gram news
Аватар канала Advokatura_Koreya

Advokatura_Koreya

@koreavisalaw

KEUMSEONG ADVOKATURASIDA >JINOIY ISHLAR ☑️ >MA'MURIY ISHLAR ☑️ >FUQAROLIK ISHLARI ☑️ >HUQUQIY MASLAHATLAR ☑️ >JABRLANUVCHI HIMOYASI ☑️ >IMMIGRATSIYA ISHLARI ☑️ ☎️법무법인 유한 금성 01045109966 / 01076199097 Huquqiy maslahat: @Advokatura_keumseong

ПроектыUZПраво

1,210подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Advokatura_Koreya

    31 авг., 00:57изменён

    INVESTORLAR UCHUN! Ushbu vizaga otish uchun asosiy talab haqida eslatib otmoqchiman. Ozbekistondan Koreyaga kelib biznes qilish maqsadi borlar asosan 100million won hozirgi hisobda ortacha 75ming dollar atrofida olib kelib investitsya kiritilsa D8 vizasini olib biznes boshlash mumkin.D8 viza turlari quyidagicha bolib:D-8-1-Koreya korporatsiyasiga investitsiya qilgan xorijlik D-8-2-Venture business investor D-8-3-Koreya fuqarosi yuritayotgan individual biznesga xorijlikning sherik sifatida investitsiyasi D-8-4-Texnologiya/venture startup asoschilari uchunAsosan D8-1 vizasini olish uchun harakat qilayotgan investor etibor berish kerak jihat bor. Kiritilayotgan investitsya xorijdan olib kelinishi hattoki hozirgi kundagi talabga kora xorijda qanday topilgan pulligi haqida ham soramoqda.Ushbu viza otish uchun batafsil malumot uchun: 010-4510-9966Keumseong Advokaturasihttps://t.me/
    Иллюстрация к посту канала Advokatura_KoreyaИллюстрация к посту канала Advokatura_Koreya
  • Advokatura_Koreya

    21 авг., 07:27изменён

    Advokatning foydasi qayerda deyilsa men aytgan bolardimki, eng asosiy vaqtda tanlanganida.Chunki advokat yollashning faqat foydalari bolavermaydi. Advokat yollashda men asosiy nuqtalarni belgilayman.A - nuqta boshlanish nuqtasi, bunda javobgarlikni yengillatish, vaziyatni yumshatish yoxud butunlay aybsiz qilibolib chiqish mumkin bolgan nuqta. (경찰) - PolitsyaB- nuqta esa qisman jaarayon mukammallashib borayotgani biroq kech emasligini bildiradi. (검찰) - ProkraturaC - nuqta bu sudi bolayotgan ayblanuvchi. Bu nuqtada kech bolgan bolish extimoli yoxud jazoni qisman yengillatish mumkin bolgan nuqta. (법원) - SudKopchilik aynan C nuqtada hamasi yomon holatga kelib bolganda advokat yollaydi. Advokatni muammo boshidanoq yollansa katta natijalarga umid qilsa boladi. Sababi boshida boshlanadigan tergovdan tortib oxirigacha huquqiy nazorat bilan olib boriladi.Yuqoridagi natija esa
    Иллюстрация к посту канала Advokatura_KoreyaИллюстрация к посту канала Advokatura_Koreya
  • Advokatura_Koreya

    13 авг., 02:32

    🚨 OGOH BOLING!Janubiy Koreyada tegishli haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasini boshqarish (무면허운전) jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, Koreyada istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari uchun bunday huquqbuzarlik nafaqat jinoiy jazo, balki keyinchalik viza uzaytirish, yashash maqomini o‘zgartirish yoki saqlab qolish hamda immigratsiya tekshiruvi bilan bog‘liq muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. 1. Haydovchilik guvohnomasisiz boshqarish — 무면허운전 Huquqiy asos: 「도로교통법」 제43조, 제152조 Amaldagi Koreya Yo‘l harakati to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra, tegishli haydovchilik guvohnomasini olmagan shaxs avtomobil boshqarishi taqiqlanadi. Qoidabuzarlik uchun: • 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki • 3 million vongacha jarima jazosi nazarda tutilgan. Amaldagi 도로교통법 2026-yil 1-iyuldan kuchda bo‘lgan tahrirda qo‘llanmoqda. 2. Mast holda transport vositasini boshqarish —
    Иллюстрация к посту канала Advokatura_KoreyaИллюстрация к посту канала Advokatura_Koreya
  • Advokatura_Koreya

