erkin muhokama, dialogik o‘qish hamda yakuniy fikr almashish.📅20-sentyabr, yakshanba 🕑14:00 📍 Farg‘ona AKM 🎟 Kirish bepul, ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
  • Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

    18 сент., 07:18

    Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi Farg‘ona viloyati filiali o‘rtasida ko‘chma kutubxona tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.Hamkorlik doirasida ko‘chma kutubxona markazimiz fondidagi badiiy, tarixiy va detektiv adabiyotlar bilan boyitildi.Mazkur tashabbus davlat xizmatchilarining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa ko‘lamini kengaytirish hamda bilim va dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi.
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziИллюстрация к посту канала Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
    1,940711Открыть в Telegram