gram news
Аватар канала FATVO.UZ | Rasmiy kanal

FATVO.UZ | Rasmiy kanal

@fatvouzlotin

Fatvo.uz veb-sahifaning telegramdagi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! Kanaldan izlash xizmati – @fatvo_uzbot ©Kanaldan maʼlumot olinganda manba koʼrsatilishi shart. Koll markaz raqami: 781503344 https://taplink.cc/diniysavollar

ПроектыENРелигия

4,550подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    22 сент., 14:42изменён

    #video #halol_harom📹 Qaysi quşlarning göşti harom qilingan? 🎙Ğulomiddin domla Xolboyev Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi direktor örinbosari, Toşkent islom instituti öqituvçisi👨‍💻Töliq holda köriş ✅ Ulaşing: @diniysavollar
    309видео11Открыть в Telegram
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    22 сент., 09:51

    QUNUTDA BOŞQA DUONI ÖQIŞ #namoz❓1557-SAVOL: Men vitr vojib namozini öqiyotganimda oxirgi rakatda zam suradan keyingi qunut duosi yodimga kelmay qoldi. Şundan keyin uç marta Allohummağfirli dedim. Xato bölmaganmi?💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Xato bölmagan. Çunki qunut duosi öqiladigan paytda mutloq biror duoni qiliş vojib hisoblanadi. Şu bois bu duo esga kelmay qolib, örniga “Allohummağfirliy” deb duo qilganingiz xato bölmagan. Vojib amalni bajargansiz. Ulamolar vitrda qunut öqiş vojib deganlarida, muayyan bir duoni emas, birorta duoni öqişni nazarda tutişgan va “Allohumma innaa nasta’iynuka...” deb boşlanadigan duoni öqişni sunnat, deyişgan. Lekin bu sunnatni qasddan tark qilinmaydi. Vallohu a’lam.Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.👍YouTube 👍Instagram 👍Faceboo
    Иллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanal
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    22 сент., 06:40

    RUKU VA SAJDA QILA OLADIGAN, LEKIN QA’DADA ÖTIRA OLMAYDIGAN KIŞINING NAMOZI #namoz❓1556-SAVOL: Men qiyom, ruku va sajda ham qila olaman. Ammo oyoğimdagi kuçli oğriq tufayli qa’dada töğri ötira olmayapman. Qanday namoz öqisam töğri böladi?💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Bunday holatda qanday ötiriş qulay bölsa, şunday ötiradi. Hatto devor yoki birorta odamga suyanib ötira olsa, namozni şunday holatda öqiydi. Çunki bandaga toqatidan ortiq narsa buyurilmaydi. Vallohu a’lam.Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.👍YouTube 👍Instagram 👍Facebook 👍Ummalife😎 RASMIY SAHIFA ✅ ULAŞING🗣
    Иллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanal
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    22 сент., 04:14изменён

    #muftiy_minbari📹 Sakkiz eşik xuşxabari 🎙 Şayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari✅ Ulaşing: @fatvouzlotin
    576видео1Открыть в Telegram
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    21 сент., 13:19

    #Video📹 Kalla-poça kuydiriş gunohmi? 🎙 Hikmatulloh domla Toştemirov Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi boş mutaxassisi👨‍💻 Töliq holda köriş ✅ Ulaşing: @fatvouzlotin
    655видео32Открыть в Telegram
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    21 сент., 09:49

    AYOLLAR JAMOAT BÖLIB TAROVIH ÖQIŞLARI #namoz #tarovih❓1555-SAVOL: Ayollar ham xatm qiliş uçun tarovih namozini jamoat bölib öqişlari mumkinmi?💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Ayollarning Qur’onni xatm qiliş maqsadida tarovihni jamoat bölib öqişlari makruh hisoblanadi. Ayollar uçun bu borada eng maqbul yeçim uyida özi tarovih namozini öqiydi. Kuçi yetguniça Qur’oni karimni öqib, xatmini ham qilib boraveradi. Qolaversa, ayollarni namozi haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Ayol kişining hovlisidagi namozidan uydagi namozi afzaldir. Uning uydagi namozidan öziga xos xonasidagi namozi afzaldir” (Imom Abu Dovud va Imom Bazzor rivoyati). Vallohu a’lam.Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.👍YouTube 👍Instagram 👍Facebook 👍
    Иллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanal
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    21 сент., 06:48

