Последние посты

Kitoblar dunyosi
10 сент., 08:59
переслано из @kitobim_dostim
O‘QING EY AYOLLAR🧕 Nadiya Ramazonning "O‘qing, ey ayollar!" kitobi qo‘limga olganimdan to oxirigacha qo‘ymay o‘qib chiqishimga sabab bo‘ldi. Bu kitob ayollarga qaratilgan chin dildan aytilgan nasihat va o‘gitlar majmuasi ekan. Nomidan ham shuni his qildimki, muallif ayollarni ertaga pushaymon bo‘lib qolmasliklari, balki o‘zlarini chuqur anglashga, ko‘z yumgan xatolarini tan olishga va hayotda to‘g‘ri yo‘lni topishga undaydigan asar. 🧕 Kitobni o‘qir ekanman, muallifning menga yaqin bir opadek, samimiy tavsiyalar berayotganini his qildim. Ayniqsa, ayollarning oiladagi o‘rni, ona sifatida mas'uliyati, farzand tarbiyasidagi ilmning nechog‘lik ahamiyati, ilm olish yo‘llaridagi sabr va shukr kabi mavzularga to‘xtalgani juda muhim edi. Asarda, xususan, hozirgi zamon ayollarining ichki olamidagi bo‘shliqlar va ruhiy




Kitoblar dunyosi
10 сент., 06:07
Maqsad ilm bo'lsin@kitobim_dostim📒
Kitoblar dunyosi
10 сент., 04:10
CHOLIQUSHI@kitobim_dostim📒
Kitoblar dunyosi
10 сент., 02:04
Тушунчаларни янгилаш керак!Биз китобни фақат ўқувчи ёки талаба ўқийди, илм ўрганиш фақат ёшликда бўлади деган нотўғри тушунчаларни тарк этмасдан юксала олмаймиз."Бешикдан қабргача илм изла" ибораси жуда топиб айтилган. Мусулмон киши ҳаётининг ҳар бир жаҳбасида илм билан ёндашиши керак.Ҳарф ўрганамиз, мактабга чиқамиз, институтда ўқиймиз, ундан кейин бўлди дегани эмас. Ҳаётий масалаларда ҳам илм ўрганиш керак.Оила қуришнинг, эр-хотин муносабатларининг, фарзанд тарбиясининг ўз илми бўлгани каби қарз олди-бердининг ҳам, сафарга чиқишнинг ҳам, бемор зиёратининг ўз илми бор.Хулоса шуки, ҳаётимизнинг ҳар бир лаҳзаси илм ўрганиш, амал қилиш билан ўтиши лозим. Зотан, илмдан ўзга нажот йўқ ва бўлмагай ҳам!©Nadiya Ramazon@kitobim_dostim📒
Kitoblar dunyosi
9 сент., 12:44
«O'qiyman», degin.Mayli, orzularingni jamlab ayt menga, Mayli, kutubxona qurib berayin senga. Mayli, to'ldirib beray kitoblar bilan, Mayli, gullar sochay qadamlaringa.Mayli, yur, olib boray Mashriq tongiga, Mayli, yur, yetaklay Mag'rib shomiga. Mayli, kezaylik dunyo bo'ylab yonma-yon, Qay yurtni istasang - boraylik o'sha tomon.Faqat sen «o'qiyman», degin, Men esa orzularingga yo'l ochay, dey.@kitobim_dostim📒
Kitoblar dunyosi
9 сент., 10:07
📚 Oxirgi 1-2 oy to‘y oldi marosimlari, uy yumushlari, harakat... xullas bir chetga o‘tib, hotirjam kitob o‘qishga deyarli vaqt ajrata olmadim.🎧 Lekin shunday paytlarda Mutolaa ilovasi orqali yo‘l-yo‘lakay, yoki yumushlar orasida audio kitoblar tingladim. E’tibor berib qarasam ilovada tinglab tugatgan va o‘qigan kitoblarim soni 58 taga yetibdi, Alhamdulillah!🏆 Marralar ham sekin-asta ortib borayotgani oquvchiga o'zgacha quvonch berar ekan..."Mutolaa" ilovasini sizga ham tavsiya qilaman aziz kitobxon!@kitobim_dostim📒



Kitoblar dunyosi
9 сент., 07:26
Kitob tavsiya@kitobim_dostim📒
Kitoblar dunyosi
9 сент., 03:07
#Kitob📖 "O'tmishdan ertaklar" ✍️ Abdulla Qahhor«O‘tmishdan ertaklar» - o‘zbek adabiyotining zabardast vakili bo‘lgan Abdulla Qahhor ijodiy merosida muhim o‘rin tutadi. Bu asar nafaqat yozuvchining bolaligidan hikoya qiladi, balki o‘tgan asr boshlarida millat bolalarining mashaqqatli hayoti xususida so‘z yuritadi. Nafaqat bolalar, katta avlodning savodsizligi, davr fojialari jonli va ochiq-oydin tasvirlanadi.@kitobim_dostim📒
Kitoblar dunyosi
9 сент., 00:32
Uyg'ondingmi do'stim?!@kitobim_dostim📒
Kitoblar dunyosi
4 сент., 09:45
переслано из @kitobim_dostim
Ona nasihati🦋 Sen jufting uchun beshik bo‘lgin, shunda u senga ustun bo‘ladi. Izoh:(chaqaloqqa sakinat berguvchi, ma'naviy va jismoniy himoya qal'asi uning beshigidir.)🦋 Sen jufting uchun yer bo‘lsang, sen u uchun osmon bo‘lasan. Izoh: (Kamtarlik, hokisorlik, o‘zini past olish yerning hususiyatidir. Qaysiki ayol ota-onasi va juftini rozi qilar ekan, hamisha jufti uchun qadri osmondir)🦋 Sen unga vazirdek bo‘lginki, u o‘zini shoh deb bilsin. Izoh: ( Dinimizda erkaklarni o‘rni oilada buyukroq, erkak buni his etishi kerak. Uning so‘zi keskir, buyrug‘i vojib bo‘lsagina o‘zini shohdek his etadi)🦋 Uning ko‘ziga, qulog‘iga va burniga yoqmaydigan narsadan uzoq bo‘l... Izoh ( jufting uchun ziynatlanishda, faxmu-farosatda va ozodalikda yagona bo‘l)


