Последние посты

mmtri24
22 сент., 13:10
#xalqarouchrashuv🗣 Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida Shveysariyaning HELVETAS Swiss Intercooperation tashkiloti tomonidan “CHEBER: Qirg‘izistonda ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasi rahbari Kristian Vagner hamda O‘zbekistondagi VET4UZ loyihasi rahbari Simone Strasburger ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.🗣Uchrashuv davomida O‘zbekistonda norasmiy va informal ta’lim orqali egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni tan olish bo‘yicha joriy etilgan mexanizmlar hamda to‘plangan amaliy tajriba yuzasidan fikr almashildi.🗣Shuningdek, malakani mustaqil baholash jarayonlarini tashkil etish, amaldagi baholash mexanizmlari, malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi hamda ularga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, norasmiy va informal ta’lim


11,700Открыть в Telegram
mmtri24
22 сент., 07:40
Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi eng muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.Prezident Administratsiyasi


14,200Открыть в Telegram
mmtri24
22 сент., 07:33
Mehnat bozori talablariga mos kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar o‘rganildiKambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda xalqaro NIRAS kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “SKILL UP” loyihasi doirasida amaliy seminar tashkil etildi.Shveytsariya Kasbiy ta’lim federal universiteti – SFUVET bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur seminar “SFUVET yondashuvi bo‘yicha fundamental tushunchalarni shakllantirish: SKA tahlili va tegishli o‘quv kurslarini ishlab chiqish” mavzusida o‘tkazildi.Unda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti yuriskonsulti A.Opayev hamda Malakani baholash va akkreditatsiya guruhi rahbari A.Uzakbayev ishtirok etdi.Seminar davomida ishtirokchilar Bilim, Ko‘nikma va Munosabatlar (SKA) tahlili, kasbiy faoliyatni o‘rganish, muayyan kasb uchun zarur kompetensiyalarni aniqlash, norasmiy ta’lim kurslari uchun o‘quv


13,300Открыть в Telegram
mmtri24
19 сент., 15:13
переслано из @press_secretary_uz
Kelasi yili qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludiga 200 yil to‘ladi.Prezidentimiz shoirning “Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun, o‘zim dema g‘amxo‘rlik qil xalq uchun” degan hikmatli so‘zlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ta’kidladi.Ulug‘ ziyolilarning ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish, raqamlashtirish, asrab-avaylash va xalqimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhimligi qayd etildi.Kelgusi yili Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash taklifi bildirildi.Mutasaddilarga bir oyda keng qamrovli dastur ishlab chiqib, uni amalga oshirishni boshlash topshirildi.Hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglandi, Qoraqalpog‘iston faollari bilan muloqot qilindi.Yig‘ilish yakunida ichki ishlar organlari tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Qoraqalpog‘istonni har
11,100Открыть в Telegram
mmtri24
18 сент., 14:16
переслано из @shmirziyoyev
Prezidentimiz Nukusdagi tibbiyot akademiyasi bilan tanishdi. — Президент нашей страны ознакомился с медицинской академией в Нукусе.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
mmtri24
14 сент., 07:30
переслано из @nqaaeuz
🔠 "Qanchalik qiyin bo‘lmasin, ishimizga vijdonan va mas’uliyat bilan yondoshishimiz kerak. Chunki sifatsiz tayyorlangan har bir bitiruvchi uchun har birimiz mas’ulmiz. Buning uchun tadbirkorlar, ish beruvchilar bilan hamkorliklarni yo‘lga qo‘ydik.Bugungi tadbir bahonasida xorijiy mehmonlarimiz va ekspertlarimizning tajribasidan imkon qadar samarali foydalanishimiz kerak. Biz milliy tizimimizni xalqaro standartlarga yaqinlashtirish yo‘lida izchil harakat qilyapmiz. Bu jarayonda ochiqlik, shaffoflik va o‘zaro tajriba almashinuvi biz uchun juda muhim.Maqsad shunchaki standartlarga mos kelish emas, balki ta’lim sifatini amalda yaxshilaydigan, bitiruvchining kelajagi va ish beruvchining ehtiyojini hisobga oladigan tizimni barpo etish"— Baxtiyor Yo‘ldoshev, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro
9,040Открыть в Telegram
mmtri24
14 сент., 07:02
переслано из @nqaaeuz
🔠 Toshkentda oliy ta’limda akkreditatsiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbir boshlandiAyni paytda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limda akkreditatsiyaning o‘rni, xalqaro tajriba va ta’lim sifatini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusidagi xalqaro tadbir o‘z ishini boshladi.Unda 200 dan ortiq davlat tashkilotlari vakillari, oliy ta’lim tashkilotlari mutaxassislari hamda Germaniya, Buyuk Britaniya va Malayziyadan taklif etilgan xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.Tadbir davomida akkreditatsiyaning ta’lim sifatini ta’minlash va oliy ta’lim tashkilotlarini rivojlantirishdagi o‘rni muhokama qilinadi.English➖➖➖


