Последние посты

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
25 сент., 07:47изменён
Coca-Cola Students Cup-2026. 1-bosqichga qur'a tashlandi26.09.2026 soat 10:00 da boshlanadi bizning o’yin.☑️ O’zbekiston Milliy universiteti


O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
25 сент., 07:30
#Diqqat_feyk❗️ Telegram messenjerida O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Majidov nomidan soxta profil ochilib, foydalanuvchilarga turli mazmundagi xabarlar yuborilmoqda.Mazkur profil universitet rektoriga tegishli emas. Rektor nomidan yuborilayotgan ushbu xabarlar ham soxta bo‘lib, haqiqatga mos kelmaydi.🚫 Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bunday soxta profillardan yuborilayotgan xabarlarga ishonmaslik, ularga javob bermaslik va xabarlarni tarqatmaslikni so‘raymiz.Faqat universitetning rasmiy axborot manbalariga tayaning!☑️ O’zbekiston Milliy universiteti


O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
24 сент., 15:05
📊 QS reytingi bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish2026-yil 23-sentabr kuni Xorijiy filologiya, Matematika, Iqtisodiyot, Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar, Geografiya va geoaxborot tizimlari, Taekvondo va sport faoliyati hamda Fizika fakultetlari dekanlari, kafedra mudirlari va reyting bo‘yicha mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Unda QS Academic Reputation va Employer Reputation so‘rovlarida qatnashish uchun hamkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini to‘g‘ri va tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.Xalqaro aloqalar prorektori K.Inakov hamda Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A.Shukurov jarayon muddatlari, taklif xatlarini yuborish tartibi va QS qoidalari haqida ma’lumot berdilar.Jarayon kafedra mudirlari bilan hamkorlikda muntazam monitoring qilinishi belgilandi.#NUUz #QSRanking #AcademicReputation #EmployerReputation #XalqaroReytinglar #Monitoring☑️ O’zbekiston Milliy universiteti




O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
23 сент., 21:39
📌Rasman: Milliy sertifikat oʻrinlari endi cheklangan — yangi cheklovlar eʼlon qilindi!2026-yilning sentabr–dekabr oylari uchun jami 496 303 ta oʻrin ajratildi: 🗓 Sentabrda — 125 753 ta oʻrin 🗓 Oktabrda — 129 535 ta oʻrin 🗓 Noyabrda — 112 335 ta oʻrin 🗓 Dekabrda — 128 680 ta oʻrin📊 Shuningdek, endi imtihonlar soni ham koʻpaytirilib, 2025-yilning shu davridagi 11 ta oʻrniga 15 ta imtihon tashkil etiladi.⚖️ Agentlikning maʼlum qilishicha, mazkur cheklovlar infratuzilmaga tushayotgan yukni kamaytirish hamda natijalarni oʻz vaqtida eʼlon qilishni taʼminlash maqsadida joriy etildi.☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
23 сент., 13:50
O‘zbekiston Milliy universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilmoqda🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 23–25-sentabr kunlari “Ijtimoiy tizimlarni modellashtirish va raqamli transformatsiya: ilmiy tajribalar, texnologiyalar va rivojlanish istiqbollari” (“Modeling and Simulation of Social-Behavioral Phenomena in Creative Societies” (MSBC–2026) mavzusidagi IV xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazilmoqda.⬅️ Har ikki yilda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan ushbu nufuzli anjuman O‘zMU Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi tashabbusi va bevosita ishtirokida tashkil etildi.📰 Ilmiy forumda Yevropa mamlakatlari, Xitoy, Ozarbayjon, Gretsiya, Litva, Germaniya, Avstraliya, Hindiston, Gruziya, Turkiya, Rossiya hamda Qozog‘iston kabi ko‘plab davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, taniqli olimlar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etmoqda.Konferensiya doirasida quyidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘ba majlislari va yalpi ma’ruzalar o‘tkazilmoqda: • Sun’iy intellekt va katta til modellari (LLM); • Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) va til texnologiyalari; • Ijtimoiy-xulq-atvor hodisalarini modellashtirish va raqamli egizaklar (Digital Twins); • Iqtisodiy tizimlar va o‘yinlar nazariyasi modellarini qo‘llash; • Mintaqaviy tadqiqotlar, barqaror rivojlanish hamda ta’lim texnologiyalari.




