Последние посты

Prof. Dr. Islambek Rustambekov
22 сент., 14:43
🌍 Kazakhstan Legal Forum 2026: xalqaro huquqiy markazlar va mintaqaviy hamkorlik 2026-yil 25-sentabr kuni Almaty shahrida bo‘lib o‘tadigan Kazakhstan Legal Forum 2026 (KLF 2026) doirasida ma’ruzachi sifatida ishtirok etaman.Forum huquqshunoslar, yetakchi soha ekspertlari va davlat sektori vakillarini bir maydonda jamlab, tajriba almashish, professional aloqalarni mustahkamlash hamda dolzarb huquqiy masalalar yuzasidan amaliy yechimlarni muhokama qilishga xizmat qiladi.Men “Common Law Centres in Central Asia and the Middle East: DIFC, ADGM, AIFC, TIFC, and Alatau City” — “Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdagi umumiy huquq (Common Law) markazlari: DIFC, ADGM, AIFC, TIFC va Alatau City” mavzusidagi sessiyada qatnashaman.Ushbu muloqot xalqaro huquqiy markazlarning rivojlanishi, turli yurisdiksiyalar tajribasi hamda ularning biznes va investitsiyalar uchun ahamiyati haqida fikr almashish


Prof. Dr. Islambek Rustambekov
22 сент., 03:59изменён
🌐 Qozog'istonning Olmata shahrida ICC arbitrajining yangi qoidalari muhokamasi2026-yil 23-sentabr kuni Olmata shahrida Xalqaro savdo palatasi (ICC) tomonidan tashkil etilayotgan “Launch of the 2026 ICC Arbitration Rules in Almaty” xalqaro konferensiyasida ma’ruzachi sifatida ishtirok etaman.ICC Arbitraj reglamentining 2026-yilgi yangi tahriri taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir ICC vakillari, xalqaro arbitraj amaliyotchilari, korporativ yuristlar va mintaqa huquqshunoslarini birlashtiradi. Konferensiyada yangi qoidalarning mazmuni, amaliy ahamiyati hamda nizolarni hal etish samaradorligini oshirish imkoniyatlari muhokama qilinadi.O‘z ishtirokim doirasida arbitrajda tezkorlik va taraflar huquqlarini samarali himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan panel muhokamasida fikr almashaman. Xususan, tezlashtirilgan arbitraj tartibi, favqulodda arbitr mexanizmi va muvaqqat himoya


Prof. Dr. Islambek Rustambekov
15 сент., 10:14
Maqolam Kluwer Arbitration Blog’da chop etildiXalqaro arbitraj sohasidagi nufuzli Kluwer Arbitration Blog platformasida “O‘zbekistonning yangi xalqaro tijorat sudi: bu Markaziy Osiyoda arbitraj uchun nimani anglatadi?” (Uzbekistan's New International Commercial Court: What Does It Mean for Arbitration in Central Asia?) nomli maqolam e’lon qilindi.Maqola O‘zbekistonda xalqaro tijorat sudining tashkil etilishi va uning Markaziy Osiyoda arbitraj rivoji uchun ahamiyatiga bag‘ishlangan.Barcha hamkasblar va ushbu mavzuga qiziquvchilarni maqola bilan tanishishga taklif etaman.Maqolaga havola: https://legalblogs.wolterskluwer.com/arbitration-blog/uzbekistans-new-international-commercial-court-what-does-it-mean-for-arbitration-in-central-asia/Kluwer Arbitration BlogUzbekistan's New International Commercial Court: What Does It Mean for Arbitration in Central Asia?On 13 July 2026, Uzbekistan adopted a new Constitutional Law establishing the Tashkent International Financial Center as a special jurisdiction with its own legal regime (“Constitutional Law”).
Prof. Dr. Islambek Rustambekov
14 сент., 09:43
TDYUda akkreditatsiya jarayonida universitetda amalga oshirilgan ishlarni taqdimot qildik




