Последние посты

Illustros | Dizayn maktabi
22 июл., 06:20

Illustros | Dizayn maktabi
29 июн., 09:58

Illustros | Dizayn maktabi
8 июн., 11:15
переслано из @madinamavlonovablog
So'nggi yangiliklar bilan bo'lishmoqchiman.Shu paytgacha faoliyatim davomida asosan agentliklarda grafik va brend dizayner sifatida ishlaganman. Yaqinda esa branding agentligidagi faoliyatimni yakunlab, bitta brendni chuqurroq rivojlantirish maqsadida Sushi Yummy jamoasiga Brend dizayner va Brend menejer sifatida qo'shildim.Bu men uchun yangi bosqich. Chunki brend menejer sifatida mustaqil faoliyat yuritayotgan ilk ish joyim aynan shu kompaniya bo'ldi.Oldingi ish joyimga esa alohida minnatdorchilik bildiraman. U yer men uchun katta tajriba maktabi bo'ldi, brending sohasida bir necha barobar o'sishimga va kasbiy qarashlarim shakllanishiga katta hissa qo'shdi.Endi esa oldimda yangi vazifalar, yangi mas'uliyat va yangi marralar turibdi. Ishonamanki, bu yo'l ham menga ko'plab qimmatli tajribalar olib keladi.@MadinaMavlonovaBlog
Illustros | Dizayn maktabi
13 апр., 16:49
Logotip chizishdagi 2-xatolik: Tahlil qilmasdan chizishni boshlashKo‘pchilik dizaynerlar brifdan so‘ng darhol Illustrator’ni ochishga shoshib, raqobatchilar va bozor muhitini o‘rganishga beparvo qaraydilar. Oqibatda chizilgan logotip mijozga yoqmaydi.Ushbu postda nega tahlilsiz logotip chizish jiddiy xatoligi va qanday yechim qilsa to’g’ri bo’lishini o’rganib olasiz.@illustros




Illustros | Dizayn maktabi
3 мар., 05:20

Illustros | Dizayn maktabi
28 февр., 09:33
Bu savolning javobini hali izlab ko’rmadim, balki oramizda biladiganlar bordir.1,820Открыть в Telegram
Illustros | Dizayn maktabi
28 февр., 09:32
Illustros | Dizayn maktabi pinned a file
27 февр., 16:37

Illustros | Dizayn maktabi
27 февр., 16:35
Mendan sizlarga sovg’a🎁 Siz ham ushbu sovg’a bilan bo’lishishingiz mumkin.Faylni ochib bemalol o’zingizga moslab foydalanishingiz mumkin.@illustros
Illustros | Dizayn maktabi
27 февр., 16:33
Nega ko'p dizaynerlar logotipni sotishda qiynalishadi? Shaxsiy tajribam va kuzatuvlarimga asoslanib ushbu xatoliklarni ochib berib, ularni qanday tuzatishni o’rgataman.Birinchi xato — noto’g’ri to’ldirilgan Brif. Ishni boshida fundamentda xato ketsa qolgan ishlarni rasvosi chiqadi.To’g’ri brifni tuzishda esa sizga yordam beraman. Bu uchun mendan sizga SOVG’A bor.@illustros




Illustros | Dizayn maktabi
27 февр., 15:50
5 oy bu yerda jim turdim. Bekor emas. Endi esa foydali kontent va yangicha energiya bilan qaytdim. Birozdan so‘ng sizlar uchun sovg‘a ulashaman🎁@illustros
Illustros | Dizayn maktabi
8 сент. 2025 г., 12:20
Kinopoisk saytidagi janrlar qatoriga qarab, rostini aytsam, qoyil qoldim. Har bir janrga atmosfera va kayfiyatni yetkazib beradigan mos shrift tanlangan. Shunchaki WOW🔥Har bir shriftning o’ziga xos xarakteri bor, yuqoridagi rasmlar bunga yaqqol namuna.@illustros - dizayn maktabi




