gram news
Аватар канала UzA | Tezkor xabarlar

UzA | Tezkor xabarlar

@uzauz

Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot

ПроектыENНовостиПодтверждён Telegram

26,300подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • UzA | Tezkor xabarlar

    23 сент., 05:39

    Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari g‘oliblarini rag‘batlantirish miqdorlari oshiriladi"Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari g‘oliblari va sovrindorlari hamda ularning trenerlarini munosib rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ–346-son, 21.09.2026 y.) qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan shaxmatchilarimiz hamda ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdorini oshirish belgilandi.Qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi shaxmatchilari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlarining miqdorlari yuqorida keltirildi.Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
    Иллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlarИллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlar
  • UzA | Tezkor xabarlar

    23 сент., 05:24

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi.Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan.Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
    Иллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlarИллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlar
  • UzA | Tezkor xabarlar

    23 сент., 05:23

    O‘zbekistonda elektromobillar soni 122,7 mingtaga yetdiMilliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda 122,7 mingta elektromobil ro‘yxatga olingan.Hududlar bo‘yicha elektromobillar soni:Toshkent shahri — 88 496 dona;Toshkent viloyati — 9 546 dona;Samarqand viloyati — 4 870 dona;Xorazm viloyati — 3 784 dona;Qashqadaryo viloyati — 3 045 dona;Farg‘ona viloyati — 2 442 dona;Navoiy viloyati — 2 227 dona;Buxoro viloyati — 1 963 dona;Andijon viloyati — 1 607 dona;Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 387 dona;Namangan viloyati — 1 237 dona;Sirdaryo viloyati — 993 dona;Jizzax viloyati — 701 dona;Surxondaryo viloyati — 429 dona.Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
    Иллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlarИллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlar
  • UzA | Tezkor xabarlar

    22 сент., 10:48

  • UzA | Tezkor xabarlar

    22 сент., 08:11

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
    Иллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlarИллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlar
  • UzA | Tezkor xabarlar

    21 сент., 12:51

    📝📝📝📝📝📝📝O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shukurov Anvar Ismatovichga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator” faxriy unvonini berish to‘g‘risida”gi FarmoniKanalga ulanish: 🏫 @uzauz
    Иллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlarИллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlar
  • UzA | Tezkor xabarlar

    21 сент., 12:50

    📝📝📝📝📝📝📝O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jubayev Baxtiyar Taylakovichni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi FarmoniKanalga ulanish: 🏫 @uzauz
    Иллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlarИллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlar
  • UzA | Tezkor xabarlar

    21 сент., 11:57

  • UzA | Tezkor xabarlar

    21 сент., 11:42изменён

    Dubay–Toshkent yo‘nalishida 1,3 milliard so‘mlik zargarlik buyumlari aniqlandi“Dubay–Toshkent” yo‘nalishi orqali O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Tekshiruv davomida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan zargarlik buyumlari va oltin quymalari aniqlangan.Xususan, yuklar orasidan sof og‘irligi 921,37 gramm bo‘lgan 141 dona zargarlik buyumi hamda 3 dona oltin quyma topilgan.Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, aniqlangan zargarlik buyumlari va oltin quymalarining umumiy qiymati 1 milliard 293 million so‘mni tashkil etishi etdi.Shuningdek, fuqaroning yuklari orasidan aksiz markalari bo‘lmagan 120 quti tamaki mahsuloti hamda 90 dona nikotinli snyus ham aniqlangan.Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlashtirish ishlari olib borilmoqda.Kanalga ulanish: ➖@uzauz
    Иллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlarИллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlar
  • UzA | Tezkor xabarlar

    21 сент., 10:29

    🕵️‍♂️🕵️‍♂️🕵️‍♂️🕵️‍♂️Chirchiqda narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxslar ushlandiDXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chirchiq shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonni ijaraga olib, giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro qo‘lga olindi.2000 va 2002-yillarda tug‘ilgan mazkur shaxslar “Telegram” messyenjeridagi xorijlik kuratorlari tomonidan kontrabanda yo‘li bilan yetkazib berilgan “gashish moyi” va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlab, “gashish” giyohvandlik vositasini tayyorlashgan.Xonadon ko‘zdan kechirilganda, taxminiy og‘irligi 400 gr bo‘lgan “gashish”, 5 kg yarim tayyor mahsulot, narkotiklarni quritish
  • UzA | Tezkor xabarlar