Prof. Dr. Islambek Rustambekov
9 сент., 03:49
IBA Masterclass o'tkazildi!Kuni kecha biz xalqaro arbitraj hamjamiyati uchun muhim tadbir "IBA Masterclass on the IBA Guidelines on Conflicts of Interest in International Arbitration"ni TDYU va Turkic Arbitration Association hamkorligida muvaffaqiyatli o'tkazdik.Arbitraj ishonchga tayanadi: tomonlar hakamlar mustaqil va xolis ekaniga ishonishi kerak. Aynan shu ishonchni himoya qilish uchun IBA Guidelines yaratilgan — 2004 yildan buyon butun dunyoda hakamlar, advokatlar, arbitraj institutlari va sudlar tayanadigan "oltin standart".Masterklass davomida biz: — General Standards va mashhur "svetofor" tizimi (Red, Orange, Green ro'yxatlar) bilan chuqur tanishdik; — 2024 yilgi yangi tahrirdagi o'zgarishlarni — investigation burchi, third-party funding, ijtimoiy tarmoqlar — muhokama qildik; — real amaliyotga asoslangan case study orqali bilimlarni sinovdan o'tkazdik.Ajoyib spikerlarimiz




Prof. Dr. Islambek Rustambekov
8 сент., 07:20
🇺🇿🇨🇳 Hamkorlik sari yangi qadamXitoyning nufuzli Harbin Institute of Technology (HIT) universiteti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda universitet rektorining maslahatchisi, Huquq fakulteti dekani hamda doktorantlar ishtirok etdi. Tomonlar ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xususan, HIT bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura va doktorantura dasturlariga jalb etish masalalarini muhokama qildilar.Mazkur uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi akademik aloqalarni yanada mustahkamlash va xalqaro ta’lim hamkorligini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.




Prof. Dr. Islambek Rustambekov
7 сент., 13:51
Bugun birinchi bosqich talabalarini qutlab, tanishtiruv xaftasini boshladik.




Prof. Dr. Islambek Rustambekov
4 сент., 08:40
Turkiyaning Koç universiteti Huquq fakultetining xalqaro arbitraj boʻyicha seminarida ikkita sessiyada maʻruza qildim.Birinchisi — Markaziy Osiyo va turkiy mintaqada arbitraj amaliyoti. Bunda O'zbekiston nizolarni hal etish markazi, Toshkent xalqaro arbitraj markazi, 2026-yil 13-iyulda qabul qilingan «Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida»gi Konstitutsiyaviy qonun va u tashkil etgan Toshkent xalqaro tijorat sudi haqida soʻz yuritdim.Ikkinchisi — yosh huquqshunoslar uchun kasbiy panel. Talabalarga aytganim: oʻz yurisdiksiyangiz cheklov emas, u sizning yagona betakror ustunligingiz. Bunda xalqaro arbitraj sohasiga kirib borish va mutaxassis sifatida tanilish yo'nalishlari bo'yicha tavsiyalar berdik.Taklif uchun Koç universiteti Huquq fakultetiga, mazmunli muhokamalar uchun esa barcha hamkasblarga samimiy minnatdorchilik bildiraman.



Prof. Dr. Islambek Rustambekov
2 сент., 12:50
2026-yil 1–3-sentabr kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Koç Universiteti va Shveysariya Arbitraj Akademiyasining Xalqaro arbitraj dasturi xalqaro ekspertlar jamoasi tarkibida ishtirok etishdan mamnunman. Dastur xalqaro tijorat arbitrajining barcha




Prof. Dr. Islambek Rustambekov
2 сент., 07:40
📢 IBA MASTERCLASS2026-yil 8-sentabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida Turkic Arbitration Association (TAA) va Uzbekistan Dispute Resolution Center (UDRC) hamkorligida “Xalqaro arbitrajda manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha IBA yo‘riqnomalari” mavzusida mahorat darsi o‘tkaziladi.Tadbirda IBA yo‘riqnomalarining 2024-yilgi tahriri, umumiy standartlar hamda “qizil, to‘q sariq va yashil” ro‘yxatlarni amaliyotda qo‘llash masalalari muhokama qilinadi.📅 8-sentabr 2026-yil 📍 TDYU, 3-bino, 228-xona ⏱ Davomiyligi: taxminan 4 soat 📩 Ro‘yxatdan o‘tish: sunnatzonnabiev@gmail.comBarcha qiziquvchilarni ishtirok etishga taklif qilamiz!


