Последние посты

Kerak bo'ladi
17 сент., 15:13
Kanpirak devori (ba’zan Kampirdevor deb ham ataladi) — Markaziy Osiyodagi qadimiy mudofaa inshootlaridan biri bo‘lib, asosan Qadimgi Baqtriya va Kushonlar davri bilan bog‘liq. Qadimda vohalar va aholi yashaydigan hududlarni ko‘chmanchi qabilalar hujumidan himoya qilish maqsadida qurilgan ulkan mudofaa devorlari tizimi. Uning eng mashhur qismi Surxondaryo viloyati hududida, qadimgi Baqtriya yerlarida joylashgan.Devorining asosiy qismlari milodiy III–IV asrlarda, Kushonlar davridan keyingi siyosiy beqarorlik kuchaygan paytlarda barpo etilgan Keyinchalik V–VI asrlarda ham ta’mirlanib, foydalanilgan.Devor Surxondaryo vohasini katta yoy shaklida o‘rab, vohaning muhim sug‘oriladigan va aholi yashaydigan hududlarini himoya qilgan. Uning umumiy uzunligi 300 km dan ortiq bo‘lganligi ko‘rsatiladi.Qiziq jihati: “Kanpirak/Kampir” nomi xalq orasida qadimiy devorlar bilan bog‘liq bo‘lib,



Kerak bo'ladi
13 сент., 06:54изменён
Anemoia — inson o‘zi hech qachon yashamagan, boshdan kechirmagan davrga nisbatan sog‘inch his qilishi.Masalan, sen 2000-yillarda tug‘ilgan bo‘lsang, lekin 1970–1980-yillardagi hayotni, o‘sha davr musiqalarini, eski shaharlarni, odamlarning turmush tarzini ko‘rib, o‘sha zamonni sog‘insang — bu anemoia deyiladi.Bu holatda inson aslida o‘zi yashamagan davrni sog‘inadi. Oddiy misol Eski Sovet filmini ko‘ryapsan. Undagi ko‘chalar, musiqa, kiyimlar va odamlarning hayoti senga juda tanish va yoqimli tuyuladi. Go‘yo o‘sha davrda yashagandek bo‘lasan. Lekin sen u davrda yashamagansan. Mana shu tuyg‘u — anemoia.Kerak bo'ladi


Kerak bo'ladi
11 сент., 18:17изменён
Tilt holati — odatda insonning hissiy yoki ruhiy jihatdan asabiylashib, jahli chiqib, xotirjam fikrlay olmay qolgan holatini anglatadi.Masalan, o‘yinlarda: ketma-ket yutqazish; adolatsiz vaziyat; jamoadoshlarning xatosi; raqibning provokatsiyasi natijasida odam jahli chiqib, shoshma-shosharlik bilan qarorlar qila boshlaydi. Bu “tiltda bo‘lish” deyiladi. PUBG yoki kounterda ketma-ket 3 marta yutqazib, jahling chiqib, keyingi o‘yinda o‘ylamasdan dushmanga yugurib ketsang — sen tilt holatidasan. Oddiy hayotda ham “u hozir tiltda” deyish mumkin — ya’ni asabiylashgan, o‘zini boshqara olmayotgan holat.Kerak bo'ladi


Kerak bo'ladi
9 сент., 07:19изменён
Qora ziyofat (The Black Dinner) — 1440-yilda Shotlandiyada, Edinburg qal'asida sodir bo'lgan.Shotlandiya taxtida yosh qirol Yakov 6 o'tirardi, lekin haqiqiy hokimiyat uning homiylari — Uilyam Krichton va Aleksandr Livingston qo'lida edi. Ular kuchayib borayotgan Duglas xonadonidan xavfsirab, uning boshlig'i — Duglas grafi Uilyam va uning ukasi Devidni Edinburg qal'asiga ziyofatga taklif qilishadi. Ziyofat davomida stolga qora buqaning boshi qo'yiladi — bu o'lim jazosining ramziy belgisi bo'lgan. Shundan so'ng ikki yosh yigit tutib olinib, soxta suddan so'ng qal'a hovlisida boshi kesib tashlanadi.Bu voqea Duglas xonadonining kuchini vaqtincha zaiflashtirish uchun uyushtirilgan siyosiy fitna edi, biroq Shotlandiyada Duglaslarga nisbatan achinish va g'azab uyg'otdi.Bu voqea ko'pincha "Taxtlar o'yini" seriali va kitoblaridagi "Qizil to'y" (Red Wedding) sahnasiga ilhom manbai sifatida


