gram news
Аватар канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

@minstroyuz

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali ☎️ 1298 🌐 https://gov.uz/oz/mc 📲 https://www.facebook.com/minstroyuz https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/ Mail: minstroy2@exat.uz Yangi Toshkent hududi

ПроектыUZРазноеПодтверждён Telegram

17,000подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    23 сент., 10:35

    #BU_MUHIM👀 Sohada kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqdaQurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida malakali kadrlar tayyorlash, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish hamda mehnat bozori talablariga mos kasbiy standartlarni shakllantirish yo‘nalishida tizimli ishlar olib borilmoqda.Davlatimiz rahbarining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-345-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-son qarori hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 8-yanvardagi 5/5-son buyrug‘i ijrosi doirasida sohada kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.Xususan: - tarmoq kengashi tarkibi va uning faoliyatini tartibga soluvchi nizom tasdiqlandi; - tarmoq malaka ramkasi va kasbiy standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha kichik ishchi guruh shakllantirildi; - 2025-yilda sohada 37 ta kasbni qamrab olgan 10 ta kasbiy standart hamda Tarmoq malaka ramkasi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida ekspertizadan o‘tkazildi; - 2026-yilda esa 45 ta kasbni qamrab oluvchi 11 ta kasbiy standart loyihasi ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish va ekspertizadan o‘tkazish uchun Institutga kiritildi.▪️Mazkur kasbiy standartlar belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha 2026-yil 19-avgustda tegishli tavsiya xati olindi.Ushbu ishlar sohada mehnat bozori talablariga mos malakali kadrlarni tayyorlash, mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda kasbiy ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
    Иллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
    1,040311Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    23 сент., 09:54

    🇺🇿Andijonda — $9 milliardlik yangi loyihalarAndijonda Prezidentimiz ishtirokida 9 milliard dollarlik 206 ta loyihaga start berildi.🔹 $2,05 mlrdlik 98 ta loyiha ishga tushirildi. 🔹 $7,35 mlrdlik 108 ta loyihaning qurilishi boshlandi.Yangi loyihalar orasida zamonaviy turar joy majmualari, xalqaro logistika va turizm markazlari, GES, chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish, transport vositalari va yuk vagonlari ishlab chiqarish quvvatlari bor.📌 Loyihalar natijasida: — 45 mingdan ziyod yangi ish o‘rni; — yiliga 60,6 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish; — $533 mlnlik eksport imkoniyati yaratiladi.Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
    1,310видео321Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    23 сент., 09:06

    📍 Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida, umumiy qiymati 9 milliard 400 million dollar bo'lgan 206 ta loyihaning ishga tushirilishi va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi. — Andijon viloyatiga tashrif chog'ida, prezident Shavkat Mirziyoyev 206 ta loyihaning, ularning umumiy qiymati 9 milliard 400 million so'mga teng bo'lgan, ishga tushirilishi va qurilishiga start berish marosimidagi ishtirok etdi.Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
    Иллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
    1,390211Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    23 сент., 08:40

    🌐 Google bilan hamkorlik yangi bosqichda: O‘zbekistonda AI, raqamli xizmatlar va yangi avlod kadrlari ekotizimi yaratiladiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Google kompaniyasi vise-prezidenti Karan Bxatiya bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Google o‘rtasidagi texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.💝 Biz so‘nggi yillarda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirdik. Buning natijasida O‘zbekistonda xalqaro to‘lov tizimlaridan erkin foydalanish uchun keng yo‘l ochilmoqda,- deydi Administratsiya rahbari.❗️ Bugun bu hamkorlik oddiy raqamli xizmatlar doirasidan ancha kengayib, O‘zbekistonning IT salohiyatini oshirish va Markaziy Osiyoda texnologik markaz sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan strategik yo‘nalishga aylanmoqda.➡️ Bu hamkorlikning eng muhim natijalari quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi:💳 Google Pay O‘zbekistonda ishga tushadi🔷Visa va Mastercard kartalari uchun Google Pay xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.🤖 O‘zbek tili Google Gemini’ga integratsiya qilinadi🔷 Google Cloud Gemini platformasida o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlash mahalliy tildagi AI yechimlarini yaratish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. BigQuery va Dataplex kabi texnologiyalar esa iqtisodiyot tarmoqlarida katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha pilot loyihalarda qo‘llaniladi.🛡 Kiberxavfsizlik va raqamli kadrlar🔷 Google texnologiyalari asosida milliy kiberxavfsizlik yo‘nalishida mutaxassislar salohiyatini oshirish, yangi o‘quv dasturlari va xalqaro sertifikatlash imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.🎓 O‘zbekiston kadrlari Google ekotizimiga kirib bormoqda🔷 Coursera orqali Google’ning «Inson + AI» kurslarida 737 mingdan ziyod foydalanuvchi ta’lim olgan va sertifikatlarga ega bo‘lgan. Shuningdek, har yili 25 nafar talabani Google ofislarida stajirovkaga yuborish rejalashtirilgan.Eng muhimi, hamkorlik startaplarni qo‘llab-quvvatlash, xakatonlar o‘tkazish, ta’lim va AI bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash orqali mahalliy IT ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan.🧊 Google bilan hamkorlikning yangi bosqichi O‘zbekistonda texnologiyani shunchaki iste’mol qilishdan uni yaratish, moslashtirish va eksport qilishga o‘tish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.Kompaniya bilan juda ko‘p yo‘nalishda hamkorlik qilish imkoniyati bor. Oldimizda esa katta va muhim vazifalar turibdi,- deb ta'kidladi S.Mirziyoyeva.Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
    Иллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
    1,500211Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    23 сент., 06:47

