gram news
Аватар канала MAHLIYO KARIMOVA

MAHLIYO KARIMOVA

@mahliyo_karimova_official

📃 “Zomin — 2022” ishtirokchisi hamda O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan chop etilgan “Taskin” nomli she’riy kitob muallifi Mahliyo Karimova

ПроектыUZКниги

1,610подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • MAHLIYO KARIMOVA

    22 сент., 07:36

    Butun dunyosiga qo'ysang qo'l siltab Ishing bo'laversa faqat men bilan! Tabassumlar qilsam, bo'lsang sababchi Xandon otib kulsam, faqat sen bilan!Istamasmiding... Istamasmidim...?!✍🏻 Mahliyo Karimova@mahliyo_karimova_official
    Иллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVA
    1095322Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    21 сент., 16:47

    Yo'lingizni yoritsin oylar Chiroq tutsin yulduzlar doim, Menku sizni juda sevaman Mendan ko'proq sevsin Xudoyim!To'g'riliklar qo'lingiz tutib Yaxshiliklar ergashib yursin, Xayrli va haqli nima bor Bari sizga, sizga buyursin!Menmi? Mening vazifam tayin Men vafodan bayroq tutgayman, Va hattoki shamollarga ham Eshik ochmay sizni kutgayman!Omon keling! Porlasin oylar Duolarim yo'ldoshdir doim, Aytmasam ham qattiq sevaman Mendan ko'proq sevsin Xudoyim!
    137видео5322Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    21 сент., 11:28

    Gullar ochilmagay axir bir kunda Vaqt kerak! Sabr kerak! Mehr kerak!Ammo Gulingni so'lmay qolmog'i uchun Qadr kerak...!!!✍🏻 Mahliyo Karimova@mahliyo_karimova_official
    Иллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVA
    15674421Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    19 сент., 18:44

    Kun oxiri… Men she’r yozaman Sen yuraging og’rib o’qishing uchun, Daryoday tubsiz va cheksiz yozaman Sog’inch degan dardga cho’kishing uchun…✍🏻 Mahliyo Karimova@mahliyo_karimova_official
    261видео4433Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    18 сент., 12:35

    To'g'risi... Bu kuz bir boshqacha homushlik dilda Ko'ngil bir ichikkan, ko'ngil bir to'lgan, Qismat qadamingni qoldi-da payqab Sen mo'jizam eding kuzlarda kelgan…Na chora... Axir men qadarga kelolmayman teng Qismatga zahringni sochmoq mumkinmi? Mumkin kuzaklarda kelmoq va ketmoq Lekin yozilgandan qochmoq mumkinmi?Yo'q! Shunday ekan endi qo'lda oq bayroq Uni yuragimga mahkam qadadim, Endi yuragimda faqat bir fasl Men endi ko'ngilni kuzak atadim...✍🏻 Mahliyo Karimova
    252видео743111Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    17 сент., 10:39

    Senda qolgan balki, qalbimning yarmi Yarim qolgan qalbning dardi bitarmi? Kelar yo'llaringa tosh bosdilarmi Kechikayapsan...O'ylasam aytilgan qancha gap — alam Aytilmaganlari og'irroq alam... His qilib turibman, men kabi sen ham Ichikayapsan...Arosat...✍🏻 Mahliyo Karimova@mahliyo_karimova_official
    Иллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVA
    2527441Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    16 сент., 11:29изменён

    Bobom va Buvim bor bolalik Tandirlar, o'choqlar yodimda... Ularning bag'riga otilish... Mehrli quchoqlar yodimda...Yodimda buvimning gullari Bog' aro yastanib yotardi, Qizim deb ikkovi uyg'otgan Tonglar ham boshqacha otardi...Yodimda loyqa suv ariqlar Yodimda yo'llarning changishi, Ajabo, ko'zimga u kezlar Baxtiyor ko'ringan har kishi.Yoki men baxtiyor edimmi Quvonchdan iborat lug'atim? Ko'zlari porlagan qizaloq — Aks etib turardi suratim...
    Иллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVA
    233833211Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    15 сент., 16:09

