Последние посты

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
26 сент., 13:47
18 ming nafar o‘quvchini qamrab olgan “Uch avlod uchrashuvi”Namangan shahridagi 53 ta umumta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari tashkil etildi. Unda nuroniylar, mahalla faollari, mehnat faxriylari hamda faxriy ustozlar ishtirok etdi.“Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi hamda shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar 18 ming nafar yuqori sinf o‘quvchisini qamrab oldi.Samimiy muloqotlarda faxriylar o‘zlarining ko‘p yillik mehnat faoliyati, erishgan yutuqlari, yoshlik davrida duch kelgan qiyinchiliklari va hayotiy tajribalari haqida o‘quvchilar bilan fikr almashdilar. Bugungi kunda nuroniylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va hurmat-ehtirom xususida ham dil so‘zlari bildirildi.Uchrashuvlarda yurtimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning mazmun-mohiyati, mustaqillikning qadr-qimmati, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlar haqida atroflicha suhbatlar o‘tkazildi.Muloqotlarning yana bir muhim jihati - yoshlarning jamoat joylari va oiladagi muomala madaniyati, axloq-odob me’yorlariga rioya qilishi, salomlashish odobi, kattalarga hurmat va kichiklarga izzat ko‘rsatishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgani bo‘ldi.Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
26 сент., 12:57

26 сент., 12:44
Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuz bergan hodisa davlat va jamoatchilik e’tiborida.Mazkur holat munosabati bilan viloyat hokimi o‘rinbosari, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, tuman Ichki ishlar bo‘limi rahbari hamda tegishli mutasaddilar jabrlangan tarbiyalanuvchining xonadonida bo‘lib, uning holidan xabar oldi. Ota-onasi bilan muloqot davomida bolaning manfaatlari, oilaning ehtiyojlari va zarur ko‘mak masalalari muhokama qilindi.Bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, uning xavfsizligi hamda oilasiga zarur yordam ko‘rsatish masalalari alohida nazoratga olindi.Ayni paytda mazkur holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan ham o‘rganilmoqda.Shu bilan birga, Uchqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.Holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyat hokimligi, Ichki ishlar boshqarmasi va maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
26 сент., 11:52
Amaliy fanlarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar: metodik seminar o‘tkazildiNamangan shahridagi 37 - umumta’lim maktabida “Amaliy fanlar metodikasi” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda shahardagi 53 nafar maktab direktori ishtirok etdi.Seminar amaliy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirish, ta’lim mazmunini o‘quvchilarning kundalik hayoti va kelajakdagi faoliyati bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish masalalariga bag‘ishlandi.Tadbirni ochib bergan shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Muzaffar Isayev ta’lim jarayonida har bir mashg‘ulotning o‘quvchi shaxsini rivojlantirishdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratdi. Amaliy fanlar orqali o‘quvchilarda nazariy bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llash, mustaqil fikrlash, ijodkorlik hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.Seminar doirasida amaliy fanlarning mazmun-mohiyatini o‘quvchilarga samarali yetkazish, fanlararo integratsiyani kuchaytirish hamda dars jarayonida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan metodik tavsiyalar berildi. Sinflarda tashkil etilgan mashg‘ulotlar davomida slaydlar namoyish etilib, ishtirokchilarga qo‘shimcha tushuntirishlar berildi.Yakunda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish yuzasidan fikr va tavsiyalar almashildi.Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
26 сент., 11:44