    10 авг., 04:22изменён

    POLITSYA TERGOVIGA CHAQIRILGAN BOLSANGIZ DIQQAT QILING!Janubiy Koreyada yashayotgan va ushbu sohada ishlayotgan mutaxasis sifatida sizga bir nechta muxim tafsiyalar bermoqchiman.Agar sizni politsya tergovga chaqirayotgan bolsa nima qilish kerak va nimalarni qilmaslik kerak?1. Avvalo, nima sababdan chaqirilganingizni aniq bilib oling!Sizning ustingizdan ochilgan ish, gumon qilinayotgan holat yoki buzilgan qoida haqida aniqroq tushunitirish talab qiling! Hech qachon qo‘ng‘iroqni ataylab o‘chirish, yashirinish yoki tergovdan qochishga urinmang bu shubxani oshiradi.Agar jinoiy ish bo‘yicha sizga nisbatan gumon mavjud bo‘lsa, advokat yollash huquqingizdan foydalanishingizni bildiring. Koreys tilini yetarli darajada bilmasangiz, tarjimon xizmatidan foydalanish huquqingiz borligini ham unutmang.2. Vaziyatni advokat bilan muhokama qiling advokat maslahatini oling. Shaxsiy advokat
    TelegramAdvokatura_KoreyaKEUMSEONG ADVOKATURASIDA >JINOIY ISHLAR ☑️ >MA'MURIY ISHLAR ☑️ >FUQAROLIK ISHLARI ☑️ >HUQUQIY MASLAHATLAR ☑️ >JABRLANUVCHI HIMOYASI ☑️ >IMMIGRATSIYA ISHLARI ☑️ ☎️법무법인 유한 금성 01045109966 / 01076199097 Huquqiy maslahat: @Advokatura_keumseong
  • Advokatura_Koreya

    28 июл., 06:37изменён

    Vizasiz, noqonuniy ishlagan bolsa ham Sanje sugurtasi tasdiqlandi.Shu yilning may oyida bir yurtdosh akamiz ish joyida narvondan yeqilib oyogi sinish holati bilan shifoxonaga yotgaziladi.Avvaliga ish beruvchi men ozim tolayman deb bemorni konglini hotirjam qiladi biroq bemor tuzalishga yaqin shifoxona tolovini yarmini beraman deb, song umuman yonimda yoq o'zing tolab tur deb tolashdan bosh tortadi.Bunday qallop sajanglar uchun albatta bizda ham qonuniy javob bor. Bu esa kerak paytida insoniylik sifatida korsatilmagan yordamni oshigi bilan qonuniy uslubda undurib olish usulidir. Bemor hatto ishlamagan kunlariga ham oylikni 70 foizidan har oyida tolaydigan majburiyatni yuklash javobi.Yuqoridagi akamizni ham 8 millionga tushgan shifoxona tolovini sekingina oziga yuklagan sajangnimni undan koprogini tolashga majbur qildik. Holat ish joyidagi jaroxat sifatida tasdiqlandi va ishlay
    Иллюстрация к посту канала Advokatura_KoreyaИллюстрация к посту канала Advokatura_Koreya
  • Advokatura_Koreya

