Последние посты

@biology_uz
14 авг., 13:32



@biology_uz
24 июл., 12:02
переслано из @uzadvanced
‼️ITM Biotexnologiya yozgi maktab - 2026 dasturining suhbat natijalari sarhisob qilindi! Bu yilgi suhbat ham oldingi yillardagi kabi qiziqarli va yuqori raqobat ruhida o'tdi!👏Suhbat natijalariga ko'ra, 15 nafar nomzod Biotexnologiya yozgi maktabiga qabul qilindi! Qabul qilinganlar ro'yxati bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkun: https://docs.google.com/spreadsheets/d/1FMoLKQAoTt2hrYUkW_G4NSZMhAiMyFsJMUJLFNGDaJQ/edit?usp=sharing✅Tanlovdan o'tgan ishtirokchilar bilan telegram orqali bog'lanilinadi!😊Biz barcha ishtirokchilarni kelajakda ko'plab muvaffaqiyatlarga erishishlariga ishonamiz hamda ularning kelajakdagi faoliyatlariga omad tilaymiz!📍Yozgi maktabning ochilish marosimi 2026-yil 27-iyul kuni soat 10:00 da Ilg'or Texnologiyalar Markazida bo'lib o'tadi. Barcha ishtirokchilardan belgilangan vaqtda yetib kelishlari so'raladi!Manzil: Ilg'or Texnologiyalar Markazi
@biology_uz
20 июл., 11:51
переслано из @uzadvanced
#CAT_Biotechnology_Summer_School📄ITM Biotexnologiya Yozgi Maktab - 2026 dasturiga topshirilgan arizalar ko’rib chiqildi. Yozgi maktabga Respublikamizning turli viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston avtonom Respublikasidan jami 204 ta talabgor ariza topshirdi. Barcha arizalar ko'rib chiqildi va 35 nafar nomzod suhbat bosqichiga o’tdi.💬 Suhbatga chaqirilgan nomzodlar ro'yxati hamda vaqti bilan bu yerda tanishishingiz mumkin: https://docs.google.com/spreadsheets/d/16JJeAdtbm5sTvvbOJjRFZEdvuvnJZrYM94zwG4F21_Y/edit?gid=0#gid=0Suhbatga taklif etilgan nomzodlarga zoom havolasi elektron pochta orqali yuborildi. Barcha ariza topshirgan talabgorlarga sarflagan vaqtlari uchun minnatdorchilik bildiramiz! Ular kelgusi yozgi maktablarimizga hujjat topshirishlari mumkin. Biz ularning ilm yo'lidagi rivojlanishlariga omad tilaymiz! ❗️Suhbat 2 kun davomida: 23 va 24-iyul sanalarida o’tkaziladi.MUHI
@biology_uz
9 июл., 12:27
🔬 Ilm-fan yo'lidagi homiylikSummer School–2026 doirasidagi biotexnologiya va molekulyar biologiya amaliy mashg'ulotlarini reagentlar bilan qo'llab-quvvatlagani uchun Hayot Technology kompaniyasiga samimiy minnatdorlik bildiramiz.Homiylik asosida taqdim etilgan reagentlar ishtirokchilarning zamonaviy biotexnologik usullarni amaliy o'zlashtirishi va ilmiy izlanishlarga qiziqishini oshirishga xizmat qilishi aniq.Hayot Technology kompaniyasi orqali zamonaviy uskuna va reagentlarga buyurtma berishingiz mumkin.Yosh tadqiqotchilarni qo'llab-quvvatlash va ilm-fan rivojiga qo'shayotgan hissasi uchun kompaniyaga hamda professor Rustam Sultanovichga alohida tashakkur bildiramiz.🔬 Laboratoriyangiz uchun sifatli reagent va zamonaviy laboratoriya uskunalari izlayotgan bo'lsangiz, Hayot Technology bilan hamkorlik qilishni tavsiya etamiz.🤝 Hamkorlik uchun rahmat, jamoaga ulkan


@biology_uz 🧬👨🔬👩🔬 pinned «#CAT_Biotechnology_Summer_School Hurmatli talabalar, Ilg'or texnologiyalar Markazi Biotexnologiya bo'yicha Yozgi maktab-2026 qaytdi🎉🎉🎉 Issiq kunlarda salqin qolishni istaysizmi? Unda biz bilan bo'ling!😊 Biotexnologiya bo'yicha bepul yozgi maktab - viloyatdan…»
5 июл., 03:50

