Последние посты

navdu_yi
22 сент., 17:37изменён
“Yo‘lovchi” loyihasi: xavfsiz yo‘l — har birimizning mas’uliyatimiz!🇺🇿 Navoiy davlat universiteti Tillar fakulteti Student Council jamoasi tomonidan “Yo‘lovchi” loyihasi doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.📌 Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, jamoat transportidan xavfsiz foydalanish va har bir yo‘lovchining yo‘l harakati xavfsizligidagi mas’uliyatini oshirish.🙋♂️ Rolik davomida qo‘l ko‘tarib, hurmat belgisini ifodalash orqali yo‘l harakati ishtirokchilariga hurmat, e’tibor va o‘zaro madaniyatning ahamiyati ramziy tarzda aks ettirildi.🤝 Chunki xavfsiz yo‘l — nafaqat qoidalarga rioya qilish, balki bir-birimizga hurmat va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishdan ham boshlanadi.Bizni kuzatishda davom eting 👇@NavDU_YI
navdu_yi
22 сент., 17:36
#NavDU #RektorTavsiyaQilganKitob #Kitobxonlik #OnlaynTanlov #Yoshlar #Talabalar📚🏆 “REKTOR TAVSIYA QILGAN KITOB” ONLAYN TANLOVI YAKUNLANDI!🎓 Navoiy davlat universiteti talabalari o‘rtasida rektor tomonidan tavsiya etilgan kitoblarni mutolaa qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda bilimlarni sinovdan o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan “Rektor tavsiya qilgan kitob” onlayn tanlovi o‘z yakuniga yetdi.🏆 TANLOV G‘OLIBLARI:🥇 1-o‘rin — Bafoyeva Mohinur 🥈 2-o‘rin — Toshpo‘latova Odina 🥉 3-o‘rin — Inoyatova Zebuniso👏 G‘oliblarni muborakbod etamiz!📖 Kitob — tafakkur manbai, mutolaa esa yuksalish sari yo‘l!Bizni kuzatishda davom eting 👇@NavDU_YI


navdu_yi
22 сент., 15:46
#NavDU #Do‘stlikKubogi #MiniFutbol #Sport #Yoshlar #Navoiy🏆⚽️ “DO‘STLIK KUBOGI” O‘Z EGALARINI TOPDI!🇺🇿 Navoiy viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Do‘stlik kubogi” musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.🔥 Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar yakunida:🥇 1-o‘rin — Navoiy davlat universiteti 🥈 2-o‘rin — Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 🥉 3-o‘rin — Navoiy innovatsiyalar universiteti👏 G‘olib va sovrindor jamoalarni muborakbod etamiz!⚽️ Sport — do‘stlik, birdamlik va sog‘lom raqobat timsoli!Bizni kuzatishda davom eting 👇@NavDU_YI




navdu_yi
22 сент., 15:46
#Foto_lavhalarBizni kuzatishda davom eting 👇@NavDU_YI




navdu_yi
22 сент., 15:13
#NavDU #SanatVaSportFakulteti #YoshlarIttifoqi #IqtidorliTalabalar🎤 BUXOROCHA OHANGLAR — BIZNING IQTIDORLI TALABALAR IJROSIDA!🏛 Navoiy davlat universiteti San’at va sport fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi a’zolari, Musiqa ta'limi 2- bosqich talabalari U. Normurodov hamda Sh. Hojiqurbonov tomonidan Buxoro milliy ohanglariga boy “Buxorocha popuri” ijro etildi.🎼 Talabalarimizning san’atga bo‘lgan qiziqishi va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz!Sizda ham iste’dod bormi? O‘zingizni katta sahnalarda ko‘rishni istasangiz, unda bizga qo‘shiling!📩 Murojaat uchun: @xondamir_baxranov✨ Bizni kuzatishda davom eting — bundan zo‘rlari hali oldinda!🤩🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦Instagram 🟦 Telegram
navdu_yi
22 сент., 10:23
🚍 “YO‘LOVCHI” LOYIHASI DOIRASIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI🏛 Navoiy davlat universiteti San’at va sport fakultetida talaba-yoshlarning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, jamoat transportidan foydalanish madaniyatini yuksaltirish hamda yo‘lovchilar o‘rtasida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni targ‘ib etish maqsadida “Yo‘lovchi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildiTadbir San’at va sport fakulteti Yoshlar koordinatori X. Baxronov tomonidan tashkil etilib, unda talaba-yoshlarga yo‘lovchilarning huquq va majburiyatlari, jamoat transportidan foydalanish tartibi, bekatlarda va transport vositalarida o‘zini tutish madaniyati hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi🇺🇿 Targ‘ibot jarayonida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlar



🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿 pinned a photo
22 сент., 06:26

navdu_yi
22 сент., 05:17
переслано из @yoshlarittifoqi_uz
#XalqaroKoʻrgazma #YoshlarIttifoqi #IdpIELTS🎓 Qadrli yoshlar, xorijda ta’lim olishni istaysizmi?⏰ 3-oktabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda IDP IELTS & STUDY ABROAD hamkorligida yirik xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.💬 Ko‘rgazmada Avstraliya, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi 20 ta nufuzli universitet vakillari bilan: ☑️ bevosita muloqot qilishingiz; ☑️ ta’lim yo‘nalishlari va qabul talablari bilan tanishishingiz; ☑️ universitetlarni solishtirib, o‘zingizga mosini tanlashingiz; ☑️ shu yerning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujjat topshirishingiz mumkin.🎁
navdu_yi
22 сент., 04:07
#Mustaqillik35 #YangiOzbekiston #MustaqilYurt #Istiqlol35Mustaqillik xalqimizga o‘zligini, milliy qadriyatlarini, ona tilini va ajdodlar merosini qaytardi. Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy kabi allomalarimiz hamda jadid bobolarimiz orzu qilgan ozod va taraqqiy etgan Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida dadil odimlamoqdamiz.— Prezident Shavkat MirziyoyevBizni kuzatishda davom eting👇🏻@NavDU_YI
navdu_yi
21 сент., 17:41
#Kun_hikmatiKUTMA!Eng yaxshi vaqt kelmaydi — sen boshlagan payt eng yaxshi vaqtga aylanadi.Oson hayot qidirma, kuchli bo‘lishni o‘rgan — shunda har qanday hayot senga yengil bo‘ladi.Hech kim sen uchun kelmaydi. Hech kim sening o‘rningga qilmaydi. Yoki boshlaysan — yoki afsuslanasan.Bizni kuzatishda davom eting 👇@NavDU_YI
navdu_yi
21 сент., 17:00
#NavDU #EngYaxshiTargibotchi #Videorolik #Yoshlar #Talabalar #IjodkorYoshlar🎬🏆 “ENG YAXSHI TARG‘IBOTCHI” VIDEOROLIKLAR TANLOVI YAKUNLANDI!🎓 Navoiy davlat universiteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi targ‘ibotchi” videoroliklar tanlovi o‘z yakuniga yetdi.✨ Tanlov davomida talabalar o‘zlarining ijodkorligi, tashabbuskorligi va targ‘ibot borasidagi mahoratlarini namoyon etdilar.🏆 G‘OLIBLAR:🥇 1-o‘rin — O‘roqova Dildora 🥈 2-o‘rin — Temirova Madinabonu 🥉 3-o‘rin — Elmurodova Malika👏 G‘oliblarni muborakbod etamiz! Kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!Bizni kuzatishda davom eting 👇@NavDU_YI


navdu_yi
21 сент., 16:30
#NavDU #MegaLoyihalar #YoshlarIttifoqi #TabiiyFanlarVaTibbiyot #YangiImkoniyatlar🚀 MEGA LOYIHALAR — YANGI IMKONIYATLAR SARI!🎓 Navoiy davlat universitetining Tabiiy fanlar va tibbiyot fakultetida Yoshlar ittifoqi koordinatorlari tomonidan talabalar o‘rtasida mega loyihalar targ‘iboti tashkil etildi.💡 Targ‘ibot davomida talabalarga mega loyihalar, ularda ishtirok etish imkoniyatlari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.🤝 Shuningdek, talabalarni loyihalarda faol ishtirok etishga jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yoshlar faolligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.🔥 Yangi imkoniyatlar — yangi tashabbuslar — yangi marralar!📲 Bizni kuzatishda davom eting:@NavDU_YI




navdu_yi
12 сент., 07:18
🏠 TALABALAR TURAR JOYLARIDA O‘RGANISH ISHLARI🇺🇿 Navoiy davlat universiteti yoshlar yetakchisi A.Zokirov tomonidan talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar, sanitariya-gigiyena holati hamda talabalarning yashash tartibi o‘rganildi.🔎 O‘rganish davomida talabalar bilan suhbatlashilib, ularning murojaatlari, taklif va istaklari tinglandi.⚡️ Asosiy e’tibor — talabalar uchun qulay, xavfsiz va munosib yashash sharoitlarini ta’minlash, mavjud masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratildi. 🎓🏠Bizni kuzatishda davom eting 👇@NavDU_YI




navdu_yi
11 сент., 10:24
🎓 #NavDU 📚 #Tanishtiruv_haftaligi🌟 NAVDUDA TANISHTIRUV HAFTALIGI BOSHLANDI!Navoiy davlat universitetida yangi o‘quv yilining ilk kunlari — 1-bosqich talabalari uchun “Tanishtiruv haftaligi” boshlandi! 🎉Bugun Tabiiy fanlar va tibbiyot fakultetida tanishuv tadbirlari tashkil etildi.🤝 Jarayonda universitet Yoshlar yetakchisi A.Zokirov hamda koordinatorlari ishtirok etib, yangi talabalar bilan yaqindan suhbatlashdilar.📌 Haftalik davomida 1-bosqich talabalariga: 🔹 universitet faoliyati; 🔹 ichki tartib-qoidalar; 🔹 jamoatchilik guruhlari; 🔹 talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar; 🔹 universitetdagi ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.📖 Faol ishtirok etgan talabalar universitet Yoshlar yetakchisi tomonidan kitoblar bilan taqdirlandilar.✨ Aziz birinchi kurs talabalar! Universitetimizga xush kelibsiz! Talabalik yo‘lingiz unutilmas lahzalar, yangi do‘stlar va ulkan muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!Bizni kuzatishda davom eting 👇@NavDU_YI




navdu_yi
11 сент., 07:20
переслано из @navdu_yi
"Talaba-yugur" – Sog‘lom turmush sari bir qadam!📣 Diqqat, TalabalarYurtimiz bo‘ylab barcha oliy ta’lim muassasalari ishtirokida keng qamrovli yugurish musobaqasi — "Talaba-yugur" start oldi!📍 Masofa: 3 km (elektron hisoblash tizimi – MyLaps orqali aniqlanadi)🏅 Sovrin va rag‘batlantirishlar:🎖 Talabalar uchun: • Respublika bosqichida: ▪️ 1-o‘rin – 10 mln so‘m ▪️ 2-o‘rin – 8 mln so‘m ▪️ 3-o‘rin – 5 mln so‘m• OTM bosqichida: ▪️ 1–3-o‘rinni egallagan talabalarga qo‘shimcha stipendiyalar (bazaviy stipendiyaning 50%)Eslatib o‘tamiz bahorgi mavsumda universitet talabalarini 25 nafariga qo'shimcha stpendiyalar belgilandi🚀 Sog‘lom bo‘l, faol bo‘l – "Talaba-yugur" bilan o‘z imkoniyatingni sinab ko‘r!📣 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: 👉 Perfend.comBizni kuzatishda davom eting👇🏻@NavDU_YI