    SAJDA OYATINING TARJIMASI #sajdai_tilovat❓1554-SAVOL: Sajda oyatining tarjimasi öqilganda tilovat sajdasi qilinadimi?💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Sajda oyatining tarjimasini öqigan odam sajdai tilovat qiladi. Tarjimani eşitgan odam uni Qur’oni karim ekanini bilsa, sajdai tilovat qiladi, bilmasa, qilmaydi. Vallohu a’lam.Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.👍YouTube 👍Instagram 👍Facebook 👍Ummalife😎 RASMIY SAHIFA ✅ ULAŞING🗣
    Иллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanal
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    21 сент., 04:06

    #muftiy_minbari📹 Muruvvatli bölaylik 🎙 Şayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari✅ Ulaşing: @fatvouzlotin
    680видео5Открыть в Telegram
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    20 сент., 13:38

    #Video #namoz📹 Bomdod sunnati va farzi orasida gapiriş joizmi? 🎙 Yorqinjon domla Jumaboyev Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mutaxassisi👨‍💻 Töliq holda köriş ✅ Ulaşing: @fatvouzlotin
    760видео32Открыть в Telegram
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    20 сент., 09:58

    ZAM SURADAN AVVAL "BISMILLAH" AYTIŞ NAMOZNI BUZADIMI? #namoz❓1553-SAVOL: Men 15-20 yildan beri namozimda zam suradan avval "bismillah"ni aytar edim. Aytilmasligini yaqinda bildim. Dugonalarim namozlarim buzilganini, qaytadan öqişim kerakligini aytişmoqda. Haqiqatan şundaymi?💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Zam suradan avval "bismillah"ni aytiş bilan namoz buzilmaydi. Töğri, köpçilik ulamolarning fatvolariga köra Fotiha bilan zam sura örtasida “bismillah” aytilmaydi. Lekin barça ulamolar zam suradan avval “bismillah” aytib qöysa, namoz buzilmasligi va makruh ham bölmasligida yakdil fikrdalar. Demak, bunday holatda namozni qayta öqiş şart bölmaydi. Vallohu a’lam.Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.👍YouTube 👍Instagram 👍Facebook 👍Ummal
    Иллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanal
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    20 сент., 06:57

    NAMOZDAGI DUODA USTOZNI QÖŞIŞ #namoz❓1552-SAVOL: Namozdagi duoda “Allohummağfirli va livalidayya va liustoziya...” deb duo qilamiz. Şunday yodlab olganmiz. Qur’ondagi duoda ustoziya sözi yöq ekan. Bu bilan namoz buzilmaydimi?💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Ulamolar savolda kelgan şaklda duo qilişni joiz deganlar. Namozni buzadigan narsa odamlardan söraladigan narsani sörab duo qilişdir. Mağfirat faqat Alloh taologa xos bölgani uçun uni barça mömin-musulmonlar, jumladan mömin ustozlarga sörab duo qiliş mumkin. Garçi ustoz sözi Qur’oni karimda kelmagan bölsa ham, namozni buzmaydi. Vallohu a’lam.Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.👍YouTube 👍Instagram 👍Facebook 👍Ummalife😎 RASMIY SAHIFA
    Иллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanal
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    20 сент., 04:32

    #Video #oila📹 Yangi kelin-kuyov çilla saqlaşi şartmi? 🎙 Homidjon domla Işmatbekov Özbekiston musulmonlari idorasi raisining birinçi örinbosari✅ Ulaşing: @fatvouzlotin
    722видео1Открыть в Telegram
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    19 сент., 13:26

    #Video #musofir📹 Işi çözilgan musofirning namozi 🎙 Abduvohid domla Ahmadaliyev Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mutaxassisi👨‍💻 Töliq holda köriş ✅ Ulaşing: @diniysavollar
    839видео1Открыть в Telegram
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    19 сент., 10:15

    MUQTADIY DUOI QUNUTNI TUGATMAY, IMOM RUKUGA KETIB QOLSA #namoz❓1551-SAVOL: Ramazon oyida vitr namozi öqilayotganda iqtido qiluvçi duoi qunutni tugutmasdan imom rukuga ketib qolsa, iqtido qiluvçi nima qiladi? Birga rukuga ketadimi yoki qunutni tugatib keyin ruku qiladimi?💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Bu holatda muqtadiy qunut duosini tugatib, imomga rukuda yetişiga közi yetsa, qunutni tugatib, ruku qiladi. Qunutni tugatib imomga rukuda yetişiga közi yetmasa, qunutni kelgan joyida töxtatib, rukuga boradi. Bu bilan uning namozi nuqsonli bölib qolmaydi. Çunki vitr namozining uçinçi rakatida qunut duosini öqişdan maqsad oz bölsa ham duo qilişdir. Qunut duosini tugatmagan inson oz bölsa ham duo qilib, vojibni bajargan hisoblanadi. Qunut duosini oxirigaça yetkaziş mustahab amal bölib, vojib (imomga ergaşiş)ni bajariş uçun şu mustahabni tark etadi. Vallohu a’lam.Özbekiston
    Иллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanal
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    19 сент., 07:14

