Последние посты

Ilyos Safarov
22 сент., 18:32
❗️O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq va zoravonlikka qarshi yangi tizim joriy etildiPrezident Shavkat Mirziyoyev mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlashga qaratilgan muhim qarorni imzoladi.Qaror bilan ish joyida tazyiq, jinsiy va jismoniy zoravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitish holatlarining oldini olish, bunday holatlar bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish va xolis ko‘rib chiqishning yangi tizimi joriy etiladi. Murojaat qilgan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari va murojaat mazmuni maxfiyligi kafolatlanadi.
Ilyos Safarov
22 сент., 13:20изменён
Ish tashkil qilishdagi oʻlda-joʻldalik, bir qoʻl bilan qurib, ikkinchi qoʻl bilan buzishdek mantiqsizliklar davom etadi. Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov Navoiy kutubxonasi va Yoshlar ijod saroyi o‘rtasidagi (Iqtisodiyot va moliya vazirligi qarshisida) juda
Ilyos Safarov
22 сент., 09:50изменён
Ish tashkil qilishdagi oʻlda-joʻldalik, bir qoʻl bilan qurib, ikkinchi qoʻl bilan buzishdek mantiqsizliklar davom etadi.Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov Navoiy kutubxonasi va Yoshlar ijod saroyi o‘rtasidagi (Iqtisodiyot va moliya vazirligi qarshisida) juda chiroyli yashil hududni pulli avtoturargohga aylantirish uchun auksionga chiqarayotgan ekan. Vaholanki, bu joy yoshlar har kuni kelib velosipedda sayr qiladigan, keksalarimiz va oilalar aylanib yurib, sogʻligʻini tiklaydigan, umuman, poytaxtning markazidagi sanoqli, eng xushmanzara va jonli maskanlardan biri.Postni bekorga ish tashkil qilishdagi oʻlda-joʻldalik masalasidan boshlamadim. Qarang, tez-tez takrorlanayotgan ekologik falokatlardan keyin Toshkentda yashil hududlarni koʻpaytirish haqida juda koʻp gapirilyapti. Bu masalada oʻndan ortiq qaror va farmon chiqqandir, hisobini sanaganim yoʻq. Lekin bir tomonda yashillik haqida


Ilyos Safarov
21 сент., 13:54
🎞🎞🎞🎞 Semirib ketgan hukumat va unutilgan Jamoatchilik palatasi — «Byurokratiyasiz O‘zbekiston» anjumanida qizg‘in savol-javobIjro hokimiyatini ixchamlashtirish, e’tibordan chetda qolayotgan Jamoatchilik palatasi va yangi siyosiy partiyalar tuzishdagi byurokratiya yuzasidan berilgan savollarga mas’ullar qanday javob qaytardi?👉 https://vaqt.uz/uz?n=32566📺YouTubeʼda tomosha qiling: 👉 https://youtu.be/kkrSYL5-dWo@haqiqatdailyos


Ilyos Safarov
21 сент., 10:39изменён
Jurnalist Sarvar Usmonning (Oʻktambek Karimov) Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilinishi mamlakatda "siyosiy muxolifatga yoʻl ochishning boshlanishi" deya talqin qilinayotganiga guvoh boʻlyapman. Hamkasbim Anora Sodiqova bu mavzuda butun boshli dastur tayyorlabdi. O'zA rahbari Abdusaid Ko'chimov esa hatto katta maqola yozibdi. Ammo shaxsan men bunday munosabatlarning birortasiga qoʻshilmayman.Nega?Birinchidan, Oʻktambek Karimov – jurnalist, u hech qanaqasiga muxolifatchi emas. U uzoq yillar "Ozodlik" radiosi oʻzbek xizmatida jurnalist sifatida ishladi va har doim xolis, professional jurnalistikaga sodiq turdi. Ha, uning dasturlarida "Ozodlik" radiosi pozitsiyasidan kelib chiqqan holda masalaga tanqidiy qarash kayfiyati ustundir. Lekin bu ham kasbiy uslub va tanqidiy jurnalistika masalasi, aslo siyosiy muxolifatchilik emas. Hokimiyatga intilish va siyosiy kurash