Prof. Dr. Islambek Rustambekov
1 сент., 04:56



Prof. Dr. Islambek Rustambekov
31 авг., 07:03
🇺🇿 Mustaqillik — sharaf, mas’uliyat va kelajak oldidagi burchdir.O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganim men uchun katta sharaf va yuksak mas’uliyatdir.Har qanday e’tirof, avvalo, insonni o‘z faoliyatiga yanada talabchan bo‘lishga, Vatan va jamiyat oldidagi mas’uliyatini chuqurroq his etishga undaydi.Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida ilm-fan va ta’limni rivojlantirish, huquqiy davlat va adolat tamoyillarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shish — men uchun nafaqat kasbiy vazifa, balki sharafli burchdir. Bildirilgan yuksak e’tirof va ishonch uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman.Barchaga Mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!Ushbu ulug‘ ayyom barchamizga tinchlik, farovonlik va yangi zafarlar olib kelsin. Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz osoyishtaligi va yurtimiz taraqqiyoti



Prof. Dr. Islambek Rustambekov
30 авг., 22:30
Singapur konventsiyasi haftaligi — 2026. Bu yil O'zbekiston Singapur Mediatsiya konventsiyasi a'zosi sifatida ishtirok etdi.
Prof. Dr. Islambek Rustambekov
27 авг., 14:30
SIMC bilan amaliy hamkorlikSingapur xalqaro mediatsiya markazi (SIMC) raisi Jorj Lim bilan uchrashuv o'tkazildi.SIMC bugungi kunda xalqaro tijorat nizolarini mediatsiya orqali hal etish bo'yicha dunyodagi eng nufuzli institutlardan biri.Uchrashuvda xalqaro tijorat mediatsiyasi bo'yicha qo'shma treninglar tashkil etish, O'zbekiston mediatorlarini SIMCdagi real ishlarga jalb qilib amaliy tajriba orttirish, SIMCning mintaqaviy vakolatxonasini O'zbekistonda ochish masalasini o'rganish hamda mediatsiyani targ'ib qilish bo'yicha qo'shma tadbirlar o'tkazish bo'yicha kelishib oldik.🇺🇿 Maqsad — mamlakatimizda mediatsiya madaniyatini rivojlantirish va O'zbekistonni Markaziy Osiyoda nizolarni muqobil hal qilish markaziga aylantirish.




Prof. Dr. Islambek Rustambekov
27 авг., 07:18
⚖️ Singapur Huquq akademiyasi bilan uchrashuv"Singapore Convention Week 2026" doirasida Adliya vazirimiz bilan birgalikda Singapur Huquq akademiyasi (Singapore Academy of Law) rahbariyati bilan muzokaralarda ishtirok etdik.Akademiya Singapurda huquqiy tadqiqotlar, nashriyot faoliyati, huquqiy texnologiyalar va kasbiy ta'lim yo'nalishlarida yetakchi institut hisoblanadi.Muzokaralar yakunida milliy mediatsiya institutini rivojlantirish, huquqiy texnologiyalar va sun'iy intellekt sohasida tajriba almashish, qo'shma ilmiy nashrlar tayyorlash hamda huquqshunoslar uchun umumiy huquq (common law) asoslari bo'yicha maxsus kurslar tashkil etish bo'yicha kelishib olindi.🇺🇿 Bu hamkorlik huquqshunoslarimizning xalqaro huquqiy muhitda ishlash salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.



Prof. Dr. Islambek Rustambekov
27 авг., 03:30
⚖️ O'zbekiston va Singapur adliya sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda"Singapore Convention Week 2026" doirasida Adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan birgalikda Singapur Qonunchilik vaziri Edvin Tong bilan o'tkazilgan muzokaralarda ishtirok etdik.Uchrashuvda ikki mamlakat adliya tizimlari o'rtasidagi aloqalarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish hamda huquqiy islohotlar bo'yicha muntazam tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.🤝 Hamkorlikning asisiy yo'nalishlari to'lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) instituti, huquqiy texnologiyalar (legal tech), mediatsiya va arbitraj, ekspert qo'llab-quvvatlash kabi masalalarni qamrab oldi.🇺🇿 Muhimi shundaki, erishilgan kelishuvlar umumiy bayonot darajasida qolmasdan, aniq amaliy loyihalar shaklida rasmiylashtiriladi.