    15 июл., 03:02

    Koreyada yashasangiz, bu raqamlar bir kuni albatta sizga kerak bolishi mumkin! 📞🇰🇷Kutilmaganda kasal bo‘lib qoldingizmi?Viza bo‘yicha savol tug‘ildimi?Tarjimon, iste’molchi huquqi yoki Seuldagi hayot haqida ma’lumot kerakmi?Kerakli raqamni o‘sha paytda qidirib yurmaslik uchun ushbu postni hoziroq saqlab qo‘ying.1339 — Tibbiy yordam Yaqin shifoxonani topish yoki shoshilinch tibbiy ma’lumot olish uchun.1345 — Immigratsiya markazi Viza, yashash muddati, chet elliklar kartasi va immigratsiyaga oid savollar uchun.1330 — Sayohat va tarjimon yordami Koreyada adashib qolsangiz, sayohat ma’lumoti yoki tarjimon yordami kerak bo‘lsa.1372 — Iste’molchilar maslahat markazi
    Иллюстрация к посту канала Advokatura_KoreyaИллюстрация к посту канала Advokatura_KoreyaИллюстрация к посту канала Advokatura_KoreyaИллюстрация к посту канала Advokatura_Koreya
  • Advokatura_Koreya

    13 июл., 08:02изменён

    ❗️ Diqqat! Sizga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida politsiyadan xabar kelgan boʻlsa, ushbu maʼlumot siz uchun muhim. Janubiy Koreyada sizga nisbatan shikoyat kelib tushgan yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tekshiruv natijasida jinoyat alomatlarini aniqlagan taqdirda, jinoyat ishi bo‘yicha tergov jarayoni boshlanishi mumkin.Birinchi bosqichda hodisa yuzasidan dalillar to‘planadi, guvohlar va boshqa isbotlar tekshiriladi. Siz gumon qilinuvchi sifatida tergovga chaqirilishingiz va bu haqda rasmiy xabarnoma olishingiz mumkin. Aynan shu bosqich eng muhim hisoblanadi. Agar siz o‘zingizni nohaq ayblanayotgan deb hisoblasangiz, imkon qadar erta advokat yollashingiz tavsiya etiladi. Nega advokat kerak? ✔️ Birinchidan, advokat tergov davomida bilmasdan o‘zingizga zarar yetkazadigan yoki noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalar berishingizning oldini olishga yordam
    Иллюстрация к посту канала Advokatura_KoreyaИллюстрация к посту канала Advokatura_Koreya
  • Advokatura_Koreya

    7 июл., 04:46изменён

    DIQQAT! Koreyada ish joyida jarohat olib ham jim yurgan yurtdoshlar uchun. "Ishimdan ayrilib qolmay", "Vizamga ta'sir qilmasin", "Sajang xafa bo'lmasin", deb yoki boshliqlarning yolg'on va'dalariga ishonib, ko'pchilik jaroxat olsada o'z hisobidan davolanadi va hech narsa bo'lmagandek yana ishiga qaytadi. Ammo ko'p hollarda bu fidoyilik qadrlanmaydi. Ish beruvchiga kerak bo'lmay qolgan kun, mehnatingiz ham, sabringiz ham unutiladi. Ana shunda esa: "Nahotki o'z haqqimni bilmagan ekanman talab qilmagan ekanman" degan gazab qoladi.Unutmang! O'z huquqingizni talab qilish ish beruvchiga qarshi chiqish emas. Bu o'zingizni qadringizni bilish, sog'lig'ingizni va oilangiz kelajagini himoya qilishdir. Agar ish vaqtida jarohat olgan bo'lsangiz, Koreya qonunchiligida bunday holatlar bo'yicha xodimlar uchun huquqiy himoya, davolanish pullari, jarohat sabab ishlamagan oylaringiz oyliklari va
    TelegramAdvokatura_KoreyaKEUMSEONG ADVOKATURASIDA >JINOIY ISHLAR ☑️ >MA'MURIY ISHLAR ☑️ >FUQAROLIK ISHLARI ☑️ >HUQUQIY MASLAHATLAR ☑️ >JABRLANUVCHI HIMOYASI ☑️ >IMMIGRATSIYA ISHLARI ☑️ ☎️법무법인 유한 금성 01045109966 / 01076199097 Huquqiy maslahat: @Advokatura_keumseong
    4,680322Открыть в Telegram
  • Advokatura_Koreya