Kerak bo'ladi
30 авг., 03:46изменён
Volapyuk (Volapük) — XIX asrda yaratilgan sun’iy xalqaro til. Uni nemis ruhoniysi Iogann Martin Shleyer (Johann Martin Schleyer) 1879-yilda yaratgan.Asosiy maqsad — turli xalqlar bir-biri bilan oson xalqaro muloqot qilishi uchun umumiy til yaratish edi. Shu jihatdan u keyinchalik mashhur bo‘lgan Esperantoga o‘xshaydi. Bu til asosan Ingiliz, Nemis va fransuz tillari qoshilmasidan tashkil topgan bo'lib, bazi so'zlarni shunchaki qisqartmasida yaratib qoyilgan ( Universiter = Niver)1879 — Shleyer Valepukni yaratdi. 1880-yillar — Yevropada juda tez tarqaldi. Tilni o‘rganuvchilar va Valepuk klublari paydo bo‘ldi. 1889-yilda Parijda Valepuk bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkazilgan. Keyinchalik tilning grammatikasi va boshqaruvi bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelib, harakat zaiflashdi. XX asrga kelib Esperanto Valepukdan ancha mashhur bo‘lib ketdi.“Volapük” so‘zi tilning o‘zida: vol —


Kerak bo'ladi
18 авг., 06:51
"Soya" fenomeni — Karl Yungning analitik psixologiyasidagi asosiy tushunchalardan biri. Bu insonning o'zi tan olishni istamaydigan, ongidan siqib chiqargan yoki bostirgan shaxsiyat qirralari — salbiy his-tuyg'ular, istaklar, xarakter xususiyatlari. Bular jamiyat, tarbiya yoki o'z-o'zini baholash tufayli "yashirin" holga o'tkaziladi, lekin yo'q bo'lib ketmaydi — ongsizlikda saqlanib qoladi.Har bir insonda soya mavjud — bu tabiiy va universal hodisa Odatda achchiqlanish, hasad, o'ch olish istagi, xudbinlik kabi "yomon" deb hisoblangan tuyg'ularni o'z ichiga oladi Ba'zan ijobiy, lekin foydalanilmagan qobiliyatlar ham soyada bo'lishi mumkinEng qiziq jihati — inson o'z soyasini ko'pincha boshqalarga "proyeksiya" qiladi. Ya'ni o'zida yoqtirmagan xususiyatni boshqa odamda ko'radi va undan g'azablanadi "u odam juda xudbin" deyish, aslida o'zida ham shunday jihat bor.Kim Tanosni yoqtirmagan



Kerak bo'ladi
13 авг., 07:16
Omikuji- Yaponiyada ibodatxona va ziyoratgohlarda olinadigan, kelajakdagi omad yoki hayotning turli sohalari haqida bashorat va maslahat yozilgan kichik qog‘oz.Omikuji — odatda qutidan tasodifiy olinadigan yoki maxsus usulda tanlanadigan qog‘oz bo‘lib, unda odamning omadi va kelajagi haqida yozuv bo‘ladi.Daikichi — juda katta omad Chūkichi— katta/yaxshi omad Kichi— omad Shōkichi — biroz omad Suekichi— kelajakda omad kelishi Kyō — omadsizlik Daikyō — juda katta omadsizlikQiziq tomoni shuki, yomon omikuji chiqqanda yaponlar ko‘pincha uni ibodatxona hududidagi maxsus arqon yoki daraxt shoxiga bog‘lab qoldirishadi — go‘yoki omadsizlikni o‘sha yerda qoldirib ketish ramzi. Yaxshi omikuji esa odatda o‘zi bilan olib ketiladi.Omikuji an'anasi Yaponiyada ancha qadimiy bo‘lib, uning ildizlari Xitoydagi tayoqchalar orqali fol ochish an'analariga borib taqaladi. Yaponiyada bunday usul



Kerak bo'ladi
12 авг., 18:21изменён
Mizdaxkon (Mizdakhan) majmuasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumani yaqinida joylashgan qadimiy tarixiy-arxeologik majmua. U asosan qadimiy shahar xarobalari, maqbaralar va katta qabristondan iborat.Majmuaning ayrim qismlari miloddan avvalgi davrlarga borib taqaladi. Hudud uzoq vaqt davomida muhim madaniy va diniy markaz bo‘lgan.Mizdaxkon nekropoli: Bu yerda turli davrlarga oid juda ko‘p qabrlari va maqbaralar mavjud.Gaur qal’a: Majmua hududidagi qadimiy qal’a-shahar xarobalaridan biri. Mazkur hudud Xorazm sivilizatsiyasi tarixi va zardushtiylik bilan bog‘liq yodgorliklari bilan ham mashhur.🕌 Mashhur yodgorliklari Mazlumxon Sulu maqbarasi — Mizdaxkonning eng taniqli inshootlaridan. Uning yer osti qismi va g‘ayrioddiy me’moriy tuzilishi sayyohlar e’tiborini tortadi.Mizdaxkon haqida xalq orasida “Qiyomat soati”, ya’ni dunyoning oxiri bilan bog‘liq afsonalar ham


