gram news
Аватар канала UzTest | Rasmiy kanal

UzTest | Rasmiy kanal

@uztestrasmiy

🇺🇿 "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Matbuot xizmati 📍Murojaat uchun: @UzTEST_murojaatbot ☎️ +998781506353 ✅ Sifat — eng yaxshi natija!

1,010подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • UzTest | Rasmiy kanal

    22 сент., 14:40

    🔬 Laboratoriya uskunalari — aniqlik ortidagi texnologiya Laboratoriyada ishonchli natija faqat mutaxassisga emas, zamonaviy va tegishli laboratoriya uskunalariga ham bog‘liq. 🎥 Ushbu videoda Sinov Laboratoriyalari Markazidagi laboratoriya uskunalaridan ayrimlarini ko‘rsatamiz. Lekin uskuna shunchaki “qurilma” emas — uning yordamida qanday o‘lchov va sinovlar amalga oshirilishi yanada muhim. 📌 Laboratoriyalarimizda qanday uskunalar mavjud? 📌 Ular yordamida qanday mahsulotlar sinaladi? 📌 Sinov jarayoni amalda qanday kechadi? Bularni Instagram sahifamizda batafsil va real jarayonlar orqali ko‘rsatib boramiz. 👇 👉 Instagram sahifamizga o‘ting va bizni kuzatib boring: @uzsti_dm Instagram sahifasiMurojaat uchun: +998-97-442-44-19 📍 Manzil: 100059, Toshkent shahri, Cho‘pon ota ko‘chasi, 9V👉 Foydali ma’lumotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga obuna bo‘ling! Facebook |
    367видео211Открыть в Telegram
  • UzTest | Rasmiy kanal

    18 сент., 07:50

    ❄️ Konditsionerning energiya samaradorligi qanday sinovdan o‘tkaziladi? Bugun siz bilan Pskent tumanidagi energiya samaradorligini sinash laboratoriyasida konditsionerning real sinov jarayonini ko‘rib chiqdik. Sinov jarayonida: 🔹 mahsulot sinovga tayyorlanadi; 🔹 belgilangan sinov shartlari asosida o‘lchash ishlari olib boriladi; 🔹 sovutish va isitish unumdorligi aniqlanadi; 🔹 iste’mol quvvati va tok kuchi ko‘rsatkichlari o‘lchanadi; 🔹 olingan natijalar qayd etiladi; 🔹 yakunda sinov bayonnomasi rasmiylashtiriladi. 📌 Bu — laboratoriyadagi sinov jarayonining faqat bir qismi. Keyingi videolarda boshqa mahsulotlarning qanday sinovdan o‘tkazilishini ham real jarayonlar orqali ko‘rsatib boramiz.💬 Sizga qaysi mahsulotning sinov jarayoni qiziq? Kommentariyada yozib qoldiring.📩 Mahsulotingiz uchun sinov xizmatlari bo‘yicha ma’lumot olish uchun bizga murojaat qiling.Murojaat uchun:
    1,350видео52Открыть в Telegram
  • UzTest | Rasmiy kanal

    17 сент., 06:08изменён

    📝 MUVOFIQLIK DEKLARATSIYASI — BU NIMA? Mahsulotingiz uchun sertifikat kerakmi yoki muvofiqlik deklaratsiyasimi? Bu savol ko‘plab ishlab chiqaruvchi va importyorlarni qiziqtiradi. Muvofiqlik deklaratsiyasi — ishlab chiqaruvchi yoki importyor mahsulotining belgilangan texnik reglamentlar va standartlar talablariga muvofiqligini rasmiy ravishda e’lon qilishi hamda buning uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini bildiradi. ✅ Muvofiqlik deklaratsiyasi tizimi ishlab chiqaruvchi va importyorlar uchun qator qulayliklar yaratadi: 🔹 muvofiqlikni tasdiqlash jarayonlarini soddalashtirish imkonini beradi; 🔹 ortiqcha hujjatbozlik va jarayonlarni kamaytirishga xizmat qiladi; 🔹 vaqt va xarajatlarni tejash imkonini beradi; 🔹 mahsulotni belgilangan tartibda bozorga chiqarishni yengillashtiradi. ⚠️ Ammo muhim jihat: har qanday mahsulot uchun tadbirkor o‘z xohishiga ko‘ra deklaratsiya yoki
    1,250видео21Открыть в Telegram
  • UzTest | Rasmiy kanal

