Последние посты

Huquqiy axborot | Lotin
5 сент., 05:02

Huquqiy axborot | Lotin
4 сент., 12:04
#Bilasizmi🏪 Qonunchilikka ko‘ra, milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish uchun har yilning 2 — 8 sentyabr kunlari o‘tkaziladigan "Muzeylar haftaligi" doirasida hamda har oyning birinchi yakshanbasi "ochiq eshiklar kuni" doirasida aholi davlat muzeylariga bepul kiritiladi.Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin


Huquqiy axborot | Lotin
4 сент., 10:04
#Adliyatv #Eslatma❗️ Qurilishga oid talablar: nimalarni bilish kerak?🔴 Jonli efirni ushbu havola orqali kuzatish mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=X8FTyzPovwk✅ Jonli efir “Huquqiy axborot” telegram kanalida ham translyatsiya qilinadi.Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin


Huquqiy axborot | Lotin
4 сент., 09:14изменён
Eslatma: mazkur audio "LexVoice" sun'iy intellekt xizmatidan foydalanib tayyorlangan.#Qonunchilikdagi_yangiliklar❗️ Universitetning ta’lim tizimi takomillashtiriladi🔰 Qarorga ko‘ra, Universitet bakalavriat ta’lim yo‘nalishida:🤓 Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun mutaxassislarni tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida davlat granti asosida;➖ masofaviy ta’lim shaklida Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun davlat granti asosida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan hamda Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun to‘lov-kontrakt asosida;➖ kadrlarni umumfuqaroviy asosda tayyorlash kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarida to‘lov-kontrakt asosida amalga
Huquqiy axborot | Lotin
4 сент., 07:36изменён
Eslatma: mazkur audio "LexVoice" sun'iy intellekt xizmatidan foydalanib tayyorlangan.#Qonunchilikdagi_yangiliklar❗️ Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlarni tayyorlash tizimi takomillashtiriladi“Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–302-son, 26.08.2026-y.) qabul qilindi.🔰 Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan Jamoat xavfsizligi universitetida ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash hamda qo‘riqlash faoliyati (jamoat xavfsizligini ta’minlash) yo‘nalishlarida kadrlarni tayyorlash maqsadida:🔹 Universitetning yillik qabul kvotalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shakliga 600 nafar kursantgacha, masofaviy ta’lim shakliga 300 nafar
Huquqiy axborot | Lotin
4 сент., 05:38
#Adliyatv #Jonliefir❗️ Qurilishga oid talablar: nimalarni bilish kerak?🔎 Qurilish ishlarini boshlashdan oldin qanday ruxsatnomalar talab etiladi? Qurilish uchun ruxsatnoma olish tartibi qanday?❓ Ko‘pchilik fuqarolar qurilish ishlarini boshlash uchun qanday hujjatlar kerakligi, qaysi hollarda ruxsatnoma olinishi va buning uchun qayerga murojaat qilish lozimligi haqida yetarli ma’lumotga ega emas.✅ “Adliya TV”ning navbatdagi jonli efirida aynan shu savollarga javob beramiz.Jonli efirda quyidagi mavzularni muhokama qilamiz:🔹 Qurilish uchun ruxsatnoma nima va u qaysi hollarda talab etiladi? 🔹 Qurilish ishlarini boshlashdan oldin qanday hujjatlarni tayyorlash kerak? 🔹 Qurilish uchun ruxsatnoma olish tartibi qanday? 🔹 Ruxsatnoma olish uchun qayerga va qanday tartibda murojaat qilinadi? 🔹 Arizani ko‘rib chiqish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 🔹 Qurilish uchun ruxsatnoma


