Последние посты

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
23 сент., 12:58
Shavkat Mirziyoyev kam ta’minlanganlarni ishga joylashtirishga biznesni faolroq jalb qilishni, ishlay olmaydiganlarni nafaqa va boshqa yordamlar bilan ta’minlashni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Nuroniy” jamg‘armasi hokimlarga kamchiliklarini ko‘rsatib, prezidentga ularni ishdan olishni tavsiya qilishi mumkin.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/23/nukus/Telegram | Instagram | YouTube


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
23 сент., 12:19
Pomir va Tyan-Shan muzliklari erishi MO daryolari mavsumiy oqimini o‘zgartirmoqda. Bu sug‘orish mavsumida suv taqchilligini kuchaytirishi mumkin, baland tog‘lardagi muzlik ko‘llari to‘satdan toshqin kelib chiqishi xavfini yuzaga keltirmoqda. Olim Abror G‘ofurov — mintaqada suv balansi qanday o‘zgarayotgani haqida.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/23/glaciers/Telegram | Instagram | YouTube


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
23 сент., 12:03
Endi Yandex Maps hamda Yandex Navigator ilovalarida Toshkent, Andijon va Namanganda safar davomida xizmat harakat bo‘laklari, chiziqlar, chiqishlar va xavfsizlik orollari bilan yo‘lning batafsil sxemasini ko‘rsatadi (reklama).https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/23/yandex-maps/


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
23 сент., 11:51
O‘zbekiston ATP va WTA shafeligidagi xalqaro tennis musobaqalariga mezbonlikni qayta yo‘lga qo‘yadi — Toshkent avval ATP turnirlariga 2002-yilgacha, WTA turnirlariga esa 2019-yilgacha mezbonlik qilgan. Shuningdek, Respublika tennis maktabini boshqarish funksiyasi O‘zbekiston tennis federatsiyasiga beriladi.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/23/tennis/Telegram | Instagram | YouTube


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
23 сент., 11:14
O‘zbekistonda biznes tomonidan talab yuqoriligi va eskirish jarayoni ko‘paygani sababli yuk vagonlari parkini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Transport vazirligi buni temiryo‘l sohasidagi o‘sish nuqtalaridan biri deb atadi. Toshkent — Samarqand alohida tezyurar temiryo‘l qurilishi bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/23/railway/Telegram | Instagram | YouTube


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
23 сент., 10:47
O‘zbekistonning “Stixiya” festivali AQShdagi dunyoga mashhur Burning Man festivalida The Last Shore (“So‘nggi qirg‘oq”) installyatsiyasini taqdim etdi. Mo‘ynoq va Orol dengizi fojiasiga bag‘ishlangan bu ish art-dastur saralashidan o‘tdi, tadbir yakunlangach Los Anjelesdagi bog‘lardan biriga o‘rnatildi.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/23/the-last-shore/Telegram | Instagram | YouTube


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
23 сент., 10:28
O‘zbekistonda xususiy sektor ishtirokida to‘rtta aeroport loyihasi ishlab chiqilmoqda, deya ma’lum qildi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Gap Toshkentning yangi aeroporti, Urganch va Buxoro aeroportlari, shuningdek, Andijon va Namangandagi majmualarni boshqaruvga topshirish haqida bormoqda.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/23/airports/Telegram | Instagram | YouTube


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
23 сент., 10:10
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi jahon iqtisodiyotiga chuqurroq integratsiyani, bu esa “global talab, xomashyo narxlari, ta’minot zanjirlari va moliyaviy sharoitlarning iqtisodiyotga ta’siri kuchayishini” anglatadi. Shunga qaramay, JB vakili Ayhan Kosening fikricha, integratsiyaga qarshilik ko‘rsatmaslik kerak.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/23/wto-uzb/Telegram | Instagram | YouTube


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
22 сент., 15:55
O‘zbekistonda iqtisodiy samaradorligi past, moliyalashtirish manbalari aniq bo‘lmagan va muddatlari cho‘zilgan energetika loyihalari qayta ko‘rib chiqiladi. Yangi quvvatlar nafaqat elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi, balki uning tannarxi va elektr tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari asosida ham baholanadi.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/22/energy/Telegram | Instagram | YouTube


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
22 сент., 15:03
“Millat” teatrida “Qo‘rqma” spektakli namoyish etilmoqda. 1920-yillarda Germaniyaga o‘qishga yuborilib, so‘ng qatag‘onga uchragan Turkiston yoshlari fojiasiga bag‘ishlangan ushbu saundrama turli ramzlar va metaforalar orqali tarixning og‘riqli mavzusiga yangicha yondashishga harakat qiladi.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/22/spektakl/Telegram | Instagram | YouTube


