gram news
Аватар канала UzA | Sport

UzA | Sport

@uzasport

🇺🇿 Oʼzbekiston Milliy axborot agentligining sport yangiliklari kanali •https://jch.uza.uz/ •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •https://www.youtube.com/c/UzAuzb •https://t.me/addlist/AuNWGj8TeEk4MzMy

ПроектыENСпорт

10,300подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • UzA | Sport

    22 сент., 16:25изменён

    O’zbekiston Milliy terma jamoasi darvozaboni Abduvohid Ne’matov JCH-2026 doirasida Portugaliyadan 5 ta gol o’tkazgani haqida fikr bildirdi.🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
    1,280видео2061Открыть в Telegram
  • UzA | Sport

    22 сент., 15:26

    13 yoshli Yu Zidi Osiyo o‘yinlarida ikkinchi oltinini qo‘lga kiritib, rekord o‘rnatdiXitoylik 13 yoshli suzuvchi Yu Zidi 2026-yilgi Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirib, ketma-ket ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi.U ayollar o‘rtasidagi 200 metrga kompleks suzish finalida 2 daqiqa 6,10 soniya natija ko‘rsatib, Osiyo o‘yinlarining yangi rekordini o‘rnatdi. Yu Zidi ushbu bahsda jamoadoshi Yu Yitingni ortda qoldirdi. Yiting 2:07,99 natija bilan kumush, yaponiyalik Mio Narita esa 2:10,40 ko‘rsatkich bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.Yu Zidi bir kun avval ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgandi. U 200 metrga batterflay usulida 2:05,08 natija qayd etib, musobaqa rekordini yangilagan edi.200 metrga kompleks suzishdagi yangi natija jahon rekordidan atigi 0,40 soniyaga sekinroq bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishdagi jahon rekordi kanadalik Sammer
    Иллюстрация к посту канала UzA | SportИллюстрация к посту канала UzA | Sport
    1,560431Открыть в Telegram
  • UzA | Sport

    22 сент., 14:14

    Narimonjon Ahmadjonov Superliga 22-turining eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldiO‘zbekiston Superligasining 22-turi yakunlariga ko‘ra, "Bunyodkor" yarim himoyachisi Narimonjon Ahmadjonov eng yaxshi yosh futbolchi sifatida e’tirof etildi.21 yoshli futbolchi "Buxoro"ga qarshi bahsda jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. Uchrashuvning 8-daqiqasida aynan Ahmadjonovning uzatmasidan so‘ng Shahzodjon Ne’matjonov hisobni ochgan edi.Mazkur o‘yinda Narimonjonning xG ko‘rsatkichi 0,29 ni tashkil etdi. Bundan tashqari, u 3 ta kalit uzatmani amalga oshirib, hujumlarni tashkil etishda faol bo‘ldi.🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
    Иллюстрация к посту канала UzA | SportИллюстрация к посту канала UzA | Sport
  • UzA | Sport

    22 сент., 13:29

    Mbappe Fransiya safida 100 ta gol urishni maqsad qilganini yashirmadiFransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe milliy jamoa safida 100 ta gol urish imkoniyati haqida fikr bildirdi.27 yoshli hujumchining aytishicha, avval bunday ko‘rsatkichga erishishni deyarli imkonsiz deb hisoblagan. Biroq Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining natijalari uning qarashlarini o‘zgartirgan."Ikki futbolchi bor — Ronaldu va Messi. Ular buning imkoni borligini isbotlashdi. Agar bu savolni menga oldinroq berganingizda, "yo‘q", deb javob bergan bo‘lardim. Ammo ular yo‘l ochib berdi. Shunday ekan, nega endi yo‘q?" — deya Mbappening so‘zlarini The Touchline keltirdi.Mbappe ayni paytda Fransiya terma jamoasi safida 66 ta gol urgan va mamlakat milliy jamoasi tarixidagi eng sermahsul futbolchi hisoblanadi.Avvalgi rekord Olivye Jiruga tegishli bo‘lib, u Fransiya safida 57 marta raqiblar darvozasini
    Иллюстрация к посту канала UzA | SportИллюстрация к посту канала UzA | Sport
  • UzA | Sport