    29 июн., 05:42изменён

    외국인 보호일시해제 (Chet ellikni vaqtincha himoyadan ozod qilish) Ko‘pchiligimiz "보호일시해제" atamasini eshitganmiz. Keling, uning mazmuni haqida qisqacha to‘xtalamiz. 보호일시해제 — immigratsiya yoki chet elliklarni saqlash markazida ushlab turilgan shaxsni, ma'lum asoslar mavjud bo‘lsa, vaqtincha tashqariga chiqarish to‘g‘risida Adliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladigan rasmiy arizadir. Qanday holatlarda murojaat qilish mumkin? Agar quyidagi kabi asosli va hujjatlar bilan isbotlanadigan sabablar mavjud bo‘lsa, ariza topshirish mumkin: Koreyada qaytarib olinishi lozim bo‘lgan katta miqdordagi uy depoziti yoki boshqa mablag‘lar mavjud bo‘lsa; Sotilishi yoki rasmiylashtirilishi zarur bo‘lgan mol-mulk bo‘lsa; Oila a'zolarining og‘ir ahvoli yoki boshqa muhim oilaviy sabablar mavjud bo‘lsa; Talaba oxirgi semestrda o‘qiyotgan va diplom olish arafasida bo‘lsa; Shunga o‘xshash boshqa muhim va hujjatlar
    Иллюстрация к посту канала Advokatura_KoreyaИллюстрация к посту канала Advokatura_Koreya
  • Advokatura_Koreya

    19 июн., 02:26

    Diqqat, aziz yurtdoshlar! Keumseong advokaturamiz 2026-yil 20-iyun, shanba kuni Koje shahriga tashrif buyuradi. Bizga murojaat qilayotgan yurtdoshlarimizning katta qismi zavod va ishlab chiqarish korxonalarida ishlovchi xodimlardir. Ularning ko‘pchiligi ish haqi to‘lanmasligi, oylikdan asossiz ushlab qolishlar, ish joyidagi jarohatlar bo‘yicha yordam berilmasligi, sababsiz ishdan bo‘shatish hamda boshqa mehnat muammolari bilan duch kelmoqda. Suhbatlarimiz davomida ayniqsa Ulsan va Koje hududlarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida bunday muammolar ko‘p uchrashi ma’lum bo‘ldi. Ish joyi uzoq bo‘lgani yoki ish vaqtida telefon orqali maslahat olish imkoniyati bo‘lmagani sababli, sizlarga yaqinroq bo‘lish maqsadida Koje shahriga maxsus tashrif uyushtirmoqdamiz. Ushbu ochiq suhbat davomida quyidagi masalalar bo‘yicha bepul maslahatlar beriladi: ✅ Mehnat huquqlari va ish haqi masalalari ✅ Oyl
    Иллюстрация к посту канала Advokatura_KoreyaИллюстрация к посту канала Advokatura_Koreya
  • Advokatura_Koreya

    17 июн., 01:28изменён

    IMMIGRATSIYADAGI MUAMMOLARDAN: Otasining hujjatlarisiz bo‘lsa ham, Koreyada tugilgan chaqaloqqa ID karta olib berildi.Bugun sizlar bilan bir yaxshi xushxabarni bo‘lishmoqchiman.Yaqinda bir yurtdosh akamizdan qongiroq keldi. O‘zi Koreyada hujjatsiz nelegal holatda ekan. Ayoli esa D-2 talaba vizasi bilan yashayotgan ekan. Ularni farzandlari tez orada 1 yoshga to‘lar ekan, lekin hali ham 외국인등록증, ya’ni ID kartasini olisholmayotgani haqida gapirdilar.Akamiz ozroq xavotirlanib mendan “Farzandimizga ID karta olib berishning iloji bormi? Yordam bera olasizlarmi?” deb so‘radi. Nega haligacha ID karta olmagansizlar deb so‘rasam, vaziyatni tushuntirib berdi.O‘tgan yili ayoli immigratsiyaga hujjat topshirgani borganda Imigratsiya hodimlari: “Eringiz bilan birga keling. Eringiz ham kelishi kerak”, deyishgan.Ayoli o‘sha kuni qaytib ketgan. Oradan taxminan bir hafta o‘tgach, immigratsiyadan
    TelegramAdvokatura_KoreyaKEUMSEONG ADVOKATURASIDA >JINOIY ISHLAR ☑️ >MA'MURIY ISHLAR ☑️ >FUQAROLIK ISHLARI ☑️ >HUQUQIY MASLAHATLAR ☑️ >JABRLANUVCHI HIMOYASI ☑️ >IMMIGRATSIYA ISHLARI ☑️ ☎️법무법인 유한 금성 01045109966 / 01076199097 Huquqiy maslahat: @Advokatura_keumseong
  • Advokatura_Koreya

