gram news
Аватар канала gulomovdesignblog

gulomovdesignblog

@gulomovdesignblog

Redesigner → samarali sohaviy muhit https://t.me/+0_o28i21xREwZTIy Grafik dizayner Jahongir G'ulomov. Yurtimizda dizayn sohasini rivojlantirish yo'lidaman. Kitoblarga investitsiya qiluvchi inson. Sohadan samarali foydalanish haqida.

ПроектыENДизайн

3,160подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • gulomovdesignblog

    23 авг., 09:54изменён

    Barchaga xayrli kun! Hozirda qanday ishlar bilan bandligim haqida yozib o'taman.Ayni vaqtlar Falaq Nashr nashriyotida R&D bo'lim boshi sifatida faoliyatdaman. Ushbu nashriyot kitoblar yo'nalishida (qiyin yo'nalish ekanligini alohida eslatib o'tishim kerak) katta natijalarga erishib kelmoqda va ko'p insonlarni kitob o'qishga ijobiy targ'ib qila olmoqda. Oliy maqsadni eng yaxshisi shu yo'nalish ichida. R&D qanday bo'lim va uning vazifalari bo'yicha esa keyinroq.Ongli ravishda izolatsiya rejimda yashash modeliga omadli o'ta oldim. Chalg'ituvchi va zararli band qiluvchi asosiy omillarni kamaytirgan holda.Xechqanday sohamizdan zerikkanim yo'q. Dizayn men uchun avvalgidan ham 10x muhim ahamiyatga ega va unda zo'r imkoniyatlarni ko'rmoqdaman. Redesigner guruh yodingizda bo'lsa kerak. U guruh loyihasiga hali qiziqtirish ishlarini boshlamagan holatimda guruh ichida sal kam 100ga yaqin
  • gulomovdesignblog

    10 авг., 05:12изменён

    Kuniga 2-3 mahaldan audio kitob. Ushbu formatga maqsadli ravishda o'tmay turgan edim. Lekin kunlarimni ichida qo'shish uchun bir nechta kichik vaqt qismlari mavjud edi.Tingla loyihasi qulay yechim bo'ldi, sababi ushbu loyiha kitoblarni ixchamlashtirilgan holda mazmun mohiyatini sharhlab beradi. Mendagi aynan kichik bo'sh vaqt qismlar uchun samarali yechim.
    Иллюстрация к посту канала gulomovdesignblogИллюстрация к посту канала gulomovdesignblog
  • gulomovdesignblog

    9 авг., 19:57

  • gulomovdesignblog

    14 июл., 13:51

    Odatiy feedbacklardan keyingi bosqich bu samarali feedback. U o'sish tizimining bir qismi bo'lishi kerak. Buning uchun tayyorlangan ishlarga 3 ta savol bo'yicha e'tibor berish kerak bo'ladi. 1. Nimalar omadli bo'lgan/vazifa bajarmoqda. 2. Nimalar omadsiz bo'lgan/vazifasini bajara olmayapti. 3. Yana nimalarni sinab ko'rish mumkin? Bu yondashuv odatiy feedback jarayonini yanada samarali qilib, o'sishga hissa qo'shuvchi holatga keltiradi.→ Redesigner guruhida ishlarga aynan manashu uslubda deep feedback berib boriladi.
  • gulomovdesignblog

    14 июл., 05:57изменён

    Yagona narsa kitobi hozirda bir vaqtning o'zida ko'p omillarga e'tibor bergan holatda yashab faoliyat olib borayotgan davrimizda, ushbu kitob bunday hayot modeli noto'g'ri ekanligini va aynan bizga kerakli yagona narsani aniqlash va unga kuchli e'tibor berish to'g'ri ekanligini qiziqarli tushuntirib o'tmoqda.► Multitasking xech bir ishni qoyillata olmaslik uchun yaxshi yechimdir. Uning badali bor. Noto'g'ri tanlovlarga, xatolarga va keraksiz stresslarga olib keladi. ► Bizga aslida to do list emas, succest list kerak. To do list odatda juda keng bo'ladi, succest list esa juda qisqa. ► Miyya tana vaznining atiji 1/50 qismini tashkil qilsada, biz sarflaydigan umumiy quvvatning 1/5 qismi uning ulushiga to'g'ri keladi. Agar miyyani avtomobilga qiyoslasak, yonilg'i sarfi bo'yicha u aniq Hummer bo'lar edi.
    Иллюстрация к посту канала gulomovdesignblogИллюстрация к посту канала gulomovdesignblog
  • gulomovdesignblog

    10 июл., 06:55

    Grafik dizaynda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lsangiz, eng ko'p vaqt va kuchni kommunikatsiya ko'nikmalaringizni rivojlantirishga sarflang. Michael Janda Burn Your Portfolio
  • gulomovdesignblog

