gram news
Аватар канала Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

@gulrukhbonu_official

- Prezident e’tirofidagi yosh diplomat 🇺🇸🇹🇷🇮🇳🇰🇿🇧🇪🇳🇱🇫🇷🇦🇪 Shu davlatlarga ta’lim granti asosida borganman va sizga ham o’rgataman - UWED (189.0) - HPAIR scholarship - "Kelajak bunyodkori" - "UZB - USA 30 years of friendship" 🤝@gulrukhbonuda_reklama

ПроектыUZОбразование

11,500подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    9 сент., 15:45

    - Bugungi leksiyamizda professorimiz aytgan noodatiy narsalar)1. Darsga kelish ixtiyoriy, xohlasangiz keling, xohlamasangiz yo’q. Hamma materiallar saytga yuklanadi, bemalol mustaqil o’qishingiz mumkin.2. Darsda javob berish ham ixtiyoringiz, baholar imtihon asosida qo’yiladi.3. Xohlasangiz oraliq (midterm) topshiring, xohlamasangiz faqat yakuniy (final) topshiring.4. Shu shu vaqtlarda ofisimda bo’laman, kelib xohlagan mavzuyingizni muhokama qilsangiz, darsni qayta o’tishimni so’rashingiz mumkin. Shaxsiy nomerim mana)5. 8 ta yordamchi ustoz bor, haftani xohlagan kuningiz ulardan qo’shimcha dars oling.6. Fan sizga qiziq tuyulmasa, ayting, sizga mos fan tanlaymiz birga. O’zi hamma fanimizni o’zimiz tanlaganmiz, majburiy fan yo’q)Shunday qoidalar bizni universitetlarga ham kerakmi?@Gulrukhbonu_official
    7,22024978383397Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    9 сент., 14:42

    - Dunyoning TOP-16 universitetidan salomlar🫀Gulruxbonuyingiz tirik, kanali ham esida) Naqt 35 soatlik yo’ldan so’ng o’sha Amerikaga kelib, joylashib, mana o’qishlarimni ham boshlab oldim.Ichimda hissiyotlar bir dunyo, kun-u tun alishgan, vaqt farqi 10 soat.Sizlargayam shunaqa yo’q bo’lib qolib, keyin Amerikadan aloqaga chiqish nasib qilsin-ey)@Gulrukhbonu_official
    Иллюстрация к посту канала Gulruxbonu Shokirova | Young DiplomatИллюстрация к посту канала Gulruxbonu Shokirova | Young DiplomatИллюстрация к посту канала Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat
    6,4803046327731Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    17 авг., 14:11

    #OAV_biz_haqimizda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, AQShning Jons Hopkins universitetiga oʻqishga kirgan Gulruxbonu Shokirova “Davra Podcast” mehmoni boʻldi. Suhbat davomida Gulruxbonu dunyoning yetakchi universitetlaridan biriga olib borgan yoʻli
    12,2001272421753Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    17 авг., 14:10

    переслано из @elyurtumidifoundation

    #OAV_biz_haqimizda“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, AQShning Jons Hopkins universitetiga oʻqishga kirgan Gulruxbonu Shokirova “Davra Podcast” mehmoni boʻldi.Suhbat davomida Gulruxbonu dunyoning yetakchi universitetlaridan biriga olib borgan yoʻli — maqsad qoʻyish, tayyorgarlik koʻrish, shubhalarni yengib oʻtish va har bir bosqichda uni qoʻllab-quvvatlagan insonlar haqida soʻzlab berdi.Podkastda bugungi kunda Oʻzbekiston yoshlari, xususan, sifatli taʼlim olish, ilm-fan bilan shugʻullanish va oʻz intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarishga intilayotgan qizlar uchun ochilayotgan imkoniyatlarga alohida eʼtibor qaratildi.👉Tomosha qilish🔗 Website: El-yurt.uzTelegram | Facebook |Instagram| YouTube
    11,4001014210421Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    15 авг., 11:51