    22 сент., 11:59

    Osiyo o'yinlari: 🇺🇿O‘zbekiston U-23 terma jamoasining chorak finaldagi raqibi aniqlandiOsiyo o‘yinlari futbol musobaqasining "D" guruhidan o‘rin olgan Koreya Respublikasi va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahsda koreyalik futbolchilar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruhda birinchi o‘rinni egalladi.Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi chorak final bosqichida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv 25-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da "Mizuho" stadionida boshlanadi.G‘olib jamoa Osiyo o‘yinlarining yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
    Иллюстрация к посту канала UzA | SportИллюстрация к посту канала UzA | Sport
  • UzA | Sport

    22 сент., 11:12

    Messi 🇦🇷Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yini oldidan maxsus post qoldirdi"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash oldidan ijtimoiy tarmoqda ramziy post qoldirdi."So‘nggi o‘yin. Bir umrlik libos", — deb yozdi 39 yoshli futbolchi Instagram sahifasida.Messi 6-oktyabr kuni Argentina milliy jamoasi safida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazishi kutilmoqda. Bu bahsda argentinaliklarga Benin terma jamoasi raqiblik qiladi.Hujumchi shu vaqtga qadar milliy jamoa libosida 207 ta uchrashuv o‘tkazib, 125 ta gol va 68 ta golli uzatma qayd etgan.Messi Argentina bilan jahon chempioni bo‘lgan, shuningdek, ikki marta Amerika kubogini qo‘lga kiritgan. 6-oktyabrdagi bahs uning milliy jamoadagi so‘nggi uchrashuvi bo‘lishi kutilmoqda.🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi
    Иллюстрация к посту канала UzA | SportИллюстрация к посту канала UzA | Sport
  • UzA | Sport

    22 сент., 09:46

    Superliga 22-turida qariyb 39 ming muxlis stadionlarga tashrif buyurdiO‘zbekiston Superligasining 22-tur uchrashuvlarini stadionlardan jami 38 870 nafar muxlis kuzatib bordi.Turning eng yuqori tomoshabin ko‘rsatkichi Namanganda qayd etildi. “Navbahor” — “Dinamo” uchrashuvini Namangan markaziy stadionida 15 851 nafar muxlis bevosita kuzatdi.Keyingi o‘rinlardan “Xorazm” — “Qizilqum” uchrashuvi joy oldi. Xorazm sport majmuasida o‘tgan bahsga 7 420 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. “Andijon” — “Nasaf” uchrashuvini esa “Bobur Arena”da 6 747 nafar muxlis kuzatdi.22-tur uchrashuvlaridagi muxlislar tashrifi:“Navbahor” — “Dinamo” — 15 851 “Xorazm” — “Qizilqum” — 7 420 “Andijon” — “Nasaf” — 6 747 “Lokomotiv” — “Neftchi” — 4 650 “Bunyodkor” — “Buxoro” — 1 479 “So‘g‘diyona” — OKMK — 1 350 “Mash’al” — “Paxtakor” — 1 061 “Surxon” — “Qo‘qon-1912” — 312Shu tariqa, 22-turda eng ko‘p muxlis
    Иллюстрация к посту канала UzA | SportИллюстрация к посту канала UzA | Sport
  • UzA | Sport

    22 сент., 08:55

    O‘zbekiston futzal terma jamoasi bugun Niderlandiyaga qarshi maydonga tushadiBugun, 22-sentyabr kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bahs Zeyst shahridagi KNVB Campus majmuasida tashkil etiladi.Xose Mariya Mendes boshchiligidagi terma jamoamiz uchun mazkur uchrashuv Yevropa safari doirasidagi navbatdagi muhim sinov bo‘ladi. O‘zbekiston futzalchilari kuchli raqibga qarshi bahs orqali xalqaro tajribasini oshirish va keyingi musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Niderlandiya futzal terma jamoasi o‘z maydonida harakat qilishi uchrashuvga qo‘shimcha qiziqish bag‘ishlaydi. Terma jamoamiz esa safardagi bahsni ijobiy natija bilan yakunlashga intiladi.O‘rtoqlik uchrashuvi 🇳🇱 Niderlandiya — O‘zbekiston 🇺🇿 📅 22-sentyabr ⏰ 15:00 | Toshkent vaqti 🏟 KNVB Campus, Zeyst
    Иллюстрация к посту канала UzA | SportИллюстрация к посту канала UzA | Sport
  • UzA | Sport

