Последние посты

TOSHKENT VOHASI
22 сент., 07:15
переслано из @otabek_khasanov
Biz 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan o‘z davlat mustaqilligimizni qo‘lga kiritdik.Aslida buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgan.Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat esa adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgan.Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda.Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas
TOSHKENT VOHASI
22 сент., 04:57изменён
Hurmatli Sayyora Mavlyanovna!Sizni tavallud kuningiz bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi hamda “Toshkent vohasi” jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ezgu ishlaringiz va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi mehnatingiz doimo qadrlanib, yangi zafarlar bilan bardavom bo‘lsin!Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin! 🌷✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram| Facebook | YouTube


TOSHKENT VOHASI
22 сент., 04:18
переслано из @sshmirziyoyeva
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное




TOSHKENT VOHASI
21 сент., 09:33
#taqdimotAngrenda 2026–2027 o‘quv yili uchun ta’lim strategiyasi taqdim etildiAngren shahridagi 40 ta umumta’lim maktabida 2026–2027 o‘quv yilida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan bir yillik ta’lim strategiyasi pedagoglar ishtirokida taqdim etildi.Taqdimotlar davomida strategiyaning 5 ta ustuvor yo‘nalishi, ularning aniq maqsad va vazifalari, amalga oshirish mexanizmlari hamda kutilayotgan natijalari batafsil tushuntirildi.Jarayonning asosiy e’tibori strategiyani qog‘ozdagi reja sifatida emas, balki maktablardagi ta’lim jarayoniga bevosita tatbiq etiladigan amaliy dastur sifatida shakllantirishga qaratildi.Ta’lim strategiyasining izchil amalga oshirilishi orqali maktablarda ta’lim sifati va pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |




TOSHKENT VOHASI
21 сент., 09:32изменён
O‘zbekiston harbiylari Koreyadagi jangovar musobaqada birinchi o‘rinni egalladiNufuzli musobaqada AQSH, Ozarbayjon, Avstraliya va Polsha kabi mamlakatlardan 500 nafar ishtirokchi qatnashgan. Bahslarda o‘zbek harbiylari yangi rekordlar qayd etgan.🇺🇿Yurtimiz sarhadlari ishonchli qoʻllarda!✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram | Facebook | YouTube


TOSHKENT VOHASI
21 сент., 08:33изменён
O‘zbekistonda jahon darajasidagi hujayra texnologiyalari markazi barpo etiladiMamlakatni ilg‘or ishlanmalar yaratiladigan, ishlab chiqariladigan va bemorlarni davolashda qo‘llanadigan hujayra texnologiyalari va hujayra terapiyasining jahon markazlaridan biriga aylantirish maqsad qilingan.✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram | Facebook | YouTube


TOSHKENT VOHASI
21 сент., 04:54изменён
“Layli va Majnun”ni o‘qigan inson muhabbatning qadriga yetadi, uni e’zozlaydi va asraydi.Shavkat Mirziyoyev🇺🇿🇰🇷Koreyada Prezident bilan uchrashuvda ishtirok etgan vatandoshlarimiz tomonidan Alisher Navoiy asarlarini koreys tiliga tarjima qilish taklifi ilgari surildi.✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram | Facebook | YouTube
TOSHKENT VOHASI
21 сент., 04:44изменён
#kun_iqtibosi“Eng ogʻir yuk – miyadagi fikrlardir”.✍️ Tomas Lerua✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram | Facebook | YouTube


TOSHKENT VOHASI
18 сент., 05:24изменён
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ladi.Ikki kunlik safar davomida davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan.Tashrif doirasida Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi.✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram | Facebook | YouTube