    - Gayd haqida ilk feedbacklar🍔Xullas, kechani o’zida 30+ inson gayd egasiga aylandi va hamma narxidan ancha ko’piga arzishini aytmoqda.“Kechqurun o’qimang, ilhomlanib uhlolmay chiqasiz”, deyishyabti)Sizga haqiqiy grant yutgan naqt 2 ta esse to’liq taqdim etiladi, endi CV va Recommendation xatimni ham bonusiga bermoqchiman.Ertaga sotuvi yopiladi, bugun ham 149.000 ga olishingiz mumkin.@Gulrukhbonu_official
    Иллюстрация к посту канала Gulruxbonu Shokirova | Young DiplomatИллюстрация к посту канала Gulruxbonu Shokirova | Young DiplomatИллюстрация к посту канала Gulruxbonu Shokirova | Young DiplomatИллюстрация к посту канала Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat
    8,7505287531Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    14 авг., 15:05

    - Magistraturani chet elda o’qimochilar uchun maxsus “MasterMAP” gaydi☑️Gayd mundarijasini rasmda ko’rishingiz mumkin. 13 ta mavzu va 2 ta essayni o’z ichiga olgan. Jami 40 betdan iborat.Gaydni yakunlaganingizdan so’ng bir marotaba online savol-javob darsi ham qo’yib beriladi.EYUF yutgan va Johns Hopkinsga qabul qilingan real essayim ham taqdim etiladi.Narxi esa 199.000 so’m, faqat bugun 149.000 so’m📎@gulrukhbonu_work ga murojaat qilasiz, cheklangan miqdorda taqdim etolamiz)@Gulrukhbonu_official
    Иллюстрация к посту канала Gulruxbonu Shokirova | Young DiplomatИллюстрация к посту канала Gulruxbonu Shokirova | Young DiplomatИллюстрация к посту канала Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat
    8,5204811761Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    14 авг., 14:58

    - Tayyormisiz?@Gulrukhbonu_official
    7,30038821Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    13 авг., 15:36

    - Bitta zo’r yangilik ham bor)Johns Hopkinsga qabul qilinganim, scholarship yutganim, keyin EYUF yutganimdan keyin ko’pchilik shu borasida manga murojaat qilmoqda.Shu sabab maxsus gayd tuzib chiqdim. Unda TOP universitetga qabul jarayonlari, turli yuz foizlik magistrlar uchun grant dasturlari va eng muhimi, Johns Hopkins uchun yozilgan motivatsion xatim va EYUF uchun yozilgan esseyim to’liq bo’ladi.Naqt 40 betlik “MasterMap” qo’llanma-kitob. Narxi esa o’ta minimall bo’ladi)@Gulrukhbonu_official
    8,7001642917843Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    13 авг., 15:30

    - El-yurt umid: suhbat bosqichi 💬Bu bosqich hal qiluvchi bosqich, shaxsan o’zimga ko’proq bosim ham bergan bosqich)Testdan demak yetarli ball to’plaganlar, suhbatga tavsiya etiladi. Suhbat ham offline, Toshkent shahrida o’tkaziladi, viloyatdagilar ham keladi.Taxminan 8-12 nafar komissiya a’zosi va siz bir o’zingiz suhbatga kirasiz. Hamma bir-bir savollarini beradi, javob berasiz. Nizomda qay tarzda baholanishgacha yozilgan, tanishsangiz bo’ladi.Bunda 40 ball sohangiz bo’yicha bilimingizga, 30 ball ma’rifat va vatanparvarlik uchun yana 30 ball esse uchun qo’yiladi. Hujjat topshirish jarayonidagi essayingiz suhbatda baholanadi.Taxminan 8-15 daqiqa davom etadi, nega bu davlat, nega bu universitet, qaytib kelgach maqsadlar, yo’nalishingizga doir savollar va ma’rifat bo’yicha ham savollar beriladi. Oxirgi o’qigan kitobingiz bo’yicha ham)So’ng esa,
    6,87074211051Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    10 авг., 15:21

    - El-yurt umidi: test bosqichi 💬Online hujjatlar topshirilayotganda yana sizdan o’zbek tilida esse ham so’raladi, naqt 1000 ta so’zlik. Unga ham a’lohida e’tibor berish kerak, chunki suhbat bosqichida bunga alohida ball beriladi.Testga qaytsak, eng qiyin bosqich desayam bo’ladi. 40 ta savol, 1 soat vaqt beriladi.Bakalavr uchun IQ va tahliliy firklashdan bo’ladi, magistrlar uchun tahliliy fikrlash va ilmiy metodikalardan.Jami 100 ball, undan 61+ to’plaganlar o’tgan hisoblanadi. Odatda nomzodlarning teng yarmi bu ballni to’plolmaydi.SAT, GRE yoki GMAT sertifikati borlar bu bosqichdan ozod etiladi va 100 ball beriladi. Shu sabab, maslahatim shu sertifikatni olib qo’ying. Risk ancha kamayadi.Test offline, “DTM” tomonidan o’tkaziladi. Faqat hozir ish va o’qish sabab chet elda bo’lgan nomzodlar online topshirishiga ruxsat beriladi.Keyingi postimi
    9,1201262213101Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    7 авг., 15:31