    22 сент., 08:06

    Granit Jaka emlanganlik sertifikatini qalbakilashtirishda ayblanmoqdaShveysariya terma jamoasi yarim himoyachisi Granit Jaka COVID-19ga qarshi emlanganlik sertifikatini qalbakilashtirish bilan bog‘liq ish ortidan milliy terma jamoa tarkibidan chetlatildi.Xabarlarga ko‘ra, Jaka o‘z aybini tan olgan va o‘sha paytda COVID-19ga qarshi vaksinatsiyaga ishonchsizlik bilan qaraganini bildirgan.Futbolchiga oid ish oktyabr oyida sudda ko‘rib chiqiladi. Unga besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkinligi aytilmoqda.Avvalroq Shveysariyaning Blick nashri Lyutsern prokuraturasi Jakaga nisbatan COVID-19ga qarshi emlanganlik sertifikatini noqonuniy yo‘l bilan olish bilan bog‘liq tergov olib borayotgani haqida xabar bergan edi.Futbolchining vakili Andreas Bantel esa Jakada COVID-19ga qarshi ikki marta — 2022-yil yanvar va noyabr oylarida emlanganini tasdiqlovchi shifokor
    Иллюстрация к посту канала UzA | SportИллюстрация к посту канала UzA | Sport
    1,920722Открыть в Telegram
  • UzA | Sport

    22 сент., 07:51изменён

    Hilola Sobirova — Osiyo o‘yinlari kumush medali sohibiYaponiyada davom etayotgan Aichi–Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir kumush medal qo‘shildi.Aralash jang san’ati — MMA bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi -60 kg vazn toifasida Hilola Sobirova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz finalda Singapur vakili Tiffani Teoga qarshi bahs olib bordi va yakunda Osiyo o‘yinlarining kumush medali bilan taqdirlandi.Sobirova final yo‘llanmasini yarim finalda Kambodja vakili Dalin Chenni mag‘lub etib qo‘lga kiritgan edi. O‘zbekistonlik sportchi mazkur bahsning har ikki raundida ustunlik ko‘rsatgan.E’tiborlisi, MMA Aichi–Nagoya-2026da Osiyo o‘yinlari dasturiga ilk bor kiritildi. Shu tariqa, Hilola Sobirova ushbu sport turi bo‘yicha Osiyo o‘yinlarining dastlabki kumush medal sohiblaridan biri sifatida tarixdan joy oldi.
    Иллюстрация к посту канала UzA | SportИллюстрация к посту канала UzA | Sport
  • UzA | Sport

    22 сент., 07:22

    Darya Latisheva — Osiyo o‘yinlari kumush medali sohibasiYaponiyada davom etayotgan Aichi–Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi medal qo‘shildi.Ushu bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Darya Latisheva taolu bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz o‘z chiqishlarini yuqori saviyada yakunlab, Osiyo o‘yinlari shohsupasining ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.Latisheva uchun bu Osiyo o‘yinlaridagi navbatdagi sovrin bo‘ldi. Tajribali sportchimiz 2018-yilgi Osiyo o‘yinlarida ham kumush, Xanchjou-2022 bahslarida esa bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.Shu tariqa, Darya Latisheva ketma-ket uchinchi Osiyo o‘yinlarida medal sohibiga aylandi va O‘zbekiston delegatsiyasi medallar jamg‘armasiga yana bir kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
    Иллюстрация к посту канала UzA | SportИллюстрация к посту канала UzA | Sport
    1,890431Открыть в Telegram
  • UzA | Sport

    22 сент., 07:08изменён

    3-turdan soʻng “C” guruhidagi turnir jadvali bilan tanishing🇺🇿 Oʻzbekiston terma jamoasi guruh bosqichida 100 foizlik natija qayd etdi.🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
    Иллюстрация к посту канала UzA | SportИллюстрация к посту канала UzA | Sport
  • UzA | Sport

    22 сент., 07:02изменён

    🇺🇿O‘zbekiston U-23 🇻🇳Vyetnamni mag‘lub etdiAichi–Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari futbol musobaqasining guruh bosqichi 3-turida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Vyetnamni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.Muhammadali Oʻrinboyev va Nurlan Ibraimov gollarga mualliflik qildi.Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoamiz shu tariqa guruh bosqichidagi uchinchi uchrashuvini ham g‘alaba bilan yakunladi. O‘zbekiston avval Filippinni 5:1, Quvaytni 2:0 hisobida mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritgan edi.Uchta uchrashuvdan 9 ochko jamg‘argan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunladi.🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
    Иллюстрация к посту канала UzA | SportИллюстрация к посту канала UzA | Sport
  • UzA | Sport