    14 сент., 09:46

    Muvofiqlik deklaratsiyasi: mahsulotni bozorda tezroq chiqarish va soddalashtirish imkoniyati📝 Muvofiqlik deklaratsiyasi — bu ishlab chiqaruvchi yoki importyor o‘z mahsuloti belgilangan texnik reglamentlar va standartlar talablariga mos ekanini rasmiy e’lon qilishi va buning uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini bildiradi. ✅ Bu tizimga o‘tish ishlab chiqaruvchilar va importyorlar uchun bir qator qulayliklar yaratadi. Jumladan: ✅ Sertifikatlashtirish jarayonlari soddalashadi; ✅ Ortiqcha hujjatbozlik va tekshiruvlar kamayadi; ✅ Natijada vaqt va xarajatlar tejalladi. ✅ Shuningdek, muvofiqlik deklaratsiyasi tizimi tadbirkorlik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi, ishlab chiqaruvchi va importyorlarga ishonch asosida yondashishni ta’minlaydi hamda mahsulotni bozorda tezroq chiqarishga yordam beradi. Ayniqsa, kichik va o‘rta biznes uchun bu tizim qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.Deklara
    Иллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanal
  • UzTest | Rasmiy kanal

    13 сент., 11:03

    SERTIFIKATMI YOKI DEKLARATSIYAMI? Ular bir xil narsa emas. Mahsulotingizni O‘zbekistonda qonuniy sotmoqchi bo‘lsangiz, avvalo mahsulot uchun muvofiqlikni baholash talab etiladimi va qaysi shaklda amalga oshirilishini aniqlash muhim. 🔹 Muvofiqlik sertifikati — sertifikatlashtirish tartibi asosida muvofiqlikni tasdiqlash shakli. 🔹 Muvofiqlik deklaratsiyasi — arizachi tomonidan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini deklaratsiyalash orqali tasdiqlash shakli. ⚠️ Muhim: “Deklaratsiya bo‘lsa, sinov kerak emas” — degan umumlashtirish to‘g‘ri emas. Sinov talab qilinadimi yoki yo‘qmi, bu mahsulotga qo‘llaniladigan talablar va tegishli deklaratsiyalash sxemasiga bog‘liq. 📋 To‘g‘ri tartib: Mahsulot nomi → TIF TN kodi → tegishli talablar → muvofiqlikni baholash shakli → zarur hujjatlar va sinovlar 📩 Mahsulotingiz bo‘yicha aniqlashtirmoqchimisiz? Kommentariyada “TEKSHIRUV” deb yozing
    Иллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanal
  • UzTest | Rasmiy kanal

    12 сент., 13:37

    🇺🇿 Mahsulotingizni O‘zbekistonda qonuniy sotmoqchimisiz?Unda darhol “menga sertifikat kerak” degan xulosaga shoshilmang.Avvalo, mahsulotingiz uchun muvofiqlikni baholash talab etiladimi va u qaysi shaklda amalga oshiriladi — shuni aniqlash muhim.📌 Amaldagi tartibga ko‘ra, mahsulot muvofiqligi: 🔹 muvofiqlik sertifikati orqali; 🔹 muvofiqlik deklaratsiyasi orqali tasdiqlanishi mumkin.📑 Bunda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-son qaroriga 4-ilovada keltirilgan muvofiqligi majburiy tasdiqlanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati hamda mahsulotga nisbatan belgilangan talablar ko‘rib chiqiladi.🔎 Mahsulotingiz ushbu ro‘yxatda bormi?Kommentariyada “43” deb yozib qoldiring 👇 📋 Sizga 43-son qarorning 4-ilovasidagi mahsulotlar ro‘yxati bo‘yicha ma’lumot taqdim qilamiz.🎥 Keyingi videolarimizda: ▫️ Muvofiqlik sertifikati nima? ▫️ Muvofiqlik deklaratsiyasi nima?
    1,370видео221Открыть в Telegram
  • UzTest | Rasmiy kanal

    11 сент., 08:49

    Muvofiqlik deklaratsiyasini hisobga olish tartibi Bizning Sinov Laboratoriya Markazimizda turli yo‘nalishdagi mahsulotlar bo‘yicha sinov xizmatlari ko‘rsatiladi.📞 Murojaat uchun: +998-97-442-44-19 📍 Manzil: 100059, Toshkent shahri, Cho‘pon ota ko‘chasi, 9V🕘 Ish vaqti: Dushanba–Juma, 09:00–18:00Sifatli sinov — ishonchli deklaratsiya!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | Sayt
    723видео221Открыть в Telegram
  • UzTest | Rasmiy kanal

