gram news
Аватар канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

@uzagroministry

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry 📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy ☎️ Ishonch telefoni: 1243

ПроектыENРазноеПодтверждён Telegram

18,100подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    23 сент., 11:30

    #mavsum2026 #PaxtaChellenj“Oq oltin”ga to‘lgan dalalar: O‘zbekiston tumanida paxta yig‘im-terimi avjida☁️ Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda. Tumandagi 4 ming 100 gektar maydonda yetishtirilgan hosilni qisqa muddatda va sifatli yig‘ib olish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanilmoqda.🚜 Terim jarayonida zamonaviy paxta terish mashinalari ham samarali ishga solinib, dalalardagi hosilni tez va sifatli yig‘ib olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.🗣Ayni kunlarda tumandagi “Mulla Abduqodir” fermer xo‘jaligida ham terim ishlari jadal davom etmoqda. Xo‘jalikda har gektardan 60 sentnerdan ortiq hosil olish ko‘zda tutilgan.🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
    965видео21Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    23 сент., 10:15

    🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱Qaysi mahsulotlarni muzlatkichda saqlash mumkin emasligini bilasizmi?🥔Kartoshka – agar kartoshka muzlatkichda saqlansa, poʻchogʻi qorayadi va yaxshi koʻrinishini yoʻqotadi. Bundan tashqari, kartoshka kraxmali asta-sekin shakarga aylana boshlaydi — ildiz mevalari shirin boʻlib, foydali moddalar yoʻq boʻlib ketadi. Kartoshkani qorongʻi hamda salqin joyda saqlash tavsiya etiladi.🧅Piyoz – doimiy ravishda toza havo bilan taʼminlanishi kerak — uni toʻrli qoplarda sotishlari bejiz emas. Uni kartoshka bilan saqlash mumkin emas, sababi ular oʻrtasida reaksiya boshlanadi, bu esa piyozlarning toʻliq yaroqsiz holga kelishiga olib keladi.🧅 Sarimsoqpiyoz – tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, sarimsoqpiyoz erta unib chiqadi va sovuq havoda yomonlashadi. Bundan tashqari, u ham piyoz kabi toza havoga muhtoj. Shuningdek, uni ham boshqa sabzavotlar, ayniqsa mevalar birga saqlamaslik kerak. Aks holda ularning barchasi sarimsoqpiyoz tufayli taʼmi oʻzgaradi.🍅Pomidor – muzlatkichda saqlash uchun qo‘yilganda bu mahsulot tezda yumshaydi va foydali xususiyatlarini yoʻqotadi, ularni xona haroratida qorongʻi joyda saqlash yaxshidir.🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
    Иллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
    1,2602111Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    23 сент., 09:30изменён

    Ta’ziyaButun hayoti va faoliyatini qishloq xo‘jaligi sohasi rivojiga bag‘ishlagan taniqli fermer, O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov 79 yoshida vafot etdi.Parda Ziyatov 1947-yilda Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlab, Samarqand qishloq xo‘jaligi texnikumida agronom mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.Mehnat faoliyatini Sharof Rashidov tumanidagi Hamroqul Nosirov nomidagi jamoa xo‘jaligida tabelchi sifatida boshlagan. Keyinchalik mazkur xo‘jalikda brigada boshlig‘i, shirkat xo‘jaligi bosh pudratchisi kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.2003–2018-yillarda Sharof Rashidov tumanidagi “Quyoshsevar Parda” fermer xo‘jaligiga rahbarlik qilib, mamlakatimizda agrar islohotlarni amalga oshirish va fermerlik harakatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. Paxtachilik va g‘allachilikda o‘zining tajriba maktabini yaratgan zahmatkash fermer, mohir tashkilotchi sifatida munosib obro‘-e’tibor qozondi.Parda Ziyatov ko‘plab yoshlarga ustozlik qilib, qishloq xo‘jaligi sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasida ham alohida jonbozlik ko‘rsatdi.U 1990–1995-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, 2005–2015-yillarda Oliy Majlis Senati a’zosi hamda ko‘p yillar davomida xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputati sifatida faoliyat yuritib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash, qurilish-bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shdi.Parda Ziyatov so‘nggi yillarda ham, nafaqada bo‘lishiga qaramasdan, qishloq va mahallalarni obod qilish, keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etdi.Parda Ziyatovning ko‘p yillik samarali mehnati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, unga “O‘zbekiston Qahramoni” yuksak unvoni berilgan.Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamoasi Parda Ziyatovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
    Иллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
    1,760863Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    23 сент., 09:02