    8 июл., 10:51изменён

    Dizaynerlar o'zlashtirishlari kerak bo'lgan, boshqa sohalardagi fikrlash modellari. Call-center → ko'p rad javoblar normal holat va bu statistikaning bir qismi. Dizaynerlar rad javoblarni juda emotsional og'riqli o'tkazadilar. Rad javoblar, ijobiy javoblardan bir necha karra ko'proq bo'lishi normal holat.Ofitsiantlar → doimiy tezlik, aniqlik va e'tiborli bo'lish. Dizaynerlarda doimiy chalg'ib qolish, sekinlashib qolishiga sababchi bo'luvchi ko'plab salbiy omillar mavjud. O'zlarini ko'p holatda bemalol/beparvo holatga keltirib qo'yishlari kuzatilinadi. Zararli odat.Dasturchilar → xatolar (bug) va qayta ishlashni jarayonning tabiiy qismi sifatida qabul qilish. Dizaynda feedbacklar ish jarayonning doimiy qismi. Feedbacklar bo'lishi - dizayner yomon degani emas. Yana qanday fikrlash modellarini qo'shib borish kerak deb o'ylaysiz?
  • gulomovdesignblog

    29 июн., 03:58

    Иллюстрация к посту канала gulomovdesignblogИллюстрация к посту канала gulomovdesignblog
  • gulomovdesignblog

    28 июн., 20:19

    Anti-AI Crafting yilning eng katta trendi 2026-yilda grafik dizayn "mukammal AI estetikasi"dan uzoqlashib, inson qo'li tegib turgani seziladigan, hissiyot uyg'otuvchi dizaynga qaytmoqda.AI dizaynni tezlashtirdi, lekin natijada ko'plab ishlar bir-biriga o'xshab qoldi. Shuning uchun brendlar endi inson omiliga (ijodiga) qaytishni ko'proq tanlashmoqda. Sun'iy mukammallik emas, tabiiy haqiqiylik qadrlanmoqda-qimmatlashmoqda.Oxir-oqibat, 2026-yilning eng ilg‘or dizayni eng insoniy dizayn yondashuvi bo'lib chiqmoqda. Maqolani to'liq o'qib chiqish uchun - havola
  • gulomovdesignblog

    27 июн., 06:18

    Иллюстрация к посту канала gulomovdesignblogИллюстрация к посту канала gulomovdesignblog
  • gulomovdesignblog

    25 июн., 18:04изменён

    Hozirda bir qiziq loyihaning dizayn qismlari ustida ishlamoqdamiz. Yo'nalish - qahva ichimliklarni maxsus app'dan avvaldan buyurtma berish. Manashu produktga sizning mijoz sifatida fikrlaringiz kerak.E'tibor bergan bo'lsangiz kerak bizda ilovalardan foydalanish madaniyati endilikda yaxshi rivojlanib bormoqda. Misol uchun ko'p restoran va fastfood brendlarimiz ham o'z ilovalariga reklama materiallarida mijozlarni yo'naltirish tarafdan ko'proq urg'u berishni boshlab olishgan.Aynan sizda yuqoridagi kabi qavha ichimliklarga pozitsiyalashgan ilovaga qanday fikr va takliflaringiz bo'lishi mumkin?
  • gulomovdesignblog

    24 июн., 13:23

    HR mutaxassislar bilan sohaviy do'stlashish haqida o'ylab ko'ring. Bu eng payqalmagan katta ustunlikka ega bo'lish nuqtasi.
  • gulomovdesignblog

    24 июн., 13:02изменён

    Ishga kirish jarayonida test vazifa olsangiz - bu yaxshi boshlanish degani. Ushbu bosqichda raqobatchi nomzodlardan ustunlikka erishish haqida gapirib beraman.Eng asosiysi test vazifaga - frilans buyurtma sifatida qaramang. Manashu eng noto'g'ri yondashuv.Ko'p holatda bu jarayonda nima sodir bo'ladi? 1. Dizayner test vazifani shundoq bajarmaslik maqsadida ignor qilib yuboradi. Bu haqida ish beruvchi tarafga xabar ham bermaydi. Ish beruvchi kutadi, qayta aloqaga chiqadi. Dizaynerdan javob bo'lmaydi. Nomzod ish beruvchini chopdim deb o'ylaydi, aslida o'zi-o'zini chopgan bo'ladi. U bepul test vazifani bajarishdan o'zini qutqardi, lekin potensial ish taklifi olishi mumkin bo'lgan holatdan o'zini judo qildi.2. Dizayner test vazifaga buyurtma sifatida qarab yuboradi. Bu ishni qilib bersam manashuncha to'laysizlar deb yuboradi. Momentalno chopilish.Test vazifa = frilans buyurtma emas.
  • gulomovdesignblog