Illustros | Dizayn maktabi
29 авг. 2025 г., 12:47изменён
Avgust oyi tugamasidan oldin yozishim kerak bo’lgan post bor ekan. 5 yil avval aynan avgust oyida @illustros kanali ochilgandi. Ortga qarab illustros kanali nima maqsadda ochilganini esladim. 5 yil oldin o’zbek tilida grafik dizayndan bepul sifatli darslar deyarli yo’q edi. O’sha paytda ko’pchilikka qaysi dasturni o’rgatsam ko’proq foydam tegardi deb o’ylab Adobe Illustratordan dars o’tishni tanlagan edim, sababi ko’pchilik faqat Corel Draw bilan ishlar edi. Shu tariqa illustrator nomiga mos @illustros kanali ochilgandi va kanal ko’zlagan maqsadiga erishdi deb bemalol ayta olaman. Hozirda YouTube kanalimda 4500 ga yaqin obunachilar bor, videodarslarim 200.000 dan ko’proq marta ko’rilgan, ko’pchilik hozirgacha illustratorni sizdan o’rganganman deb minnatdorchilik xabarlarini yuborishadi, bir paytlar esa guruhlarda kim illustratorni yaxshi biladi deb savol bersa barcha meni belgilab


Illustros | Dizayn maktabi
11 июл. 2025 г., 06:22изменён
Ba’zan noto’g’ri treking kattaroq muammolarga sabab bo’lib qolishi mumkin. Misol uchun «click» so’zidagi «c» va «l» harflari juda yaqin joylashganidan «d» harifidek o’qilishi mumkin, oqibatda so’z tarjimasi uyaltirib qo’yishi mumkin. Brend dizaynerlar shu kabi detallarga e’tiborli bo’lishlari kerak.@illustros


Illustros | Dizayn maktabi
11 июл. 2025 г., 05:51изменён
#termin Treking - bu harflar orasidagi masofani sozlash degani.Treking ko‘pincha sarlavhalar va logotiplarda qo‘llaniladi. Agar logotipda treking yaxshi sozlansa logotip professional ko‘rinadi. Treking matnning o‘qilishi, estetikasi va hatto brendning obro‘siga ta’sir ko‘rsatadi. U shriftni qimmatbaho yoki tasodifiy ko‘rinishga ega qilishi mumkin. Zich joylashgan harflar bosim hosil qiladi. Haddan tashqari orasi ochiq bo‘lsa, matn yaxlitligi buziladi.Misol uchun Vans brendining eski logotipida Trekingda yaqqol muammo bor edi, keyinchalik bu muammoni bartaraf etib logotipning o‘qilishi yaxshilandi.@illustros


Illustros | Dizayn maktabi
18 июн. 2025 г., 05:12
Dizaynerga maslahat Ishga kirish uchun suhbatga borganingizda kechikmay boring, deadline’larda kechikishingizni boshidan oshkor qilmang)
Illustros | Dizayn maktabi
2 мая 2025 г., 06:17
#lifehack RGB rang modelini CMYK rang modeliga o’tkazishga qiynaladiganlar uchun super lifehack bor, shunchaki ChatGPT dan maslahat so’rang, xato rang tanlasangiz o’zi sizga to’g’ri tavsiya beradi.@illustros



Illustros | Dizayn maktabi
15 апр. 2025 г., 05:11

Illustros | Dizayn maktabi
24 мар. 2025 г., 06:49
#natija #review Bilimlarni ulashishni davom ettirgingiz keladigan sabablar shudir! Shogirdlarim erishayotgan natijalari haqida eshitsam ular uchun chin dildan xursand bo’laman.Yuqori natijaga erishib kelayotgan shogirdlarim ko’p, o’ta kamtarligim sabab faqat 2 ta shogirdimning natijalari bilan bo’lishdim)Shogirdga bilim berish bu daraxt ekib o’stirish kabi, vaqt o’tib meva berishni boshlaganda mamnuniyat xis qilasiz.@illustros



Illustros | Dizayn maktabi
14 мар. 2025 г., 17:43
Yangi ish joyida kerak bo’ladigan muhim Soft skillardan biri bu moslashuvchanlik. Yangi ish joyida siz yangi muhitga tushasiz, yangi korporativ qoidalar, yangi hamkasblar, yangi ish tezligi, yangi loyihalar, yangi tajriba, bularga moslashish kerak bo’ladi. Agar siz moslashuvchan bo’lishga tayyor bo’lmasangiz oson stressga tushib qolishingiz mumkin.Qanday qilib moslashuvchanlikni rivojlantirsa bo’ladi? Bu uchun avvalgi o’rganib qolgan komfort zonangizdan chiqishingiz kerak. O’zgarishlarga imkoniyat sifatida qarang. Har qanday yangi muhitda o’zingizga kerakli tajriba orttirishingiz mumkin.Bundan tashqari kerak bo’ladigan Soft skillar ro’yxatiga kelsak: - Kommunikatsiya qilish - Ma’suliyatli bo’lish - Emotsional intellekt - Ishga vaqtida kelish (пунктуальность) - Sabrli bo’lish@illustros