    #Hududlardan_xabarlar🏢"Yangi O'zbekiston" massivining yangicha qiyofasi🏗️Mamlakatimizda hududlarni kompleks rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish borasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, qurilish sohasiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, yangi turar joy massivlari va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish hududlarning kelajakdagi qiyofasini belgilab bermoqda.Bunday yirik loyihalar Sirdaryo viloyatida ham izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, Boyovut tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi hududni zamonaviy shaharsozlik tamoyillari asosida rivojlantirishga qaratilgan muhim loyihalardan biridir.Mazkur loyiha 2-bosqichda amalga oshirilayotgan bo'lib, birinchi bosqichda 24 ta, ikkinchi bosqichda esa 31 ta ko'p qavatli turar joy binolari qurilishi ko'zda tutilgan. Umumiy hisobda 55 ta ko'p qavatli uy binosi 4 104 ta xonadondan iborat.📝Bugungi kunda 31 ta ko'p qavatli turar joy binolari foydalanishga topshirilib, 2 500 ga yaqin xonadonlar o'z egalariga topshirilgan.Shuningdek, bosh rejaga asosan massiv hududida maktab, bog'cha, olaviy poliklinika, issiqlik qozonxonasi, sayilgoh va boshqa turdagi binolar qurilishi belgilangan.#SIRDARYORasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
    Иллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
    1,630311Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 13:58

    #JARAYON🔵 Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindiBugun vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva boshchiligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.Muloqot davomida O‘zbekistonda Barqaror issiqlik ta’minoti dasturini amalga oshirish, jumladan, Global ekologik jamg‘arma (GEF) ko‘magini jalb qilish imkoniyatlari, Hukumatning issiqlik ta’minoti sohasidagi maqsad va ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, yangi dasturning milliy islohotlar bilan uyg‘unligi muhokama qilindi.🎹 Shuningdek, “Markazlashtirilgan issiqlik energiyasi samaradorligi loyihasi (DHEEP)”ning amalga oshirilish jarayoni, erishilgan asosiy natijalar, loyihani yakunlash muddatlari hamda keyingi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ko‘rib chiqildi.Uchrashuv davomida yangi dastur doirasida natijalarga
    Иллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
    1,590видео2111Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 13:13

    переслано из @weightlifting_fed

    🇺🇿 Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan og‘ir atletikachilarimiz bilan tanishing!🇯🇵Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasining olti nafar vakili medallar uchun kurash olib boradi.Vakillarimizning musobaqadagi ishtirok jadvali:📆 23-sentyabr 🏋️‍♀️ Nigora Abdullayeva — −53 kg Boshlanish vaqti: 13:00📆 26-sentyabr 🏋️ Adhamjon Ergashev — −70 kg Boshlanish vaqti: 9:30 🏋️ Diyorbek Ruzmetov — −75 kg Boshlanish vaqti: 13:00📆 28-sentyabr 🏋️ Hasanboy Bardiyev — −85 kg Boshlanish vaqti:
    Иллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
    1,3003221Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 10:05

    переслано из @rasmiy_axborot_official

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda. Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
    1,4303211Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 09:18