    Yana maromida o'tar kunlarim Shoshaman har kuni ishga, o'qishga, Va shoshib ichaman, hatto qahvamni Vaqtim qolmasin deb seni sevishga...Holdan toydiradi yugur-yugurlar, Kun so'nggi tabiiyki, charchab tolaman, Shunda ham sasingni sog'inmayin deb Kitob o'qigancha uxlab qolaman...Tong otar... Yana takrorlanar bari qaytadan Bir xil kunlarimni olaman kutib, Charchataversalar yugur-yugurlar Men, balki, qolarman seni unutib...Sen-chi Kunlaring o’tarmi bir maromida…?✍🏻 Mahliyo Karimova
    Иллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVA
    27986521Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    14 сент., 16:09

    Hamma ham sening haqiqiy tabassuminga sabab bo’lmaydi. Hamma bilan ham chin yurakdan kulib bo’lmaydi. Borlariga esa ming shukur!Yuragi borlarga yuragi bor insonlarni hamroh qilsin Xudoyim! Kimni hayotiga kirsak faqat baxt bo’lib kiraylik, quvonch bo’lib kiraylik. Zero, sinovli bu dunyoda dard bo’lishga, xato bo’lishga, afsus bo’lishga davogar odamlar shundog’am ko’p. Yaxshilarga faqat yaxshilarni hamroh qilsin!✍🏻 Mahliyo Karimova@Chilzarra @mahliyo_karimova_official
    Иллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVA
    269видео8642Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    13 сент., 17:25

    To’g’ri, qizlar chiroyli joylarda rasmga tushishni yaxshi ko’rishadi, buni inkor etmayman. Ammo qizlar chiroyli joylarga faqat rasmga tushish uchungina borishlarini inkor etaman.Ba’zan to’lasan va to’kilish kerak bo’ladi. Shuningdek, insonning bemalol yuragini to’kib soladiganlari ham juda ko’p bo’lmaydi. Kam sonli o’rtoqlarni yaqinda bo’lgani yaxshi-yu, men uzoqroqdan topganman. Lekin afsus qilmayman, chunki xohish va harakat bo’lsa imkon topilishiga ishonaman. Chin dildan istasang masofalar ham to’siq emasligiga ishonaman. Na yo’llar, na yillar o’ldirolmaydigan tuyg’ular borligiga ishonaman.Allohim meni juda go’zal oila bilan siylagan Alhamdulillah! Do’stni va yorni ham go’zalini ( sodig’ini ) tilaganman doim! Ilohim duolarimizni o’zi qabul qilsin!✍🏻 Mahliyo Karimova@Chilzarra @mahliyo_karimova_official
    Иллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVA
    30512422Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    12 сент., 20:24

    Xayr Urganch! Ey ona shahar Men Toshkentda bo’laman sahar Balki qaytgum bir-ikki kunda Balki uzoq qolgum bu safar…Erkalaysan o’rnimga kimni O’ylantirar bu yuragimni, Yo’llarimga qaragaymisan Sezamanmi sog’inganingni…Ketayapman… O’ylarim olis Yuragimda begona bir his, Senga g’alat xayr-xo’sh aytar Yuzi bug’doy, she’rlari oq qiz!Qo’yib yubor mayli hozircha Senda qolar mendan ming parcha Qalbim sezar meni ayni dam Toshkent kutar sog’inganicha…
    266видео125321Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    12 сент., 07:06

    Hayotingdagi ba'zi hikoyalarning tugamaganini qalban his etasan...Va bu ayrim hollarda seni xursand qilsa, Ayrim hollarda qo'rqitadi...✍🏻 Mahliyo Karimova@mahliyo_karimova_official
    Иллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVA
    2579322Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    11 сент., 16:28изменён

    Balki aytadigan gaping ko’p edi Va ko’p edi mening aytar gaplarim, Aytolmading… Balki darding ko’p edi Ortiqchalik qildi mening dardlarim…Balki meni baxtli qilmoqchi eding Voz kechib o’zingga qo’ygan shartlardan, Men hech sababini anglay olmadim Ne uchundir qo’rqding bizning baxtlardan…Kim bilar, senda ham gunoh yo’q balki Kim bilar nelarga qilgansan toqat, Balki ikkimiz ham xatosiz edik Biz xato vaqtda uchrashdik faqat…To’g’rida, men seni bir go’zal sevdim Va bir go’zal sevding meni azizim, Faqat sening taqdir yulduzing uzra To’g’ri kelolmadi mening yulduzim…
    Иллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVA
    269764421Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    11 сент., 05:22

    Alami qoladi ba'zan ichingda Birga ichilmagan bitta qahvaning...✍🏻 Mahliyo Karimova@mahliyo_karimova_official
    260видео106333Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    10 сент., 13:27изменён

