Последние посты

Qonundan gapiramiz
21 сент., 06:16изменён
❗️DXX: Xalqaro SAT sertifikatini noqonuniy olish sxemasi fosh etildiTezkor tadbirda fuqarolarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda foydalaniladigan xalqaro SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.Guruhning aksariyat a’zolari Yevropadagi nufuzli universitetning Toshkentdagi filiali talabalari bo‘lgan. Ular Yangihayot tumanidagi xususiy maktab binosida “bunker” tashkil qilgan. IT mutaxassisi yashirin ravishda tizimga kirib, talabgorlar o‘rniga test savollarini masofadan turib yechish imkonini yaratgan.Guruh a’zosi 5 nafar fuqaroning har biridan 1,5 ming AQSh dollaridan talab qilgan. Ulardan birining puli kriptohamyon orqali olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.@qonundan_gapiramiz
Qonundan gapiramiz
13 сент., 18:55изменён
#diqqat #ichki_ishlarRasman! Ichki ishlarga ishga kirishda qabul qilishning eng katta yoshi 35 yosh etib qatiy belgilandi.Endi nomzod OTM bitrgunimcha 31 ga to'lib qolaman deb o'ylanishi mutlaqo asossiz bo'ldi.Bemalol 35 yoshgacha ishga kirishingiz mumkin. Bu haqida qayg'urmasangiz ham bo'ladi.@qonundan_gapiramiz


Qonundan gapiramiz
11 сент., 05:42изменён
⚡️ Rasman: Talabalar ijara puli toʻlab beriladi 📄 Ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan
Qonundan gapiramiz
11 сент., 04:24изменён
⚡️ Rasman: Talabalar ijara puli toʻlab beriladi📄 Ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi belgilab qo‘yilgan. ❓ Ariza berish uchun nima qilish kerak? ➡️ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi. ➡️ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi. ✍️ Bunda birinchi bosqich talabalari uchun joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi. ✍️ Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi (ijara.soliq.uz) bo‘lishi talab etiladi.@qonundan_gapiramiz
Qonundan gapiramiz
10 сент., 06:54изменён
Senatorlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.Qonunga ko‘ra, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta apostrofdan iborat bo‘ladi.@qonundan_gapiramiz


Qonundan gapiramiz
8 сент., 16:43изменён
#grand_kontrakt #taqsimotTo‘lov-kontrakt asosida talabalalikka qabul qilingan bo‘lsangiz, keyingi bosqichdan GRANDga o‘tishingiz mumkin!🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlangan.Qarorning eng asosiy qoidalari va o‘zgarishlari quyidagilardan iborat: Grantlarni qayta taqsimlash (Rotatsiya): Davlat granti endi talabaga butun o‘qish davri uchun mutlaq berib qo‘yilmaydi. Har o‘quv yili yakunlangandan so‘ng, bakalavriat va magistratura talabalarining grantlari ularning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari (GPA) va ijtimoiy faolligiga qarab qayta taqsimlanadi.GPA ko‘rsatkichi va mezonlar: Grant tanlovida ishtirok etish uchun talabaning joriy o‘quv yilidagi akademik o‘zlashtirish
Qonundan gapiramiz
8 сент., 08:10

Qonundan gapiramiz
7 сент., 15:19
⚖️ 2000 OBUNACHI — ISHONCH VA E’TIBOR UCHUN MINNATDORMIZ!“QONUNDAN GAPIRAMIZ” Telegram kanalimiz 2000 nafar obunachini birlashtirdi!Ushbu natija — kanalimizda yoritilayotgan huquqiy ma’lumotlarning siz uchun qanchalik muhim va kerakli ekanining amaliy ifodasidir.Bizni kuzatib, qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barcha obunachilarimizga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.Oldinda yanada katta maqsadlar, dolzarb mavzular va foydali loyihalar turibdi.“QONUNDAN” — huquqni bilish, anglash va himoya qilish yo‘lida birga!🕊@qonundan_gapiramiz