9,020Открыть в Telegram
mmtri24
14 сент., 05:58
✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindiKoreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — "The Chosun Daily"da Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investisiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.❗Maqolada qayd etilganidek–🔵so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan;🔵Koreyaning
13,200Открыть в Telegram
mmtri24
10 сент., 09:41изменён
🟦🟦🟦 Yangi alifbo uçun maxsus sayt va bot işga tuşdi!🇺🇿 Senat yangi özbek alifbosi töğrisidagi qonunni ma’qulladi. Demak, yangi alifbo joriy etilişiga oz qoldi. Siz bunga tayyormisiz? Undov.uz bilan bu muammo emas!⚠️ Undov.uz sayti va @undovbot orqali amaldagi lotin, kirill hamda yangi alifbodagi matnlarni bir-biriga tez va oson ögirişingiz mumkin. Servis matnlar bilan birga hujjat fayllarini ham transliteratsiya qiladi.🔥 Eng muhimi — xizmat mutlaqo bepul!⚠️ Sayt va bot serverlarida foydalanuvçilarning matn hamda fayllari saqlab qolinmaydi. Şu sababli saytdagi transliteratsiya xizmati oflayn rejimda ham tez işlaydi.
13,200Открыть в Telegram
mmtri24
10 сент., 09:35
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar
13,200Открыть в Telegram
mmtri24
10 сент., 08:50
👍 Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning "O‘zbekiston kasb-hunar ta’lim tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash (TexVET-II)" loyihasi doirasida "Tarmoq kengashining salohiyatini yuksaltirish" mavzusidagi amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.👍 Seminarda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti, Kasbiy ta’lim agentligi, vazirlik va idoralar hamda Kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari vakillari ishtirok etdi.👍 Tadbirda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti direktori Anvar Allabergenov milliy malaka tizimida Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlarining o‘rni hamda kasbiy standartlar, malaka standartlari va kompetensiyalarni baholash o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik mavzusida taqdimot bilan chiqdi.Semin


13,300Открыть в Telegram
mmtri24
10 сент., 07:22
✅ Senat lotin alifbosidagi to‘rtta harfni o‘zgartirishni ma’qulladi🟢Oliy Majlis Senati lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi.🟢Unga ko‘ra, alifbodagi to‘rtta harf quyidagicha o‘zgartirilishi ko‘zda tutilgan:G‘ g‘ → Ğ ğ O‘ o‘ → Ö ö Sh sh → Ş ş Ch ch → Ç ç🟢Qonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar muomalada qoladi.🟢Davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, peshlavha hamda ko‘rsatkichlaridan esa ular yaroqsiz holga kelguniga qadar yoki belgilangan muddatgacha foydalanishga ruxsat beriladi.🇺🇿Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati☎️Veb-sayt 😎Telegram 😎Facebook
13,200Открыть в Telegram
mmtri24
8 сент., 15:31
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.🇺🇿Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati☎️Veb-sayt 😎Telegram 😎Facebook


12,400Открыть в Telegram
mmtri24
8 сент., 11:34
#KasbiyStandart📚 Tanishing! “Feldsherlik ishi” kasbiy standarti ishlab chiqildi.Mazkur kasbiy standart sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini va shoshilinch tibbiy yordam xizmatida faoliyat yurituvchi feldsher mutaxassislarning kasbiy faoliyati, zarur bilim va ko‘nikmalari, malaka talablari hamda mas’uliyat darajasini belgilaydi.📌 Kasbiy standart doirasida quyidagi kasblar qamrab olingan:🗣Oilaviy poliklinika feldsher-akusheri — oilaviy poliklinikada ayollar va bolalarni qabul qilish va birlamchi ko‘rikdan o‘tkazish, homiladorlar, tug‘ruq yoshidagi ayollar va bolalar salomatligini monitoring qilish kabi vazifalarni bajaradi.🗣Umumiy amaliyot feldsher-akusheri — aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatishda shifokorga ko‘maklashish, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, shuningdek, yuqumli kasalliklar profilaktikasi va emlash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.Feldsher — bemor va jabrlanuvchilarning holatini mustaqil baholash, shifokorgacha bo‘lgan yordamni ko‘rsatish, shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy muolajalarni bajarish bilan bog‘liq kasbiy vazifalarni bajaradi.➡️Batafsil🇺🇿Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati☎️Veb-sayt 😎Telegram 😎Facebook
14,200Открыть в Telegram
mmtri24
8 сент., 09:05
‼️‼️‼️ 🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi? Ta’lim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi. Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba
13,200Открыть в Telegram
mmtri24
5 сент., 11:58
👍 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. 🇺🇿Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Axborot xizmati ☎️Veb-sayt 😎Telegram 😎Facebook
13,300Открыть в Telegram