TOSHKENT VOHASI
18 сент., 05:24изменён
#mavsum_yumushlariPISKENT DALALARIDA PAXTA YIG‘IM-TERIMI QIZG‘INPiskent tumanida paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda. Ayni kunlarda yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Bugun tuman hokimi hamda tuman IIB rahbari hududdagi paxta dalalarida bo‘lib, terim jarayoni, hosildorlik va mavjud texnikalardan samarali foydalanish holatini o‘rgandilar.Dalalarda paxta terish kombaynlari faol ishlamoqda. Ayniqsa, Xitoyning Shinjon hududida qo‘llaniladigan ilg‘or agrotexnologiyalar asosida ekilgan maydonlarda har gektaridan 70 sentner va undan yuqori hosil olinayotgani quvonarli natijadir. Bu ko‘rsatkich zamonaviy agrotexnologiyalar va ilg‘or tajribaning amaliy samarasini namoyon etmoqda.Joriy mavsumda tumandagi 146 ta fermer xo‘jaligi 4 200 gektar maydondan 21 856 tonna paxta xomashyosi topshirishi rejalashtirilgan.✅Bizni kuzatishda
TOSHKENT VOHASI
18 сент., 03:59изменён
#36_sonHurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.#uzb35 #mustaqillik35✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram | Facebook | YouTube
TOSHKENT VOHASI
17 сент., 12:40изменён
#yangiruhiyat #xalqchildavlatPrezidentimizning Mustaqilligimizni 35-yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqidan✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram | Facebook | YouTube
TOSHKENT VOHASI
17 сент., 08:22
📍 ANGRENDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI🔹 Angren shahar 3-son texnikumida yoshlarning muammolarini o‘rganish, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.🤝 Ochiq muloqotda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari Anarbayev Salim Mahmudovich, Angren shahar hokimi o‘rinbosari Parpiyev Azizbek Mamatkasimovich, Yoshlar ishlari agentligi Angren shahar bo‘limi rahbari Uralov Elyor Shuhratillo o‘g‘li, shuningdek, sektor rahbarlari, IIB mas’ullari va tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdi.💬 Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kredit ajratish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.✅ Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan




TOSHKENT VOHASI
16 сент., 12:09изменён
#yangiruhiyat #xalqchildavlatPrezidentimizning Mustaqilligimizni 35-yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqidan✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | 📸 Instagram | 🔵 Facebook | ▶️ YouTube 📱
TOSHKENT VOHASI
16 сент., 11:11изменён
📚 Toshkent viloyatida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminarlari bo‘lib o‘tdi!Toshkent viloyatida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminarlari bo‘lib o‘tdi.📌 Seminar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etildi.✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | 📸 Instagram | 🔵 Facebook | ▶️ YouTube 📱
TOSHKENT VOHASI
16 сент., 11:08изменён
Toshkent viloyatida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminarlari o‘z ishini boshladi.Seminar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilmoqda.Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan strategik g‘oya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, yurtimizning kelgusi taraqqiyoti bilan bog‘liq muhim vazifalarni joylarda keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan.Seminarlar davomida hudud aholisi, targ‘ibotchilar va jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar




TOSHKENT VOHASI
16 сент., 04:29
переслано из @toshvilpressa
#musobaqaToshkent viloyati yoshlari shaxmatchilarimizni qo‘llab-quvvatlaydi!15–27-sentyabr kunlari Samarqand shahrida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkazilmoqda!Tarixda ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida tashkil etilayotgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.♟Olg‘a, shaxmatchilar! 🇺🇿Olg‘a, O‘zbekiston!Milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaylik!✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
TOSHKENT VOHASI
16 сент., 03:40изменён
#kun_tabrigiTavallud kuningiz muborak bo‘lsin!Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari Anarbayev Salim Maxmudovichni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, uzoq umr va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ezgu ishlaringizda doimo omad va zafarlar yor bo‘lsin!Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!Hurmat bilan, Toshkent viloyati bo‘limi jamoasi.✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | 📸 Instagram | 🔵 Facebook | ▶️ YouTube 📱


TOSHKENT VOHASI
15 сент., 11:13изменён
Koreya kompaniyasi O‘zbekistonda robotlar ishlab chiqariladigan zavod qurilishiga 100 mln dollar sarflaydiUshbu davlat bilan sunʼiy intellekt, farmatsevtika, biotexnologiya va boshqa shu kabi istiqbolli, yuqori texnologiyali sohalarda yanada ko‘proq qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | 📸 Instagram | 🔵 Facebook | ▶️ YouTube 📱


TOSHKENT VOHASI
15 сент., 11:06изменён
#tezkor ⚡️O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat narxi 7 foizga oshirildiShu yil sentyabrdan BHM miqdori oshirilgani sabab to‘lov 9,5 mln so‘m (ilgari 8,8 mln so‘m edi) bo‘ldi.✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | 📸 Instagram | 🔵 Facebook | ▶️ YouTube 📱