    Ismaloq qanday foydali xususiyatlarni o‘zida jamlagan?🌱O‘simlik tarkibida ko‘plab muhim vitaminlar va minerallar mavjud bo‘lib, ular inson salomatligi uchun katta ahamiyatga ega. U A, C, K, E, B2 va B6 vitaminlariga boy, shuningdek, temir, kaltsiy, magniy, fosfor va kaliy kabi muhim elementlarni o‘z ichiga oladi.Ismaloq kuchli antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lib, hujayralarni zararli erkin radikallardan himoya qiladi, qarish jarayonini sekinlashtiradi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.📌Shuningdek, ismaloq tarkibidagi kaliy va magniy elementlari tufayli qon bosimini me’yorda ushlab turishga yordam beradi. Undagi lutein va zeaksantin moddalar ko‘z to‘qimalarini ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi va katarakta xavfini kamaytiradi.Ismaloq suyaklarni mustahkamlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Uning tarkibidagi K vitamini kollagen sintezini qo‘llab-quvvatlab, suyak zichligini oshiradi. Yana bir muhim jihat shundaki, ismaloq immunitet tizimini mustahkamlaydi va organizmni infeksiyalardan himoya qiladi.🟢Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ismaloq saraton hujayralarining o‘sishini to‘xtatishga yordam beradi hamda ayrim xavfli kasalliklarning oldini oladi. Shu sababli ismaloqni muntazam ravishda iste’mol qilish tavsiya etiladi.📹Ushbu video lavha orqali ismaloq yetishtirish bo‘yicha barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
    1,250видео111Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    23 сент., 07:15

    🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱Sigirga "zebra" chiziqlari: kamroq pashsha, kamroq bezovtalik!🐄 Yapon olimlari 6 ta qora rangli sigirda zebraga o‘xshash oq-qora chiziqlarni sinab ko‘rgan. Natijalar 2019-yilda PLOS ONE jurnalida e’lon qilingan. Fermer uchun qanday foydasi bor?1. Pashshalar kamroq qo‘nadi. Tajribada chaquvchi pashshalar soni taxminan 50% kamaygan. Faqat qora bo‘yoqli chiziqlar bunday samara bermagan.2. Sigir kamroq bezovtalanadi. Bosh silkitish, oyoq tepish va dum qimirlatish kabi pashsha haydash harakatlari kamaygan.3. Xotirjam oziqlanish va dam olishga yordam berishi mumkin.4. Pashshaga qarshi insektitsidlarga ehtiyojni kamaytirish imkoni bor.5. Mahsuldorlikni asrashga xizmat qilishi mumkin. Ammo oxirgi uchta foyda hozircha kutilgan imkoniyatlar: oziqlanish va dam olish vaqti, qo‘shimcha sut, vazn hamda xarajat tejami bu sinovda o‘lchanmagan.🖌Tajribada qanday qilingan?Qora jun ustiga suv asosidagi bo‘yoq bilan 4–5 sm kenglikda oq chiziqlar chizilgan. Bir sigirni bo‘yash taxminan 5 daqiqa olgan. Bo‘yoq bir necha kunda xiralashgani uchun har bir kuzatuv kuni ertalab yangilangan. Bir marta bo‘yash butun mavsumga himoya emas!🗣Tabiatdan g‘oya olaylik, ilm bilan tekshiraylik, chorvamizni asraylik!🔗 Maqola bilan to‘liq tanishish: https://journals.plos.org/plosone/article?id=10.1371/journal.pone.0223447🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
    Иллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
    1,410321Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    23 сент., 06:01