    10 сент., 14:34изменён

    Siz bilgan UzTest endi yangi nom va yangi bosqichda — UzSTI DM. 🔬 Bizning asosiy yo‘nalishimiz o‘zgarmaydi — mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish, belgilangan talablar asosida sinovlarni amalga oshirish va ishonchli natijalarni taqdim etish. Endi bizni: UzSTI DM nomi ostida kuzatib boring. Bu sahifada siz: 🧪 mahsulot sinovlari; 📋 standartlar va texnik talablar; 📑 muvofiqlikni baholash; ⚙️ laboratoriya uskunalari; 👨‍🔬 mutaxassislar faoliyati; 📢 sohadagi yangiliklar haqida rasmiy va foydali ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Yangi nom. Yangi bosqich. Bir maqsad — sifat va ishonch. 📌 UzSTI DM sahifasiga xush kelibsiz!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | Sayt
    1,570видео114Открыть в Telegram
  • Channel photo updated

    10 сент., 13:56

  • UzTest | Rasmiy kanal

    13 авг., 12:21

    Farg‘onada eksport salohiyatini oshirish va xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqdaJoriy yilning 21-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida “Hudud va tarmoqlarda o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar” mavzusida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Mazkur yig‘ilishda berilgan topshiriqlar, xususan, eksport faoliyatini amalga oshirmayotgan maxsus iqtisodiy zonalar, 208 ta loyiha va milliy brendlar faoliyatini jonlantirish hamda ularning ijrosini samarali tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyatida eksport faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar faoliyati tahlil qilinmoqda. Asosiy e’tibor mazkur korxonalar tomonidan ishlab
    Иллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanal
  • UzTest | Rasmiy kanal

    8 авг., 09:31

    Farg‘onada “INNOVATIVE APPAREL” korxonasiga ISO 9001 xalqaro standarti joriy etildiFarg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida faoliyat olib borayotgan “INNOVATIVE APPAREL” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurilib, korxonaning to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari va eksport salohiyati bilan yaqindan tanishildi. Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda mazkur korxona tomonidan tayyorlanayotgan mayka, futbolka, ustki va sport kiyimlari Rossiya, Qozog‘iston, Belarus hamda Shveysariya kabi davlatlarga 1 792,0 ming AQSh dollari miqdorida muvaffaqiyatli eksport qilib kelinmoqda.Tashrif davomida jamiyat vakili A.Azizov bilan muloqot o‘tkazilib, korxona rahbariyatiga muvofiqlikni baholash tizimi hamda davlatimiz tomonidan tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
    Иллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanal
  • UzTest | Rasmiy kanal

    20 июл., 10:15

    переслано из @uzstandardchannel

    🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik tizimida xodimlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, intellektual salohiyatini oshirish hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga qaratilgan “Eng yaxshi kitobxon” va “Eng ko‘p kitob o‘qigan xodim” tanlovlari o‘tkazilgan edi.Tanlov yakunlariga ko‘ra, tanlov g'oliblari e'lon qilindi.✅Odinayev Mirjalol Xurram o‘g‘li - Raqamlashtirish va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi bosh mutaxassisi - "Agentlikning eng yaxshi kitobxon xodimi" naminatsiyasi g‘olibi✅Axmatxanova Nazokatxon Akromxonovna - O‘zbekiston milliy
    Иллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanal
  • UzTest | Rasmiy kanal

    20 июл., 10:06

    📣 Mustaqil izlanuvchilikga hujjatlar qabuli boshlandi🎓 “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi qoshidagi 05.03.01 — Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (tarmoqlar bo‘yicha) ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi talabgorlari uchun hujjatlar qabuli boshlandi.📆 Hujjat topshirish muddati: ⏳ 2026-yil 15-avgustga qadar 💻 Yagona elektron tizim orqali: http://daraja.ilmiy.uz📝 Talab qilinadigan hujjatlar: ➖ Obyektivka ➖ Magistr diplomi ➖ Mehnat daftarchasi nusxasi ➖ Ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta konferensiya tezisi bo‘lishi
    Иллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanal
  • UzTest | Rasmiy kanal