    27 мая, 04:24

    ⚠️ DIQQAT! VOICE PHISHING QURBONLARI KO‘PAYMOQDABugungi kunda Janubiy Koreyada voice phishing, ya’ni firibgarlik orqali pullarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar juda ko‘paymoqda. Afsuski, bu kabi jinoyatchilar ko‘pincha yangi kelgan yoshlar, soddaroq yurtdoshlarimiz hamda vizasi yo‘q fuqarolarimizdan foydalanishmoqda.“Oddiy firma puli”, “borib olib kelib ber”, “oldi-sotdi puli”, “men bandman”, “xizmatingni qilaman”, “bir joyga birga borib kelamiz” kabi takliflar bilan turli ishlar taklif qilinmoqda. Ko‘pchilik bilmagan holda bu ishlarni bajarib, jinoyatga sherik bo‘lib qolmoqda.Qancha ogohlantirish va ma’lumotlar berilmasin, afsuski bu holatlar hanuz davom etmoqda.❗️ Hech qachon pul bilan bog‘liq masalada hatto tanishingizga ham ishonmang.Quyidagi holatlar juda xavfli hisoblanadi: • Pul chiqarib kelish • Mashinada pul tarqatib yurish • Birovdan naqd pul olib kelish • ID
    TelegramAdvokatura_KoreyaKEUMSEONG ADVOKATURASIDA >JINOIY ISHLAR ☑️ >MA'MURIY ISHLAR ☑️ >FUQAROLIK ISHLARI ☑️ >HUQUQIY MASLAHATLAR ☑️ >JABRLANUVCHI HIMOYASI ☑️ >IMMIGRATSIYA ISHLARI ☑️ ☎️법무법인 유한 금성 01045109966 / 01076199097 Huquqiy maslahat: @Advokatura_keumseong
  • Advokatura_Koreya

    26 мая, 09:09изменён

    Eng kop savollardan biri E9 vizasidaman ayolimni uzoq muddatli vizaga olib kira olamanmi?Quyida shu haqida amaliyotlardan kelib chiqib yozib qoldiraman. Koreyada E9 yani professional bolmagan ishchi vizada ishlayotgan yurtdoshlar uchun turmush ortogini Koreyaga F3 uzoq muddatli hamroh vizasiga olib kirish imkonsiz. Orada bir necha xil yangiliklar tarqalgandek boldi biroq hali amaliyotda bu imkonsiz bolib qolmoqda.Muqobil variant sifatida men nimani taklif qilishim mumkin...1. Turmush ortogingiz yosh bolsa talaba vizasi bilan olib kirishinigiz va yangi viza sahifasini ochishinigiz mumkin. 2. Kirib kelganidan song ozingiz ham E9 vizangiz tugaganida qonuniy uning vizasiga hamroh sifatida otishinigiz mumkin. (qoidalari bor) 3. Hech bolmaganda qisqa muddatli vizalar C3 vizasiga ariza bersangiz chiqishi mumkin va amaliyotda ham mavjud.Amaliy yordam va maslahat uchun: 법무법인 (유한) 금성010-
    TelegramAdvokatura_KoreyaKEUMSEONG ADVOKATURASIDA >JINOIY ISHLAR ☑️ >MA'MURIY ISHLAR ☑️ >FUQAROLIK ISHLARI ☑️ >HUQUQIY MASLAHATLAR ☑️ >JABRLANUVCHI HIMOYASI ☑️ >IMMIGRATSIYA ISHLARI ☑️ ☎️법무법인 유한 금성 01045109966 / 01076199097 Huquqiy maslahat: @Advokatura_keumseong
  • Advokatura_Koreya