    переслано из @samgasn

    #Munosabat❤️‍🔥Qorasuv massividagi ko'p-qavatli uy zinalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqdaUlaning va ulashing 📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
    1,860видео211Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 08:13

    #BU_MUHIM🏢 Koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv organlari endilikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni “Mening uyim” billing tizimiga darhol kiritishi mumkin.📹 Batafsil videoda!Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
    3,020видео43111Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 06:18

    #Diqqat🎥Qurilish, kadastr va shaharsozlik masalalariga bag‘ishlangan onlayn muloqot boshlandi.Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:️Jonli efir📱 Telegram 📱 Facebook 📱 InstagramRasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
    Иллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
    2,950111Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 04:49

    переслано из @uzbunyodkor

    ⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2️⃣0️⃣2️⃣6️⃣➖йил, 2️⃣2️⃣➖сентябрь кунги 8️⃣1️⃣сонида:➖World Cleanup Day республика бўйлаб бир кунда 38 тонна чиқинди тозаланди; ➖Замонавий қиёфа кашф этаётган Олмазор; ➖ Сув таъминоти ва оқова тизимларида ҳудудий ўрганиш; ➖Касбга бугундан қадам ёхуд янги авлод талабаларига янги имкониятлар;📌 RASMIY SAYT📰 Газетанинг ҳар бир сони ҳақида тезкор маълумотлар билан танишиш имконига эга бўласиз!Расмий саҳифаларимизга аъзо бўлинг👇TELEGRAM | INSTAGRAM | RASMIY SAYT
    2,100файл111Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 03:04

    переслано из @rasmiy_axborot_official

    🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
    Иллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
    1,9904629172Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    21 сент., 14:03изменён

    #Diqqat🤩 Siz yashaydigan ko'p qavatli uy kuz-qish mavsumiga yetarlicha tayyorlanyaptimi?Agar tayyorgarlik ishlarida sustkashlik yoki boshqaruv organlarining harakatsizligini sezgan bo'lsangiz biz Sizni eshitishga tayyormiz.📎 Asoslantiruvchi ma'lumotlarni ( manzil, foto-video) @Zukhraergasheva profiliga yo'llang yoki +998909009210 raqamiga murojaat qiling!Muammolarga birgalikda yechim topamiz!Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
    5,910видео4211Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    21 сент., 13:34

    переслано из @shmirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по выводу общенационального проекта «Яшил макон» на новый уровень, созданию благоприятной экологической среды в махаллях.#Mirziyoyev #taqdimot #ekologiya #YashilmakonPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
    Иллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
    1,880221Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    21 сент., 10:12изменён

    #Bu_muhim❗️Ko’p qavatli uylarni saqlash bo’yicha majburiy badallarni o’z vaqtida to’lang! Bu sizning eng qimmatbaho mulkingizni to’g’ri saqlash uchun muhimdir.Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
    4,980видео532211Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    21 сент., 07:56

    #Mening_uyim🏢 Siz koʻp qavatli uyda yashaysizmi? Endi murojaatlaringizni “Mening uyim” billing tizimi orqali tez va oson yuborishingiz mumkin.📹 Batafsil videodaRasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
    4,220видео4211Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    21 сент., 07:20

    #Diqqat Xavfsiz va jarimasiz uy qurish uchun nima qilish kerak?🏠 Siz uy qurishni rejalashtiryapsiz, lekin ishni nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Unda bu ma'lumotlar aynan siz uchun.Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
    3,030видео411Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    21 сент., 04:54

    #qurilish_atamalar_tarifi🏡 VerandaVeranda — binoning asosiy hajmiga tutashtirib qurilgan, odatda oynavand va mavsumiy foydalanishga mo‘ljallangan xona.Sodda qilib aytganda, veranda — uyga qo‘shib qurilgan, derazalari ko‘p, yorug‘ va ochiq muhitga ega qo‘shimcha xona.🌿☀️ U yerda choy ichish, dam olish yoki shunchaki tashqaridagi manzaradan bahramand bo‘lish mumkin.Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
    Иллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
    2,7304211Открыть в Telegram
  • QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

    20 сент., 08:28

    переслано из @shmirziyoyev

    Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz. — Поездка Президента в Каракалпакстан: сплоченной страной, единым народом, в полной мере реализуя огромные возможности и потенциал Каракалпакстана, мы достигнем новых высот в развитии региона и повышении благосостояния людей.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
    2,060видео522Открыть в Telegram