Kitoblar dunyosi
4 сент., 07:24
Kitob tavsiya@kitobim_dostim📒
Kitoblar dunyosi
4 сент., 03:57
📚 "Payg'ambar Uyida Bir Kun"Payg'ambarimizning Muhammad alayhissalom uyida bir kun kitobi.@kitobim_dostim📒
Kitoblar dunyosi
4 сент., 00:26
Kitob har qanday qasr va osmono'par binolardan chiroylidir. CHunki u aqlni sayqallaydi, qalbni shodlatadi, nafsni o'ziga ulfat qiladi, ko'ngilni ochadi va fikrni o'stiradi.@kitobim_dostim📒


Kitoblar dunyosi
3 сент., 13:29
- Uyimizda kutubxona bo'ladimi ? - Kutubxona uyimiz bo'ladi@kitobim_dostim📒


Kitoblar dunyosi
3 сент., 09:56
OQSOCH O'tkir syujetli, psixologik triller📖 Bu asar haqida sharh yozishni istamadim. Sababi kichik bir tafsilot ham mutolaa zavqini yoʻqqa chiqarishi mumkin. Shunga koʻra kitobning oʻzidagi qisqacha taʼrifni ko'chirib yozishni maʼqul koʻrdimБу асар илк саҳифалардаёқ сизни тузоққа туширади.Ҳаётини янгидан бошламоқчи бўлган бир қиз бой хонадонга хизматкор бўлиб ишга киради. Ҳамма нарса у орзу қилганидек: ҳашаматли уй, бадавлат оила, осуда ҳаёт...Бироқ бу алдамчи таассурот!Уй бекаси Нина — ҳаракатларини олдиндан тахмин қилиб бўлмайдиган ғалати аёл. Унинг турмуш ўртоғи Эндрю эса сиртдан қараганда идеал эркак.Аммо уларнинг астар ва қиёфалари ортида шундай сирлар яширинки...Натижада бутун асарни юрагингизни ҳовучлаб ўқишга мажбур бўласиз.Игнанинг устида ўтиргандек безовталаниб, бир саволга жавоб излайсиз:«Бу уйда ким ҳақиқий қурбону, ким




Kitoblar dunyosi
3 сент., 06:23
Kitob tavsiya@kitobim_dostim📒
Kitoblar dunyosi
3 сент., 03:43
📚 "Allohning Qur'oni Karimdagi mo'jizalari" 👤 Horun Yahyo@kitobim_dostim📒
Kitoblar dunyosi
3 сент., 00:31
Bugun derazamni ochdim-u sahar, Yuzimga urildi salqin shaboda. Xayolchan shivirlab qizg‘imtir barglar, Kuzak hikoyasin so‘zlardi bog‘da.Ajab, bir kechada o‘zgarmish olam, Bir kechada borliq olmish o‘zga tus. Inson umri kabi tezdir fasl ham, Kecha yoz ediku, bugun qarang, kuz... 🍁@kitobim_dostim📒



Kitoblar dunyosi
1 сент., 13:32
UZLATSendan yolg‘izlikning halovati haqida so‘rashadi. Sen so‘raganlarga: "Yolg‘izlik g‘iybatdan qutilish rohati... Aytdi-dedilardan qutilish rahmati... Senga tasalliy beradigan va hamdard bo‘ladigan kitob ila ulfatchilik deb ayt! Vassalom!".@kitobim_dostim📒


Kitoblar dunyosi
1 сент., 10:42
Bir kishi faqih Abu Homid Ahmad ibn Abu Tohirdan bir kitobni omonatga oldi. Abu Homid bir ish bilan uning uyiga borganida u kishining o‘sha kitobning ustiga uzum qo‘yganini ko‘rdi. Keyinroq o‘sha kishi Abu Homiddan yana omonatga kitob so‘radi. Abu Homid u so‘ragan kitobni bir tovoqqa solib olib chiqdi. U kishi Abu Homiddan kitobni nega tovoqqa solib olib chiqqanini so‘radi. Abu Homid dedi: "Bu sen so‘ragan kitob. Bu tovoq esa yeydigan narsangni qo‘yishing uchun!". Kishi xatosini angladi!Inson uchun kitobi aziz bo‘ladi. Agar birovga manfaat berishini, savobni, ilm tarqatishni va kitob so‘rovchini ranjitishni o‘ylamaganida kitobini birovga bermagan bo‘lar edi. Kitobni omonatga olgan kishi ham uni chiroyli saqlashi, muhofaza qilishi va egasiga chiroyli holatda qaytarishi lozim. Ba’zilarga kitob bersangiz kitobda ovqat qoldiqlarini ko‘rasiz. Go‘yo kitobni o‘qish uchun emas, ovqatlantirish
