gram news
Аватар канала Talimdagi Yangiliklar 24

Talimdagi Yangiliklar 24

@talimdagi_yangiliklar24

✅ Oliy ta’lim tizimidagi muhim yangiliklar — Qabul jarayonlari — Grant va stipendiyalar — OTM imkoniyatlari — Talabalar hayotiga oid dolzarb axborotlar @OTM_Edu — abituriyent va talabalar uchun ishonchli media maydon. Reklama: @UzInfo_ads

ПроектыENОбразование

20,900подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Talimdagi Yangiliklar 24

    25 сент., 16:55

    1-kursga qadam ranjida qilgan qizlarga akalik nasihatUyingizdan uzoqda yotoqxona yoki kvartirada o'zingizga xon o'zingizga bek yashashni boshladingiz. Bu degani kechasi 9-10 dan keyinam ko'chada yurish mumkin deganimas. O'zim Samarqandlikman kechga 11-12 atrofida shaxar ko'chalarida yoshgina 1-kurs chamasi qizlar yurgan bo'lishadi. 99.9% yigitlar sizni norm qiz deb o'ylamaydi yengiltak deb gap otib nohush ishlar bo'lib ketish xafi yuqori. Shunday ekan majbur bo'lsangiz ham kechda ko'chaga chiqishni tavsiya qilmayman...Aytgancha o'qish qalay ekan? Siz kutgandekmi? 😁🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy
    2,57035208753Открыть в Telegram
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    24 сент., 13:08

    ⚡️“Kontrakt”dan 12% daromad soligʻini qaytarib olish boʻyicha videoqoʻllanmaTalabalar kontrakti uchun qilingan toʻlovlardan 12%ini qaytarib olish maqsadida soliq organlariga borish shart emas. Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:— kontrakt; — nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari; — ipoteka kreditlari.❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.Saqlab qoʻying va yaqinlaringizga ham yuboring!@Talimdagi_Yangiliklar24
    3,460видео7111Открыть в Telegram
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    23 сент., 13:03

    ⚡️1-yoʻnalishga super kontrakt qilish mumkinmi?Koʻpchilik soʻragan mavzu!Super-kontrakt boʻyichi amaldagi tartib qoidaga koʻra, 5 ta yoʻnalishdan birortasiga oʻqishga kirgan abituriyentlar 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqish imkoniga egalar. Bunda super-kontrakt miqdori yetmay qolgan balldan qat'iy nazar 4,05 ballik shkaladan koʻproq hisobda amalga oshiriladi. Ya'ni 1 ball yetmay qolgan boʻlsa ham 4,05 balldan koʻproq yetmay qolganlar bilan bir xil miqdorda super-kontrakt toʻlanadi.❓Nima uchun ariza berib boʻlmayapti?Ayni vaqtda kontrakt.edu.uz saytida oʻqishga qabul qilingan abituriyentlar 1-yoʻnalishga super kontrakt qilish imkoniyati hozircha mavjud emas. Sababi 2026/2027 oʻquv yili uchun davlat komissiyasi tomonidan super-kontraktda oʻqish tartibi e'lon qilingani yoʻq. Ya'ni amaldagi tartib bu yil oʻzgaradimi yoʻqmi degan savol javobi mavhum boʻlgani sababli ariza berish imkoniyati ochilmadi.▶️Oʻtgan yili 22-sentabrda super-kontrakt tartibi e'lon qilingan va shu kunidan boshlab 1-yoʻnalishga ariza berish imkoniyati ochilgan edi. Bu yil esa jarayon biroz kechikib ketdi, lekin albatta super-kontrakt boʻyicha tartib e'lon qilinadi. Amaldagi qoida oʻzgaradimi yoki qoʻshimchalar kiritiladimi bunisi hozircha noma'lum.‼️Oʻqishga kirib qolgan lekin u yerda oʻqishni istamaydigan talabalar dars jarayonlarida ishtirok etib turishlari hamda super-kontrakt boʻyicha tartib e'lon qilinguniga qadar kontrakt toʻlovlarini toʻlamay turishlari tavsiya etiladi.Super-kontrakt boʻyicha tartib oktabr oyiga qadar (shu hafta) e'lon qilinishi kutilmoqda.@Talimdagi_Yangiliklar24
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    22 сент., 05:40

    ⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish tartibi o‘zgardi – kvota joriy qilindiMilliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish endi har bir hudud uchun ajratilgan o‘rinlar soni (kvota)dan kelib chiqib amalga oshiriladi.Shu sababli ariza topshirish muddati tugamagan bo‘lsa ham, belgilangan joylar to‘lishi bilan hududda ro‘yxatdan o‘tish yopilishi mumkin.Tahlil qiladigan boʻlsak:Bu kabi oʻzgarish sertifikat bilan bogʻliq kutilayotgan yangiliklarning amaldagi birinchisi. BMBA rasmiy munosabatida "Mavjud resurslardan oqilona foydalanish xolos, sun'iy ravishda sertifikatlilar sonini kamaytirish emas" deb atayotgani aslida shunchaki tinchlantirish xolos.Aslida bu kabi chora tadbirlar sertifikatlilar sonining oshib ketishi natijasida yuzaga kelgan bu yilgi muammolarga yechim sifatida qilinayotgan holat. Sertifikat imtihonlarida roʻyxatdan oʻtishdagi qoʻyilgan bu kvota,
    3,590154322Открыть в Telegram
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    19 сент., 17:54

    ⚡️Rasman: Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.Bu muddat:• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar; • oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar; • oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy
    4,40084Открыть в Telegram
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    19 сент., 16:52

    ⚡️Bitiruvchilarning mehnat bozoridagi ko‘rsatkichlariOliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining sifat indeksiga ko‘ra, mehnat bozorida qizlarning bandlik darajasi 85,1 foizni, yigitlarniki esa 80,4 foizni tashkil etgan.Ishga joylashish muddati: ➖ Qizlar — o‘rtacha 2 oyda ➖ Yigitlar — o‘rtacha 3 oydaO‘rtacha ish haqi: ➖ Yigitlar — 6 mln so‘m ➖ Qizlar — 3,9 mln so‘m🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy
    Иллюстрация к посту канала Talimdagi Yangiliklar 24Иллюстрация к посту канала Talimdagi Yangiliklar 24
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    18 сент., 17:10изменён

    #MasalandaTalabalardan talab qilinayotgan talablar, talabga javob bermaydi aslida...1-kurslar ham his qila boshlashgandir a?🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    18 сент., 17:08

    переслано из @ingliz_gramatikasi2

    😄 Қайси ойда туғилганизни ва гуруҳни танланг!Натижасини ўзиз кўрасиз 😄Яқинларга ҳам улашиб уларни ҳам хурсанд қилинг❗️
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    17 сент., 14:48

    ⚡️Keyingi yildan texnikumlarda o‘qib hamshira bo‘lish amaliyoti bekor bo‘ladi.O‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning ikki yillik o‘quv dasturlariga qabul bekor qilinadi.Yaʼni hozir ikki yillik tibbiyot texnikumlari faqat mana shu yil o‘quvchi qabul qila oladi, keyingi o‘quv yilidan boshlab:“hamshiralik ishi” negizida “tibbiy hamrohlik ishi” mutaxassisligi;“oliy hamshiralik ishi” negizida “oliy tibbiy hamrohlik ishi” bakalavriat taʼlim yo‘nalishi joriy etiladi (bitiruvchilarga hamshira hamda erkaklarga tibbiyot og‘asi kvalifikatsiyasi beriladi);“oliy tibbiy hamrohlik ishi” bo‘yicha davlat buyurtmasi 2030/2031 o‘quv yiliga qadar har yili kamida 20 foizga oshirib boriladi.🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    16 сент., 13:37