    GILVATA YEYIŞ #halol_harom❓1550-SAVOL: Homilador ayol gilvata yeyişi mumkinmi?💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Şariatimizda tuproq yeyiş ta’qiqlanadi. Gilvata ham yer jinsiga oid bölgani uçun uni yeyiş ham durust emas. Fanda gilvata tarkibida oğir metall tuzlari, mişyak va qörğoşin kabi organizm uçun zararli elementlar, moğor zamburuğlari va boşqa infeksiyalar aniqlangan. Ammo ba’zi ulamolar ahyon-ahyonda oz miqdorda yesa, zarari yöq deyişgan. Çunki loy, tuproq, kesakni yeyişning nojoizligi tanaga zarar bergani sababidandir. Ammo köp yeyiş yoki tanaga zarar beradigan miqdorda yeyiş durust emas. Şu bois gilvata yegisi kelayotgan homilador ayol avvalo, şifokorlarga uçrab, ularning tavsiyasi bilan iş körişi kerak. Vallohu a’lam.Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.👍YouTube 👍Instagram
    Иллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanal
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    19 сент., 05:10

    #muftiy_minbari📹 Kasodga uçramaydigan tijorat 🎙 Şayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari✅ Ulaşing: @fatvouzlotin
    750видео2Открыть в Telegram
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    19 сент., 03:08

    #Hidoyat_tavalludi"Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ansorlarni ziyorat qilar, ularning bolalariga salom berib, ularning boşlarini silar hamda ularning haqqiga duo qilar edilar".📚Imom Nasoiy rivoyat qilgan.Ansorlar — Madinai Munavvaralik sahobalar.✅ Ulaşing: @fatvouzlotin
    Иллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanal
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    18 сент., 12:29

    #Video #ğusl📹 Boşi jarohatlangan kişining ğusli 🎙 Otabek domla Mamadiyev Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi boş mutaxassisi👨‍💻 Töliq holda köriş ✅ Ulaşing: @fatvouzlotin
    807видео4Открыть в Telegram
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    18 сент., 09:44

    “MOMA OŞI” BOR NARSAMI? #bid’at❓1549-SAVOL: Biz tomonlarda “Moma oşi” degan marosim bor. Ayrim joylarda “Moma göja” deb ham aytilar ekan. Bu marosim asosan folbinlar iştirokida bölib, folbin tuzalmayotgan bemor uçun tovuq söydirib, uning qonini bemorning yuzi va boşqa yerlariga surtadi. Şundan keyin uning göşti pişirilib, folbin mehmon qilinadi. Şunday marosim ötkazişning gunohi qanday böladi?💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Bunday marosim ötkaziş katta gunohdir. Çunki folbinlar bilan aloqa qiliş, ularning sözini tasdiqlaş kişining iymoni uçun öta xatarli iş. Buning ustiga har qanday hayvonning qoni najosat hisoblanadi. Uni iste’mol qiliş, tanaga surtiş durust emas. Dinimizda bemorni tibbiyot yordamida yoki Qur’on öqib dam soliş, gohida esa har ikkisini birdaniga qöllaş bilan davolaş e’tirof etiladi. Folbinlarning nojoiz amallari bilan davolaniş qat’iyan man qilinadi. Folbinlarn
    Иллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanal
    1,060331Открыть в Telegram
  • FATVO.UZ | Rasmiy kanal

    18 сент., 06:44

    KUMUŞDAN ZAKOT BERAMANMI? #zakot❓1548-SAVOL: Tilla yoki naqd pulim yöq. Ammo 600 gramm kumuşim bor. Şu kumuşdan zakot beramanmi?💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Kumuşning nisobi ikki yuz dirham, ya’ni 595 grammga teng. Kimda şu va şundan köp miqdordagi kumuşi bölib, bir yil ötgan bölsa, qirqdan birini zakot sifatida beradi. Tilla va kumuşda qiymat emas, vazn hisobga olinadi. Şu sababli kumuşning narxi zakot nisobiga yetmasligi mumkin, ammo vazn jihatdan yetgani uçun zakot beriladi. Zakot berişda, kumuşning özidan yoki qiymatidan bersa ham böladi (“Badöius-sanoi’” kitobi). Vallohu a’lam.Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.👍YouTube 👍Instagram 👍Facebook 👍Ummalife😎 RASMIY SAHIFA
    Иллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала FATVO.UZ | Rasmiy kanal