    - El yurt umidi: hujjatlar qabuli📁Hujjat topshirish jarayoni to’liq raqamlashtirilgan, ya’ni online.Platforma orqali siz barcha kerakli hujjatlarni yuklaysiz. Qabul xatlaringiz, sertifikatlaringiz, diplom va hozakolar.Universitetdan imkon qadar kattaroq scholarship yutishga harakat qiling. Har bir davlat uchun ma’lum limit bor. AQSH uchun ko’pi bilan 40-45.000$ to’lab beriladi.Aytgancha, magistratura uchun 22 yosh va 1 yillik staji majburiy talab. Hech qanday kafolat va boshqa xatlar bilan istisno ololmaysiz.Yo’nalishlar kesimida ham kvota taqsimlanadi, ba’zi yo’nalishga umuman kvota berilmasligi mumkin. Shu sabab, kvota va nizomni to’liq o’qib chiqishni maslahat beraman.Hujjatlaringizda kamchilik bo’lmasa, siz test bosqichiga o’tasiz. U haqida keyingi sonda)@Gulrukhbonu_official
    9,57010220141Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    5 авг., 15:00

    - “El-yurt umidi” o’zi nima?📌Bu tashkilot TOP 300 talik reytingdagi universitetlarga qabul qilingan iqtidorli yoshlarni moliyaviy qo’llaydi. Ya’ni, o’qishingiz xarajatini to’liq qoplab beradi.Har yili qabul 2 marotaba ochiladi, biri bahorda, biri kuzda. Man yutganimda aprelda qabul ochilgan edi.Hujjat topshirish vaqtida bakalavr uchun sizni qo’lingizda qabul xatingiz, IELTS 6.0+ va SAT (majburiy emas) bo’lishi kerak.Magistrlar uchun esa qabul xati, IELTS 7.0+, GRE/GMAT (majburiy emas), to’liq bir yillik ish staji bo’lishi kerak. Ish staji “my gov” da ko’rinishi kerak. Lekin, xususiy sektor ham qabul qilinadi.Yana bir muhim qismi, hozirgi g’oliblarning 80 foizi TOP-100talikchilar, ya’ni siz ham eng oldi universitetga harakat qiling. Uch yuzinchisiga emas, bu muhim)Keyingi qismlarda test, suhbat, hujjatlarni yana gaplashamiz.@Gulrukhbonu_offi
    10,300146291462Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    4 авг., 13:23

    - EYUF haqida postlar kerakmi?🗂Yaqindagina EYUF stipendiati bo’lganimdan keyin bu tanlov bo’yicha ko’p savollar tug’ilmoqda. Shu sabab, bir necha qismdan iborat batafsil ushbu jamg’arma va tanlov haqida yozmoqchiman.Qo’llab-quvvatlaysizmi?@Gulrukhbonu_official
    10,2002563714655Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    25 июл., 17:53

    - Hozir qaror qabul qilish vaqti)Uchta o’quvchim chet eldagi elchixonamizga amaliyot uchun tanlandi, biri Avstriyaga, biri Rossiyaga, yana biri Pokistonga ketyabti.12 nafar o’quvchim esa JACAFAni keyingi bosqichiga yo’l oldi. Qozog’iston, Qirg’iziston va Rossiylarga bo’ladigan konferensiyalarga yana o’ndan ortiq o’quvchim grant yutdi. NSP, Erasmus, Ugrad, SUSI, xullas bu grantlar ham zabt etilgan.Siz ham ular safiga qo’shilishingiz mumkin. Bugun ro’yhatdan o’tish yakunlanadi.@Gulrukhbonu_official
    Иллюстрация к посту канала Gulruxbonu Shokirova | Young DiplomatИллюстрация к посту канала Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat
    14,1001241610522Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    24 июл., 13:16