Ilyos Safarov
18 сент., 15:17
🎞🎞🎞🎞 Odamlarni kambag‘allik va qashshoqlikdan chiqarish uchun nimalar qilish kerak? | Fikr vaqtiBir umr mehnat qilib ham kambag‘allikdan chiqa olmaslik — bu taqdirmi yoki iqtisodiy tizim oqibati? Nega 10 million so‘m oladigan ishchi 100 million topadigan boydan ko‘proq soliq to‘laydi? Nega tarqatilayotgan mikrokreditlar odamlarni boy qilish o‘rniga, aksincha qarz botqog‘iga botiryapti?👉 https://vaqt.uz/uz?n=32468📺YouTubeʼda tomosha qiling: 👉 https://youtu.be/5R3x_52FT-4@haqiqatdailyos


Ilyos Safarov
16 сент., 19:09
Kecha Ganga tomondan o‘tib borarkanman, bir holat e’tiborimni tortdi va uni suratga olib qo‘ydim. Suratda kiyim do‘koni, dorixona va ovqatlanish maskani yonma-yon joylashgan. Bir qarashda bu har qanday shaharning odatiy va qulay infratuzilmasiday ko‘rinadi. Lekin e’tibor berilsa, bu ketma-ketlikda zamonaviy iste’mol jamiyatining o‘ziga xos mantig‘i ham yashiringan.Bir tomondan, iste’molchilik jamiyati insoniyatga qulayliklar berdi va beryapti. Bir hududning o‘zida ovqatlanish, kiyinish va tibbiy ehtiyojni hal etish albatta yaxshi, eng kamida vaqt tejalyapti. Erkin tanlov va taklif ko‘pligi raqobatni oshirib, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi.Ammo ikkinchi tomondan, shaharlar muhiti vaqt o’tgan sari insonlar hayotining yopiq, qaytarilib turuvchi ketma-ketligini shakllantirib qo‘yyotgandek. Fastfud va kafelar tezkor taomlar bilan ilk ehtiyojni qondirib, nosog‘lom turmush tarziga


