gram news
Аватар канала Muallim Muhammad

Muallim Muhammad

@muallimmuhammad

“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad • Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman. • Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz. • Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi. Admin: @MuhammadUralovv

ПроектыENОбразование

11,900подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Muallim Muhammad

    22 сент., 18:00

    Kechagi videomizda ustozlarning moddiy erkinligi haqida gapirgandim.Agar haliyam ko'rmagan bo'lsangiz, albatta tomosha qiling: https://youtu.be/WGZ--qaDPHA?si=hGyciuRr3rZMzPYYOʻqituvchilar uchun moliyaviy erkinlikka erishishdan tashqari, o‘sha darajaga yetib olguncha bo‘lgan davr ham bir muncha mashaqqatli.Do‘stim Mohirni tanisangiz kerak, u aynan mana shu mavzuda yangi kontent chiqaribdi. Ushbu videoda o‘qituvchilikning dastlabki yillaridan qanday qilib muvaffaqiyatli o‘tish mumkinligi haqida o‘zining real tajribalari bilan bo‘lishgan.Agar siz ham faoliyatingizning boshlang‘ich bosqichida bo'lib, o‘sish va to‘g‘ri yo‘nalish topishni istayotgan ustozlar safida bo‘lsangiz, albatta ko‘rishingizni tavsiya qilaman!Videoni tomosha qilish: https://youtu.be/e818o8E736E?si=7fPgXOLiIHEPGqD1
    6447322Открыть в Telegram
  • Muallim Muhammad

    22 сент., 15:21

    Xabaringiz bor, men akademik boʻlim rahbari sifatida faoliyat olib boraman. Asosiy vazifalarimdan biri oʻqituvchilarni kuzatish va dars sifatini nazorat qilish.Bugun ham har doimgidek vazifamni bajarish jarayonida, baʼzi darslarimizdagi muammolarni sezib qoldim.Darsdan so’ng har bir ustozni holi chaqirib birma-bir suhbat qildik. Qiziqarli va samarali dars o’tish texnikalari bilan bo’lishdim. O’z holatlaridan kelib chiqib maslahat berdim.Xo‘sh, yangi oʻquv yilida darslaringizni yana-da qiziqarli qilishga yordam beradigan ana oʻsha texnikalarni siz bilan ham boʻlishishimni xohlaysizmi?@MuallimMuhammad
    Иллюстрация к посту канала Muallim MuhammadИллюстрация к посту канала Muallim MuhammadИллюстрация к посту канала Muallim MuhammadИллюстрация к посту канала Muallim Muhammad
    1,890видео73297Открыть в Telegram
  • Muallim Muhammad

    22 сент., 09:41изменён

    Ustozlar qiynaladigan jihatlar ko’p shulardan eng og’riqlilaridan biri — moliyaviy erkinlik.Ustozlarning shu og’rig’iga yechim berish maqsadida Youtubega 15 daqiqalik video joyladik.Qanday qilib yuqori daromadli ustoz bo’lish sizga qiziq bo’lsa marhamat o’tib ko’rishingiz mumkin.Fikrlaringizni video izoh qismida qoldiring, yoqtirmani bosib qo’ying va foydali bo’lgan bo’lsa boshqa ustozlarga ulashing.Link: https://youtu.be/WGZ--qaDPHA?si=hGyciuRr3rZMzPYY
    Иллюстрация к посту канала Muallim MuhammadИллюстрация к посту канала Muallim Muhammad
    2,470291284Открыть в Telegram
  • Muallim Muhammad

    22 сент., 03:20изменён

    Ustoz Ikrom Sharif aytgan fikrlarning boshidagi "erkak" so‘zining o‘rniga "ustoz" deb almashtirib qo‘ysak ham, ma’no o‘zgarmaydi.Oxirgi vaqtlarda yuzga yaqin ustozlar darslarini kuzatdim.Ko‘plab ustozlarning muammosi nutq bilan bog‘liq.Sinfxonani boshqarolmayotgan, bolalarni tinchlantirolmayotgan, ular bilan munosabat qurolmayotgan, o‘z g‘oyalarini ularga o‘tkazolmayotgan ustozlarda so‘z boyligida katta taqchillik bor.So‘z zaxirasi kamligidan yo yaxshi fikrlamaydi, yoki o‘z fikrini bolaga to‘g‘ri yetkazib bera olmaydi. Bolaga mos, chiroyli misollar bera olmaydi.Axir, fikrlash ham so‘zlar bilan, so‘zlar kamligi fikrlash kengligini ham cheklaydi.Sabab? Mutolaa kamligida.Ustozlar o‘z fani haqidagi maktab bilimlaridan tashqari ilmi kamligida. Faqat attestatsiya, maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan fan sertifikatlariga o‘ralashib qolgandek.Badiiy, diniy, inson fiziologiyasi
    3,230видео7427101Открыть в Telegram
  • Muallim Muhammad