Kerak bo'ladi
10 авг., 16:06
Craquelure (Krakelyur) — bu eski moy bo'yoq rasmlar yoki keramikada vaqt o'tishi bilan paydo bo'ladigan mayda yoriqlar to'ri, lak yoki bo'yoq qatlami qurishi va qisqarishi natijasida hosil bo'ladi.Sababi bo'yoq va laklar vaqt o'tishi bilan qurib, biroz qisqaradi, lekin ostidagi qatlam qattiqroq bo'lgani uchun yorilib ketadi.Qo'llanilishi eski rasmlarni imitatsiya qilishda, keramika sirlarida (masalan, celadon idishlarda) va zamonaviy dizaynda "antiqa" ko'rinish berish uchun ataylab yaratiladi. Turlari: mayda to'r shaklidagi yoriqlardan tortib, yirik "kaplama" uslubigacha bo'lishi mumkin.Kerak bo'ladi



Kerak bo'ladi
8 авг., 18:20
ALFONS BERTILLON (1853–1914)Bu inson fransiyalik politsiya xodimi, kriminalist va antropolog bo‘lib, jinoyatchilarni ilmiy usulda identifikatsiya qilish tizimining asoschilaridan biri hisoblanadi.Alfons dastlab Parij politsiyasida oddiy hujjatlarni yurituvchi xodim sifatida ishlagan. Jinoyatchilar haqidagi ma'lumotlarni tartibsiz saqlash muammosini ko‘rib, ularni aniqroq aniqlash usulini ishlab chiqishga kirishgan.«Bertillonaj» usuli: Bertillon antropometriya asosida odamni identifikatsiya qilish tizimini yaratdi. Unda mahbusning turli tana qismlari, masalan: bosh uzunligi va kengligi; qo‘l va oyoq uzunligi; quloq o‘lchamlari; bo‘y; gavda o‘lchamlari maxsus asboblar yordamida o‘lchangan. Keyin bu ma'lumotlar politsiya kartochkasiga yozilgan. Bundan tashqari, shaxsning yuzidagi o‘ziga xos belgilar, chandiqlar, tatuirovkalar va boshqa belgilar ham qayd etilgan.Bertillonning yana



Kerak bo'ladi
8 авг., 13:07изменён
Xoqoniya turkchasi (Qoraxoniylar turkchasi, arab. الخاقانية) — XI–XIII asrlarda Qoraxoniylar davlatida shakllangan qadimgi turkiy adabiy til bo'lib, Markaziy Osiyo turkiy xalqlari adabiy tilining muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi.Qorluq-chigil-yag'mo lahjalari asosida shakllangan Arab yozuvida yozilgan Qadimgi turkiy til (run yozuvi davri) bilan keyingi chig'atoy tili orasidagi bog'lovchi bosqich.Bu tilda yaratilgan mashhur asarlar: "Qutadg'u bilig" (Yusuf Xos Hojib, 1069) — hikmatli, ta'limiy doston"Devonu lug'otit turk" (Mahmud Koshg'ariy, 1072–1077) — turkiy tillar lug'ati va qomusiy asar"Hibatul haqoyiq" (Ahmad Yugnakiy) — ta'limiy-diniy asar"Devoni hikmat" (Ahmad Yassaviy) — tasavvufiy she'rlar to'plami (bu asarda Xoqoniya turkchasiga xos xususiyatlar mavjud)Kerak bo'ladi