25 сент., 13:46
переслано из @namanganv_xtb
620 nafar yosh kitobxon “Mening sevimli kitobim” tanlovida bellashdiMuhammadsharif So‘fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasida “Mening sevimli kitobim” shiori ostida kitobxonlik tanlovi tashkil etildi.Unda shahar va tumanlardagi ta’lim muassasalaridan 620 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi.Bellashuv davomida ishtirokchilarning badiiy asarlarni o‘qib-o‘zlashtirishi va mazmunini qay darajada anglagani test savollari asosida sinovdan o‘tkazildi.Jumladan, 1–4-sinf o‘quvchilari Muhabbat Yo‘ldoshevaning “Uchar hammom”, 5–7-sinf o‘quvchilari Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar”, 8–11-sinf o‘quvchilari esa Jyul Vernning “O‘n besh yoshli kapitan” asarlari yuzasidan o‘z bilim va salohiyatlarini ko‘rsatdi.Mazkur tanlov o‘quvchilarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
25 сент., 13:45
переслано из @namanganv_xtb
https://uza.uz/uz/posts/talimda-yangi-zamonaviy-yondashuvlar_913615UZA.uzТаълимда янги замонавий ёндашувларНаманган вилояти ҳокими Шавкат Абдураззоқов бошчилигидаги ишчи гуруҳи Наманган шаҳридаги 1-сонли ихтисослаштирилган умумтаълим мактабида бўлиб, янги кутубхона,
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
25 сент., 13:45
переслано из @uzedu
#Диққат_эълон✅ O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028-o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.❗️Joriy yilning 5-sentabridan 5-oktabriga qadar nomzodlar www.dxxtmhal.uz sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
22 сент., 15:03
RASMIY AXBOROTUchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuz bergan holat bo‘yicha gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.Uchqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.Mazkur holat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan shaxsan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati1,180Открыть в Telegram
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
22 сент., 13:44
Namangandagi ta’lim muassasalarida milliy navolar yangramoqdaMaktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 6-avgustdagi 288-son buyrug‘iga muvofiq, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning tinglash madaniyatini rivojlantirish hamda milliy musiqa merosini targ‘ib etish maqsadida milliy va mumtoz kuy-qo‘shiqlarni tanaffus vaqtida tinglash amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda.Mazkur tashabbus doirasida Namangan shahridagi 31 - umumta’lim maktabida radio uzel faoliyati tashkil etilib, tanaffus paytida yoshlarga milliy va mumtoz kuy-qo‘shiqlar muntazam eshittirilmoqda.Shuningdek, radio orqali ilm maskani yangiliklari, e’lonlar, tabriklar hamda ma’rifiy dasturlar efirga uzatilmoqda.Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
22 сент., 12:43
Bir ustozning mehnati - yuzlab taqdirlar muvaffaqiyatiBa’zan bir insonning mehnati raqamlar bilan o‘lchanmaydi. Uning haqiqiy natijasi - shogirdlarining yutug‘i, hayotda o‘z o‘rnini topgani va ustoz bergan bilimning yillar o‘tib ham samara berayotganidadir.Chortoq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Ra’no Nosirova ana shunday fidoyi pedagoglardan. U 16 yildan buyon yosh avlodga ta’lim va tarbiya berib, o‘zining bilim va tajribasini kelajak egalariga bag‘ishlab kelmoqda.O‘z kasbiga sadoqatli, izlanuvchan va kamtarin ustoz bugun maktabda tahsil olayotgan 420 nafar o‘quvchining mehrini qozongan. Ammo uning pedagogik faoliyatidagi eng katta yutuqlarni shogirdlari misolida ko‘rish mumkin.70 nafar o‘quvchisi kimyo fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan. Yuzdan ziyod shogirdi esa mamlakatimiz va xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
22 сент., 12:39

1,350Открыть в Telegram
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
22 сент., 10:58
🟦🟦Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig'i A’zamjon Isakov Kosonsoy tumanidagi 48 – umumta’lim maktabida bo‘lib, yaratilgan shart – sharoit, moddiy - texnik baza, obodonlashtirish, davomat, o‘quvchilarning darsliklar bilan ta’minlanligi holatini o‘rganmoqda.Pedagogik jamoa bilan o‘tgan suhbatda ta’lim sifati va samaradorlik, yoshlarning fanlarni o‘zlashtirishi, oliy ta’limga qamrov, o‘qituvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashi hamda izlanishlari hamda tashabbuslari, umuman, natijadorlik bo‘yicha yuqori koeffisiyentga ko‘tarishga erishish masalalariga alohida to‘xtalindi.Ilm maskanidagi ma’naviy – ma’rifiy ishlar, tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati nazorat qilinib, dars jarayonlari kuzatildi. O‘g‘il – qizlarning fikr – mulohazalari tinglanib, o‘rtaga tashlangan savol va takliflarga batafsil javoblar

1,640Открыть в Telegram
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
22 сент., 10:48
🟦🟦Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isakov Kosonsoy tumanidagi 25-umumta’lim maktabida bo‘lib turibdi.Rahbar muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishib, yaratilgan moddiy-texnik baza va amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Ilm maskani kutubxonasi o‘rganilib, “Jasorat sinfi” o‘quvchilari bilan muloqot tashkil etildi.Ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, dars jarayonlari monitoring qilinib, o‘quvchilarning bilim darajasi bo‘yicha tahlillar o‘tkazildi.O‘quv yili davomida barqaror issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yish, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish va energetik samaradorlikni oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot

1,520Открыть в Telegram
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
22 сент., 10:31
🟦🟦KOSONSOY TUMANIDAGI TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDAMaktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i A'zamjon Isakov Kosonsoy tumanidagi 1 –sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganmoqda. Jarayonda obodonlashtirish ishlari, isitish tizimlari, jamg‘arilgan ko‘mir yoqilg‘isi, qozonxonalar batafsil ko‘zdan kechirildi.Tashkilotdagi moddiy - texnik baza va infratuzilma, bolalar qamrovi masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.Shuningdek, rahbar “Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat, bolalarning salomatligini mustahkamlash, ularni jismoniy va ma’naviy jihatdan chiniqtirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan

1,530Открыть в Telegram
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
22 сент., 10:07изменён
Namanganda Asosiy olimpiadaning maktab bosqichi davom etmoqdaAsosiy olimpiadaning maktab bosqichi Respublikamizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-10-11-sinf o‘quvchilari va akademik litsey hamda kasbiy ta'lim tashkilotlarining 1-2-bosqich oʻquvchilari o‘rtasida start oldi.Bugun 444 nafar o‘g’il – qiz ta’lim – tarbiya olayotgan Chortoq tumanidagi 13 – umumta’lim maktabining iqtidor egalari matematika fanidan bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ulardan 120 daqiqa davomida 20 ta test va 10 ta yopiq savol asosidagi topshiriqlarni bajarish talab etildi.Ta’kidlash joizki, joriy yilning 30-sentyabr kuniga qadar davom etadigan jarayonlarda Namangan viloyatidagi 719 ta umumta’lim, 13 ta ixtisoslashtirilgan maktablar va 61 ta nodavlat ta’lim muassaalari hamda 3 ta akademik litseylarning o‘quvchilari o‘zaro kuch sinashadi.Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
22 сент., 09:55
Namanganda asosiy olimpiadaning maktab bosqichi davom etmoqdaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” gi 562-son qaroriga muvofiq Asosiy olimpiadaning maktab bosqichi Respublikamizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-10-11-sinf o‘quvchilari va akademik litsey hamda kasbiy ta'lim tashkilotlarining 1-2-bosqich oʻquvchilari o‘rtasida start oldi.Bugun 444 nafar o‘g’il – qiz ta’lim – tarbiya olayotgan Chortoq tumanidagi 13 – umumta’lim maktabining iqtidor egalari matematika fanidan bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ulardan 120 daqiqa davomida 20 ta test va 10 ta yopiq savol asosidagi topshiriqlarni bajarish talab etildi.Ta’kidlash joizki, joriy yilning

1,730Открыть в Telegram
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
22 сент., 06:14
переслано из @uzedu
#Videoinfografika📊 2026-yil davomida maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zarur mebel va jihozlar bilan ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar VIDEOINFOGRAFIKAda.🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
21 сент., 15:17
⚡️Namangandagi "Umummilliy Al Hackathon"ga sanoqli kunlar qoldi!🗓 24–27-sentyabr kunlari Namangan viloyatida National AI Hackathonning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi.Siz jamoangiz bilan real muammoni tanlaysiz, unga sun’iy intellekt yordamida yechim ishlab chiqasiz va finalda loyihangizni himoya qilasiz.🏆 Sovrinlar esa yanada qiziqroq:🥇 1-o‘rin — Apple MacBook Air. 1-o‘rinni olgan jamoaning HAR BIR A’ZOSI alohida Apple MacBook Air bilan taqdirlanadi!🥈 2-o‘rin — 20 000 000 so‘m 🥉 3-o‘rin — 10 000 000 so‘mMaxsus nominatsiyalar: ⚡️ Eng qiziqarli taqdimot 📌 Eng dolzarb ijtimoiy loyihaUshbu nominatsiyalar g‘oliblari AI kurslarida o‘qish uchun sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
2,410Открыть в Telegram
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
21 сент., 14:23
NORINDA CHQBT RAHBARLARI UCHUN VILOYAT SEMINARI TASHKIL ETILDITumanidagi 13 - umumta’lim maktabida olib borilgan mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-sonli qarori ijrosini ta’minlash, tizimdagi islohotlarni joylarda samarali tatbiq etish maqsadida o‘tkazildi.“Nazariyadan amaliyotga qadar” shiori ostida tashkillangan tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’ining birinchi o‘rinbosari Sohibjon Ergashev, ta’lim muassasalaridagi CHQBT rahbarlari, soha mutaxassislari, harbiy xizmatchilar va faxriylardan iborat 1200 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.Seminar doirasida ishtirokchilar dastlab ilm

1,910Открыть в Telegram