@biology_uz
5 июл., 03:50
переслано из @uzadvanced
#CAT_Biotechnology_Summer_SchoolHurmatli talabalar, Ilg'or texnologiyalar Markazi Biotexnologiya bo'yicha Yozgi maktab-2026 qaytdi🎉🎉🎉Issiq kunlarda salqin qolishni istaysizmi? Unda biz bilan bo'ling!😊 Biotexnologiya bo'yicha bepul yozgi maktab - viloyatdan kelgan talabalar uchun turar joy bilan ta'minlanadi!‼️Bu yilgi Yozgi maktab yanada ham qiziqarli va foydali bo'lishi aniq! Dastur bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.Dasturga biologiya, biotexnologiya, farmatsevtika va shu sohalarga aloqador yoʻnalishda tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari (2026-yilda oʻqishni bitirganlar ham) qatnashishi mumkin.👩🎓👨🎓Bizning bitiruvchilarning bugungi kundagi faoliyati va erishayotgan yutuqlari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkun.🕰Boshlanish sanasi: 2026-yil 27-iyul!ARIZA topshirishDastur imtiyozlari: – qatnashish bepul; – turar joy bilanGoogle DocsSummer_School_Program_2026
@biology_uz
20 июн., 14:18изменён
Assalomu alaykum. Ushbu yili xalqaro IChO olimpiadasi yurtimizda o'tkazilishi munosabati bilan, ko'ngillilar qidirilmoqda.@biology_uz


@biology_uz
8 мая, 08:57изменён
O'tgan yili qatnashgan dasturga arizalar qabuli ochilibdi. Soha vakillari topshirishlari mumkin.The 2026 Hands-On Training for Upstream Process in Cell-Based Vaccine Manufacturing provides practical, industry-focused training under the Global Training Hub for Biomanufacturing (GTH-B), supported by the Ministry of Health and Welfare (MoHW) of the Republic of Korea and WHO. This 6-week program combines pre-online learning, in-person didactic sessions, and extensive hands-on training at industrial biomanufacturing facilities. Designed for participants from countries officially classified as LMICs on the OECD DAC list and currently involved in bioproduct development or manufacturing, the program offers a unique opportunity to gain real-world upstream processing experience in cell-based vaccine production. Ariza topshirish va batafsil.@biology_uz


@biology_uz
6 мая, 11:39
переслано из @microlife_uz
2027-yil uchun Biotexnologiya laboratoriyasiga stajyor-tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar qabul qilinadi📍 Joylashuv: Toshkent, O‘zbekiston 🏛 Tashkilot: Ilg‘or texnologiyalar markazi 🔬 Yo‘nalish:rekombinant biologik preparatlar va sutemizuvchi hujayralarda oqsillar ekspressiyasi — CHO, HEK293Ilg‘or texnologiyalar markazining Biotexnologiya laboratoriyasi 2027-yil uchun stajyor-tadqiqotchilar va tayanch doktoranturaga nomzodlar qabulini e’lon qiladi.Laboratoriyaning asosiy yo‘nalishlari:rekombinant biologik preparatlarni olish; oqsillarning vaqtinchalik va barqaror ekspressiyasi; sutemizuvchi hujayra liniyalari bilan ishlash — CHO, HEK293; hujayralarni kultivatsiya qilish va transfeksiya o‘tkazish; terapevtik oqsillar uchun ekspression tizimlarni ishlab chiqish va optimallashtirish; eksperimentlarni rejalashtirish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va ilmiy hujjatlarni


@biology_uz
26 апр., 06:35
переслано из @biokimyogarlarklubi
E'LON!Professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalar diqqatiga!2026-yilning 27-Aprel kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadigan O'zMU Biokimyo kafedrasi qoshidagi "Yosh biokimyogarlar" klubining navbatdagi xalqaro seminariga taklif qilamiz!👨🏻🎓 Ma'ruzachi: Massachusets texnologiya instituti va Garvard universitetining Broad instituti (Broad institute of MIT and Harvard) ilmiy tadqiqotchisi, Yaponiya va AQSH Nevrologiya, Fiziologiya va Biofizika jamiyati a'zosi, PhD Erkin Shuxratovich KurganovSeminar mavzusi: “Shizofreniya: miyadagi sirlar va sun’iy intellekt yordamida yangi dorilarni qanday topamiz?”Tashkilotchilar: 🇺🇸 Broad institute of MIT and Harvard, 🇺🇿 O'zbekiston Milliy Universiteti Biokimyo kafedrasi.📅 27-Aprel 2026-yil, 🕙15:00 (GMT+5)Seminar tili: O'zbek tili💻📱 ZOOM Link: https://broadinstitute.zoom.us/j/92100846028?pwd=qaNBhA8K3bjz023vdPCckaskheHLWR.1&jst=2