Kerak bo'ladi
4 авг., 17:23
"Roof knocking" (ing: tomni taqillatish) U asosan Israel Defense Forces tomonidan qo‘llangan harbiy usul sifatida tilga olinadi.Bu usulning mohiyati: Havo hujumi uyushtirilishidan oldin binodagi odamlarga ogohlantirish beriladi. Ba'zan telefon qo‘ng‘iroqlari, SMS yoki varaqalar tashlanadi. Shundan so‘ng binoning tomiga kichik, odatda nisbatan kam zarar yetkazuvchi o‘q-dori tashlanib, bu "tezda binoni tark eting" degan signal sifatida ishlatiladi. Bir necha daqiqadan keyin asosiy zarba berilishi mumkin. Bu taktika tarafdorlari uni tinch aholi qurbonlarini kamaytirish maqsadida ishlatilishini aytishadi. Tanqidchilar esa aholi uchun vaqt yetarli bo‘lmasligi, nogironlar, bolalar va keksalar tezda chiqib keta olmasligini ta'kidlaydilar. Xalqaro huquq bo‘yicha mutaxassislar ham bu usulning har bir holatda yetarli ogohlantirish hisoblanishi yoki hisoblanmasligi haqida turli fikr bildiradilar.


Kerak bo'ladi
3 авг., 13:50изменён
Janubiy Xoch yulduz turkumi (lotincha: Crux) — osmondagi eng kichik, ammo eng mashhur yulduz turkumlaridan biridir. U janubiy yarimsharda joylashgan bo‘lib, xoch shaklini hosil qiluvchi yorqin yulduzlari bilan tanilgan.Asosiy yulduzlari: Acrux, Mimosa, Gacrux, Imai va Ginan.Dengizchilar va sayohatchilar qadimdan undan janub yo‘nalishini aniqlash uchun foydalangan.U Avstraliya, Yangi Zelandiya, Papua-Yangi Gvineya va Braziliya kabi davlatlarning madaniyatida muhim o‘rin tutadi.O‘zbek tilida bu turkum ba'zan "Janubiy But" deb ham ataladi. U O‘zbekiston hududidan ko‘rinmaydi, chunki mamlakatimiz shimoliy yarimsharda joylashgan.Qiziqarli ma'lumot: Janubiy Xoch osmondagi eng kichik 88 ta rasmiy yulduz turkumi ichida eng kichiklaridan biridir. Uning uzun o‘qi janubiy osmon qutbiga ishora qiladi, shu sababli uni ko‘pincha "janubning qutb yulduzi" vazifasini bajaruvchi belgi deb


Kerak bo'ladi
2 авг., 17:43
Vitruviy (Vitruvius) (miloddan avvalgi 80-70-yil – miloddan avvalgi 15-yil) – rim meʼmori va muhandisi. „Meʼmorlik haqida oʻn kitob“ ilmiy asari bilan tanilgan. Unda shaharsozlik, muhandis-texnik va badiiy masalalar tahlil qilinib, qadimgi ellinistik yunon va rim meʼmorligida toʻplangan nazariy va amaliy tajribalar umumlashtirilgan. Vitruviy traktati XV asrda chuqur oʻrganilib, XVII—XVIII asrlar meʼmoriy order shakllarini yaratishda muhim rol oʻynagan.Leonardo Da Vinci ham ozining Vitruian odamini shu insondan ilhomlanib yaratgan deyiladiKerak bo'ladi



Kerak bo'ladi
20 июл., 05:10изменён
Jaloliya taqvimi (yoki Tarixi Jaloliy) – Saljuqiylar sultoni Jaloliddin Malikshoh topshirig'iga binoan, buyuk shoir va olim Umar Xayyom boshchiligidagi astronomlar tomonidan 1074-1079 yillarda yaratilgan juda aniq quyosh kalendaridir.Quyosh (shamsiy) harakatiga asoslangan bo'lib, yil boshi bahorgi teng kunlik va yangilanish davri bo'lgan Navro'zdan (21-mart) boshlanadi.U Yevropada 500 yildan so'ng qabul qilingan Grigorian kalendaridan ham aniqroq hisoblangan. Unda 1 kunlik xato 5000 yilda bir marta sodir bo'ladi.Asosiy maqsadi: Mavjud taqvimlardagi xatoliklarni to'g'rilash, soliq yig'ish (xaroj) muddatlarini tartibga solish va dehqonchilik ishlarini yil fasllariga aniq moslashtirish uchun isloh qilingan.Jaloliya taqvimi hozirgi zamonaviy Eroniy taqvimning (hijriy-shamsiy) asosi hisoblanadi.Kerak bo'ladi


Kerak bo'ladi
18 июл., 06:58
Kichik sayyoralarga o‘zbek olimlarining nomi berildi2026-yil 9-iyul kuni Xalqaro astronomiya jamiyatining Kichik jismlar bo‘yicha qo’mitasi (WGSBN) tomonidan e’lon qilingan rasmiy bayonotda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining ikki nafar olimi - Kamoliddin Ergashev va Otabek Burxonov nomlari ikki kichik sayyora ̶ asteroidga berilgani ma’lum qilindi.Yangi nomlar WGSBN Bulletenining 6-jild, 11-sonida e’lon qilindi. Endilikda xalqaro astronomik kataloglarda ushbu osmon jismlari (131358) Kamolergashev va (121339) Otabekburkhonov nomlari bilan qayd etiladi.Ma’lumot o‘rnida: Avvalroq bu ikki olim NASAning sayyoraviy modofaa tajribasi doirasidagi faol ishtiroki va hissasi uchun NASA tomonidan “Group Achievement Award” mukofoti bilan taqdirlangan edilar.