Ilyos Safarov
14 сент., 14:38изменён
Bugun bir necha hafta davomida qilgan mehnatlarimiz natijasini ko’rdik. Yaqin doʻstim, mohir jurnalist Alisher Ro’zioxunov haqidagi xotira filmi taqdimotini oʻtkazdik.Xotira — inson ortidan qoladigan eng buyuk meros. Bu tashabbusni birinchi eshitishdayoq qoʻllab-quvvatlab, film namoyishigacha yelkadosh boʻlgan Milliy kontent markazi direktori Qobuljon Ahmedov va Prezident administratsiyasiga chin koʻngildan minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, loyiha ustida tinimsiz mehnat qilgan "MY5" telekanali jamoasiga va alohida jurnalist Yulduz Olimovaga tashakkur. Hatto betob bo’lib, shifoxonada yotgan paytlarida ham film taqdiri va sifati haqida qaygʻurib, jarayonni toʻxtatmagani haqiqiy fidoiylik namunasi bo’ldi.Filmni aynan bugun, Alisherning tugʻilgan kunida tomoshabinga havola etganimizda ham ramziy maʼno bor. U bugun jisman oramizda yoʻq, lekin qoldirgan izi, ovozi va prinsiplariYouTube32 yillik qisqa umr, ammo jurnalistikada qolgan katta iz. Jurnalist Alisher Ro‘ziохunov haqida.Obuna bo'ling: Instagram https://www.instagram.com/my5tv/ Facebook https://www.facebook.com/my5tv Telegram https://t.me/my5tv
Ilyos Safarov
14 сент., 08:58изменён
Yangilangan lotin alifbosini joriy etishda qat‘iyat va aniq strategiya bo‘lmasa, O‘zbekiston yana uzoq yillar ikkilanuvchi vaziyatda qolib ketishi mumkin. Ya’ni, hozir islohotga qarshi bo’layotganlar bir fikrda haqliki, unga ko’ra, amaldagi kirill va eski lotin yozuvlari yoniga uchinchisi qo‘shilib, jamiyatda haqiqiy alifbo xaosi yuzaga kelishi xavfi chindan mavjud. Til departamenti rahbari Nodir Jonuzoq Senatdagi yig’ilishda matbuotni yangi yozuvga o‘tkazish haqida gapirdi, biroq bu ham baribir yumshoq va ancha noaniq yondashuvdek. Ya’ni, matbuot — kutilayotgan ulkan tizimning bir qismi, xolos.Agar alifbo islohoti haqiqatan ham muvaffaqiyatli amalga oshishi kerak bo‘lsa, hukumat barcha sohalarda yagona, majburiy va qat’iy siyosat olib borishi shart. Buning uchun quyidagi asosiy va sodda qadamlarni parallel ravishda bosib o‘tish lozim:1. “Bosqichma-bosqich" degan mavhum iboradan voz
Ilyos Safarov
12 сент., 18:43изменён
BBC muxbiri Ibrat Safoning Ismat Xushev bilan o‘tkazgan intervyusini hozirgina ko‘rib tugatdim. Tarmoqlarni kuzatarkanman, intervyu haqida fikr bildirgan ko‘pchilik Ismat Xushev shaxsiyatiga urg‘u qaratayotganini ko‘ryapman, ammo shaxsan men bu intervyu Xushevdan ko‘ra bugungi davr va O‘zbekiston hukumati oldiga qo‘yilgan o’tkir savollar bilan muhimroq, ahamiyatliroq muloqot bo‘libdi degan bo‘lardim. Keling, hozir shular haqida ba’zi mulohazalarim.Birinchidan, Ibrat Safo har bir intervyusida bo‘lgani kabi va umuman BBC maktabiga xos tarzda suhbatni o‘ta professional va yuqori tempda olib borgan. Jurnalistning ko‘p yillik tajribasi, suhbatdoshning ruhiy holatini his qilish va kerakli nuqtaga aniq zarba bera olish qobiliyati har bir savol va bahsli vaziyatlarda bilinib turdi.Ikkinchidan, Ismat Xushevdagi maqom va mas’uliyat borasidagi chalkashliklar.Ismat Xushevning bu suhbatdagiYouTubeКаримов "эркатойи" Исмат Хушев ИИВдаги қийноқлар, ДХХ ислоҳоти ва Мирзиёев ҳақида - BBC News O'zbekБугунда Ўзбекистонга қайтиб яшаётганини айтган Хушев эндиликда Президент Шавкат Мирзиёев сиёсатининг ашаддий куйчисидек намоён бўлмоқда. Унинг туркум суҳбатларида эса, собиқ президентга нисбатан танқидий қарашлар тобора кўп янграмоқда. «Ислом Каримовни…
Ilyos Safarov
11 сент., 16:32
Xullas, o‘zbek jamiyati o‘zini sekin-asta o‘ldiradigan shirinlik bilan yashashda davom etadimi yoki vaqtida sog‘lom oziqlanishga, ya’ni o‘ziga kerakli matbuotni talab qilish va saqlab qolishga qayta oladimi, bu hozircha javobi noma’lum savollar. Shaxsan menda ham hozircha bu savollarga javob yo‘q. Menda hozircha faqat savollar ...@haqiqatdailyos
Ilyos Safarov
11 сент., 16:32
Bugun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda tahliliy mavzularda yozadigan deyarli barcha tahririyatlar rivojlanish uyoqda tursin, media makonda tirik qolish uchungina kurashib yashayapti. O‘ta kuchli senzura va ma’muriy bosimlar yetmagandek, bugun ularning bo‘yniga og‘ir iqtisodiy muammolar ham ilingan. Shaxsan men bilgan deyarli barcha nashrlarda xodimlarga oylik to‘lash tizimi buzilgan, yangi loyihalar va rejalar to‘xtatilgan. Uzoq muddatli strategiyalar haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.Bu vaziyatning sababi, birinchidan — reklama bozorimizning o‘zi juda kichik, tor. Ikkinchidan va eng og‘riqlisi, shu tor reklama bozori va biznes sub’yektlari ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy muammolarni ko‘tarib chiquvchi nashrlardan ko‘ra, yengil mavzular, shou-biznes va ko‘ngilochar kontent bilan shug‘ullanuvchi bloger hamda vaynerlarga pul tikishni ma’qul ko‘rmoqda.Biznes nuqtai nazaridan buni
Ilyos Safarov
11 сент., 06:46
переслано из @botirjon_sher
«Hozir jurnalistlarning himoyachisi kim?» — davlat idoralari matbuot xizmati va OAV o‘rtasidagi munosabatlar haqida suhbatAxborot olish so‘roviga javob bermaslik, jurnalistlarni telefon orqali bloklash, «rahbardan ruxsat olishim kerak» qabilidagi vajlar, shuningdek, rasmiy so‘rovlarga oylab javob bermaslik... Bular jurnalistlar davlat tashkilotlari bilan ishlashda duch kelayotgan muammolarning ayrimlari.Davlat tashkiloti matbuot xizmatiga mas’ul amaldor o‘zini qanday tutishi kerak? Qonunchilikdagi «javob 7 kunda» qoidasi bugungi internet asriga qanchalik mos keladi? OAVning axborot olish huquqi qanday kafolatlangan? OAVning axborot olish erkinligini qaysi tashkilot va qanday huquqiy richaglar orqali ta’minlaydi?Kun.uz'da bo'lgan suhbat@botirjon_sher
Ilyos Safarov
11 сент., 06:07
Бир гўдакнинг онаси қарамоғида яшашига кўмак берайликЭр-хотин ажрашади. Бир ўғил онада қолади. Она болани ота-онасига бериб Россияга кетади. Улар болага қарашга қийналиб, отасига олиб боришади. Ота ҳам бошқа оила қилган, боласи ўзи билан доимий яшашини истамайди.Она қайтиб келган, боласи билан яшашга уй йўқ. Қишлоқ аҳли бир амаллаб 4 соток ер ажратишган. Энди уй қуриш керак. Бунинг учун яхши одамлар кўмагига эҳтиёж бор.Қурилиш учун масъулиятни бўйнига олганлар ўзимиз билган, ишончли одамлар. Уларга тегишли пластик картани қўямиз. Йиғилган пуллар уй учун сарфланишини ўзимиз назорат қиламиз.9860 0101 0221 9796 Yusupov M 5614 6812 5926 8047 Abiyirkulov BОна ва бола биргаликда яшаши учун имконингиз етганича кўмак беришга чақирамиз.