    21 мая, 02:07изменён

    JANUBIY KOREYADAGI JARIMALAR VA IMMIGRATSIYA BILAN BOGLIQ MUAMMOLAR.Janubiy Koreyada chet el fuqarolari qonunbuzarlik sodir etsa yoki katta miqdorda jarima olsa, bu immigratsiya holatiga ta’sir qilishi mumkin. Biroq immigratsiya har bir ishni alohida ko‘rib chiqadi va qaror holatning og‘irligiga qarab belgilanadi.1. Oddiy vizalar (E, D, C va boshqa umumiy vizalar)Oddiy vizalarda bo‘lgan chet el fuqarolari uchun:katta miqdordagi jarimalar, jinoiy ishlar, yoki takroriy qonunbuzarliklarimmigratsiya tekshiruviga sabab bo‘ladi.Ayniqsa amaliyotda 3 million won va undan yuqori jarimalar xavfli holat sifatida baholanadi. Bunday vaziyatlarda:vizani uzaytirmaslik, vizani bekor qilish, chiqib ketish haqida buyruq, yoki og‘ir holatlarda deport masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin.
    Иллюстрация к посту канала Advokatura_KoreyaИллюстрация к посту канала Advokatura_Koreya
  • Advokatura_Koreya

    14 мая, 08:58

    Qonuniy muammoga duch kelish hech kimning rejasida bo‘lmaydi. Ayniqsa xorijda yashayotgan inson uchun til, tartib va qonunlarni to‘liq bilmaslik sabab oddiy holat ham katta muammoga aylanishi mumkin. Shu sabab Janubiy Koreyada advokat yollashning ahamiyati haqida qisqacha tushuntirib o‘tmoqchiman.Har bir davlat qonun-qoidalarni buzgan holatlar uchun javobgarlik belgilagan. Janubiy Koreyada ham yashash davomida ayrim insonlar o‘zi bilmagan holda yoki oqibatini to‘liq tushunmagan tarzda qonunni buzib qo‘yishi mumkin. Natijada jarima, deportatsiya, sud jarayoni yoki og‘ir vaziyatlarda qamoq jazosi ham yuzaga keladi.Shunday holatlarda advokatning o‘rni juda muhim hisoblanadi. Advokaturada ishlayotgan chet ellik sifatida bu haqida qisqacha fikr bildirmoqchiman.1. Nohaq ayblov yoki ariza holatiBa’zi hollarda noto‘g‘ri tushuncha, yolg‘on ariza yoki asossiz gumon sabab tergovga
    Иллюстрация к посту канала Advokatura_KoreyaИллюстрация к посту канала Advokatura_Koreya
  • Advokatura_Koreya

    4 мая, 01:35

    Elektron faks orqali ariza topshirish tartibidagi o‘zgarish (2026-yil 1-iyundan)Umumiy qoida: Barcha arizalar 15 kun ichida topshirilishi kerak.Faks orqali yuborish mumkin bo‘lgan arizalar:Ish holati o‘zgarishi haqida xabar (고용변동신고) Qonun: Immigratsiya qonuni 19-modda Faks orqali yuborish mumkin D-10 (ish qidirish) yoki amaliyot (stajirovka) haqida xabar, shuningdek amaliyot joyini o‘zgartirish Qonun: Ijro qoidasi 49-2 modda, 3-band Faks orqali yuborish mumkinFaks orqali yuborish mumkin bo‘lmagan (faqat elektron topshiriladi):Pasport ma’lumotlari o‘zgarishi (raqam, berilgan sana, amal qilish muddati) Qonun: 35-modda, 2-band Faks orqali yuborib bo‘lmaydi 방문취업 vizasi bilan kelganlarning ish boshlashi haqida xabar
    Иллюстрация к посту канала Advokatura_KoreyaИллюстрация к посту канала Advokatura_Koreya
  • Advokatura_Koreya

    28 апр., 02:36изменён

    Janubiy Koreyaga talaba bolib kelib qanday vizalar qolga kiritishingiz mumkinligi qiziqmi? Qancha muddat ichidaligi undanda qiziq shundaymi?Batafsil malumot uchun: 01045109966 Telegram: @Advokatura_keumseong@koreavisalaw
    Иллюстрация к посту канала Advokatura_KoreyaИллюстрация к посту канала Advokatura_Koreya
  • Advokatura_Koreya