O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
23 сент., 10:39
⚠️ Kriptoaktivlarning noqonuniy aylanmasiga aralashmang!💻 Kriptoaktivlar sohasida turli kiberjinoyatlar sodir etilishi mumkin. Shubhali takliflar va noqonuniy operatsiyalardan ehtiyot bo‘ling.🔐 Ogoh bo‘ling — qonunga rioya qiling!☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
23 сент., 09:04
Bugun Xalqaro avtomobilsiz kun. Shu munosabat bilan 1000kitob loyihasi doirasida o‘zbek tilida nashrga tayyorlanayotgan ilmiy-ommabop asarlardan birini tanishtiramiz.Jeff Spekning “Piyodabop shahar” (“Walkable City”) kitobi shaharsozlik bo‘yicha eng mashhur asarlardan biri. 2012-yilda chop etilgan kitob o‘n yil ichida ushbu yo‘nalishdagi eng ko‘p sotilgan asarga aylangan, 7 tilga o‘girilgan va Green Prize for Sustainable Literature mukofotiga sazovor bo‘lgan.Muallif piyodaboplikning iqtisodiyot, transport, ekologiya va kundalik hayotga ta’sirini tahlil qiladi. Uning fikricha, piyoda yurish qulay bo‘lgan hududlar yoshlar va ijodkor insonlarni ko‘proq jalb qiladi, transport xarajatlarini kamaytiradi va mahalliy iqtisodiy faollikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.“Piyodabop shahar” tez orada o‘zbek tilida nashrdan chiqadi.Piyoda kezishni xush ko‘radigan kitobxonlar uchun munosib tuhfa.#1000kitob☑️ O’zbekiston Milliy universiteti


O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
23 сент., 07:46
#hotdogni_yomoni #bridgeda3 ta hotdog 45 ming so'mga, nima deyayapti 🔥📍Manzilimiz: Talabalar shaharchasi, Kamolaxon supermarketining orqasiLokatsiya: Google map Yandex map📞 Tel: 975892024 / 500908106📱 Telegram | 📱 Instagram | 😎 Youtube
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
22 сент., 14:49
Ingliz tilini boshlashga ikkilanyapsizmi? 🇬🇧Unda ayni vaqt! 24-sentabrdan Everest Beruniy-1 filialida 2 ta yangi guruh ochiladi💡1️⃣ Beginner (0 dan)- Kunlari: Seshanba • Payshanba • Shanba - Vaqti: 07:30–09:302️⃣ Elementary (Pre-Intermediate)- Kunlari: Seshanba • Payshanba • Shanba - Vaqti: 16:30–18:30🎯 MaqsadimizHar ikki guruh o‘quvchilarini bosqichma-bosqich CEFR C1 yoki IELTS 7.0+ darajasiga olib chiqish.Ustozlar: 🦅 Main Teacher: @Hikmatulloh_Abdukarimov — IELTS 8.0 | CEFR C1