    ⚡️Rasman: Tibbiyot yoʻnalishlariga oʻtish ballari oshiriladiPrezidentning 2026-yil 10-sentyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 191-son farmoni qabul qilindi.Farmonga koʻra, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmasevtika sohasida bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga, shu jumladan, maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida toʻplash lozim boʻlgan maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi.Ya'ni ayni vaqtdagi mavjud minimal 56,7 oʻtish bali endilikda 113,4 ball etib belgilandi. Bundan kam miqdor toʻplaganlar hatto super-kontrakt ham qila olmaydilar.‼️2026/2027 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida:▶️bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari,
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    16 сент., 13:29

    Hamma kutgan tibbiyot yoʻnalishlariga oid farmon nihoyat qabul qilindi.Tez orada yangiliklarni e'lon qilamiz
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    14 сент., 18:56

    ⚡️Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash mumkinTo‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan talabalar kontraktni bir yil davomida 4 qismga bo‘lib to‘lashi mumkin:➖ 25% — 1-kurslar 15-sentyabrgacha, yuqori kurslar 1-oktyabrgacha ➖ 50% — 1-yanvargacha ➖ 75% — 1-martgacha ➖ 100% — 1-maygacha❗️Muddatlar uzaytirilishi mumkin. 1-kurslar uchun muddatni Davlat qabul komissiyasi, boshqa holatlarda OTM rektori belgilaydi.🔰 Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari va nodavlat oliygohlar kontrakt miqdori va muddatlarini o‘zlari belgilaydi.✅ Super-kontrakt uchun ham bo‘lib to‘lash mumkin.📝 Kontrakt to‘lovi bo‘yicha ariza kontrakt.edu.uz orqali yuboriladi.🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy
    7,660732Открыть в Telegram
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    14 сент., 16:48

    ⚡️Davlat oliygohida oʻqigan yaxshimi yoki xususiy oliygohda? (Tahliliy maqola)Bugungi kunda odamlar orasida haligacha davlat oliygohida oʻqish kelajakni (diplomni) kafolatlaydi degan tushuncha bor. Xususiy oliygohlarga ishonch yoʻq, diplomi oʻtmay qolishi mumkin degan qoʻrquv sabab davlat oliygohining qandaydir keraksiz yoʻnalishiga oʻqishga kirib qolsa ham oʻqiyverishadi.Aslida eng katta xato mana shu!Bugungi kunda davlat oliygohimi yoki xususiymi uning farq yoʻq. Eng katta masala ta'lim yoʻnalishida. Ayni vaqtdagi talabgir yoʻnalishlar Yurisprudensiya, tibbiyot, iqtisod va Filologiya. Soʻnggi yillarda mana shu yoʻnalishlarga talab oshib ketdi. Sababi bu sohalarga talab mavjudligi hamda turli tarmoqlarda ishlash imkoniyati.Avvalgi yillardagi talabgir boʻlgan Tarix, Milliy gʻoya, Pedagogika, Psixologiya kabi yoʻnalishlar esa deyarli oʻlib boʻldi. Sababi bu yoʻnalishlar ham oz
    6,500621Открыть в Telegram
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    14 сент., 14:33

    ⚡️Barcha oliy ta'lim muassasalari tomonidan aloqa xati berilmoqda.Bugun 14-sentabr deyarli barcha davlat oliy ta'lim muassasalari tomonidan oʻqishini koʻchirib kelgan talabalarga aloqa xati berilmoqda (yoki oʻqish joyiga yuborilmoqda).Shu sababli "falon oliygoh aloqa xati beryaptimikin?" degan savol bermay oʻqishingizni koʻchirgan oliygoh bilan bogʻlaning hamda pasport nusxasi, transkritp, titul natijasi bilan mas'ullarga uchrang.🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    14 сент., 10:13