    Zamonaviy agrotexnologiyalar asosida barqaror hosildorlikka erishilmoqda🌱 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi hamda joriy mavsumdagi hosildorlik ko‘rsatkichlari bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatida bo‘lib turibdi.📌 Tashrif dasturiga muvofiq, dastlab Mingbuloq tumanidagi “Gigant MMTP” hududida joylashgan “Elita urug‘chilik” fermer xo‘jaligi dala maydonidagi holat o‘rganildi.🌲 17 gektar maydondagi mazkur dalada g‘o‘za Shinjon usulida parvarishlanib, zarur agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatlarda amalga oshirilgan. Natijada g‘o‘za tuplari yaxshi rivojlanib, ko‘saklarning asosiy qismi to‘liq ochilgan va hosil terimga tayyor holatga kelgan.🔗 Dala holati bilan tanishish davomida vazir agrotexnik tadbirlarning amaliy natijalariga e’tibor qaratdi. Hosilning bir maromda ochilgani va terimga tayyor holatga kelgani dalada olib borilgan ishlarning samaradorligini ko‘rsatmoqda.📰 Vazir o‘z navbatida, paxta terimini sifatli tashkil etish, mehnat unumdorligini oshirish hamda hosilni nobud qilmasdan o‘z vaqtida yig‘ib olish bo‘yicha mutasaddilarga zarur tavsiyalar berdi. Albatta, yuqori hosildorlik — mehnatsevar dehqon va fermerlarimiz fidoyiligi, zamonaviy agrotexnologiyalarni to‘g‘ri qo‘llash hamda ilmiy yondashuv samarasidir. Zero, har bir terilgan paxta tolasi mamlakatimiz agrar salohiyatining yuksak ifodasidir.🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
    Иллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
    1,93051111Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    23 сент., 05:20

    переслано из @press_secretary_uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi.Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan.Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетит Андижанскую область.Программой двухдневной поездки предусмотрено ознакомление с промышленным и инвестиционным потенциалом региона, проектами в сферах энергетики, сельского хозяйства, транспорта, туризма и других. Глава нашего государства также осмотрит результаты созидательной работы в махаллях. Намечено ввести в строй новые мощности и дать старт реализации перспективных проектов.Кроме того, состоится совещание, посвященное приоритетным направлениям дальнейшего развития Андижанской области.Facebook|Instagram|X
    Иллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
    1,0702111Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    23 сент., 04:30

    Qashqadaryoda konservatsion dehqonchilik texnologiyalari amaliyotda✍️Qashqadaryo viloyatida FOLUR–O‘zbekiston loyihasi doirasida konservatsion dehqonchilik va resurs tejamkor texnologiyalarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.🇺🇿Qarshi shahridagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida tashkil etilgan Trenerlar tayyorlash dasturida 20 nafar ilmiy xodim va qishloq xo‘jaligi mutaxassisi ishtirok etdi. Ularga No-Till, o‘simlik qoldiqlarini dalada saqlash, almashlab ekish va tuproq namligini asrash kabi konservatsion dehqonchilik usullari bo‘yicha amaliy bilimlar berildi.🍚Tadbirning amaliy qismi Qamashi tumanidagi “Jovli bobo o‘g‘li Baxtiyor” fermer xo‘jaligida o‘tkazildi. Bu yerda fermerlar, agronomlar, mexanizatorlar, olimlar va loyiha mutaxassislari ishtirokida No-Till texnologiyasi asosida bug‘doy ekish jarayoni namoyish etildi.🚜40 gektarlik dalada “Nushkent” navli bug‘doy No-Till seyalkasi yordamida ekildi. Bunda yer haydalmadi, somon va boshqa o‘simlik qoldiqlari tuproq yuzasida saqlanib, urug‘lar bevosita himoya qatlami orqali tuproqqa joylashtirildi.ℹ️No-Till texnologiyasi tuproq namligini saqlash, shamol va suv eroziyasini kamaytirishga xizmat qilishi bilan birga, yerga ishlov berish operatsiyalarini qisqartirish orqali yoqilg‘i, mehnat va vaqt sarfini kamaytirish imkonini beradi.🔍Ekinlarning rivojlanishi, tuproq namligi, resurslardan foydalanish va yakuniy don hosildorligi tahlil qilinib, texnologiyaning mahalliy sharoitdagi samaradorligi baholanadi.Ma’lumot uchun: FOLUR–O‘zbekiston loyihasi barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, yer resurslarini kompleks boshqarish va resurs tejamkor dehqonchilikni joriy etishga qaratilgan. Loyiha GEF ko‘magida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda FAO hamkorligida amalga oshirilmoqda.🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
    Иллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
    1,850311Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 18:14