    21 сент., 12:51изменён

    Yonimdan boshlang'ich sinf ustozi va kichik bolakay o'tib ketyapti, ustoz men bilan salomlashib o'tdilar.Bola qiziqib so'rayapti: — Bu kim, ustoz?Ustozi: — Bu inson ustozlar ustozi bo'ladi maktabimizda, — deyaptilar.«Men ham kuchayib ketibman», deb kulib qo'ydim ichimda)
    3,17023337238Открыть в Telegram
  • Muallim Muhammad

    20 сент., 16:06изменён

    Sartaroshga bordim, yosh bolaning sochini olyapti. Bolalar uchun alohida yumshoq o‘rindiqcha, bolaning to‘g‘risiga planshetda multfilm qo‘yib qo‘ygan (men bunga qarshiman).Boladan fikrini so‘rab, chiroyli qilib olyapti sochini.Yonidagi mijoz: «Qoyil, aka, bolajonlarga shuncha qulaylik. Biz yoshligimizda bularning hech biri bo‘lmasdi», — dedi. «Qattiq o‘rindiq, jahldor sartarosh amaki va bir xil turmak edi», — deyapti.Sartarosh aka esa: «Yo‘g‘-e, aka, hammaga ham bunday qilmayman. Tanishimning ukasi-da (manfaat bor)», — deyapti.«Qolgan bolalarga bunaqa bo‘lmaydi, o‘zi 60 ming bersa, nima kerak bularga?» — deyapti.Ichimda o‘ylayapman: yaqin orada aka bu kasbi orqasidan yuqori daromadga chiqa olmaydi.Chunki kichik ishlarga jiddiy qaramaydi. Vaholanki, kichik ishlardagi professionallik bizga katta ishlar mas’uliyatini olib keladi.Yaxshi xizmat ko‘rsatilinmagan yosh bolaning
    4,0501175536141Открыть в Telegram
  • Muallim Muhammad

    20 сент., 11:57изменён

    Rozi bo’ldimMashinani uzoq va probkali yo’lda haydashni boshlaganimda rosa asabiylashdim.TTZdan Segiliga haydab kelib, qaytaman.Baqirdim, signal chaldim, o’zimcha jahl qildim.Qarasam, kunim ertalabdan rasvo bo’lyapti, ishdan qaytishda stress ortib ketyapti.Bittasiga gapirsang, yana 3 tasi tiqilib keladi.Bir necha kunim rasvo bo’lgach o’zimga savol berdim. Bularni o’zgartira olamanmi? Yuzlab ahmoqlarga jahl qilishga, gaplashishga energiyam va vaqtim bormi?Javob: yo’q.Voqeani o’zgartira olmayman, unga munosabatimni esa boshqara olaman.Axir, bu kanalda faqat ta’sir o’tkaza oladigan narsalarimiz haqida gaplashamiz deb kelishgandik-ku.
    Иллюстрация к посту канала Muallim MuhammadИллюстрация к посту канала Muallim Muhammad
    3,96057312171Открыть в Telegram
  • Muallim Muhammad

    20 сент., 10:54изменён

    Shu vaqtgacha pedagog_padcastga 15 atrofida podcastlar olganmiz. Hamma podcastlarimizda mazza qilganmiz.Lekin kecha Zulfiya opa bilan bo’lgan podcast boshqacha bo’ldi. Tuzib olingan savollarga qarashga vaqt ham bo’lmay qoldi. Suhbatning o’zi tabiiy chuqurlashib ketaverdi.2 soatdan ko’proq suhbatlashdik, faqat vaqtimiz tugab qolgani suhbatni tugatishga majbur etdi.Podcast tugashi bilan ichimda bu eng yaxshisi bo’ldimikan deb o’ylab tursam Mohir ham eng yaxshisi shu bo’ldiya deb qoldi. Buni o’lchash qiyin.Biz suhbatdan mazza qildik, uyog’iga o’zingiz ko’rib baho berasiz.Tez orada chiqaramiz nasib.
    Иллюстрация к посту канала Muallim MuhammadИллюстрация к посту канала Muallim Muhammad
    3,860601777Открыть в Telegram
  • Muallim Muhammad