    Inson ko'ngli va tuyg'ulari juda g'aroyib.Kimdir senga qadrli bo'lishi uchun bir kun ham yetarli bo'ladi, ba'zan. Va ba'zan sen uchun aziz insonning hayotingdagi o'rni yo'q bo'lishi uchun bir soniya ham kifoya...Ba'zan, yillaringni bergan insonlaringni hech tanimaydigandek his qilasan o'zingni. Ba'zan esa kechagina tanigan insoningni huddi yuz yildan beri biladigandek his qilasan o'zingni...Kimlarnidir topishga yillaring ketadi... Kimlarnidir esa birdaniga — bir soniyada yo'qotasanBa’zan, o’zingga o’zing yetarli bo’lasan. Ba’zan esa atrofing to’la odam bo’la turib yolg’iz qolasan.Shunday insonlar borki, ularni borligi ham yo'qligi ham sezilmaydi hayotingda. Va yana shunday insonlar borki, ularning o'rnini to'ldirib bo'lmaydi…Ba’zan, ko’ra bila turib xato yo’lni tanlaysan. Ba’zan esa ostonangga kelgan baxtni haydaysan…
    Иллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVA
    285653211Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    10 сент., 05:29изменён

    Ota! Sizday sevgisi rost bormi dunyoda Va bormikan sizday sadoqati rost...? Dunyolarni emas bugun angladim Ko'ngil suyanishni istaydi xolos...Va suyanib ko'rdim birgina Sizga Ishonsam tog' bo'lib turgan o'zingiz, Sizdan o'zgasiga yelka tutishga Biroz hadiksirar, qo'rqar qizingiz.Qo'rqish bu insonga xos tuyg'u axir Lekin menda jur'at undan ziyoda? Jur'at qilib yelka tutaman desam Sizday sevgisi rost bormi dunyoda?!✍🏻 Mahliyo Karimova@mahliyo_karimova_official
    Иллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVA
    269732211Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    9 сент., 15:15

    Hech bir kunning boshida kunning oxiri senga nima tayyorlab qo’yganini bilolmaysan…Zero, bizning rejalarimizdan ustundir Yaratganning rejalari! Biz na bugunni, na ertani va na indinni, biz umuman butun umrimizni qanday o’tishini bilolmaymiz. Biz faqat qilgan amallarimiz bilan bizga qanday hukum o’qilishiga sababchi bo’lamiz xolos…✍🏻 Mahliyo Karimova@mahliyo_karimova_official
    253видео94332Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    8 сент., 16:21изменён

    Yulduzlarga sir aytdim Jonim Tillarini bilsang so’rab ol, Men ularga termuldim mudom Sen ham ahyon-ahyon qarab ol…Yulduzlarga she’r aytdim Jonim Ular balki bundan to’ydilar, So’nggi kunlar balki shundandir Derazamga kelmay qo’ydilar…Ha! Yulduzlarga og’ir she’r aytdim Ular turar zo’rg’a ko’tarib, Bir kun charchab yerning yuziga Yubormasa bo’ldi ag’darib…Ko’tara olmaysan…✍🏻 Mahliyo Karimova
    327видео83321Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    7 сент., 13:29

    Bizni chorlayotir kuzak bog’lari His qilyapsanmi…!?✍🏻 Mahliyo Karimova@mahliyo_karimova_official
    345видео104321Открыть в Telegram
  • MAHLIYO KARIMOVA

    5 сент., 20:44изменён

    Bir umr xayol et — unda men har kun Senga sen haqingda she’rlar o’qiyman, Qishda meni quchar yopinchig’imni Sen menga ko’rsatgan baxtdan to’qiyman…Bir zamin xayol et — uning yo’llari Olib chiqar faqat bir-birimizga, U shunday yo’llarki ikkimizga ham Hamrohlik qilmagay hech qachon o’zga…Bir fasl xayol et — beshinchi fasl U faqat so’ngsiz bir ishqdan iborat… Tasavvur qildingmi? O’sha faslda Kemtigi bo’lmagan baxt bor, nihoyat…Bir dengiz xayol et — ko’m-ko’k bir dengiz Urilaveradi qirg’og’imizga… Bu qirg’oqdan toshgan suvlar toabad Tegar faqat bizning oyog’imizga…
    Иллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVAИллюстрация к посту канала MAHLIYO KARIMOVA
    42910832Открыть в Telegram