    22 сент., 06:38

    🇺🇿 O‘zbekiston — Eron 🇮🇷: ikki terma jamoa tarkibidagi yulduzlar va eng qimmat futbolchilar24-sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Farg‘onada Eron bilan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bahs oldidan har ikki jamoa tarkibidagi taniqli futbolchilar alohida e’tibor markazida.O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi — Abduqodir Husanov. “Manchester Siti” himoyachisining bozor qiymati so‘nggi e’lon qilingan Transfermarkt ma’lumotlarida 35 million yevro atrofida baholangan. Shu tariqa, Husanov nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchilaridan biri hisoblanadi.Fabio Kannavaro yig‘inga Husanov bilan birga terma jamoaning yana bir qator yetakchilarini chaqirgan. Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev ham tarkibning asosiy yulduzlari sanaladi. May oyidagi Transfermarkt baholarida
    Иллюстрация к посту канала UzA | SportИллюстрация к посту канала UzA | Sport
  • UzA | Sport

    22 сент., 06:28изменён

    Uchrashuvning 67-daqiqasiga kelib, Nurlan Ibraimov hisobni ishonchli koʻrinishga keltirdi - 0:2.🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
    2,160видео1082Открыть в Telegram
  • UzA | Sport

    22 сент., 06:02изменён

    Birinchi boʻlim yakunlandi🇻🇳 Vyetnam 0:1 Oʻzbekiston 🇺🇿Terma jamoamizning yagona goliga Muhammadali Oʻrinboyev mualliflik qildi.🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
    Иллюстрация к посту канала UzA | SportИллюстрация к посту канала UzA | Sport
    24,800551Открыть в Telegram
  • UzA | Sport

    22 сент., 05:41

    🇺🇿 Firdavs Atamuradov — Osiyo o‘yinlari kumush medali sohibi!Yaponiyada davom etayotgan Aichi–Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi medal qo‘shildi. Aralash jang san’ati — MMA bo‘yicha -60 kg vazn toifasida Firdavs Atamuradov kumush medalni qo‘lga kiritdi.Hamyurtimiz musobaqa davomida muvaffaqiyatli janglar o‘tkazib, finalgacha yetib bordi. Yarim finalda u Qirg‘iziston vakili Dastan Kanibek Uuluni 2:0 hisobida mag‘lub etib, oltin medal uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritgandi.Hal qiluvchi bahsda Atamuradov oltin medal uchun kurash olib bordi va yakunda Osiyo o‘yinlarining kumush medali bilan taqdirlandi. Bu natija O‘zbekiston delegatsiyasining Aichi–Nagoya-2026dagi medallar jamg‘armasini yana bittaga boyitdi.E’tiborlisi, MMA Aichi–Nagoya-2026da Osiyo o‘yinlari dasturiga ilk bor kiritilgan. Shu tariqa,
    Иллюстрация к посту канала UzA | SportИллюстрация к посту канала UzA | Sport
  • UzA | Sport

    22 сент., 05:03изменён

    🇺🇿 Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining 🇻🇳 Vyetnamga qarshi bahs uchun asosiy tarkibi ma’lum 🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • UzA | Sport

    22 сент., 04:41

    Superliga: 22-tur bahslari yakunlandiFutbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 22-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Sakkizta bahsning barchasida g‘olib aniqlandi — tur davomida birorta ham durang qayd etilmadi.Turning eng yirik g‘alabasi Andijonda kuzatildi. “Nasaf” safarda “Andijon”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Qarshiliklar safida hatto darvozabon Abduvohid Ne’matov ham penaltidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.“Paxtakor” safarda “Mash’al”ni 2:1 hisobida yengdi. Toshkentliklarning har ikki goliga Flamarion Jovino mualliflik qildi. “Navbahor” esa beshta gol urilgan bahsda “Dinamo”dan 3:2 hisobida ustun keldi.Turning boshqa uchrashuvlarida “Bunyodkor” “Buxoro”ni 2:1, OKMK “So‘g‘diyona”ni 2:1, “Neftchi” “Lokomotiv”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. “Surxon” esa “Qo‘qon-1912” ustidan 1:0 hisobida muhim g‘alabaga erishdi.22-turga Urganchdagi bahs nuqta qo‘ydi. “Qizilqum” “Xorazm”ga
    Иллюстрация к посту канала UzA | SportИллюстрация к посту канала UzA | Sport
  • UzA | Sport

    22 сент., 04:05

    🇺🇿 Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining 🇻🇳 Vyetnamga qarshi bahs uchun asosiy tarkibi ma’lum🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
    Иллюстрация к посту канала UzA | SportИллюстрация к посту канала UzA | Sport
    2,0402211Открыть в Telegram