    Agrar sohada raqamli yechimlar: Agrosanoatni raqamlashtirish markazi “ICTWEEK Uzbekistan – 2026”da🗣Bugun, poytaxtimizda mamlakatdagi yirik texnologik tadbirlardan biri — “ICTWEEK Uzbekistan – 2026” haftaligi o‘z ishini boshladi.🌱Raqamli texnologiyalar sohasidagi so‘nggi ishlanmalar, innovatsion yechimlar va ilg‘or tajribalar namoyish etilayotgan ushbu yirik tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazi ham o‘z ishlanmalari va raqamli yechimlari bilan ishtirok etmoqda.💻Markazning haftalikdagi ishtiroki agrar sohada raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini qishloq xo‘jaligiga keng joriy etish va tarmoq boshqaruvini yanada samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor
    Иллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
    4684211Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 16:31

    Biologik himoyani rivojlantirishda Xitoy tajribasi o‘rganilmoqda🗣O‘simliklarni biologik himoya qilishda zamonaviy texnologiyalar va yangi usullarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik ishlari davom etmoqda.🌱 Ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Biosifat” respublika markazi xodimlari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, biologik himoya yo‘nalishidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda.🦗🦗Tashrif doirasida, xususan, yangi turdagi entomofaglarni ko‘paytirish va sabzavot ekinlaridagi oqqanot zararkunandasiga qarshi qo‘llash bo‘yicha ilmiy izlanishlarga e’tibor qaratilmoqda.Xitoydagi zamonaviy laboratoriya va issiqxonalarda biologik himoya vositalarini yetishtirish, qo‘llash va amaliyotga joriy etish tajribasi
    Иллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
    917211Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 16:04

    🌱🌱🌱🌱🌱🌱Chorvadorlar uchun 8 muhim maslahat4-Maslahat: Tajriba almashish – natijaga eltuvchi amaliy yo‘l!Chorvachilikda yillar davomida to‘plangan tajriba katta ahamiyatga ega. “Ustoz chorvadorlar guruhi” orqali tajribali chorvadorlarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini yosh hamda tajribasi kam chorvadorlarga yetkazish mumkin.Ustoz-shogird tizimi qanday ishlaydi? Tajribali chorvador boshqalarga nimalarni o‘rgatishi mumkin?🎥 Amaliy tavsiyalar – videoda🌐Website 💬Telegram 💬Facebook
    880видео111Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 15:20

    🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱Toshkent davlat agrar universiteti “O‘simliklar klinikasi” loyihasi bo‘yicha tanlov e’lon qiladi🇺🇿Toshkent davlat agrar universiteti Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida “O‘simliklar klinikasi” xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.☘️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ–135-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda zamonaviy “O‘simliklar klinikasi” xizmatlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
    Иллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
    945111Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 14:45

    Jomboyda to‘qsonbosti ekinlarini ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi🇺🇿Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Esonturdiyev agrofirmasi” hududiga qarashli “Beshbola agro VEK” MChJda 2027-yil hosili uchun to‘qsonbosti ekinlarini ekishga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.🌱 Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas'ullari, tuman hokimi X. Nazarov, O‘zbekiston Fermerlari kengashi raisi o‘rinbosari A. Raximov, Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i B. To‘g‘alov hamda Viloyat fermerlari kengashi raisi A. Rabbimov ishtirok etdi.🌾 Seminar davomida fermerlarga to‘qsonbosti ekinlarini o‘z vaqtida ekish, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish hamda kelgusi yil hosili uchun sifatli poydevor yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.🌐Website
    Иллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
    1,120111Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 14:01