Prof. Dr. Islambek Rustambekov
26 авг., 08:13
🎓 Huquqshunoslar malakasini oshirishning Singapur modeli bilan tanishdik."Singapore Convention Week 2026" doirasidagi ish dasturimiz davomida Adliya vazirimiz bilan birgalikda Singapur Huquqiy ta'lim instituti (Singapore Institute of Legal Education) rahbariyati bilan muzokaralarda ishtirok etdim.Ushbu institut Singapurda advokatlik kasbiga kirish imtihonlari, huquqshunoslarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi (Continuing Professional Development) va yuridik ta'lim standartlarini belgilash bo'yicha yagona mas'ul tuzilma hisoblanadi. Aynan shu tizim mamlakatda huquqiy xizmatlar sifatining barqaror yuqori darajasini ta'minlab kelmoqda — bu bizning e'tiborimizni tortgan asosiy jihat bo'ldi.🤝 Muzokaralar yakunida hamkorlik qilishga kelishib oldik.🇺🇿 Maqsadimiz aniq — milliy huquqshunoslarimizning bilim va ko'nikmalarini xalqaro mezonlarga muvofiqlashtirish, kasbiy tayyorgarlikning



Prof. Dr. Islambek Rustambekov
25 авг., 17:37
📚 Yangi ilmiy nashr!Mening “Investor-State Dispute Settlement as a Variable in Investment Strategy – Rational Calculations, Behavioral Biases, and the UNCITRAL Working Group III Reform Agenda” nomli kitob bobim Investor Behavior and Investment Strategies kitobida chop etildi.Ushbu bobning ochiq kirishda (Open Access) e’lon qilinganidan juda mamnunman. Endilikda uni bepul o‘qish yoki yuklab olish mumkin.Ushbu nashrda investor-davlat nizolarini hal etish mexanizmi (ISDS) investitsiya strategiyasiga ta’sir qiluvchi omil sifatida, investorlarning ratsional qarorlari va xulq-atvor omillari nuqtai nazaridan tahlil qilingan.Shuningdek, UNCITRAL Working Group III doirasidagi ISDS islohotlarining asosiy yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan.Umid qilamanki, ushbu tadqiqot xalqaro investitsiya huquqi, arbitraj va investitsiya siyosati bilan qiziquvchi mutaxassislar, tadqiqotchilar va


Prof. Dr. Islambek Rustambekov
25 авг., 16:25
Singapurda intellektual mulk sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi"Singapore Convention Week 2026" doirasida Adliya vaziri Akbar Toshqulov boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Singapur Intellektual mulk idorasi (IPOS) rahbari Tan Kong Hwe bilan uchrashuvda ishtirok etdim.🤝 Muzokaralar davomida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amaliy loyihalarni yo'lga qo'yishga kelishib oldik:🔹 Malaka oshirish — milliy mutaxassislar uchun IPOS ekspertlari ishtirokida intellektual mulkni tijoratlashtirish va startaplar akseleratsiyasi bo'yicha treninglar tashkil etish;🔹 Nizolarni hal etish — Singapurning intellektual mulk sohasidagi nizolarni mediatsiya va boshqa muqobil mexanizmlar orqali tez va samarali hal etish tajribasini o'rganish;🔹 Intellektual mulk klinikalari — Singapurda faoliyat yuritayotgan intellektual mulk klinikalari modelini, ya'ni ixtirochilar, tadbirkorlar va startaplarga


Prof. Dr. Islambek Rustambekov
24 авг., 04:38
🇸🇬 Singapore Convention Week 2026Bugun Singapurda xalqaro nizolarni hal etish sohasidagi eng nufuzli global platformalardan biri — Singapore Convention Week 2026da O'zbekiston delegatsiyasi sifatida ishtirok etmoqdamiz.2019-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan ushbu haftalik arbitraj, mediatsiya va sud orqali nizolarni hal etish sohasidagi yetakchi ekspertlar, arbitrlar, mediatorlar, davlat organlari vakillari va amaliyotchilarni dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan bir joyga jamlaydi.Bu yilgi “Timeless Principles, Timely Solutions: Nurturing Trust in a Changing World” mavzusi ayniqsa dolzarb: tez o‘zgarayotgan dunyoda adolat, qonun ustuvorligi va ishonch kabi fundamental qadriyatlarni saqlagan holda, texnologik taraqqiyot va yangi global chaqiriqlarga mos yechimlarni ishlab chiqish zarurligini aks ettiradi.🇺🇿 Bu yilgi Singapore Convention Weekning bizning delegatsiya uchun