Huquqiy axborot | Lotin
4 сент., 04:20

Huquqiy axborot | Lotin
3 сент., 12:28
#Bilasizmi #Tadbirkorlik_huquqi🔹 Kichik tadbirkorlik subyektlarini har qanday tekshirishga 3 yilga moratoriy e’lon qilindi🔹 Tadbirkorlar uchun “Ikkinchi imkon” iqtisodiy amnistiyasi e’lon qilinadi🔹 Ayrim imtiyozlarning amal qilish muddatlari uzaytiriladiBatafsil infografikalarda👆Manba: PF–175-son, 27.08.2026 y.Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin




Huquqiy axborot | Lotin
3 сент., 11:06
#Xotin_qizlar_huquqi✅ Qonunchilikka ko'ra, homilador ayollarga va bola tuqqan ayollarga yillik mehnat ta'tili, ularning xohishiga ko'ra, homiladorlik va tug'ish ta'tilidan oldin yoki undan keyin beriladi.🚫 Homilador ayollarni yillik mehnat ta'tilidan chaqirib olishga yo'l qo'yilmaydi.Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin


Huquqiy axborot | Lotin
3 сент., 10:18
#Bilasizmi #Ijtimoiy_himoya🤑 Qonunchilikka ko‘ra, korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy o‘rta ta’lim xizmatini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlariga ushbu sinfda ta’lim oladigan har bir o‘quvchi uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:🔹 Toshkent shahrida BHMning 11 baravari;🔹 viloyatlar markazi va Nukus shahrida BHMning 9,5 baravari;🔹 boshqa tuman (shahar)larda BHMning 8,5 baravari.Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin


Huquqiy axborot | Lotin
3 сент., 05:49изменён
Eslatma: mazkur audio "LexVoice" sun'iy intellekt xizmatidan foydalanib tayyorlangan.#Qonunchilikdagi_yangiliklar❗️ Xalqaro tan olingan vizalarga ega xorijliklarning O‘zbekistonga kirishi soddalashtiriladi“Xalqaro tan olingan vizalarga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–180-son, 29.08.2026-y.) qabul qilindi.🔰 Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Kanada, Koreya Respublikasi, Shengen kelishuvi ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar, Yangi Zelandiya va Yaponiyaning amaldagi ko‘p martalik biznes va turizm toifasidagi kirish vizasiga ega bo‘lgan hamda o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Hindiston Respublikasi fuqarolari uchun:➖ ushbu xorijiy
Huquqiy axborot | Lotin
3 сент., 04:25

Huquqiy axborot | Lotin
2 сент., 12:54
#Bilasizmi #Tadbirkorlik_huquqi🏡 Qonunchilikka ko‘ra, 2026–2028-yillarda tijorat banklari tomonidan barcha toifadagi tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun 7 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda kreditlar ajratiladi:💚 viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari, turizmga ixtisoslashgan tuman (shahar)larda qurilayotgan mehmonxonalar uchun – 30 mlrd so‘mgacha;💚 boshqa hududlarda – 10 mdrd so‘mgacha.Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin


Huquqiy axborot | Lotin
2 сент., 09:38
#Bilasizmi⭐ Qonunchilikka ko‘ra, aylanmadan olinadigan soliq to‘lovidan ilk marta QQS to‘loviga o‘tgan tadbirkorlarga quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llanishi belgilangan:➡️ 1 yil davomida foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilish;➡️ 1 yil davomida QQS to‘lovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibini buzganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llamaslik;➡️ 6 oy davomida buxgalteriya xizmatlari xarajatlarining har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3,5 baravaridan oshmagan qismini to‘layotgan soliq to‘lovlari hisobidan chegirib tashlash.Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin


Huquqiy axborot | Lotin
2 сент., 06:07изменён
Eslatma: mazkur audio "LexVoice" sun'iy intellekt xizmatidan foydalanib tayyorlangan.#Qonunchilikdagi_yangiliklar❗️ Bojxona ma’murchiligi yanada takomillashtiriladi🔰 Farmonga ko‘ra, 2027-yil 1-iyundan:🤓 bojxona nazorati jarayonida tovarning kelib chiqish sertifikati va taqdim etilgan hujjatlar o‘rtasida tovarning xususiyatiga ta’sir etmaydigan kichik tafovutlar aniqlanganda, ushbu tafovutlar sertifikatni rad etishga asos bo‘lmaydi;🤓 eksport qilishda ekologik sertifikat eksport qiluvchining ixtiyoriy murojaatiga asosan rasmiylashtiriladi;🤓 tranzit deklaratsiyalarini transport vositalari chegara bojxona postiga yetib kelishidan oldin taqdim etish tartibi joriy etiladi;🤓 dastlabki bojxona yuk deklaratsiyasini
Huquqiy axborot | Lotin
2 сент., 05:55изменён
Eslatma: mazkur audio "LexVoice" sun'iy intellekt xizmatidan foydalanib tayyorlangan.#Qonunchilikdagi_yangiliklar❗️ Bojxona jarayonlarida tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratiladi📖 Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabrdan:➖ soliq organlarida xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi;➖ tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi hisobiga bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati va fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi;📋 2027-yil 1-yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibini soddalashtirishga qaratilgan quyidagi choralar ko‘riladi:▫️ xavf darajasi past tashqi iqtisodiy
Huquqiy axborot | Lotin
2 сент., 05:26
#Qonunchilikdagi_yangiliklar❗️ Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati takomillashtiriladi“Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–174-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.🔎 Farmonga ko‘ra, 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030” strategiyasi (Strategiya) tasdiqlandi hamda quyidagilar Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:🔹 bojxona jarayonlarida tadbirkorlik subyektlariga va jismoniy shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish;🔹 bojxona organlari infratuzilmasini yaxshilash va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali raqamlashtirish darajasini yuqori bosqichga olib chiqish;🔹 bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va boshqalar.🚫
Huquqiy axborot | Lotin
2 сент., 05:17

Huquqiy axborot | Lotin
28 авг., 12:21изменён
Eslatma: mazkur audio "LexVoice" sun'iy intellekt xizmatidan foydalanib tayyorlangan.#Qonunchilikdagi_yangiliklar❗️ Tadbirkorlarga moliyaviy jarimalar qo‘llashda “Birinchi xato uchun – ogohlantirish” qoidasi joriy etiladi📖 Farmonga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab:✅ 2028-yil 31-dekabrga qadar huquqiy eksperiment tariqasida o‘rta va yirik tadbirkorlar tomonidan o‘z faoliyatini auditorlik tashkilotini jalb qilgan holda soliq va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblash va to‘lash bo‘yicha tashabbus tarzidagi auditdan o‘tkazish hamda auditorlik xulosasini soliq organi tomonidan tan olish mexanizmi joriy etiladi. Bunda:➖ audit o‘tkazilgan davr uchun soliq organlari tomonidan soliq auditi o‘tkazilmaydi;➖ aniqlangan xato va kamchiliklar 30 kun muddatda bartaraf etilganda tadbirkorlik subyektiga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanmaydi;➖ mazkur eksperimen
Huquqiy axborot | Lotin
28 авг., 12:11изменён
Eslatma: mazkur audio "LexVoice" sun'iy intellekt xizmatidan foydalanib tayyorlangan.#Qonunchilikdagi_yangiliklar❗️ Kichik tadbirkorlik subyektlarini har qanday tekshirishga 3 yilga moratoriy e’lon qilindi“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–175-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.⏳ Farmonga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini har qanday tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy e’lon qilinishi belgilandi (bundan jinoyat ishi doirasida, inson sog‘lig‘iga ta’sirini o‘rganish va mehnat qonunchiligiga rioya etilishi, fuqarolar murojaatlari, QQSni qoplash (qaytarish) va tadbirkorlik subyekti tugatilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tekshirishlar mustasno).✅ Moratoriy amal qilish davrida:🔹 kichik tadbirkorlik subyektlari