@biology_uz
24 апр., 14:53изменён
#Science_newsB limfotsitlar va jismoniy mashqlarga chidamlilikMao Y. va boshqalar, 2026 B hujayralarning kutilmagan - immunitetdan tashqari funksiyasini ochib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, B hujayralar organizmning jismoniy chidamliligini boshqarishda ham muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda aniqlanishicha, jismoniy mashqlar davomida B hujayralar tomonidan ishlab chiqariladigan TGF-β1 signali jigar metabolizmini boshqaradi. Aynan shu signal orqali jigarda glutamat sintezi kuchayadi va natijada qonda hamda mushak to‘qimalarida glutamat miqdori ortadi. Bu esa organizmning mashqlarga moslashuvchanligini oshiradi.Molekulyar darajada TGF-β1 jigarda muhim genlar: GLS2 va SLC7A5 ekspressiyasini oshiradi. Natijada glutaminning parchalanishi kuchayib, glutamat ishlab chiqarilishi ortadi. Hosil bo‘lgan glutamat mushak hujayralarida kalsiy signallarini faollashtiradi, CaMK yo‘lini ishga tushiradi va


@biology_uz
15 апр., 01:09изменён
Assalomu alaykum. Vaksina va vaksinologiya bilan shug'ullanadiganlar uchun Xalqaro vaksina instituti tomonidan Vaksinologiya kursiga arizalar qabuli ochildi.Now accepting fellowship applications and general registration for the 25th International Vaccinology CourseThe International Vaccine Institute (IVI) proudly presents the 25th edition of its International Vaccinology Course. This flagship training program aims to build knowledge, practical skills, and professional connections in vaccine science and development. Through lectures, quizzes, case studies, networking opportunities, and site visits, the course provides vaccine professionals and students an immersive training experience. Faculty members include world-renowned experts across immunology, vaccine development, epidemiology, communication, and related fields.The 25th International Vaccinology Course will take place at
@biology_uz
20 мар., 05:14
Assalomu alaykum, aziz do‘stlar! Barchangizni kirib kelayotgan muborak Hayit ayyomi hamda yangilanish - Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Shu fursatdan foydalanib, sizlar bilan yana bir quvonchli yangiligimni bo‘lishmoqchiman. Men Xitoy Fanlar akademiyasining Patogen mikrobiologiyasi va immunologiyasi key laboratoriyasida postdoktorlik ilmiy faoliyatimni boshladim. Tadqiqotlarimni professor G.F. Gao laboratoriyasida olib boraman va asosan vaksina ishlab chiqish yo‘nalishida ishlayman.Mazkur laboratoriya ZF2001 va yana bir qator muvaffaqiyatli vaksinalarni yaratgan nufuzli ilmiy markazlardan biri hisoblanadi Shuningdek, “Xitoy kundaligi” rukni orqali sizlar bilan Xitoydagi ilm-fan, tadqiqot muhiti va innovatsiyalar bilan bog‘liq qiziqarli jihatlarni ham ulashib borishni rejalashtirganman.E’tiboringiz uchun rahmat! Bayramlaringiz yana bir bor muborak bo‘lsin! 🌸




@biology_uz
2 мар., 08:38
#Conventional vs #Hot_startHot Start PCR - bu klassik PCRning takomillashtirilgan varianti bo‘lib, unda DNK polimeraza fermenti past haroratda faol bo‘lmaydi. Oddiy PCR jarayonida Taq polimeraza reaksion aralashma tayyorlanayotgan vaqtda ham qisman faol bo‘lishi mumkin. Natijada primerlar andoza DNKga noto‘g‘ri joylardan birikadi va/yoki primer-dimerlar hosil bo‘ladi. Natijada, nospetsifik mahsulotlar ham ko'payadi (1-rasm).Hot Start PCR’da esa polimeraza fermenti vaqtincha inaktiv holatda saqlanadi (2-rasm). Dastlabki yuqori haroratli bosqichda (94–95°C) ushbu bloklovchi komponent ajralib ketadi yoki parchalanadi va ferment faol holatga o‘tadi. Shundan keyingina amplifikatsiya boshlanadi. Shu sababli amplifikatsiya faqat yuqori haroratdan keyin sodir bo‘ladi.Bu usulning asosiy afzalligi - yuqori spetsifiklik va toza PCR mahsulotidir. Primer-dimerlar sezilarli darajada kamayadi,



@biology_uz
27 февр., 07:23изменён
🎓 Shanba kunlik seminarlarimiz endi eskperimental tarzda barchaga OCHIQ! Endilikda siz ham bizning ilmiy seminarlarimizda qatnashishingiz mumkin. Seminarlar davomida 3 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantiramiz: 🔬 1. Lab Kit: Bu qismda
@biology_uz
26 февр., 10:56
#Weekly_seminars Mana adashmasam, ba’zi orada tanaffuslar bilan so’ngi bir necha yillardan beri har shanba studentlarim bilan birga seminar o’tamiz. Unda quyidagi 3 ta yo’nalishdagi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishga harakat qilamiz. 1. Lab Kit: ushbu
@biology_uz
25 февр., 03:52изменён
#gene_library #degenerate_primersOldingi postda gegenerate primerlarni dizayn qilishni ko‘rib chiqqan edik. Bugun esa keling, shu primerlar yordamida gen variantlari kutubxonasini qanday yaratish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.Rasmda ko‘rib turganingizdek, maqsadli gen (masalan, sfGFP) oldiga degenerate primerlar orqali tasodifiy yoki sinonim mutatsiyalar kiritiladi. Primer ichidagi N, R, Y kabi degenerativ pozitsiyalar orqali PZR natijasida minglab yoki millionlab gen variantlari olinadi.Olingan plazmid kutubxonasi rekombinaza faolligi mavjud E.coli ga transformatsiya qilinadi, so‘ng oqsil ekspressiyasiga mo‘ljallangan shtammlarga o‘tkaziladi. Keyin seleksiya (masalan, antibiotik konsentratsiyasini oshirish) yoki funksional skrining orqali eng yaxshi ishlaydigan variantlar tanlab olinadi.Bu yondashuv oqsil muhandisligi, yo‘naltirilgan evolyutsiya, ferment faolligini oshirish va


@biology_uz
23 февр., 06:47
🧬 Degenerate primer designingBa’zan bizda faqat oqsil ketma-ketligi bo‘ladi, ammo genning nukleotid ketma-ketligi noma’lum bo‘ladi. Shunday holatda degenerate primerlar asqotadi. Bu turdagi primer bitta aminokislota uchun turli kodonlarni qamrab oladi.Degenerate primerlar ayniqsa gen oilalarini o‘rganishda yoki turli turlardan o‘xshash genlarni izlashda foydali. Masalan, bir xil funksiyaga ega bo‘lgan ferment yoki oqsillarni turli organizmlardan topish va ajratib olish mumkin.Dizayn jarayonida oqsil ketma-ketligidan mumkin bo‘lgan kodonlar aniqlanadi, o‘zgaruvchan nukleotidlar IUPAC kodlari (N, R, Y va boshqalar) bilan belgilanadi va sintezlanadi. Natijada primerlar kutubxonasi hosil bo‘ladi. PCR jarayonida shu primerlarning ayrimlari noma’lum gen ketma-ketligiga bog‘lanib, genni amplifikatsiya qilish imkonini beradi.❓ Ushbu rasmda dizayn qilingan primerlar nechta variantdan


@biology_uz
18 февр., 07:47
#YangiDilemmaO‘zini-o‘zi ko‘paytira oladigan ribozim RNK yaratilgani haqidagi yangilik ustida mulohaza qilib, menda qiziqarli bir fikr paydo bo‘ldi.Tirik organizm deb nomlash uchun organizm mustaqil ko‘paya olish xususiyatini ( kamida hujayra darajasida) namoyon qilishi lozim. Shu sababli viruslar tirik organizm deb qaralmaydi, chunki ular faqat hujayra resurslaridan foydalangan holda ko‘payadi.QT-45 kabi o‘zini-o‘zi ko‘paytira oladigan ribozim RNKning yaratilishi (katta ehtimol bilan yaqin kelajakda bu turdagi RNKlarning tabiatda ham uchrashi aniqlanishi mumkin) juda murakkab fundamental savolni o‘rtaga tashlaydi:👉 Endi bunday molekulani tirik organizm deb baholash mumkinmi? 👉 Agar ha bo‘lsa, unda “hayot” tushunchasining eng minimal chegarasi qayerda boshlanadi?@biology_uz - Do'stlaringizga ham ulashishni unitmang!
@biology_uz
17 февр., 13:18
RNKlar dunyosida super yangilikRNKlar DNK kabi irsiy axborotni saqlashi barchaga ma’lum. Biroq ayrim RNKlar katalitik xususiyat namoyon qiladi. Shu sababli Yerda hayotning paydo bo‘lishida o‘zini-o‘zi ko‘paytiruvchi RNKlar muhim evolyutsion bosqich bo‘lgan degan ilmiy konsensus mavjud.Fermentativ faollikka ega RNKlar ribozimlar deb ataladi. Hozirgacha aniqlangan polimeraza ribozimlar odatda juda katta va murakkab bo‘lib, o‘zini-o‘zi ko‘paytirish yoki tasodifan paydo bo‘lish ehtimoli past deb hisoblangan.Yaqinda esa MRC Laboratory of Molecular Biology (UK) olimlari dastlab 51 nukleotidli, keyinchalik 45 nukleotidgacha qisqartirilgan o‘zini-o‘zi ko‘paytira oladigan ribozim RNKni aniqlashdi. Ushbu RNK QT-45 (Quite Tiny 😊) deb nomlandi va nukleotidlarni asosan triplet holatda ulash xususiyatini namoyon qildi.Bu kashfiyot “RNK dunyosi” gipotezasini qo'llab-quvvatlaydi, minimal