Ilyos Safarov
10 сент., 09:15изменён
O‘zbekistonda barcha OAV yangilangan alifboga o‘tishi majburiy bo‘ladi — Nodir Xolbo’tayevLotin yozuviga asoslangan yangilangan alifbo haqidagi qonun kuchga kirgach, mamlakatdagi barcha ommaviy axborot vositalari uchun yagona alifboda ish yuritish qat’iy talabga aylanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodir Xolbo'tayev Senat majlisida ma’lum qildi.Departament rahbarining ta’kidlashicha, davlat va jamiyat uzoq yillar davomida ikki alifbo (kirill va lotin) o‘rtasida sarson bo‘lib kelgan. Endi hukumat ikki alifbolilik amaliyotiga chek qo‘yish arafasida turibdi. “Uch alifbolik yuzaga kelmaydimi, degan xavotirlar bor. Yangi qonun kuchga kirishi bilan ushbu masalani kun tartibiga qat’iy qo‘yamiz. Xususan, barcha ommaviy axborot vositalari tasdiqlangan va takomillashtirilgan yagona standartdagi alifboga o‘tishini majburiy etib
Ilyos Safarov
10 сент., 08:38изменён
Saida Mirziyoyevaga yangi vazifa yuklatildiPrezident farmoni bilan Saida Mirziyoyeva amaldagi lavozimini saqlagan holda Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi.Oʻzbekiston Prezidentining farmoniga muvofiq, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan oʻrindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.Moliya markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish shular jumlasidandir.Shuningdek, Moliya markazi nomidan Oʻzbekistonda