    21 сент., 08:38

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasiga saylovlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.Davlatimiz rahbari bo‘lib o‘tgan saylovlar Rossiya jamiyatining yuksak siyosiy madaniyati va fuqarolik hamjihatligini yana bir bor yaqqol namoyon etganini ta’kidladi.Saylovchilarning rekord darajadagi ishtiroki va ovoz berish natijalari Rossiya fuqarolari Prezident Vladimir Putin rahbarligida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni davom ettirish va milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan strategik yo‘nalishga yuksak ishonch bildirayotgani hamda uni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat berishi qayd etildi.O‘zbekiston Prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari misli ko‘rilmagan sur’atlarda
    Иллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlarИллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlar
  • UzA | Tezkor xabarlar

    21 сент., 06:01

    Bankdagi omonatdan 300 ming dollar o‘zlashtirilgani aniqlandiFuqaro I.M. tijorat banklaridan birida 500 ming AQSH dollari miqdorida omonat saqlagan. Biroq keyinchalik uning omonatidagi mablag‘larning bir qismi yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi.O‘tkazilgan tekshiruvda bankning mas’ul shaxslari fuqaro I.M.ning nomidan qalbaki ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirib, omonatdagi 300 ming AQSH dollarini o‘zlashtirib, talon-toroj qilgani aniqlangan.Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fosh etilgan.Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi hamda 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
    Иллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlarИллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlar
  • UzA | Tezkor xabarlar

    19 сент., 09:30

    Kelasi yili qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludiga 200 yil to‘ladi.Prezidentimiz shoirning “Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun, o‘zim dema g‘amxo‘rlik qil xalq uchun” degan hikmatli so‘zlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ta’kidladi.Ulug‘ ziyolilarning ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish, raqamlashtirish, asrab-avaylash va xalqimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhimligi qayd etildi.Kelgusi yili Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash taklifi bildirildi.Mutasaddilarga bir oyda keng qamrovli dastur ishlab chiqib, uni amalga oshirishni boshlash topshirildi.Yig‘ilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglandi, Qoraqalpog‘iston faollari bilan muloqot qilindi.Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
    Иллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlarИллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlar
  • UzA | Tezkor xabarlar

    19 сент., 07:37

    Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim qamrovi 84 foizga yetgan. Biroq Amudaryo, Bo‘zatov, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Ellikqal’ada bu ko‘rsatkich hali ham pastligi qayd etildi.Endi Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit beriladi.Qolgan viloyatlarda kredit stavkasi markazdan uzoq-yaqinligiga qarab, 7 foizdan 15 foizgacha bo‘ladi.Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
    Иллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlarИллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlar
  • UzA | Tezkor xabarlar

    19 сент., 07:34

    BSI natijalari: qizlar ishga tezroq joylashmoqda, yigitlarda o‘rtacha ish haqi yuqoriroqBitiruvchilar sifati indeksi (BSI) doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalari jinslar kesimida ham tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, qizlar o‘rtasida bandlik darajasi yigitlarga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan, yigitlarda esa o‘rtacha ish haqi ko‘rsatkichi yuqoriroq qayd etilgan.BSI ma’lumotlariga ko‘ra, qizlar o‘rtasida bandlik darajasi 85,1 foizni, yigitlarda esa 80,4 foizni tashkil etgan. Shuningdek, ishga joylashishgacha bo‘lgan o‘rtacha muddat qizlarda 2 oy, yigitlarda esa 3 oyni tashkil qilgan.O‘rtacha ish haqi ko‘rsatkichi bo‘yicha esa boshqa nisbat kuzatiladi. Yigitlarning o‘rtacha ish haqi 6 million so‘m, qizlarniki esa 3,9 million so‘mni tashkil etgan.Bitiruvchilarning ta’lim yo‘nalishlari va mehnat bozoridagi natijalari ham alohida tahlil qilingan. Yuqori natija
    Иллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlarИллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlar
  • UzA | Tezkor xabarlar

    19 сент., 07:32

    Prezidentimiz Nukus shahridagi 1-son texnikumda yo‘lga qo‘yilgan kasbiy ta’lim tajribasini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.Texnikumda “Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan bo‘lib, bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati beriladi.Tadbirkor Salovutdin Ilyosov bu yerda 37 turdagi kichik asbob-uskuna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yoshlarga uskunasozlikni ham o‘rgatmoqda. Ushbu uskunalarni olgan 4 ming ishsiz daromad topishni boshlagan.Yangi yildan Amudaryo, Beruniy, Chimboy va Qo‘ng‘irotdagi bittadan texnikumda ham shu tajriba yo‘lga qo‘yiladi.1-oktabrdan asbob-uskuna uchun beriladigan ssuda miqdori 20 million so‘mdan 50 million so‘mga oshiriladi.“Usta-shogird” an’anasi asosida kasb o‘rganish xarajatlarini qoplash bo‘yicha yosh chegarasi 30 yoshdan 40 yoshga ko‘tariladi.Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
    Иллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlarИллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlar
  • UzA | Tezkor xabarlar