    16 июл., 07:06

    📢 Hurmatli yurtdoshlar, tashkilotlar vakillari va tadbirkorlar!O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-25-son Farmoniga asosan, tashkiliy tuzilmada muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.Unga ko‘ra, "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi O‘zbekiston standartlar institutiga qo‘shib olinish orqali qayta tashkil etilmoqda.Shu munosabat bilan, joriy yilning 15-avgustidan boshlab xizmat ko‘rsatish tartibiga quyidagi o‘zgarishlar kiritiladi: ➖ Sertifikatlashtirish faoliyati to‘xtatiladi: Markaz tomonidan mahsulotlarni sertifikatlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish to‘liq to‘xtatiladi.➖ Sinov xizmatl
    Иллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanal
  • UzTest | Rasmiy kanal

    1 июл., 11:29

    “UzTest” DM va Jizzax politexnika instituti o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasi yo‘nalishida hamkorlik kengaymoqdaTa’lim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini oshirish hamda soha uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Jizzax politexnika instituti vakillari “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida “UzTest” davlat muassasasining sinov laboratoriyalari faoliyati, mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar, zamonaviy standartlarni joriy etish hamda sifat menejmenti tizimlarini takomillashtirish borasidagi tajribalar haqida ma’lumot berildi.Uchrashuvda oliy ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
    Иллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanal
  • UzTest | Rasmiy kanal

    15 июн., 11:00

    Quvasoyda “AKPAMUK” korxonasida ISO 9001 xalqaro standarti joriy etildi“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining Farg‘ona filiali mutaxassislari Quvasoy shahridagi kalava ip mahsulotlarini Rossiya davlatlariga eksport qilib kelayotgan “AKPAMUK” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi hamda jamiyat rahbari M.Rahmanov bilan muloqot o‘tkazdi.Tashrif davomida korxona rahbariyatiga xalqaro sertifikatlashtirish tizimining eksport salohiyatini oshirishdagi o‘rni hamda davlatimiz tomonidan yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-noyabrdagi 729-sonli Qarori bilan yengil sanoat korxonalariga taqdim etiladigan moliyaviy yordam turlari va imtiyozlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.Uchrashuvning amaliy natijasi sifatida korxona faoliyatiga ISO 9001
    Иллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanal
  • UzTest | Rasmiy kanal

    12 июн., 07:16

    “UzTest” DM vakillari bo‘lajak soha mutaxassislarining yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etdiJizzax Politexnika institutining “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” yo‘nalishi bitiruvchilarining malakaviy ishlarini himoya qilish bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tmoqda.Nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 11-iyun kuni ushbu jarayonlar bevosita “O‘zMMI” DM Jizzax filiali bazasida tashkil etildi. Unda 16 nafar iqtidorli talabalar o‘z izlanishlarini soha mutaxassislari oldida himoya qildi.Davlat attestatsiyasi komissiyasi (DAK) raisi sifatida “UzTest” DM Jizzax filiali rahbari J.Xudoyberdiyev ishtirok etib, yoshlarning ilmiy ishlari va loyihalarini adolatli baholash jarayonida ishtirok etdi. Shuningdek, komissiya tarkibidan institut professor-o‘qituvchilari hamda “O‘zMMI” DMning tajribali mutaxassislari
    Иллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanal
    1,450211Открыть в Telegram
  • UzTest | Rasmiy kanal

    8 июн., 13:59

    “UzTest” DM delegatsiyasi Qozog‘istonda liftlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rgandiBugungi kunda shahar infratuzilmasi jadal rivojlanib, ko‘p qavatli binolar soni ortib borayotgan bir vaqtda, lift uskunalarining xavfsizligi va sifati eng dolzarb masalalardan biri sanaladi. Shu maqsadda, O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi davlat muassasasi delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib, “Казахстанский центр модернизатции и развития жилищно-коммуналного хозяйства “Texnopark” MChJ qoshida faoliyat yuritayotgan zamonaviy liftlarni sinovdan o‘tkazish laboratoriyasi ishi bilan yaqindan tanishdi.Amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston vakillari laboratoriyaning texnik bazasi, murakkab sinov jarayonlari hamda liftlarning xavfsizlik ko‘rsatkichlarini xalqaro standartlar asosida baholashning ilg‘or usullarini bevosita kuzatishdi.
    Иллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanalИллюстрация к посту канала UzTest | Rasmiy kanal