    21 июн., 14:51

    Yuqoridagi post fikrdan kelib chiqilgan holda, qiziq savol odamni o’ylantirib qo’yadi.Brend bo’lishga investitsiya qanday va qachondan boshlanadi?Mashxur dizayner yoki agentlikdan logotip va aydentika buyurtma berishdanmi yoki bizning soha xizmatlariga yetib kelmasdan ham, boshqa yo’llar orqali brend bo’lishni boshlash uchun investitsiyalar kiritish mumkinmi? Albatta!Misol uchun biror yangi ochiluvchi oshmarkaziga brend bo’lishni boshlash uchun investitsiya yo’llar:1. Nomga investitsiya. Yo’nalish ichidagi shablon nomlaridan boshidan ajralib turuvchi nom o’ylash - brend bo’lish uchun yaxshi investitsiya. Beshqozon zo’r nom.2. Shior yoki vada bilan boshidan pozitsiyalanish.Osh birlashtiradi - zo’r shior (Kamolon osh)3. Sifatni iloji boricha standartlashtirish. Juda qiyin, lekin harakat qilib borishga arziydi.Asosiysi - bugun yaxshi, ertaga uncha emas, indinga umuman
  • gulomovdesignblog

    21 июн., 09:55

    Иллюстрация к посту канала gulomovdesignblogИллюстрация к посту канала gulomovdesignblog
  • gulomovdesignblog

    14 июн., 09:12изменён

    Jahongir aka faqat bizmi yoki hamma dizayner o’zini shunday (ya'ni yomonroq) his qilyaptimi? Shahzod Yarashev Kecha Najot Ta'lim media bo'limining eng kuchli davrlarida faoliyat olib borishgan dizayner ukalar bilan ko'rishib qoldim. O'ylaymanki ushbu savol javobi sizga ham foydali bo'ladi.Agarda sizda ham shunday hisslar bo'layotgan bo'lsa - siz yuqori ehtimol bilan katta o'sishning avval talab qiluvchi darajasidagi pastligiga tushgansiz. O'sish formulasida bu doimiy qonuniyat. Keyingi bosqich o'sish uchun ma'lum darajada tublikka tushish kerak.Hozir ham ko'p dizaynerlar aynan shu nuqtada. Agar o'zingizni boshqarib, salbiy hayollaringizga erk bermasdan, miyyangizdagi qo'rquvlaringizni pahlavon maxluqlar qilib yubormasdan, optimist fikrlashni shakllantirib va kerakli muhit va bilimlarni olib borsangiz - siz bu nuqtadan yuqoriga ko'tarilib keta olishingiz imkoniyati ancha oshadi.Muhi
  • gulomovdesignblog

    13 июн., 21:30

    Иллюстрация к посту канала gulomovdesignblogИллюстрация к посту канала gulomovdesignblogИллюстрация к посту канала gulomovdesignblog
  • gulomovdesignblog

    11 июн., 09:46

    Иллюстрация к посту канала gulomovdesignblogИллюстрация к посту канала gulomovdesignblog
  • gulomovdesignblog

    11 июн., 07:02изменён

    Kontent istemol qilish Hozirda ushbu so'zga (kontent) salbiy assosatsiyalar tamg'alanib borilishi faol ketmoqda. Raqamli dieta - mavzulari haqida suhbatlashuvlar ham rivojlanmoqda.Men qanday yo'l tutdim va bularni hozirgacha normal qo'llab kelmoqdaman: 1. Tarmoqlarni o'chirib yuborganim yo'q. O'sha "zararli" instagram ham, youtube ham telefonimda bor. Ularni hatto uzoq papkalar ichiga berkitib ham yuborganim yo'q.Mendagi yechim: Impulslar ustida ishlamoqdaman. Qo'l sababsiz - smartfonga ketib qolish holatlarini boshqarish. Bu nazorat asosida - telefonim stol ustida tursa ham - unga sababsiz teginmaslik darajasiga yetib kela oldim. Telefonni shkaflar ichiga berkitib yuborish metodlari ham menga kerak bo'lmadi.2. Kontent - hozir ham istemol qilaman. Misol uchun kuni kecha youtubeda IMAN loyihasi bo'yicha katta 3 kishilik video chiqarishdi. Buni ko'rish kerak. Shuncha foydali
  • gulomovdesignblog

    9 июн., 22:00

    Jahongir G'ulomov: - Dizaynlarni subyektiv didlardan tashqari holatda, obyektiv (mezonlar asosida) baholash haqida fikringiz qanday?Ahror Alikhanov: @alikhanovdesign - Dizaynni ma'lum bir darajada obyektiv va subyektiv baholash mumkin.Obyektiv holatlarda. Umum qabul qilingan qoidalar asosida. Ya'ni kompozitsiya to'g'ri tuzilganmi? Dizayn o'z vazifasini bajaryaptimi? Ma'lumotni to'g'ri podacha qila olyaptimi? Agar dizayn sistema asosida ishlanayotgan bo'lsa, unga amal qilinmoqdami? Vizual balans mavjudmi? Brend xarakteri va auditoriyaga mosmi?Subyektiv holatlarda asosan insonning dididan kelib chiqib baholanadi. Kimgadur yoqqan rang, boshqa odamga yoqmasligi mumkin. Va bu normal holat. Yoki bo'lmasam, kimdur minimalizmni ustun ko'rsa, boshqa birovga maksimalizm yoqishi.Bizni holatda agar mijoz subyektiv baholasa, dizaynerning vazifasi uni obyektiv tushuntirish. Bu shrift