Qonundan gapiramiz
7 сент., 04:24
#ijara_shartnomasi ✅ 🎓 Talaba ijara shartnomasi — uydan uzoqda, ijarada yashab oʻqiydigan talabalar uchun davlat tomonidan ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish (kompensatsiya olish) uchun asos boʻladigan rasmiy hujjatdir. Quyida shartnoma tuzish tartibi
Qonundan gapiramiz
5 сент., 18:12изменён
#ijara_shartnomasi ✅🎓 Talaba ijara shartnomasi — uydan uzoqda, ijarada yashab oʻqiydigan talabalar uchun davlat tomonidan ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish (kompensatsiya olish) uchun asos boʻladigan rasmiy hujjatdir. Quyida shartnoma tuzish tartibi, narxi va davlat qoplab beradigan kompensatsiya miqdori haqida batafsil maʼlumot berilgan:1. Ijara shartnomasini tuzish tartibi (Onlayn va Bepul) Hozirda ijara shartnomasini tuzish uchun soliq idoralariga borish yoki notarius talab etilmaydi. Hamma jarayon onlayn bajariladi: • Kim roʻyxatdan oʻtkazadi: Uy egasi (ijaraga beruvchi) ijara.soliq.uz sayti yoki "Soliq" mobil ilovasi orqali tizimga kiradi.• Talaba maʼlumotlari: Uy egasi ilovadagi "Talabalar uchun ijara shartnoma" boʻlimiga kirib, talabaning JShShIR (PINFL) kodini kiritadi. Shunda talabaning maʼlumotlari avtomatik chiqadi.• Tasdiqla
Qonundan gapiramiz
1 сент., 03:53изменён
🌠 Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, xonadonlarimizda fayz-u baraka, qalblarimizda ezgu niyatlar bardavom bo‘lsin.Huquq ustuvor, adolat barqaror, kelajagimiz yanada porloq bo‘lsin!🇺🇿 Hurmat bilan, “Qonundan gapiramiz” loyihasi.🕊Telegram |📱Instagram


Qonundan gapiramiz
27 авг., 10:59
#MeningHuquqim🇺🇿 Qonunchilikda belgilangan tartibda yoshlar uchun quyidagilar kafolatlanadi:🟢Tibbiyot va taʼlim: Bepul tibbiy xizmat olish, umumiy oʻrta hamda grant asosida bepul oliy va kasb-hunar taʼlimi olish;🟢Moliyaviy imtiyozlar: Uy-joy va taʼlim uchun imtiyozli kreditlar berish, jamoat transportidan foydalanishda imtiyozlar olish;🟢Karyera va mehnat: Bitiruvchilar bandligini taʼminlash, ish bilan oʻqishni birga olib borish va mehnat jarayonida yoshga doir imtiyozlardan foydalanish;🟢Ijtimoiy himoya: Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarni turar joy bilan taʼminlash;🟢Infratuzilma va madaniyat: Sport, madaniyat obyektlariga borish hamda shaharTelegramQonundan gapiramizQonun | Huquq | Imtiyoz ko'rsatiladi Huqugingiz sodda tilda tushuntiriladi Izlanish • Bilish • Foydalanish Murojaat uchun: @znxamrayeva
Qonundan gapiramiz
26 авг., 06:11изменён
#MeningHuquqim🇺🇿 Oliy yoki professional ta’lim tashkilotlarini tamomlab, o‘qishni bitirgan kunidan e’tiboran bir yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan yosh mutaxassislar ishga qabul qilinganda ular uchun dastlabki sinov muddati belgilanmaydi.📝 O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi | 129-modda🕊Telegram | 📱Instagram
Qonundan gapiramiz
26 авг., 04:54изменён
#talim_krediti✅ O‘zbekistonda ta’lim krediti — kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga o‘qish pulini to‘lash uchun banklar tomonidan beriladigan maxsus imtiyozli qarz hisoblanadi.Moliyaviy shartlari:Foiz stavkasi: Yillik 14% (Markaziy bankning asosiy stavkasi o‘zgarishiga qarab u ham o‘zgarishi mumkin).Xotin-qizlar uchun imtiyoz: Kunduzgi ta’limda o‘qiydigan qizlar uchun 0% (foizsiz).Qaytarish muddati: Talaba o‘qishni tamomlagandan so‘ng, 7 yil davomida (rasmiy o‘qish muddati tugagach, 7-oydan boshlab) qaytariladi.To‘lov shakli: Bank kredit mablag‘larini har yarim yillik yoki yillik kontrakt miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’lim muassasasining hisob raqamiga o‘tkazib beradi.Kimlar olishi mumkin?🟢O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari (davlat, xususiy va xorijiy OTM filiallari) talabalari.
Qonundan gapiramiz
25 авг., 09:17изменён
⚡️Vakant (bo‘sh) o‘rinlar bo‘yicha eng ko‘p so‘ralgan savollarga javoblar❓Kimlar hujjat topshira oladi?Kirish imtihonlarida ishtirok etgan va minimal 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin oʻqishga kira olmagan abitiruyentlar va qabulning tanlov bosqichida OTM va yoʻnalish tanlamagan abituriyentlar bo’sh o’rinlar uchun hujjat topshirishi mumkin.❓Nechtagacha yoʻnalish tanlash mumkin?Fanlar majmuangizga mos keladigan yoʻnalishlarda boʻsh oʻrin boʻlsa, 5 tagacha yoʻnalish, oliy ta’lim muassasasi va istalgan ta’lim shakli – kunduzgi, kechki va masofaviydan birini tanlashi mumkin.❓Boʻsh oʻrin uchun qayerdan ariza qoldiraman?Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali “vakant oʻrinlar uchun ariza berish” boʻlimida ariza topshiriladi.❓Balim yetsa, grantga kiramanmi yoki kontrakt?Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga
Qonundan gapiramiz
24 авг., 06:33изменён
🎓 Talabalarning 20 mln 600 ming so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi.🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qaroriga asosan, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan talabalarning to‘lov-kontrakt xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.Kimlar kontrakt pulini to‘latib olishi mumkin?Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari: 🟢"Temir daftar" yoki "Ayollar daftari"ga kiritilgan oila farzandlari; 🟢Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarning professional ta’lim yoki OTM talabalari; 🟢Oila a’zolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironi bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlari.Alohida e’tiborga muhtoj yoshlar: 🟢Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida


Qonundan gapiramiz
24 авг., 06:10

Qonundan gapiramiz
20 авг., 07:26
#MeningHuquqim ✅🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda qonunga muvofiq har bir yosh fuqaroning huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi.Yosh fuqarolarning huquqlari va erkinliklari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.📝 “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun | 22-modda.#qonundan #yoshlar #siyosat🕊@qonundan_gapiramiz
Qonundan gapiramiz
5 авг., 04:16
переслано из @yosh_vatandoshlar
⚡️Yoshlar ishlari agentligidan yana bir yangi tashabbus: “Xorijdagi vatandoshlar”Millionlab xorijiy til ixlosmandlarini bir g‘oya atrofida jamlagan “Ibrat farzandlari” loyihasi tomonidan xorijdagi vatandoshlarimizning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish va erkin muloqot qilishlariga ko‘maklashish maqsadida “Xorijdagi vatandoshlar” moduli ishga tushirildi.Endilikda har bir o‘zbekistonlik o‘z kasbiga oid ilmiy hamda texnik iboralarni ilova orqali bepul o‘rganishi mumkin.Loyiha orqali dastlab logistika sohasida faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz ingliz tilida o‘z sohasiga oid bilimlarini mustahkamlashlari mumkin.Logistika sohasida ishlayotgan do‘stlaringizga ushbu xabarni yuborib qo‘ying!✔️Hoziroq ilovani yuklab oling va o‘rganishni boshlang:📱 Play market | 🍏 App storeBizni ijti


Qonundan gapiramiz
31 июл., 07:47
✅ Zo‘ravonlikni targ‘ib qilgan sportchi jarimaga tortildi hamda uning telefoni musodara qilindi19 yoshli sportchi Solihjon Ibragimov Instagram ijtimoiy tarmog‘ida zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi material joylashtirgani uchun huquqiy javobgarlikka tortildi.Ma’lum qilinishicha, "Salax" taxallusi ostida faoliyat yurituvchi sportchi o‘zining shaxsiy sahifasiga mashg‘ulot jarayonidan olingan videoni e’lon qilgan. U ushbu videoga "kelajakda rafiqasi faqat aniq zarbalarni qabul qilishi uchun mashq qilayotgani" haqidagi izohni qoldirgan.Mazkur holat bo‘yicha Nemolchi.uz loyihasi rahbari Irina Matviyenko ichki ishlar organlariga murojaat qilib, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi kontent e’lon qilgan fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Sud jarayonida sportchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymonligini bildirgan hamda yengillik