Kerak bo'ladi
17 июл., 05:24изменён
Shtirlits — sovet yozuvchisi Yulian Semyonovning kitoblari va ularning mashhur ekranlashtirishlari, xususan, "Bahorning o‘n yetti lahzasi" teleseriali qahramoni bo‘lgan afsonaviy sovet josusidir.Uning haqiqiy ismi — Maksim Maksimovich Isayev Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar Germaniyasida SD (xavfsizlik xizmati) shtandartenfyureri bo‘lib xizmat qilganAsl maqsad: Fashistlar Germaniyasi oliy doiralarida josuslik qilish, maxfiy ma'lumotlarni to‘plash va Sovet Ittifoqiga yetkazish.Shaxsiyati: Intellektual, ehtiyotkor, sovuqqon va o‘ta professional razvedkachi.Qahramon nafaqat filmlarda, balki postsovet hududidagi xalq yumorining asosiy qahramonlaridan biriga ham aylangan (ko‘plab "Shtirlits latifalari" mavjud).Sotsionikada "Shtirlits" deb ishbilarmon, maqsadga intiluvchan, tashkilotchi va atrofidagilarning qulayligini ta'minlaydigan tip ham ataladi.Kerak bo'ladi


Kerak bo'ladi
13 июл., 08:34изменён
Karachay ko'li Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida, Janubiy Ural tog'lari yaqinida, Qozog'iston chegarasiga yaqin joylashgan.Bu ko'l 1951–1953-yillar oralig'ida u yerga tashlangan yadroviy qurollar va boshqa radioaktiv chiqindilar tufayli Yer yuzidagi eng ifloslangan joylardan biri hisoblanadi. Ko'l avvalroq yadroviy chiqindilarni saqlash inshooti sifatida foydalanilgan, hozirda esa u bo'sh betonlar bilan to'ldirilgan bo'lib, doimiy radioaktiv chiqindilarni saqlash omboriga aylantirilgan.Ko'ldagi radioaktiv chiqindilar ekologik muammo tug'diradi hamda havo va yer osti suvlarini ifloslantiradi.Ko'lning nomi turkiy "qorachoy" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "qora ariq" yoki "qora suv" degan ma'noni anglatadi.Kerak bo'ladi


Kerak bo'ladi
11 июл., 13:59изменён
Bikfort simi (inglizcha Bickford fuse) — bu portlovchi moddalarni (masalan, dinamitni) ma'lum bir vaqt oralig'ida, xavfsiz masofadan turib portlatish uchun mo'ljallangan yondiruvchi shnur. Uni ingliz ixtirochisi Uilyam Bikford 1830 yilda ixtiro qilgan.Kerak bo'ladi


Kerak bo'ladi
10 июл., 05:24
переслано из @no_faol
#faktO'NILL SILINDRIBu kosmosda millionlab insonlarning Yer atmosferasidagidek erkin va xavfsiz yashashi uchun moʻljallangan ulkan sunʼiy koinot stansiyasi (koloniyasi) loyihasidir. Ushbu gʻoya 1976-yilda amerikalik fizik Jerard O'Nill tomonidan oʻzining "The High Frontier: Human Colonies in Space" kitobida taklif qilingan.Loyiha tuzulishi quyidagicha: • Tizim bir-biriga bogʻlangan va teskari yoʻnalishda aylanadigan ikkita ulkan silindrdan iborat. Teskari aylanish stansiyaning koinotda muvozanat saqlashini taʼminlaydi (groskopik effektni neytrallaydi).• Har bir silindrning diametri taxminan 8 kilometr, uzunligi esa 32 kilometr boʻlishi koʻzda tutilgan. Bunday ulkan maydonda bir necha yuz mingdan bir necha milliongacha odam yashay oladi.• Kosmosdagi eng katta muammo — vaznsizlik odam salomatligiga zarar yetkazadi. O'Nill silindri oʻz oʻqi atrofida daqiqasiga taxminan 1,4 marta