    18 сент., 17:32изменён

    Agar bulbulni yaxshi ko’rsang ularni olib kelishni ikki yo’li bor.Birinchisi, majburlab tutib kelasan, qafasda saqlaysan. Lekin ular baxtli bo’lmagani uchun sen ham mazza qilmaysan.Ikkinchisi, go’zal bog’ yaratasan, turli gullar va daraxtlar ekasan. Bulbullar kelib yashashadi va go’zal navolar saylashadi. Bundan sen ham zavqlanasan.Sen ikkinchisini qil deyishgandi.Merit school va Rahimov schoolda ustozimiz Aziz aka Rahimov shunday bog’ yaratishgandi. Ha, kamchiliklar bor. Lekin u siz bo’larmidi bu hayot.Shu muhitga yaxshi ustozlar yig’ilgan 6 yildirki tanish, aka-uka bo’lib ketdik. Yig’ilib turamiz.Bugun ham shunday manan dam oladigan, samimiy suhbat bo’ldi. G’uborlarni chiqardik.Sizlar ham avvalgi hamkasblaringiz bilan ko’rishib turasizmi? Yaxshi muhit topganmisiz?@MuallimMuhammad
    Иллюстрация к посту канала Muallim MuhammadИллюстрация к посту канала Muallim Muhammad
    5,2507431138Открыть в Telegram
  • Muallim Muhammad

    17 сент., 15:49изменён

    Mening bir yaxshi odatim bor: hayotimda bo’layotgan barcha noxush voqealarga o’zimni aybdor sifatida ko’raman.Bu menga katta o’sish imkonini beradi. Xato qilingan nuqtalarni doimiy tahlil qilishga harakat qilaman. O’z kamchiliklarimni qidiraman.Shu bilan bir vaqtda bu doimiy aybdorlik hissi meni yeb bitiradi. Surunkali azob beradi.Afsus, shunday dunyoda yashaymiz. Foydasini xohlagan jihatlarimizning zarariga ham duchor bo’lishga mahkummiz.Tanlov o’zimizda. Siz-chi voqealarga qanday munosabat bildirasiz?@MuallimMuhammad
    5,950763011521Открыть в Telegram
  • Muallim Muhammad

    16 сент., 15:27изменён

    Siz haqsiz!1965-yilda amerikalik psixolog Robert Rozental va maktab direktori Lenor Yakobson olamshumul tadqiqot o‘tkazadi.Kaliforniyadagi maktablardan birida bolalarga IQ testi berishadi. Test natijasiga umuman qaramagan holda 20% o‘quvchilarni ajratib olishadi va ustozlarga “katta salohiyatga ega” o‘quvchilar sifatida topshiriladi. (Bu haqida o‘quvchilarga hech narsa deyilmagan.)O‘quv yili oxirida bolalardan yana test olinadi. Saralab olingan guruh boshqalardan 45% baland natija ko‘rsatishdi.Sabablar?Ustozlar “iqtidorli” deb hisoblangan bolalardan beixtiyor yuqori natija kuta boshlashdi. Suhbatlar ko‘paydi, xatolar ko‘proq kechirildi, darslarga yaxshiroq tayyorlanib kelindi, o‘quvchilarga ijobiy fikrlar ko‘proq bildirildi.O‘z-o‘zini amalga oshiruvchi bashorat!Siz bolaga ko‘proq mehr berasiz va ishonasiz, oqibatda bola sizni yaxshi ko‘radi va faningizni yaxshiroq o‘qiydi.
    7,9805729752Открыть в Telegram
  • Muallim Muhammad

    14 сент., 16:31изменён

    Ota-onalar, bolalar va ustozlar bilan ishlayotganda Fayoza opadek nozik fahmli bo’lish, nafaqat ikki insonni urshib ketishini oldini oladi.Balki, ikkalasining o’rtasidagi munosabatini mustahkamlab, bolaning ilm olishini ham tezlashtirib yuboradi.Bu voqeadan o’rganadiganlarimiz ko’p. O’zim ham hayotda qo’llab turadigan bo’lganman.Fayoza opadan esa 3 yil birga ishlab ko’p tajriba olganmiz.Sizning pedagogik faoliyatingizda ham shunga o’xshash noodatiy voqealar bo’lganmi?Tajribangiz bilan izohlarda bo’lishib keting👇@MuallimMuhammad
    7,000видео5413421Открыть в Telegram
  • Muallim Muhammad