O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
22 сент., 14:31
❓ Savol: Talabalik guvohnomasini qanday olamiz?Barcha talabalarning talabalik guvohnomalari elektron shaklda tayyor!Guvohnomani olish uchun: - MyGov ilovasini Play Market yoki App Store orqali yuklab oling. - Ilovadagi profilingizga kiring. - “Profil” bo‘limiga o‘ting. - Sizga tegishli elektron hujjatlar orasidan talabalik guvohnomasini toping. - Guvohnomani telefoningizga yuklab olib, saqlashingiz mumkin.🎓 Elektron talabalik guvohnomasi talabalarga avtobus, metro, poyezd va samolyot chiptalarini imtiyozli xarid qilish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan boshqa imtiyozlardan foydalanishda qo‘l keladi.📲 Batafsil — videoda!☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
22 сент., 14:21
Biz yetib keldik 🏆https://www.instagram.com/reel/DdlcCpUtamQ/?stkn=MWw0OGRiY203a3ZoMQ==
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
21 сент., 07:45
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida Tohoku universiteti bilan hamkorlikda Yaponiya ta’limi va madaniyatshunosligi markazi ochildi.☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
21 сент., 06:30изменён
📌Masofaviy ta’lim shakli yomonmi yoki yaxshi?Masofaviy ta’lim shakli davlat standartlari bo‘yicha tashkil etilsa, kunduzgi ta’lim shaklidan sifat jihatidan katta farq qilmasligi mumkin. Bunda talabaning shaxsiy o‘zlashtirish qobiliyatiga ham bog‘liq.Biroq bir universitet qabul qilayotgan talabalarining katta qismini masofaviy ta’lim shakliga qabul qilsa, bu qonunchilik talablari buzilishi hisoblanadi. Va qachondir shu sababli litsenziyasi bekor qilinishini istisno etib bo‘lmaydi.Maqsadi soqqa qilish bo‘lmagan universitetlar davlat standarti bo‘yicha kunduzgi talabalarning 50 foizi miqdorida boshqa ta’lim shakllariga talaba qabul qiladi.☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
20 сент., 05:12
#Diqqat #OvozliChatO’zbekiston Milliy universiteti talabalari hamda oʻqituvchilarni ovozli chatga tallif qilamiz!Yaxshi qiziqarli savol va javob berib boradiganlarga sovg’alar beriladi.📅 Qachon:Erta, 22-sentyabr, 15.00 da 📍 Qayerda: @nuu_student_s Telegram kanalidaMazkur ovozli chatda barchani faol ishtirok etishga chorlaymiz.☑️ O’zbekiston Milliy universiteti


O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
20 сент., 05:00изменён
#kayfiyatHukumat vakillariga, deputat va amaldorlarga murojaatim bor. Nimaga sizlar uchun biz taksistlardan gap eshitamiz?☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
20 сент., 04:53
📌Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi2026/2027-oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.Bu muddat:➖bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar; ➖oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar; ➖oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
19 сент., 10:56
#KechaVaBugun #MaxsusReportaj🎬 Talabalarni turar joy bilan ta'minlash masalasiga bag’ishlangan maxsus reportaj efirga uzatildi.🇺🇿 O’zbekiston Milliy universitetida bu borada amalga oshirilgan ishlar televideniye nigohida☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
18 сент., 19:21
Psixotrop moddalar savdosi hamda qimor o‘yinlarining salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi🇺🇿 O'zbekiston Milliy universiteti psixotrop va narkotik moddalari savdosi hamda iste’moliga qarshi kurashish asoslari, shuningdek, qimor o‘yinlarining kelib chiqishi va salbiy oqibatlari bo‘yicha profilaktik seminar tashkil etildi. Tadbirda rektor maslahatchisi Jahongir Jabborov hamda birinchi prorektor Tunis Xojiyev boshqa tegishli mas'ullar ishtirok etdi.📰 Seminarda yoshlar o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar va ularning oldini olishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan omillar batafsil muhokama qilindi.⏫ Xususan, talabaning qimor o‘yinlariga berilganligini ko‘rsatuvchi xulq-atvordagi o‘zgarishlar, kayfiyatning tez-tez o‘zgarishi, asabiylashish, o‘zini yopiq




O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
18 сент., 05:19
#kayfiyat- Sen uchun baxt nima? - Metro, avtobusda o’tirib ketish! - 🗿☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
18 сент., 05:10
❓Talaba qaysi holatlarda o‘qishdan chetlashtiriladi yoki kursda qoldiriladi?📄Vazirlar mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida talabalarni o‘qishdan chetlatish va kursdan-kursga qoldirish tartiblari belgilangan.❓Qanday holatlarda talaba chetlashtiriladi?Talabalar quyidagi holatlarda oliy ta’lim tashkilotidan chetlashtirilishi mumkin: ➖o‘z xohishiga ko‘ra; ➖o‘qishini boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirganda; ➖OTMning ichki tartib-qoidalari yoki odob-axloq qoidalarini buzganda; ➖bir semestr davomida uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq dars qoldirganda. Bunda salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holatlar bundan mustasno; ➖to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talaba belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganda; ➖sud tomonid
