Последние посты

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
22 сент., 15:15
Исломжон яхшилар кўмагига муҳтожАссалому алайкум азиз тумандошлар! Меҳри дарё ОҚДАРЁЛИКЛАР!Оқдарё тумани "Ойтамғали" МФЙ Говбанд қишлоғида истиқомат қилувчи, эндигина 20 ёшни қаршилаётган Ислом Каримов 3 йилдан буён бош мия, ички мияча зарарланиши хасталиги билан курашиб келмоқда. Шундан буён ҳаракатлана олмайди, гапира олмайди. У оилада катта фарзанд. Отаси оддий ишчи, сувоқчи. Оилавий шароити оғир. Тинимсиз муолажалар, сарф-ҳаражатлар оилани янада оғир аҳволга солиб қўйди. Эндиликда Германиядан махсус дори-дармонлар олиб келиб, ҳар 3 ойда бир мартадан, жами 6 курс муолажа олиши зарур бўлмоқда. Бир муолажада 30 миллион сўмдан жами 180 миллион сўм маблағ зарур.Яхшилар, кўпчилигимизда ёрдам бериш имкони бор. Бу хабарга шунчаки қараб қўймасдан, Исломжондан ўз ёрдамингизни аяманг! Бир оиланинг қувончини қайтариш сизнинг қўлингизда.Карта рақами (HUMO) 9860 0824 4906 0944 Уланган


Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
22 сент., 14:29
📍 SAYYOR QABUL — FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBORDABugun Oqdaryo tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i X.Mirxodiyev tomonidan Arpaariq MFY, Arpa qishlog‘ida joylashgan 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.🤝 Qabul davomida fuqarolarning ta’lim sohasiga oid murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, har bir murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish, ularni qonunchilik doirasida hal etish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.📚 Fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish — doimiy e’tiborda.©️Kanalga ulanish: 👇👇👇 👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati




Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
22 сент., 14:28
NAVRO‘Z MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDIBugun Oqdaryo tumani hokimi Temur Maxmudov Navro‘z mahallasida kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, ijtimoiy reyestrda turgan oilalarning muammolarini o‘rganish maqsadida mahallada bo‘ldi. O‘rganish davomida ijtimoiy reyestrdagi oilalar bilan suhbatlashilib, ularni qiynayotgan muammolar, bandligini ta’minlash va daromad manbalarini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga har bir oila bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan amaliy choralarni belgilash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.©️Kanalga ulanish: 👇👇👇 👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati




Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
22 сент., 14:23
AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDIBugun Oqdaryo tuman hokimligida Samarqand viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari S.Bazarov rahbarligida tumanda mavjud resurs va qo‘shimcha imkoniyatlardan to‘laqonli foydalangan holda aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash, ishsizlikni qisqartirish hamda kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlarni kuchaytirilgan tartibda tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, prokuratura xodimlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha faoliyat yurituvchi tuman shtabi a’zolari ishtirok etdi. Yig‘ilishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholini doimiy va daromadli ish bilan ta’minlash, kambag‘al oilalar uchun barqaror daromad




Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
22 сент., 14:17
BOZORLARDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDIBugun Oqdaryo tumani hokimi Temur Maxmudov, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, Oqdaryo dehqon bozori va Oqdaryo savdo kompleksi (buyum bozori) rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida bozorlar va savdo majmualarida yong‘inlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi mas’uliyatni yanada oshirish masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda bozorlarda idoraviy yong‘indan saqlash xizmatlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni tegishli muassasalarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirish belgilanganligi yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bozor va savdo majmualarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash, mavjud muammoli masalalarni atroflicha o‘rganish hamda ularni bartaraf etish




Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
22 сент., 14:01
переслано из @bsa_uz
Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi joriy etiladi“Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–345-son, 21.09.2026-y.) qabul qilindi.👍 Qarorga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda hamda ustav kapitalida ushbu yuridik shaxslarning ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda:Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi (Dastur) bosqichma-bosqich joriy etiladi.👍 2026-yil 1-dekabrgacha Boshqaruv samaradorligi agentligining (Agentlik) axborot tizimlarida davlat organlari va
1,090Открыть в Telegram
Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
22 сент., 13:50
#Diqqat_tanishingOqdaryo tumani hokimi va hokim o‘rinbosarlari tomonidan Oqdaryo tumani Xalq qabulxonasi binosida JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNI QABUL QILISH JADVALI©️Kanalga ulanish: 👇👇👇 👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati
1,290Открыть в Telegram
Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
22 сент., 13:36
Sektor rahbarining sayyor qabulida fuqarolar murojaatlari tinglandiBugun Oqdaryo tumani 3-sektor rahbari A.N.Ibodov tomonidan Galaravot mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari atroflicha tinglanib joyiga borib urganish ishlari olib borilib. Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan esa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi. Bunday sayyor qabullar aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularga tezkor va qonuniy yechim topish hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.©️Kanalga ulanish: 👇👇👇 👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati


1,550Открыть в Telegram
Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
22 сент., 13:20
OYTAMG‘ALI MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDIBugun Oqdaryo tuman hokimligi hamda tuman prokuraturasi mas’ullari tomonidan Oytamg‘ali mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish va oilalar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. O‘rganishlar davomida mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro Sobir Yusupovning xonadon xo‘jaligi ham ko‘zdan kechirildi. U 24 sotix tomorqa maydonining yarmida ochiq, qolgan qismida esa issiqxona usulida ko‘katlar yetishtirib, yiliga 300 million so‘mdan ortiq daromad olayotgani qayd etildi. Shuningdek, ijtimoiy reyestrda turuvchi Azizmúrodov Sardorning oilasi ham e’tiborga olinib, uning daromad manbasini shakllantirish maqsadida chorvachilik yo‘nalishida imtiyozli kredit ajratildi. Oilaga 3 bosh qoramol olib berilib, doimiy daromad manbasini yaratish uchun amaliy ko‘mak




Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
22 сент., 13:03
переслано из @pensionfundruz
💼 Ўзини ўзи банд қилганлар учун — келажак пенсиясига муҳим қадам!🛡 Ўзини ўзи банд қилган фуқаролар учун ижтимоий солиқ тўлаш орқали иш стажини шакллантириб бориш механизмини такомиллаштириш таклиф этилмоқда.✔️ Мақсад — фуқароларнинг пенсия тизимидаги иштирокини кенгайтириш ва келажакда пенсия ҳуқуқини шакллантириш учун имконият яратиш.▶️ Батафсил видеороликда танишишингиз мумкин.Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
22 сент., 06:11
OILAVIY NIZOLARNING OLDINI OLISH VA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDAOqdaryo tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik A.N.Ibodov hamda boshliq o‘rinbosarlari tomonidan tumandagi ko‘p murojaat tushayotgan xonadonlar va nizoli oilalardagi mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Fuqarolar fikr-mulohazalari tinglandi. Oilalardagi nizolarning kelib chiqish sabablari, mavjud muammolar hamda oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar atroflicha tahlil qilindi. Suhbat va tushuntirish ishlari davomida tomonlar o‘zaro murosaga keltirilib oilaviy totuvlikni tiklash va mavjud nizolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Bunday amaliy ishlar oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, nizolarning oldini olish hamda oilalar mustahkamligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.©️Kanalga ulanish: 👇👇👇 👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati




Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
6 сент., 02:13
KUN HIKMATI Harakat qilgan inson yo‘l topadi, to‘xtagan esa yo‘qotadi. ____ КУН ҲИКМАТИ Ҳаракат қилган инсон йўл топади, тўхтаган эса йўқотади. ©️Kanalga ulanish: 👇👇👇 👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati1,010Открыть в Telegram
Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
6 сент., 02:11
0⃣6⃣▪️0⃣9⃣▪️2⃣0⃣2⃣6⃣ 🌹🍃Ассалому алайкум🍃🌹 Хайрли Тонг...☕️ Азизларим! Сизларга Бахтли ва Қувончли кун Тилаймиз! Якшанба тонги муборак бўлсин! Аллоҳ барчамизни юзи нурли, сўзи ҳузурли, толеимизни баланд, ризқимизни кенг қилсин. Қалбимиздаги ниятларимизни ижобат айласин. Кунимизни1,320Открыть в Telegram
Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
5 сент., 11:36
🍀 ЗАМОНАВИЙ ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ — ИЛМ ВА ТАЖРИБА УЙҒУНЛИГИ Бугунги кунда пахтачиликда юқори ва сифатли ҳосилга эришиш фақат меҳнат билан эмас, балки замонавий агротехнология ва илм-фан ютуқларини тўғри қўллаш билан боғлиқ. Самарқанд вилояти, Оқдарё туманидаги "Ғалаба" наслдор чорваси фермер хўжалиги2,050Открыть в Telegram
Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
5 сент., 05:27
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali dehqon xo‘jaligi yerlarini ijaraga oling! 🟢 Oqdaryo tumanidan 23 ta (ko‘rish) 🟢 Bulung‘ur tumanidan 131 ta (ko‘rish) 🟢 Jomboy tumanidan 65 ta (ko‘rish) 🟢 Ishtixon tumanidan 49 ta (ko‘rish) 🟢 Kattaqo‘rg‘on tumanidan 202 ta (ko‘rish) 🟢2,950Открыть в Telegram
Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
5 сент., 05:27
OQDARYODA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA ISHLAR IZCHIL DAVOM ETTIRILMOQDA Joriy yilning 3-sentabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish1,960Открыть в Telegram
Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
5 сент., 01:50
KUN HIKMATI: “O‘zingizga sarmoya kiritish - bu siz kiritadigan eng yaxshi sarmoyadir. Bu nafaqat sizning hayotingizni yaxshilaydi, balki atrofdagilarning hayotini yaxshilaydi.“ Robin Sharma _________ КУН ҲИКМАТИ: “Ўзингизга сармоя киритиш - бу сиз киритадиган энг яхши сармоядир. Бу нафақат сизнинг2,480Открыть в Telegram
Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
5 сент., 01:50
🍂🍂🍂🍂🍂🍂 🌸☀️ BUGUN 5-SENTABR SHANBA KUNINGIZ MUBORAK VA XAYRLI BO‘LSIN! 💘Umringizning yana bir qaytarilmas tongi muborak va xayrli bulsin! 🍂Jismingizga sog‘liq, qalb olamingizga xotirjamlik tilaymiz! 🤲Topganingiz xalol boylik, qilgan ibodatlaringiz ajru savoblarga to‘la2,340Открыть в Telegram
Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal
4 сент., 14:15
🤝 RAHBAR VA YOSHLAR — OCHIQ VA SAMIMIY MULOQOT 📍 Bugun Kumushkent mahallasida joylashgan 32-umumta’lim maktabida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. 🤝 Uchrashuvda Oqdaryo tumani hokimi Temur Mahmudov hamda viloyat Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Botir2,300Открыть в Telegram