    19 сент., 07:32

    Qoraqalpog‘istonda 1 million 100 ming yoshlar bor, shundan 505 mingi 14-30 yoshda. Davlatimiz rahbari bu katta kuch ekanini, yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berish muhimligini ta’kidladi.Bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.Hududda xorijiy til sertifikatiga ega 98 ming, axborot texnologiyalari bo‘yicha 127 ming, aniq fanlar bo‘yicha sertifikat olgan 5,5 ming yosh bor. Ularning 10 mingi chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladi.Koreyadagi vatandoshimizning olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatib, ularni yuqori daromadli qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.Yil yakunigacha shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb etib, loyihalar boshlash topshirildi.Kanalga ulanish:
    Иллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlarИллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlar
  • UzA | Tezkor xabarlar

    19 сент., 07:31

    Kecha Nukus shahrining “Ashshiko‘l” hududida 50 ming aholiga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston” massivi – “Nukus siti” qurilishi boshlandi.270 gektarda ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejamkor texnologiyalar asosida osmono‘par binolar, biznes, savdo va servis markazlari, yashil xiyobonlar barpo etiladi. Investitsiya loyihalariga xorijdan salohiyatli investorlar jalb qilinadi.Nukusdagi Mustaqillik ko‘chasi tun-u kun ishlaydigan maskanga aylandi. 28 nafar tadbirkor ish boshlab, 50 nafarining faoliyati kengaygani hisobiga bir haftada savdo tushumi 2 karra oshdi.Nur va Elobod mahallalari Olmazorning Qichqiriq mahallasi namunasida obod qilinadi. Navro‘z bayramigacha shu yerdagi istirohat bog‘ida aholini jalb qiladigan zamonaviy maskan barpo etish topshirildi.Kegeylida 3,5 kilometr zovurni yopib, 100 ta servis obyekti qurish boshlangan. Buning hisobiga 320 ta ish o‘rni
    Иллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlarИллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlar
  • UzA | Tezkor xabarlar

    19 сент., 07:17

    Kelgusi bahordan Nukus tumanidagi 10 ming gektar maydonda qovun yetishtirish boshlanadi.Yil yakunigacha Ispaniya, AQSh, Niderlandiya va Xitoydan qovunning eng yaxshi navlari, urug‘chilik va agrotexnologiya bo‘yicha mutaxassislarni olib kelish topshirildi.Salohiyatli investorlarni jalb qilib, shu yerning o‘zida qovunni qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan xolding tashkil etiladi.Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtirilib, laboratoriya va sinov poligoni bilan ta’minlanadi.Ushbu muassasa Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryodagi qovun yetishtiruvchilar uchun tajriba almashish metodik markazi bo‘ladi.Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
    Иллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlarИллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlar
  • UzA | Tezkor xabarlar

    19 сент., 07:17

    Qoraqalpog‘istonda 30 ming gektarda sho‘rga chidamli olxo‘ri va kechki o‘rik plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha uch yillik dastur amalga oshiriladi.Prezidentimiz Kegeylidagi 330 gektar sho‘r yerda yaratilayotgan sanoatlashgan bog‘ni ko‘rganini qayd etdi. Yangi dastur doirasidagi 10 ming gektarda ishlar shu yil boshlanadi.Viloyat hokimlari 500 va 1 ming gektardan bog‘ yaratishga mas’ul bo‘ladi. Andijondan yer bo‘yicha mutaxassis va dehqonlar kelib, Kegeylida ishlarni boshlagan.Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyat hokimlari va Bog‘dorchilik agentligi o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar tuziladi. Ikki haftada har bir viloyat uchun yer ajratilib, kafolatli suv ta’minoti yaratiladi. Agentlik 1-oktabrgacha iqlimga mos ko‘chat navlari va ekish texnologiyalarini taqdim etadi.Viloyat hokimlari usta dehqon va agronomlarni jalb qilib, ularga uy-joy qurib beradi. Har bir
    Иллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlarИллюстрация к посту канала UzA | Tezkor xabarlar