    22 апр., 08:35изменён

    Koreyada huquqiy ishlar qanday turlarga bo‘linadi?~형사 (Jinoyat ishlari) Bu jinoyat bilan bog‘liq ishlar hisoblanadi. Masalan: urish va tan jarohati >firibgarlik >o‘g‘rilik >tahdid hujjat soxtalashtirish mast holda mashina haydashBunday ishlar avval politsiya va prokuratura tomonidan tekshiriladi. Keyin sudga yuboriladi.~민사 (Fuqarolik ishlari) Bu ikki shaxs yoki kompaniya o‘rtasidagi pul, qarz va zarar bilan bog‘liq nizolar. Masalan: >qarz qaytarmaslik >shartnomani buzish >zarar undirish >ijara puli
    TelegramAdvokatura_KoreyaKEUMSEONG ADVOKATURASIDA >JINOIY ISHLAR ☑️ >MA'MURIY ISHLAR ☑️ >FUQAROLIK ISHLARI ☑️ >HUQUQIY MASLAHATLAR ☑️ >JABRLANUVCHI HIMOYASI ☑️ >IMMIGRATSIYA ISHLARI ☑️ ☎️법무법인 유한 금성 01045109966 / 01076199097 Huquqiy maslahat: @Advokatura_keumseong
  • Advokatura_Koreya

    20 апр., 08:48изменён

    Janubiy Koreyada yashayotgan chet ellik oilalar uchun zo‘r bir maslahatni ulashmoqchiman.Ko‘pchilik bu ma’lumotni biladi, lekin hali bilmaydiganlar uchun juda foydali.Bilamizki, Janubiy Koreyada sog‘liq sug‘urtasi to‘lovi ko‘pchilikning joniga tekkan. Lekin bu sug‘urtani faqat bitta odam to‘lab, oilaning qolgan a’zolari ham foydalanishi mumkinligini bilarmidingiz?Agar oilada er yoki xotin rasmiy ishlayotgan bo‘lsa va uning nomida sog‘liq sug‘urtasi bo‘lsa, turmush o‘rtog‘i va farzandlarini “qaramog‘idagi oila a’zosi” sifatida qo‘shish mumkin. Shunda ular uchun alohida sug‘urta puli chiqmaydi yoki ancha kamayadi.Masalan:Er ishlaydi va sug‘urta to‘laydi Xotin ishlamaydi yoki daromadi kam Farzandlar borBunday holatda xotin va farzandlarni erning sug‘urtasiga qo‘shib qo‘yish mumkin.Buning uchun odatda quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi:Nikoh guvohnomasi Farzandlarning
    Иллюстрация к посту канала Advokatura_KoreyaИллюстрация к посту канала Advokatura_Koreya
  • Advokatura_Koreya

    17 апр., 01:45изменён

    이의신청 - E'TIROZ ARIZASI NIMA?E'tiroz arizasi — bu davlat idorasi, sud, migratsiya, ish joyi yoki boshqa tashkilot chiqargan qarorga rozi bo'lmaganda beriladigan rasmiy murojaatdir.Masalan:Vizani uzaytirishni rad qilishsa; Jarima yoki jarima yozishsa; Ijara yoki sug'urta pulini rad qilishsa; Ish joyidan nohaq bo'shatishsa; Hujjat yoki ruxsatnomani bermasliksa; Bunday holatda siz qarorni chiqargan idoraga "ushbu qaror noto'g'ri, qayta ko'rib chiqilsin" degan mazmunda e'tiroz arizasi topshirasiz.E'TIROZ ARIZASIDAIsm-sharifi: Telefon raqami: Qaysi qarorga e'tiroz qilinayotgani: Nima uchun noto'g'ri deb hisoblanayotgani: Qanday natija (talab):
    Иллюстрация к посту канала Advokatura_KoreyaИллюстрация к посту канала Advokatura_Koreya