    ⚡️Talabani ishga qabul qilmaslik mumkinmi?O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, talabani ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish ta'qiqlanadi.🔰 MKning 119-moddasiga binoan, ish beruvchilar ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etishlari mumkin emas. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksining 49-moddasida ishga qabul qilmaslik yoki mehnat qonunchiligini buzgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 5-10 baravari miqdorida jarima solinishi belgilangan.📝 Agar ishga qabul qilish rad etilgan bo‘lsa, murojaatchining talabiga binoan ish beruvchi uch kun ichida rad etish sabablarini yozma ravishda asoslab berishi kerak. Bu javob ishga qabul qilishga mas’ul shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi shart.❗️Mehnat kodeksining 120-moddasiga muvofiq, agar ishga qabul qilmaslik qonunga
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    13 сент., 22:21

    ❗️“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonunni ma’qullandi.Maktab darsliklari 2031-yilgacha yangi alifboga oʻtkaziladi.🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy
    Иллюстрация к посту канала Talimdagi Yangiliklar 24Иллюстрация к посту канала Talimdagi Yangiliklar 24
    9,5701363Открыть в Telegram
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    13 сент., 13:49

    ⚡️ "6-yo‘nalishga kirib olib, endi o‘qimayman deganlar...""6-yo‘nalish bo‘yicha talabalikka tavsiya etildim, lekin endi u yerda o‘qimay, boshqa yo‘nalishga super-kontrakt qilmoqchiman" degan abituriyentlarning mantiqini tushunish qiyin.Birodar, 6-yo‘nalishni ham o‘z xohishing bilan tanlagan eding-ku! Maqsading talaba bo‘lish edi, marrangga erishding. Endi esa fikringni o‘zgartirishingdan ne naf?Eng alamli tarafi nimaligini bilasizmi?Siz shunchaki joyni band qilib, keyin "o‘qimayman" deyishingiz oqibatida, aynan shu yo‘nalishda o‘qishni chin dildan xohlagan boshqa bir abituriyent imkoniyatdan mahrum bo‘lib qolmoqda...Balki, super-kontraktda yo‘nalishlarni mutlaqo erkin tanlash tartibini ham qayta ko‘rib chiqish kerakdir? Chunki ba’zan berilgan imkoniyat va erkinliklarga mas’uliyat bilan yondashishni unutib qo‘yayotgandekmiz. 🤦‍♂️🤩 Kanalga
    5,74024123211Открыть в Telegram
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    12 сент., 14:14

    #Mirziyoyev #Olmazor #talabalar #taqdimotPrezident Shavkat Mirziyoyevga talabalar shaharchasidagi yangi raqamli xavfsizlik tizimi taqdim etildiPrezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish chogʻida talabalar shaharchasida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan yangi raqamli tizim bilan tanishdi.Talabalar shaharchasida tashkil etilgan vaziyatlar markazi orqali hududdagi holatni real vaqt rejimida kuzatish, turli maʼlumotlarni yagona tizimda jamlash va tezkor tahlil qilish imkoniyati yaratildi.🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy
    7,050видео4Открыть в Telegram
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    11 сент., 15:37

    ⚡️ Davlat magistratura kontrakti pulini to'lab berishi uchun xotin-qizlar nima qilishi kerak?Qonunchilikka ko'ra, magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.❗Eslatma:super-kontrakt asosida o'qishga kiradigan talabalarga davlat kontraktini qoplab bermaydi. Imtiyozdan foydalanish uchun bazaviy kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan bo'lish kerak.🤩 Kanalga obuna bo'ling👇🏻 https://t.me/+_KEB856ucjZhZjUy
    8,3801054Открыть в Telegram
  • Talimdagi Yangiliklar 24

    8 сент., 19:37

    ⚡️Kelgusi yildan qabulda o‘zgarish bo‘ladi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, bu yil diplomatiya yo‘nalishiga qabul bo‘yicha kutilganidan ancha ko‘p abituriyent yuqori natija qayd etgan. Vazir aytishicha