    Dual ta’lim: nazariya va amaliyot uyg‘unligi🏢 Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan dual ta’lim jarayonlari izchil davom etmoqda.✍️Xususan, Agrobiologiya fakulteti Agronomiya ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari Oltinko‘l tumanida joylashgan “Oltinkoʻl Agroklaster” MChJda dual ta’lim doirasida amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqdalar.📚 Amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar dalalarda, shuningdek, laboratoriya xonalarida bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, mutaxassislik fanlari bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlamoqda.🤫 Bunday amaliy mashg‘ulotlar bo‘lajak agronomlarning kasbiy kompetensiyalarini
    2,060видео211Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 13:15

    Inklyuziv issiqxonalar: yangi imkoniyatlar sari qadam🌱 Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Nuriddin Qo‘shnazarov BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti — FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi va O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashdi.🗣Muloqotda qishloq hududlarida imkoniyati cheklangan shaxslarning bandligini ta’minlash, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda zamonaviy issiqxona xo‘jaligidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.🏠Uchrashuvda FAOning “Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay issiqxonalar orqali ijtimoiy inklyuziya va bandlikni rag‘batlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Loyiha doirasida O‘zbekistonda SmartGreen
    Иллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 12:32

    🇺🇿🇮🇷O‘zbekiston–Eron qishloq xo‘jaligi biznes-forumi ikki mamlakat o‘rtasidagi agrar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash va amaliy loyihalarni shakllantirish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.🗣Forum doirasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport-importini rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi B2B uchrashuvlar orqali yangi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.🌐Website 💬Telegram 💬Facebook
    1,700видео4321Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 11:33

    AgroExpo Uzbekistan 2026: ko‘rgazma oldidan yangi tashabbuslar maydonga chiqmoqda🇺🇿 Joriy yilning 25-27 noyabr kunlari poytaxtimizda o‘tkaziladigan “AgroExpo Uzbekistan 2026” xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi oldidan agrar tarmoq vakillari, hamkor tashkilotlar ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.📄 Norasmiy va samimiy muhitda kechgan uchrashuvda “AgroExpo Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasi, tadbirlar dasturi hamda tashrif buyuruvchilar uchun yangi imkoniyatlarni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.ℹ️Muloqot davomida ko‘rgazmaning asosiy maqsadi faqat zamonaviy texnika va texnologiyalarni namoyish etish bilan cheklanib qolmasligi, balki ishlab chiqaruvchi va xaridor, fermer va investor, mahalliy hamda xorijiy kompaniyalar o‘rtasida yangi aloqalarni
    Иллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIИллюстрация к посту канала QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
    3,3104211Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 10:30

    📺 “O‘zbekiston 24” telekanali “Axborot 24” informatsion dasturi orqali “Paxtachilikda ilmiy yondashuv va ilg‘or texnologiyalar yuqori hosil hamda sarf-xarajatlarni tejashni ta’minlamoqda” sarlavhasi ostida tahliliy reportaj efirga uzatildi🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
    1,480видео4311Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 09:48

    переслано из @rasmiy_axborot_official

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda. Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
    1,1506221Открыть в Telegram
  • QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

    22 сент., 09:33

    Biznes-forum: yangi bozor va yangi imkoniyat sari🇺🇿🇮🇷O‘zbekiston va Eron o‘rtasida qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari savdosi jadal sur’atlarda o‘smoqda. 2024-yilda 91 million dollarni tashkil etgan o‘zaro savdo aylanmasi 2025-yilga kelib, 144,2 million dollarga yetdi.📈 Joriy yilning yanvar-avgust oylarida esa bu ko‘rsatkich 139,6 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 45,7 foizga oshdi.🗣Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston-Eron qishloq xo‘jaligi biznes-forumi ushbu ijobiy dinamikani yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydonga aylandi.✍️ 100 nafardan ortiq tadbirkor va soha vakillari ishtirok etgan forumda investitsiya, eksport-import, zamonaviy agrotexnologiyalar va
    1,420видео532Открыть в Telegram