    - EYUF stipendiantlari safiga qo’shildim❤️‍🔥Johns Hopkins (TOP-16) universitetga qabul va IELTS 8.0 endi “El-yurt umidi” stipendiantligiga ulandi.Hujjat topshirish, esse yozish, test, suhbat va bir necha uyqusiz tunlar ortidan keldi. 18.000 nomzod orasidan atiga 210 tasiga bu nasib qildi.Bu jamg’arma TOP universitetga qabul qilingan yoshlarning harajatlarini to’liq qoplab beradi.@Gulrukhbonu_official
    Иллюстрация к посту канала Gulruxbonu Shokirova | Young DiplomatИллюстрация к посту канала Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat
    10,90025235331164Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    24 июл., 12:16

    - Tavallud ayyomingiz muborak, hurmatli Prezident🇺🇿Siz bildirgan ishonchni oqlash manga ham nasib qilsin.Har bir uchrashuv yelkamga qancha ma’suliyat yuklaganini faqat o’zim his qilolaman. Shu yo’lda harakatdaman.@Gulrukhbonu_official
    9,850видео117167532Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    23 июл., 15:00

    - UWED ni bitirib ish topolmaymanmi?Negadir ish topish haqida ko’p post yozgan bo’lsam ham har ikki savolning biri Diplomatiyani bitirsam ish topolmas ekanman, deb boshlanadi.Qayerni bitirishingizdan qat’iy nazar ish topish o’zingizga bog’liq. Ayniqsa hozirgi sharoitda til bilishingiz, boshqa soft va hard skillaringiz borligi va networkingizga ham bog’liq.Shu universitetda bakalavrni ham magistraturani ham tamomladim, o’zim ham kursdoshlarim ham ishsiz qolmadi. O’qish davomidayoq Tashqi ishlar vazirligiga amaliyotga kirib keyin rasmiy ishga qolganlar qancha.To’g’ri, hamma bitiruvchi diplomat bo’lib ketmaydi. Vakansiyani o’zi kam, lekin bu degani ishsiz qoladi degani ham emas. Aksincha, bizni bitiruvchilarimizga talab ancha yuqori. Masalan, xalqaro iqtisodni bitirganlar banklarda, Markaziy bankda, Soliq qo’mitalarida, Investitsiya, Iqtisodiyot va boshqa vazirliklarda
    9,4001242912821Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    23 июл., 14:32

    - Ushbu “roadmap”ni sizlarga ham ilindim📈25 kunda IELTS 8.0 natijaga qanday erishganim haqida barchasi: qaysi ilovani ishlatdim, practise testlarni qayerdan oldim, qaysi videolarni ko’rdim)Kursimdagi darsdan parcha sifatida kesib olingan, kamchiliklari uchun uzur.P.S: Kursimning 11-mavsumiga qabul davom etyabti)@Gulrukhbonu_official
    8,210видео751081Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    21 июл., 14:28изменён

    - Shablonlar eskirdi🖋Xalqaro grantlarga topshirishda ko’pchilik shablon javoblarga bo’g’lanib qolgan. Motivatsion xatini yoshligida qiynalgani, ota-onasi unga ishonmagani bilan boshlaydi.Xat mazmunida esa asosan “gender inequality” - qizlarga qiyinligi, imkon bo’lmagani va boshqa tengsizliklarni yozishadi. Afsuski, buni sizdan boshqa yana 100 ta qiz ham yozadi.Bu mavzu eskirdi, xatingizni o’quvchisiga ham qiziq emas.Xat yakuni esa taxminan bu dastur orqali do’st orttishi, dunyoqarashi kengayishi va til bilish darajasi mustahkamlanishi bilan tugaydi. Mana shu ham eskirgan shablon.Komissiya hay’ati sizga rahmi kelgani uchun sizni g’olib deb topmaydi. Siz grantga loyiq bo’lishingiz kerak. Hujjatlarda loyiqligingizni isbotlashingiz kerak.Reklamnaya pauza: batafsil kursda o’rganamiz)@Gulrukhbonu_official
    8,270821613931Открыть в Telegram
  • Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

    20 июл., 15:15изменён

    - Aytgancha, natijalar bilan @girls_development kanalida tanishishingiz mumkin.1-2-3 kurs talabalari va 11-sinflar uchun mos kurs. Ingliz tilini bilishingiz kerak. Sertifikat majburiy emas.Istalgan yo’nalishda o’qib topshirishingiz mumkin. Saralab faqat 35 dona o’quvchi olaman.@Gulrukhbonu_official
    8,16050129Открыть в Telegram