Ilyos Safarov
10 сент., 06:43изменён
Alifbo islohi bo’yicha qonun parlamentda ma’qullanib, Senatga yuborilibdi. Parlament yigʻilishlarining yopiq oʻtishi, "xalq uyi" deya ataluvchi dargohning shaffof emasligi va deputatlar faoliyatining ochiq yoritilmasligi — tizimli muammo, albatta. Buni inkor



Ilyos Safarov
10 сент., 06:18
🎞🎞🎞🎞 SSPE bilan kurashayotgan bolalarning ota-onalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qildi | Vaqt.uz reportajiKecha, 9-sentabr kuni farzandlari subakut sklerozlovchi panensefalit (SSPE) kasalligi bilan og‘riyotgan bir guruh ota-onalar Sog‘liqni saqlash vazirligiga yordam so‘rab bordi. Murojaatchilar mas’ullardan bolalarni davolash, parvarishlash hamda yillar davomida yechimini kutayotgan tizimli muammolarni hal etishda amaliy ko‘mak berilishini so‘ramoqda.👉 https://vaqt.uz/uz?n=32186📺YouTubeʼda tomosha qiling: 👉 https://youtu.be/fgIbTnB5xpY


Ilyos Safarov
10 сент., 03:44
Bir singlimizda o‘ng quloq oldidagi so‘lak bezida 22×19 mm hajmda hosila (o‘simtasimon narsa) aniqlangan. Hozirda operatsiya va kerakli tibbiy tekshiruvlar uchun moddiy yordamga muhtoj.Imkoni borlardan bemorga moddiy yordam berishingizni iltimos qilamiz. Bir necha kishining kichik yordami ham katta ko‘mak bo‘lishi mumkin.Yordam bermoqchi bo‘lganlar uchun: 💳 Kartalar bemor Xamdambayeva Gulshoda nomida.5614 6816 2746 0839 5614 6816 2123 2275Postni tarqatish orqali bo‘lsa ham ushbu xayriyaga hissa qo‘shing.#xayriya


Ilyos Safarov
9 сент., 17:37изменён
Xo’p, so’lib borayotgan farzandini ko’tarib olgancha vazirlik binosi oldiga umidvor kelgan ota-onalar ko‘z yoshi va og‘riqlarini chetga surib, masalaga hissiyotlarsiz yuzlanamiz.Davlatimizning o‘zi bu fojiaga olib kelgan sabablar bo‘yicha xolis va mustaqil tergov o‘tkazadimi? Jamiyatda parlament va matbuotning o’rni yo’q, tushunamiz, lekin sodir bo‘lgan voqealarga bevosita mas’ul bo‘lgan hukumat jamoatchilikka loaqal o‘zi istagan darajada axborot beradimi?Yuzlab bolalarning shol bo‘lib qolishiga sabab bo‘lgan epidemiologik o‘choq o’zi qanday paydo bo‘lgan? Kasallangan bolalarga yuborilgan profilaktik va emlash vositalari aynan qaysi preparatlar edi, ular qayerdan, qanday shartlar va qaysi sertifikatlar bilan olib kelingan? Nahotki, yana Hindiston? Bu jarayonda sifat nazorati hamda vakolatli idoralarning mas’uliyati qayerda qoldi?Va, eng muhimi — endi nima bo‘ladi, kim javob beradi

