Последние посты

Hilola Umarova
25 сент., 05:25
#auditoriyamiz_afsonalariAhmadali Asqarov“Auditoriyamiz afsonalari” ruknidagi videomizni davom ettiramiz. Bu safargi qahramonimiz Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor Ahmadali Asqarov. Bugun ustoz tavallud topgan kun!Ushbu intervyu sal avvalroq olingan, bugungi sana munosabati bilan e’lon qilishga qaror qildik. Avvalroq birinchi o’zbek arxeolog olimi, akademik Yahyo Gʻulomov haqida tayyorlagan kontentimizni koʻrgan boʻlsangiz kerak. Ustoz Ahmadali Asqarov Yahyo Gʻulomovning eng sevimli shogirdlaridan biri, videoda ham oʻzining talabalalik davri, ustozlari haqida soʻzlab bergan. Buyuk ustozning munosib shogirdi.Barchamiz tarix darslarida yurtimizdagi Sopollitepa va Jarqoʻton yodgorliklarida olib borilgan tadqiqotlar, yurtimizda qadimdan shahar madaniyati yuksak rivojlangani haqida oʻqiganmiz. Bu ilmiy, arxeologik oʻrganishlarning muallifi akademik Ahmadali Asqarovdir.Bu inson bir vaqtlar oliygohimiz talabasi boʻlgan, bugun shu dargohda talabalarga saboq berib minglab shogirdlar tayyorlamoqda.Men kun kelib talabalarimiz orasida ham shunday millatimiz qaddini koʻtaradigan buyuk olimlar, akademiklar chiqishini, ustoz-shogirdlik zanjiri uzilmasdan, yanada mustahkamlashib borishini xohlardim.Yana bir bor ustoz Ahmadali Asqarovni tavallud kuni bilan tabriklaymiz! Yaqinlar, shogirdlar baxtiga doimo sogʻ-omon boʻling!Videolavhani koʻring. Bu safargi video sun’iy idrok yordamida emas, jonli intervyu tarzida tayyorlandi.@hilola_umarova
Hilola Umarova
23 сент., 08:59
переслано из @npu_uz
Universitet rivojining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi👍 Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Rektor boshchiligida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.✅ Yig‘ilishda universitet faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilindi.📖 Xususan, universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash va ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.😄 Shuningdek, universitetda olib borilayotgan transformatsiya jarayonlarining bugungi holati, belgilangan vazifalar ijrosi va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.✨ Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook




Hilola Umarova
22 сент., 11:14
переслано из @npu_uz
Kompetensiyaga asoslangan pedagogik amaliyot modeli taqdim etildi⚡️YUNESKO bilan hamkorlikda tashkil etilan SmartEd loyihasi doirasida pedagogik amaliyotni takomillashtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.😄 Tadbir davomida O‘zbekiston uchun ishlab chiqilgan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan 4+2 tartibidagi pedagogik amaliyot modeli taqdim etildi.Model talabaning universitetda olgan nazariy bilimlarini maktabdagi amaliy faoliyati bilan uzviy bog‘lash, pedagogik ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirishga qaratilgan.✅ Shuningdek, xalqaro ekspert Eleyn Sharplin boshchiligida pedagogik amaliyot yo‘nalishda universitetimiz va 12 ta pedagogika oliygohlari mutaxassislari, shuningdek, ularga biriktirilgan maktab o‘qituvchilari ishtirokida mashg'ulotlar tashkil etiladi.Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube




Hilola Umarova
16 сент., 17:13
Talabalar turar joyida yashayotgan yigit-qizlarimiz holidan xabar oldik. Bir guruh xorijlik hamda birinchi bosqich talabalari bilan muloqot qildik, muammolarini oʻrgandik, takliflarini eshitdik.Uzoq viloyatlardan kelib, talabalar uyiga joylashgan, oilasidan uzoqda yashay boshlagan yoshlarimiz poytaxt va universitet hayotiga koʻnikib ketishi oson emas. Biz jamoamiz, ustozlar bilan birga ularni qoʻllab-quvvatlab, muammolarini hal etishga koʻmaklashishimiz kerak.Talabalar yotoqxonada ochiq muloqotlar, uchrashuvlar, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish taklifini bildirdi. Kelgusida bularning barchasini birgalikda oʻtkazamiz. Buning uchun barchangizdan faollik kutamiz.@hilola_umarova
Hilola Umarova
16 сент., 11:08
#auditoriyamiz_afsonalari“Auditoriyamiz afsonalari” ruknida tayyorlagan videolarimizni koʻrib boryapsizmi, sizlarga ma’qulmi?Bugungi qahramonimiz – adabiyotshunos, tarjimon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Natan Mallayev. Bugun olimning ilm yo‘lidagi xizmatlari, shogirdlar bilan munosabati, ibratli hayot yoʻlini eslaymiz.Universitetimizda tahsil olgan, keyinchalik uzoq yillar talabalarga dars bergan olimning ilm-fanga xizmati katta. Birgina misol: uning maktablar uchun yozgan “O‘zbek adabiyoti tarixi” darsligi 30 marotaba qayta chop etilgan. Shuningdek, olim oliy o‘quv yurtlari uchun birinchi “O‘zbek adabiyoti tarixi” darsligini yozgan, o‘zbek mumtoz adabiyoti va folklori boʻyicha qimmatli tadqiqotlar olib borgan.Umid qilamizki, Natan Mallayevning yaqin shogirdlaridan biri Hamidjon Homidiy tilidan aytilgan xotiralar, voqealar sizlarga ham qiziq, ibratli.Il
Hilola Umarova
14 сент., 09:27
переслано из @npu_uz
Yaponiya bilan hamkorlik: Hokkaydo universiteti vakillarining universitetimizga tashrifi yakunlandi👍 Yaponiyaning Hokkaydo universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida bo‘lishdi.✅ Tashrif davomida yaponiyalik vakillar universitetimiz hayoti, ta’lim jarayoni va O‘zbekistonning boy madaniy muhiti bilan tanishish, tajriba almashish hamda yangi do‘stona aloqalar o‘rnatish imkoniga ega bo‘ldilar.✨ Bugun tashrifning yakuniy tadbiri o‘tkazilib, unda Hokkaydo universiteti vakillariga faol ishtiroki uchun sertifikatlar topshirildi.Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook




Hilola Umarova
7 сент., 07:13
переслано из @npu_uz
Talabalikning ilk kuni bilan barcha birinchi bosqich talabalarimizni tabriklaymiz!👍Bugun birinchi bosqich talabalari uchun hayotning yangi va unutilmas sahifasi ochilmoqda. Yangi muhit, yangi doʻstlar, yangi bilimlar va katta maqsadlar sari ilk qadam aynan bugundan boshlanadi.🎉 Aziz talabalarimiz, oldinda sizni izlanishlar, imkoniyatlar va unutilmas talabalik yillari kutmoqda.💥Har bir dars, har bir yangi tajriba va har bir kichik yutuq kelajakdagi katta muvaffaqiyatlaringizga poydevor boʻlsin.✨ Talabalik hayotingizga xush kelibsiz! Yangi bosqichingiz muborak boʻlsin!Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook




Hilola Umarova
31 авг., 13:04
#Oʻzbekiston🇺🇿 #Vatan #MustaqillikAziz yurtdoshlar, hurmatli ustoz-murabbiylar, qadrli talabalar!Sizlarni jonajon Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!Joriy yil universitetimiz jamoasi uchun tarixiy ahamiyatga ega boʻldi desam yanglishmagan boʻlaman. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti muhtasham binosi ishga tushirilgani alohida ta’kidladilar.Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida Yangi Oʻzbekistonda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida oʻtgan mustaqilligimizning 35 yilligi iqtisod, ijtimoiy hayotimizda katta yangiliklarga boy boʻldi.Prezidentimiz tomonidan inson
Hilola Umarova
31 авг., 03:01
#auditoriyamiz_afsonalariHar yili mustaqillik bayrami arafasida davlatimiz rahbari Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib qatagʻon qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi. Bu marhumlar xotirasiga hurmat, mustaqillik uchun jon bergan millat oydinlari ruhini yod etishdek goʻzal an’ana.Yoshlar, vatandoshlarimiz qatagʻon dahshatlarini his etishi, anglashi uchun Oʻzbekiston xalq shoiri Shukrullo Yusupov hayotini oʻrganishi kerak deb oʻylayman. Boisi u eng matonatli, to‘g‘riso‘z va fojiali taqdirni boshdan kechirgan o‘zbek adabiyotining nodir vakillaridan biridir. Shukrullo qariyb bir asrlik umri davomida oʻtgan asrdagi o‘zbek ziyolilarining boshiga tushgan qatag‘on va adolatsizliklarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, asarlarida ochiq-oydin yoritgan ulkan yurak egasi.“Auditoriyamiz afsonalari” ruknida tayyorlagan navbatdagi videomiz O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo Yusupov
Hilola Umarova
28 авг., 12:15
переслано из @npu_uz
O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha professional kadrlar tayyorlash tizimiga asos solinadiBugun, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti hamda Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (QAA) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.Mazkur kelishuv doirasida universitetda sifatni ta’minlash menejerlari uchun Professional rivojlanish markazi tashkil etiladi.Markaz faoliyati orqali oliy ta’lim muassasalarining sifatni ta’minlash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini xalqaro standartlar asosida oshirish, ichki sifatni baholash hamda akkreditatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni joriy etish ko‘zda tutilgan.Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha professional salohiyatni mustahkamlash va xalqaro tajribani milliy ta’lim tizimiga tatbiq etishga xizmat




Hilola Umarova
27 авг., 15:13
переслано из @npu_uz
QAA vakillari bilan hamkorlikning yangi bosqichi muhokama qilindi✅Universitetimiz rektori Xilola Umarova Buyuk Britaniyaning QAA Bosh ijrochi direktori Karl Leydeker bilan uchrashdi.🤝 Uchrashuvda universitetning QAA xalqaro akkreditatsiya jarayoni, xususan, ichki baholash hisobotini tayyorlash, zarur hujjat va dalillarni shakllantirish, ta’lim sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.💝 Shuningdek, QAA bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro tajribadan foydalangan holda universitetda ta’lim sifatini doimiy takomillashtirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.✅Eslatib o'tamiz, ayni paytda universitetimizda QAA tomonidan institutsional akkreditatsiyadan oʻtishning uchinchi bosqichi




Hilola Umarova
26 авг., 11:22
переслано из @npu_uz
Yangi Toshkentdagi yangi oʻquv binosi mehmonlarda katta taassurot qoldirdiYangi Toshkent hududida barpo etilgan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining zamonaviy oʻquv binosi mahalliy va xorijiy hamkorlar, professor-oʻqituvchilarga yaqindan tanishtirildi.Tashrif davomida mehmonlarga talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya xonalari, trening markazlari hamda axborot-resurs markazi namoyish etildi.Shuningdek, yosh bolali talabalar uchun tashkil etilgan bolalar maydonchalari ham mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.Yangi oʻquv binosida yaratilgan zamonaviy muhit, qulay sharoitlar va taʼlim olish uchun keng imkoniyatlar universitetning yangi bosqichdagi taraqqiyotini namoyon etmoqda.Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook



