Последние посты

Marg'ilon shahar hokimligi
22 сент., 16:02
Belarus delegatsiyasi “Burhoniddin Marg‘inoniy” majmuasidaFarg‘ona viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Belarus Respublikasining Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiya Marg‘ilon shahridagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida bo‘ldi.Viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamrohligida mehmonlar majmuadagi bunyodkorlik ishlari, zamonaviy binolar va inshootlar, hunarmandchilik ko‘rgazmalari hamda milliy bozor faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.Majmuada yaratilgan sharoitlar, me’moriy yechimlar va obodonlashtirish ishlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.Qisqa vaqt ichida ushbu maskan farg‘onaliklar va viloyatga tashrif buyuruvchi mehmonlarning sevimli sayyohlik manzillaridan biriga aylanib ulgurgani yana bir bor ta’kidlandi.Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating: https://gov.uz/margilan |




Marg'ilon shahar hokimligi
22 сент., 11:23изменён
📢 AZIZ FARG‘ONALIKLAR!⚽️ Katta futbol bayramiga tayyormisiz?!!Unda sizlarni 24-sentabr kuni, soat 19:00 da Farg‘onaning muhtasham “Istiqlol” stadioniga taklif etamiz!Bu kecha maydonda O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Eron milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida bahs olib boradilar!Bu o‘yinning eng katta qahramonlari — maydondagi futbolchilar va farg‘onaning haqiqiy ishqibozlaridir!❗️Eslab qoling: “Istiqlol” stadioni bu safar har doimgiday sariq-qora rangga emas, O‘zbekistonning oq-ko‘k ranglariga burkanadi!🤝 Milliy terma jamoamiz bir ovozdan qo‘llab-quvvatlaylik!Bir yurak bo‘lib hayqiraylik! Bir maqsad bu - O‘zbekiston g‘alabasi! Shoshiling! Chiptalarni “Istiqlol”stadioni kassalaridan xarid qilishingiz mumkin!Farg‘ona, sening ovozingni butun O‘zbekiston eshitsin! 24-sentabr - “Istiqlol”da ko‘rishguncha!
Marg'ilon shahar hokimligi
22 сент., 11:21
Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mahallabay va xonadonbay o‘rganish ishlari davom etmoqda.Shahar hokimi Elbek Rustamov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan “Galatoy” mahallasida navbatdagi xonadonbay o‘rganish ishlari tashkil etildi.O‘rganishlar davomida mahallada kambag‘allik reyestrida bo‘lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, mavjud muammolari va ularni hal etish imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, vaqtincha ishsiz fuqarolarni doimiy va barqaror daromad manbai bilan ta’minlash, ularning bandligini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish jarayonida har bir oila va fuqaroning imkoniyatlari, qiziqishlari hamda ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularni kasb-hunarga o‘qitish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish,




Marg'ilon shahar hokimligi
22 сент., 09:45
Shahar hokimi Elbek Rustamov mas’ul rahbarlar ishtirokida shahardagi “Ipakchi” mahallasida renovatsiya dasturining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko'zdan kechirdi.Tashrif davomida ko‘p qavatli uy-joylarning qurilish jarayoni, bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan loyihaviy talablar asosida olib borilayotgani nazoratdan o'tkazildi. Mas’ullarga qurilish ishlarini jadallashtirish, obyektlarda sifat nazoratini kuchaytirish hamda belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.Ayni paytda hududda 4 ta 9 qavatli ko‘p qavatli uy barpo etilmoqda. Mazkur loyiha doirasida hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, aholi uchun qulay va zamonaviy uy-joy sharoitlarini yaratish, shuningdek, infratuzilmani kompleks rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating: https://gov.




Marg'ilon shahar hokimligi
22 сент., 06:44изменён
ÖZBEK MİLLİ KUMAŞI ATLAS🇹🇷Özbekistan’ın Margilan kentinde 7.Uluslararası Atlas Festivali düzenlendi...🇺🇿Marg‘ilon shahrida VII-Xalqaro atlas festivali bo‘lib o‘tdi...Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating: https://gov.uz/margilan | Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram
Marg'ilon shahar hokimligi
22 сент., 05:43
📢 MUAMMONGIZ BORMI? BIZGA MUROJAAT QILING!Huquqlaringiz buzildimi? Sifatsiz tovar sotib oldingizmi? Ko‘rsatilgan xizmatdan norozimisiz? Yoki sotuvchi qonuniy talabingizni bajarmayaptimi?🛡 Unutmang! Iste'molchilarning huquqlari qonun bilan himoya qilingan va ularni himoya qilish uchun murojaat qilishning bir nechta qulay yo‘llari mavjud.📞 1. 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniMuammoingizni telefon orqali bayon qiling. Malakali koll-markaz xodimlari Sizni diqqat bilan tinglaydi, huquqiy maslahat beradi va murojaatingizni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi.🕘 Ish vaqti:📅 Dushanbadan jumagacha ⏰ 09:00–18:00 🍽 Tanaffus: 13:00–14:00🌐 2. Elektron murojaatUydan chiqmasdan ham murojaat yuborishingiz mumkin. Telefoningiz yoki kompyuteringiz brauzeri orqali:


Marg'ilon shahar hokimligi
22 сент., 04:37
Qadrli hamshaharlarMarg’ilon shahar hokimligi tomonidan fuqarolarning murojaat va takliflarini tinglash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida haftaning har chorshanba kuni soat 10:00 dan 11:00 ga qadarShahardagi Xalq qabulxonasi binosida qabul o’tkazilishi belgilangan.Mazkur qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularga qonunchilik doirasida amaliy yordam ko‘rsatiladi.Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating: https://gov.uz/margilan | Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram


Marg'ilon shahar hokimligi
22 сент., 03:34
https://www.trtavaz.com.tr/haber/tur/turkistandan/ipek-yolunun-kalbi-ozbekistanin-margilan-sehrinde-duzenlenen-7nci-uluslararas/6ab10e40e47b83deb7e60bb2TRT Avazİpek Yolu'nun kalbi Özbekistan'ın Margilan şehrinde düzenlenen 7'nci Uluslararası Atlas Festivali sona erdi.UNESCO himayesinde; Özbekistan Kültür Bakanlığı ile Turizm Komitesi ve Zanaatkârlar Birliğince düzenlenen Festival'e 40’tan fazla ülkeden zanaatkâr katıldı.
Marg'ilon shahar hokimligi
22 сент., 02:38
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating: https://gov.uz/margilan | Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram




Marg'ilon shahar hokimligi
21 сент., 14:17изменён
#Atlas_bayrami_taronalari"Farg‘ona tong otguncha”O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva ijrosidaRasmiy sahifalarimizda bizni kuzating: https://gov.uz/margilan | Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram
Marg'ilon shahar hokimligi
21 сент., 13:37изменён
#Atlas_bayrami_taronalari“Farg‘ona”. “Beshariq navolari” guruhi ijrosidaRasmiy sahifalarimizda bizni kuzating: https://gov.uz/margilan | Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram
Marg'ilon shahar hokimligi
21 сент., 13:36
Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli ishlar davom etmoqdaMarg‘ilon shahrida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalarning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan manzilli ishlar izchil davom ettirilmoqda.Shahar hokimi Elbek Rustamov boshchiligidagi ishchi guruhning Z.M. Bobur mahallasidagi o‘rganishlari davomida hududda yashovchi oilalarning ijtimoiy va iqtisodiy holati xonadonbay o‘rganilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganishlar jarayonida kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalarning yashash sharoitlari, mavjud imkoniyatlari hamda qo‘shimcha ko‘makka ehtiyoji tahlil qilindi. Har bir xonadon bilan individual suhbat o‘tkazilib, oilani mavjud muammolardan chiqarish va daromadini oshirish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi.Ayniqsa, ishsiz fuqarolarni doimiy daromadli ish o‘rinlariga




Marg'ilon shahar hokimligi
21 сент., 13:36
Erkin iqtisodiy zonada yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildiShahar hokimi Elbek Rustamov “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan erkin iqtisodiy zonada bo‘lib, tadbirkorlar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish loyihalari, ularning quvvati va amalga oshirish jarayonini ko‘zdan kechirdi.Ayni paytda hududda mebel, quyosh panellari uchun mikrochiplar, sendvich panellar, poyabzal, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, metall konstruksiyalar va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyihalarni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.Uchrashuvda erkin iqtisodiy zona hududidan samarali foydalanish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega va ichki hamda tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, yangi loyihalarni joylashtirishda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan,


1,640Открыть в Telegram
Marg'ilon shahar hokimligi
11 сент., 11:41
Farg‘onalik yoshlar til o‘rganib, Koreyada o‘qish va ishlashi mumkinFarg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov O‘zbekiston-Koreya hududlararo hamkorlik forumi doirasida “KT&G” kompaniyasi Stipendiya jamg‘armasi kotibiyati direktori An Xong Pil bilan uchrashdi.Muloqotda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi hamda ular uchun munosib mehnat imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan yangi hamkorlik tashabbusi ko‘rib chiqildi. __ Молодёжь Ферганской области сможет изучать языки, учиться и работать в Корее __ Young People from Fergana Region May Learn Languages, Study and Work in KoreaRasmiy sahifalarimizda bizni kuzating: https://gov.uz/margilan | Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram




Marg'ilon shahar hokimligi
11 сент., 11:40изменён
TAYINLOVFozilov Ulug'bek Umidjon o'g'li Marg'ilon shahar hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimiga tayinlandi.U.Fozilov 1991-yilda Marg'ilon shahrida tavallud topgan. 2014-yilda Farg'ona politexnika institutining muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi yo'nalishida bakalavr, 2016-yilda suv ta'minoti yo'nalishida magistratura bosqichlari hamda 2026-yilda Farg'ona davlat texnika universitetida ikkinchi mutaxassislik - iqtisodiyot yo'nalishlarini tamomlagan.U.Fozilov tayinlovga qadar Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha Marg‘ilon shahar hokimining “Mustaqillik” mahallasiga biriktirilgan yordamchisi vazifasida ishlab kelgan.Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating: https://gov.uz/margilan | Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram


Marg'ilon shahar hokimligi
11 сент., 09:13изменён
Qadrli futbol ixlosmandlari!Marg‘ilon shahar hokimiligi tashabbusi bilan viloyat Sport boshqarmasi, viloyat Futbol assotsiatsiyasi shuningdek, shahardagi 2-sonli sport maktabi hamkorligidaFutbol bo‘yicha mahallalardagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Marg‘ilon futbol ligasi” musobaqasiga bugun start beriladi.Dastlabki o'yinlarda shahrimizdagi "Atlaschi" o'yingohida bugun "Yangi bog'" va "Mehnat" jamolalari soat 20:00dashuningdek, "Atlaschi" va "Baxrin" jamoalari soat 21:00da o'zaro bellashadilar.Barcha futbol ixlosmandlarini “Atlaschi” o’yingohiga chorlab qolamiz!Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating: https://gov.uz/margilan | Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram


Marg'ilon shahar hokimligi
11 сент., 04:53
#sessiyaYettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz ikkinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.Sessiya ishiga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev raislik qildi. Unda Kengash deputatlari bilan bir qatorda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, Kengash huzuridagi ekspert-maslahat hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.🔹Dastlab shahar mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi shahar hokimligi taklifi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Turdaliyev hisobot berdi.🔹Shuningdek, 2026-yilning 2-mavsumida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish hamda Jamg‘armadan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish masalasi muhokama qilindi. Ushbu masala yuzasidan shahar Moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.Xolmatov hisobot berdi.Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi xulosasi ham sessiya ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi. Komissiya raisi E.Yunusov tomonidan xulosa mazmuni bayon qilindi.🔹Kun tartibidagi navbatdagi masala — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi nazorat bo‘yicha Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot bo‘ldi. Mazkur masala yuzasidan bo‘lim boshlig‘i N.G‘ulomov hisobot berdi.Hisobot va muhokamalar davomida shaharda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, ko‘kalamzorlashtirish hamda ekilgan daraxt va ko‘chatlarni saqlab qolish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Xususan, “Mening bog‘im” loyihasi doirasida amalga oshirilishi belgilangan ishlarning kechikayotgani yuzasidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida masala ko‘tarildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M. Abdurahmonova loyihaning o‘z vaqtida boshlanmagani, kechikish sabablari, bugungi holati hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan mas’ullardan aniq ma’lumot berilishini so‘radi.Kengash raisi O.Axmatshayev ham mazkur masalaga to‘xtalib, loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarga e’tibor qaratish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhimligini ta’kidladi.Muhokama davomida Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Abdurahmonov “Mening bog‘im” loyihasi doirasida ekilgan daraxtlarning qancha qismi saqlanib qolingani masalasiga e’tibor qaratdi.Shuningdek, mazkur doimiy komissiya a’zosi M.Mirzayev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va ko‘chatlarni sug‘orish tizimi masalasi ko‘tarildi. Ko‘chatlarni muntazam sug‘orish va parvarishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarga savollar berildi.🔹Sessiya kun tartibidagi to‘rtinchi masala Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish masalasi bo‘ldi.Ushbu masala yuzasidan shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov axborot berdi. Unda deputatlarning odob-axloq qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati hamda deputatlik faoliyatida odob-axloq me’yorlariga rioya etishning ahamiyati haqida ma’lumot berildi.Kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan fikr va takliflar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda deputatlik faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar




Marg'ilon shahar hokimligi
11 сент., 03:18изменён
Farg‘ona va “EXEM Co., Ltd”: raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarRasmiy sahifalarimizda bizni kuzating: https://gov.uz/margilan | Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram
Marg'ilon shahar hokimligi
11 сент., 03:17изменён
🔴Farg'ona 24 10.09.2026Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan “Uch avlod” uchrashuvi tafsilotlari.Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating: https://gov.uz/margilan | Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram
Marg'ilon shahar hokimligi
11 сент., 03:16изменён
🔴Yangiliklar 10.09.2026Marg‘ilon shahrida “Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida o‘tkazilgan uchrashuv tafsilotlari.Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating: https://gov.uz/margilan | Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram
