gram news
Аватар канала Ummu Umayr (reserve)

Ummu Umayr (reserve)

@palmoviysad

Bu yerda ayollar-qizlar uchun xos ummu Umayr kanalidan ba’zi manbalar ulashiladi. Kanal mavzulari: psixologiya, preventiv tibbiyot, psixoterapiya, tarix va siyosat. Asosiy kanal linki: https://t.me/palmoviysad/106

ПроектыENПсихология

6,200подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Ummu Umayr (reserve)

    17 сент., 09:59

    To’g’ri, ammo..🤩 To‘g‘ri, dunyo faqat er atrofida aylanmaydi va behuda ishlardan uzoq bo‘lish lozim. Ammo er bilan birga vaqt o‘tkazish, hazillashish va ko‘nglini olish bekorchilik (lag‘v) emas, balki shariatda haq va savobli deb belgilangan fazilatdir.Manba: Rasululloh ﷺ shunday deganlar: «Musulmon kishining mashg‘ul bo‘ladigan har bir o‘yin-kulgisi botildir (foydasizdir), faqat uchtasi bundan mustasno: o‘z ayoli bilan xushchaqchaqlik qilishi (hazillashishi), …” (Abu Dovud)🤩 To‘g‘ri, har bir ayol mustaqil shaxs va o‘z ruhiy olamiga ega. Ammo erga yaxshilikda (ma’rufda) itoat qilish o‘zligini yo‘qotish emas, balki Jannatning istalgan eshigidan kirish uchun berilgan eng yengil yo‘llanmadir.Manba: Agar ayol besh vaqt namozini o‘qisa, (Ramazon) oyi ro‘zasini tutsa, nomusini saqlasa va eriga itoat qilsa, unga:
  • Ummu Umayr (reserve)🌴 pinned «![🔠](tg-emoji:5346098848785801698)![🔠](tg-emoji:5343870752896623288)![🔠](tg-emoji:5343667970310712503)![🔠](tg-emoji:5343582947138121984)![🔠](tg-emoji:5343582947138121984)![🔠](tg-emoji:5346098848785801698)![🔠](tg-emoji:5346205368269709697)![🔤](tg-emoji:5343901805510175291)![🔤](tg-emoji:5345863746570980713)![🔤](tg-emoji:5345903947464873407)![🔤](tg-emoji:5343901805510175291)![🔤](tg-emoji:5346143052589208386)![🪴](tg-emoji:5341348748100411942) Ushbu yopiq kanal faqat ayol-qizlar uchun!!! Ps. Nuqta yo boshqa ayollikni anglatmaydigan belgidagi ayol kishilar ismingiz bilan kanalga kiring. https://t.me/+-wGLNnZKDsRkNzYx»

    13 сент., 15:11

  • Ummu Umayr (reserve)

    13 сент., 15:11изменён

    🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔤🔤🔤🔤🔤🪴Ushbu yopiq kanal faqat ayol-qizlar uchun!!!Ps. Nuqta yo boshqa ayollikni anglatmaydigan belgidagi ayol kishilar ismingiz bilan kanalga kiring.https://t.me/+-wGLNnZKDsRkNzYx
    TelegramUmmu Umayrبسم الله الحمدلله و الصلاة والسلام على رسول الله و بعد ❗️Ayol-qizlar uchun ❗️ Oilaviy munosabatlar psixoterapiyasi Diplomli mutaxassis 🎓 Preventiv yondashuv💡 📍 Madina 💭Otzivlar: https://t.me/+Rk-6XtU-umw0MzJh 📨 @ummuumayr_manager 🗃️ @palmoviysad
  • Ummu Umayr (reserve)🌴 pinned «![🔠](tg-emoji:5346057157538254812)![🔠](tg-emoji:5345923055774377084)![🔠](tg-emoji:5343582947138121984)![🔠](tg-emoji:5343582947138121984)![🔠](tg-emoji:5346098848785801698)![🔠](tg-emoji:5346115809611653307)![🔠](tg-emoji:5346312132566752596)![🔠](tg-emoji:5346098848785801698)![🔠](tg-emoji:5343582947138121984)![🔠](tg-emoji:5346098848785801698)![🔠](tg-emoji:5346205368269709697) ![🪴](tg-emoji:5343554939656378483) Homiladorlikda 3 ta asosiy T Ziynatim Masturbatsiya va pornografiyadan qutulish uchun qo’llanma Ramazon haqida Hijoblanish haqida Masturbatsiya va pornografiya bo’yicha qilingan seminar asosidagi qo’llanma Mayndmap Ayol satrlanishining 10 hikmati…»

    13 сент., 15:08

  • Ummu Umayr (reserve)

    13 сент., 15:08изменён

    🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🪴Homiladorlikda 3 ta asosiy T Ziynatim Masturbatsiya va pornografiyadan qutulish uchun qo’llanma Ramazon haqida Hijoblanish haqida Masturbatsiya va pornografiya bo’yicha qilingan seminar asosidagi qo’llanma Mayndmap Ayol satrlanishining 10 hikmati Umra ibodatiga jismoniy tayyorlanish haqida qo’llanma Nafs turlari va tarbiyasi Quyonchaning sirli dumi 1-3 yosh bolalarga jinsiy tarbiya qo’llanmasi 3-5 yosh bolalar uchun jinsiy tarbiya haqida ertak Madinada ta’lim 6-8 yosh
  • Ummu Umayr (reserve)

    11 сент., 14:27

    @palmoviysad
  • Ummu Umayr (reserve)

    10 сент., 13:57

    Nega ba’zilar unutadi, ba’zilar esa yo’q?!Bolalikda ko’pchilik ota-onasi tarafidan jazolanadi, kaltak yeyishi mumkin, gap eshitadi va hkz. Ammo ba’zilar buni kulib, biror qiyinchiliksiz eslashi va ayni vaqtda ota-onasi bilan munosabat tiklashda muammo sezmasligi mumkin. Ba’zilar esa buni qattiq oladi, hafalik uzoq yillar qalbida qoladi va qancha urunsa ham munosabat tiklashga qiynaladi, davomli rishtalarga uzoq bardosh berolmaydi, portlab ketaveradi. Bu yerda bir necha omillar bor, biz asosiy urg’uni faqat “urmaslikka” beramiz. To’g’ri, bolani urish noto’g’ri ish. Ammo me’yor va qaysi harakat jiddiy oqibatga olib kelishini aniqlash muhim.1. Jazo qanday kontekstda bo’lgan. Kaltak alohida munosabat emas, balki munosabat tizimining bir ko’rinishi. Agar bola kundalik hayotda sevilsa, qadrlansa, mehr ko’rsatilsa, urish yoki shunaqa jazolar “istisno” sifatida qabul qilinadi. Boz ustiga
  • Ummu Umayr (reserve)

    9 сент., 13:59

    Qaysi turdagi rivojlanish samaraliroq?Ma’lumki, hozirgi kun modern falsafasi g’ildiragi bilan yuradi. Modern falsafasining asosiy quroli — ta’lim, ilm-fan va rivojlanish. Aynan mana shu omilning muvaffaqqiyatiga ishonib davlatlar sekulyar tizimga o’tdi va dinni davlatdan ajratishdi. Chunki odamlar o’qisa, rivojlansa, ilm olsa, ularni ongli axloq boshqaroladi, diniy asoslar shart emas, degan qarash bor edi. Haqiqatdan ham biz bu falfasaning rivojini hali hanuz guvohimiz, bizga ibrat qilib ko’rsatilgan hamma davlatlar ilmiy taraqqiyot hisobiga shu darajaga kelgan, deyish mumkin. Bu Sharq Yaponiyasidan tortib, Yevropa davlatlarigacha bo’lgan joylar. Biroq qiziqishga siz bu davlatlardagi ijtimoiy-psixologik muammolar, suidsid holatlar, oila instituti, qariyalar va yetimlar holatini kuzatsangiz, statistika bilan tanishsangiz, osmono’par binolar ostida qanday qorong’uliklar borligini his
  • Ummu Umayr (reserve)

    9 сент., 11:32изменён

    @palmoviysad#qissalar
  • Ummu Umayr (reserve)

    9 сент., 08:15

    Balki buni aytishim kerakdir…Siz har kuni qiladigan, arzimas sanaydigan, ammo savob bo’lgan amallar:• Uyingizni tozalash, ovqat pishirish, kiyimlarni yuvish-dazmollash;• Ro’zg’orni tartibli boshqarish, masalliqlarni uvol qilmaslik, tejamkorlik bilan bozorliklarni taqsimlash;• Farzandlaringiz bilan o’ynash, ularning eng oddiy ehtiyojlarini ham qondirish, ularga tabassum qilish, mehr berish;• Turmush o’rtog’ingizga hurmat ko’rsatishingiz, xizmatlarini ado etishingiz, nafsi va ruhida uni xotirjam qilishingiz;• Uyingizga kelgan mehmonlarni chiroyli kutib olish, ularga imkoningzidagi borini tortiq qilish, ularga so’z va amal bilan ozor bermaslik;• Eringiz kelishiga o’zingizga qarashingiz, chiroyli yuz bilan kutib olishingiz, kayfiyati bo’lmasa, murosa qilishingiz;• Tortishuv va kelishmovchilik paytida o’zingizni bosishingiz, yomon gap aytmaslikka harakat qilishingiz,
  • Ummu Umayr (reserve)

    8 сент., 13:11изменён

    @palmoviysad#qissalar
  • Ummu Umayr (reserve)

    7 сент., 16:48

    @palmoviysad
  • Ummu Umayr (reserve)

    7 сент., 03:47

    Bir xil amal, har xil niyatBugun sizlar ehtimol hali eshitmagan, ammo tez-tez duch keladigan mavzu haqida gaplashmoqchiman. Bu yordam berish mavzusi. Hozir uning bir necha turlari haqida gaplashamiz. Tayyor turing, mavzu yoqimsiz.)Xolis Alloh uchun qilingan yordam — buni hamma davo qiladi, ammo haqiqat har doim ham aytilganidek bo’lmasligi mumkin. Bu yordamning birinchi asosi, undan evaz-qaytim kutilmasligi, chunki yordam beruvchi o’z qadr-qimmatini qarshi tarafning maqtoviga bog’lamagan, uning ichki motivi ancha barqaror, sobit. Bu yordam boshqa insonning haqiqiy ehtiyojidan kelib chiqadi, o’zinikidan emas. Yordam iymon darajasiga ko’ra ikki xil ko’rinishda bo’lishi mumkin: so’ralgan yordam va maksimal berilgan imkon, til bilan so’ralmagan, ammo hol tili bilan ma’lum yordam. Bu turdagi yordamning eng kuchli nuqtasi, uning maxfiyligi. Yordamni berkitish yordam beruvchini
  • Ummu Umayr (reserve)

    6 сент., 09:21

  • Ummu Umayr (reserve)

    6 сент., 05:31

    Uradigan bolalar kuchli hisoblanadimi?Bizning mentalitetda urishqoq bolalarni “polvon”, “erkak”, deb matqashadi. Lekin aslida bolalardagi urish, baqirish kabi holatlar kuchlilikni emas, emotsional regulyatsiya yetishmasligining belgisi. 5-6 yoshgacha bo’lgan bolalarda eng qiyin ish hissiyotini ifoda qilish hisoblanadi, o’zi bu ish undan keyin ham qiyin, ammo dastlabki ko’nikmalar shu yoshda beriladi. Bola qo’rquv, havotir, vahima, jahl, hafalikni ham agressiya bilan chiqaradi ko’pincha. Bu oiladagi uslubni o’zlashmasi bo’lishi ham mumkin, ya’ni bolaga ham urib, baqirib muomala qilinsa, bola shuni o’rganayotgan bo’lishi mumkin. Chunki bola hali shaxsiyat emas, unda xulq qotmagan. U kattalardan ko’rganini takrorlaydi. Shuning uchun bam bolaga gunoh yozilmaydi.Ammo muhimi bunda emas, ko’pincha uradigan bolalardagi tag hissiyoti havotir bilan bog’liq bo’ladi. Bu doim ham bola kaltak
  • Ummu Umayr (reserve)

    5 сент., 07:48

    Balki shularni aytishim kerakdir…Ketma-ket kichik bolalar bilan toliqayotgan, mitti bolalar xizmatidan charchagan onajon, oz qoldi.Qo’lingizda ko’tarib ovqat qiladigan, qayerga borsangiz qo’lingizdan tushmaydigan bu mitti mavjudot bir yilda oyoqqa kirib ketar ekan, keyin hadeb uni ko’tarish shart bo’lmay qoladi. Endi hammomda tik oyoqda turib, oyog’ingizdan quchib oladi, uni bir qo’l bilan ko’tarib, bir qo’l bilan suvga pishib yuvishingiz shart bo’lmay qoladi.Gapini tushunmay, yig’lashiga asabiylashib ketadigan kunlaringiz atiga bir necha yil, xolos. Uch yoshdan keyin ular tilga kirib, hech yo’q chal-chulpa so’zlar bilan sizga vaziyatni ochiqlab beroladi. Ularni tushinishingiz uchun mingta tahminlarni keltirishingiz shart bo’lmay qoladi, o’zlari qayeri og’riyapti, nega jaxli chiqdi, nima yoqmadi, nimadan hafa, hammasini aytib beradi.Ketma-ket katta bo’lgach, 3-4 yoshdan keyin
  • Ummu Umayr (reserve)

    4 сент., 07:09

    Qabul qilinmaslik og’rig’i va yuqori talabchanlikTunov kun qisqa videolardan birida aktyor oilasi haqida gapira turib, oilaviy suhbatdan parchani esladi. Unda buvisi nabiram 27 yoshida teatrda rol o’ynayapti, mazmunida maqtanib gapirsa, otasi “Oyi, Lermontov 27 yoshida o’lgan”, deganini obrazli aytib, kulishdi. Boshida manam kuldim, keyin ancha kun o’ylab yurdim. O’zim kulgan holat og’rig’ini keyin payqadim.Bizda bolaning yoshiga nisbatan yuqori talablarni qo’yish avj olgan, Bobur 12 yoshida taxtga o’tirdi, Sulton Mehmet Istanbulni 21 yoshida fath qildi, mana Lermontov ham butun ijodini rus adabiyotiga tikib, tarixda qolib, 27 yoshida nargi dunyoga safar qilib yuborgan ekan. Buyuklik yaxshi, buyuklik sharaf, buyuklikning gashti o’zgacha, lekin hamma ham buyuk bo’lolmaydi, buni shunchaki tan olish kerak. Buyuk bo’lishning ortida ehtimol bir necha avlodning fidokorligi, mehnati
  • Ummu Umayr (reserve)

    1 сент., 11:23изменён

    Balki bularni sizga aytishim kerakdir…Hozirgi turli tamg’alar, mustaqil va kuchli, g’ururli ayol timsollari rivojlangan, hammaning shaxsiy chegaralari tobora oydinlashib borayotgan davrda, sizga shularni aytgim keldi:• Agar xiyonatdan keyin eringizni kechirgan bo’lsangiz va u qilmishidan pushaymon bo’lsa, haqiqatda o’zgarishga tayyor bo’lsa, siz axmoq va ojiz emassiz. Balki birinchi zarbadayoq chamadonini yig’ishtiradigan ko’pchilik ichidagi kuchli ayolsiz.• Agar eringiz ustingizga kundosh olib kelgan bo’lsa-yu, farzandlaringiz hamda shuncha yillik munosabatlaringiz sabab, bunga sabr qilib, eringiz bilan murosa qilayotgan bo’lsangiz, siz g’urursiz, latta emassiz. Balki izzat-nafsingizdan uzoq muddatli kattaroq yaxshilikni ustun qo’yolgan oqilasiz.• Agar eringizning ishlari ortga ketib yoki ro’zg’orga yetkizolmay qiynalayotgan bo’lsa-yu, siz shaxsiy daromadingizdan unga, oilaga
  • Ummu Umayr (reserve)

    23 авг., 10:57

    SharafSharaf sotilmaydi biror do'konda, U bir kitob emas o'qib olgani, Manbasi sutdandir yoinki qondan, Vujud tomiriga sizib borgani.Bir dona sharafli qadamlariga, Minglagan sharafsiz yo'li fidodir. Er yoki ayolda sharaf bo’lmasa, Unga faqat o’lim asl davodir.O’lgani yaxshiroq biror erkakning, Uyidan yalong’och chiqsa xotini. O’lgani afzaldir biror ayolning, Beshigidan tursa ummat xoini.Sharaf bino bo’lar ota pushtida, Yo ona bag’ridan to’lg’onib chiqar, Kim himoya qilmas ekan sharafni
  • Ummu Umayr (reserve)

    14 авг., 07:09

    O’ylarimYolg’ondan yasamoq mumkinmi dardni? Yasab bo’larmi hech hisni, shuurni? Olam axmoqlikka to’lgan kunlarda Qanday asrash mumkin qimmat umrni?Ba’zan o’z-o’zimga keladi rahmim Tovonimdan oqar go’yo shafqatlar Ko’zlarim charchabmi, bezibmi bilmam Oxir aytmay qo’ydi menga rahmatlar.Ba’zan o’z-o’zimga keladi qahrim, Qahrimdan vijirlab chiqadi zahrim, O’zim chidolmayin bu tahir ta’mga Bo’g’zimda yaralar nogiron dardim.Darding navqironmi yoki nogiron Ichingda yonadi, qilib behuzr Odamlar hayrati ayni shungadir