    13 сент., 15:43

    Ustozlar uchun pedagogik kitoblar xazinasi!«Zamonaviy Pedagog» 14-guruhiga qizg‘in tayyorgarlik ketyapti. Tez orada e’lon beramiz.Hozirda jamoa bilan aynan ustozlarni qiynayotgan muammolar ustida ishlayapmiz. Dars mavzularini yangilab chiqyapmiz.Bizga yordamingiz kerak. 5 daqiqa vaqtingizni ajratib, quyidagi so‘rovnomani to‘ldirib bering, iltimos.👉 https://forms.gle/a237m5hrihmvpiZ67So‘rovnomani to‘ldirganlarga ajoyib sovg‘amiz bor — pedagogik kitoblar jamlangan yopiq kanalni sovg‘a qilamiz. 🎁Sizning fikringiz biz uchun muhim!
    Google DocsZAMONAVIY PEDAGOG 14-guruh so’rovnomasiAynan sizning fikrlaringiz bizning kursimizni professional qilishga yordam beradi! So’rovnomani to’ldiring va pedagogik kitoblar jamlanmasi kanaliga havola oling. 🎁 Havola so’rovnoma oxirida chiqadi. 🔗
  • Muallim Muhammad

    13 сент., 09:29

    Bizda yakshanba ham ish. Ustozlar uchun Youtubega videolar tayyorlayapmiz.Qaysi mavzularda videolar chiqsa sizga foydali bo’lar edi?
  • Muallim Muhammad

    13 сент., 09:28

    7,32021104Открыть в Telegram
  • Muallim Muhammad

    13 сент., 07:12

    Hammasini hissiyot hal qiladi!O’quvchingiz vazifa qilmay keldi. Nima qilish kerak?Yil/kurs boshida belgilangan kelishuvlar bo’lsin. Vazifa qilmay kelsa nima bo’ladi? Bu takrorlansachi? Kech kelsa? Darsda gaplashsa?Har bir vaziyatni ko’rib chiqib bolalar bilan kelishuvlar qilib oling.Vazifa qilinmadimi? Muammo yo’q. Kelishuv asosida tanaffusga chiqmaysiz, darsdan keyin ketmaysiz o’tirib vazifani topshirasiz.Hamma uyda vazida qilganda qilmaganingiz uchun, hamma uyga ketayotganda siz qolasiz.Baqirmaymiz, asabiylashaymaymiz, haqorat qilmaymiz. Lekin talabimiz qat’iy, qolasiz va kelishuvni bajarasiz!Hammasini hissiyot hal qiladi. Baqirib, agressiya ko’rsatsak bola o’zini jabrdiyda sifatida ko’radi. Jahlimiz yodida qolib, o’z kamchiligi esdan chiqadi. Bizni aybdor sanaydi. Bizni yomon ustoz sifatida ko’radi va yomon ko’radi.Kelishuv qandayligini birga begilang, dars qilmasa
    8,450903143Открыть в Telegram
  • Muallim Muhammad pinned a file

    12 сент., 15:20

  • Muallim Muhammad

    12 сент., 05:26изменён

    Kuchli mutaxasislarni izlayapmiz!Bilasiz, yaqinda Mudarris jamoasiga kelib qo’shilgandim. Bu yerda 3000 ga yaqin o’quvchilar, 200 ga yaqin o’qituvchilarga ega 4 ta maktablarimiz bor.Shu jamoaning o’sishiga hissa qo’shadigan akademik jamoa tashkil etyapmiz.Bizga boshlang’ich ta’lim, matematika, ingliz tili va arab tilidan offline ishlay oladigan kuchli metodistlar kerak.Nimalar talab qilinadi?1. O’z faningizda 5 yillik doimiy ustozlik tajribasi 2. O’z faningizdan va agar bo’lsa pedagogik sertifikatlar 3. Til bilishingiz, o’rganish qonuniyatlarini tushunishingiz, o’rganishga ochiq bo’lishingiz!Nima ishlar qilamiz?1. Minglab insonlar taqdirini o’zgartiradigan ta’lim tizimini quramiz. 2. Ustozlarga doimiy o’sish nuqtalarini ko’rsatib, rivojlantirib boramiz. 3. Dunyo ta’lim standartlarini o’rganib boramiz.
  • Muallim Muhammad

    11 сент., 17:57изменён

    Qadimgi musavvirlar farishtani go’dak qiyofasida tasvirlashgani bejiz emas.Bola shu qadar soddaki, biz uning darajasiga tusha olmaymiz.Bola shu qadar buyukki, biz uning darajasiga yetolmaymiz.O’tkir Hoshimov
    6,58084421510Открыть в Telegram
  • Muallim Muhammad

    11 сент., 11:26изменён

    O’zingiz kuzatadigan pedagogikaga oid 3ta kanal nomi va linkini yozib keta olasizmi ustozlar?Keyin men ham o’zim kuzatadiganlar ro’yhatini e’lon qilib qo’yaman)