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
22 сент., 14:48изменён
3-oktabrdan Toshkent viloyatida ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari tariflari oshadi. Aholining asosiy qismi uchun bir kubometr suv QQS bilan birga 19,2 foizga oshib, 3472 so‘mni, kanalizatsiya xizmati esa 15,4 foizga oshib, 1680 so‘mni tashkil etadi.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/22/tariffs/Telegram | Instagram | YouTube


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
22 сент., 14:10
Oxford Economics tuzgan Global Cities Index 2026 reytingida Toshkent 128 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoning eng yirik 1000 ta shahri orasida 343-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston poytaxti inson kapitali va iqtisodiyot bo‘yicha yuqori, hayot sifati, atrof-muhit holati va boshqaruv bo‘yicha esa past baholarni oldi.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/22/global-cities-index/Telegram | Instagram | YouTube


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
22 сент., 13:36
Samarqandda shaxmat Olimpiadasining yarmi ortda qoldi. Olti turdan soʻng Oʻzbekiston-1 erkaklar milliy jamoasi barcha uchrashuvlarda gʻalaba qozonib, alohida partiyalarning birortasida ham magʻlubiyatga uchramadi va turnir jadvalida yakka peshqadam boʻlib oldi. Ayollar jamoasi ham kuchli startdan soʻng yuqori oʻrinlar uchun kurashish imkoniyatini saqlab turibdi.Javohir Sindarov beshta partiyada 4 ochko jamgʻardi — uch gʻalaba va ikki durang. Uning xalqaro turnirlarga, jumladan, shaxmat Olimpiadasiga tayyorgarligi va ishtiroki, shuningdek, murabbiylar bilan ishlashi Oʻzbekiston Milliy banki koʻmagida amalga oshirilmoqda.Oʻzbekiston Avstriya, Turkiya, Vengriya va amaldagi olimpiya chempionlari boʻlmish Hindistonni qanday magʻlub etdi, ikkinchi terma jamoa nimaning hisobiga 13-oʻringa koʻtarildi hamda ayollar jamoalarining qanday imkoniyatlari bor? Bular bilan Gazeta materialida


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
22 сент., 12:34
Toshkentdagi Abdulla Qahhor uy-muzeyi ta’mirlash va modernizatsiya ishlari sababli 31-dekabrgacha yopildi. Bu davrda muzey eksponatlari xavfsizligini ta’minlash uchun O‘zbekiston davlat san’at muzeyiga vaqtincha ko‘chirib turiladi.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/22/abdulla-qahhor-muzeyi/Telegram | Instagram | YouTube


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
22 сент., 11:40изменён
Namangan viloyatidagi bog‘cha ombor mudiri 5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilishda gumonlanmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, erkak qamoqqa olindi. Bolalar ombudsmani vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/22/violence/Telegram | Instagram | YouTube


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
22 сент., 11:18
O‘zbekistonda fuqarolarga mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqini berish taklif etilmoqda. Ma’muriy sudga murojaat qilishning amaldagi 6 oylik muddati ham qayta ko‘rib chiqilib, ayrim holatlarda muddatsiz murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/22/sud/Telegram | Instagram | YouTube


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
22 сент., 10:38
O‘zbekiston mudofaa vaziriga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi. Polkovnik Qahramonjon Zoidov qurollanish va qurollantirish, adliya polkovnigi Jahongir Muratov esa komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat yo‘nalishi uchun mas’ul bo‘ldi.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/22/mudofaa-vazirligi/Telegram | Instagram | YouTube


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
22 сент., 10:19
Rossiyaga ishlashga borib, 9 yilga qamalgan 37 yoshli T.N. harbiy xizmat shartnomasiga imzo qo‘yib, Ukrainadagi janglarda ishtirok etgan. U mina portlashida jarohatlanib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga qaytgan. Toyloq tumani sudi uni 4 yil 4 oyga ozodlikni cheklashga hukm qildi.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/22/yollanish-toyloq/Telegram | Instagram | YouTube


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
22 сент., 09:31
O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlarni onlayn qabul qiluvchi portal ishga tushiriladi. 2026-yil 1-dekabrgacha ishga tushiriladigan portal orqali murojaatlarni tekshirish, dalillarni to‘plash va ko‘rilgan choralar haqidagi ma’lumotlarni yuritish imkoniyati yaratiladi.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/22/ish-joyi/Telegram | Instagram | YouTube


Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
22 сент., 09:04
Hindiston mag‘lub etilgach, shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev O‘zbekistonning oltin uchun imkoniyatlari oshgani, biroq xotirjamlikka berilmaslik kerakligini aytdi. Rustam Qosimjonov ham shu fikrda: qatorasiga qo‘lga kiritilgan oltita g‘alabaga qaramay, Olimpiadaning yana beshta turini “bosib o‘tish kerak”.https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/22/chess-uzb-india/Telegram | Instagram | YouTube

