Последние посты

Yechim
22 сент., 15:04
HURMATSIZLIK CHEGARASIAssalomu alaykum, avvalambor javob uchun rahmat! Vaziyat biroz mushkul.Uylanganimga 1 yil bo‘ldi, bu orada ayolim bilan ancha sovuqlashib qoldik. Ayolim: «Erkin bo‘ling, ota-onangizdan separatsiya bo‘lishingiz kerak», deb ko‘p aytadi, lekin men shundoq ham o‘zim mustaqilman deyman. Yana bir holat: to‘ydan 3 oy o‘tib opam turmushidan qaytdi. 2 ta bolasi uyni yoyib tashlagani uchun ayolim «ishim ko‘rinmayapti» deb ko‘p shikoyat qiladi. «Hamma ayollardek oilaga vaqt ajratmayapsiz, men oxirgi o‘rindaman», deb qulog‘imni ham yeydigan bo‘lgan. Holbuki, ayolimning o‘zi universitetda o‘qigani sababli avvalo u uchun ishlayapman, lekin o‘zi tushunmaydi.Oxirgi 6 oydan beri sekin-asta itoatsizlik boshlanyapti. Yo‘lga solaman desam yoki qattiqroq gapirsam: «Ketaman, ketolmaymanmi?» deb gap boshlaydi. Men «oilamni saqlab qolaman» deganim sari buni suiiste’mol qilyapti.


Yechim
22 сент., 07:32
QIZNING O‘TMISHIMen bir qiz bilan 3 yil ishqiy munosabatda bo‘lganman. U qiz hozir boshqa bolaga turmushga chiqmoqchi.U yigit mendan bu qiz haqida, oldingi munosabatimiz haqida so‘rayapti. Hech kimga aytmasligini, xolis va aniq aytishimni so‘rayapti. Men aytsam, u qizga va uning oilasiga bu ma’lumotlarni yetkazadimi deb o‘ylayapman.Yetkazmasligiga qanday ishonsam yoki qanday chora qo‘llasam bo‘ladi?Javob uchun oldindan rahmat.G‘iyosiddin Yusuf:— Bor gapni ayting. Shunga qarab uylanish-uylanmaslikka qaror qiladi. Uydagilariga aytsa aytaversin, umuman unga uylanmasa ham yaxshi bo'ladi. Birov bilan uch yil ishqiy munosabatda bo'lgan qizni xotin qilib nima kerak?! Qilar ishni qilibsizlar, endi o'zingiz uylaning-da!#Oila_qurish


Yechim
22 сент., 03:00
ERNING OG‘IR YUKI VA SOG‘LIG‘IDAN XAVOTIRAssalomu alaykum, ustoz.Turmush qurganimizga 2 yildan oshdi, bir nafar farzandimiz bor. Turmush o‘rtog‘im va uning oilasi bilan munosabatlarimiz yaxshi. Faqat turmush o‘rtog‘imning imkoniyati cheklangan, yurolmaydigan, faqat bir joyda o‘tiradigan yoshi katta akasi bor. Tabiiyki, bir joyda o‘tirib zerikadi, ko‘chaga chiqqisi, aylangisi keladi, buni ham tushunaman. Lekin turmush o‘rtog‘im bir o‘zi ko‘tarib mashinaga olib chiqadi, bir uydan boshqasiga olib o‘tadi, keyin beli qattiq og‘rib qoladi. Buni uyidagilariga bildirmaydi. Ishlari ham yengil emas, ya’ni bir joyda o‘tirib ishlamaydi, ko‘p kuch va quvvat talab qiladigan ish.Qaynonamga: «Beli og‘riyapti, shunaqa bo‘lyapti», — desam, parvo qilmaydi. Akasiga: «Boshqa safar olib boray», desa, narsalarni otib to‘polon qiladi, yupatib bo‘lmaydi. Men yordamlashay desam, ikkinchi farzandimga


Yechim
21 сент., 07:32
QAYNONANING HAQORATI VA UYDAN HAYDASHQisqasi, otamni qaynonam «jinni» deya haqorat qildi. Men bu haqoratni ko‘tarolmay, qaynonam bilan tortishib qoldim. Endi qaynonam: «Yo‘qol uyingga, bolangni ham olib, menga keraging yo‘q!» deyapti.Savolim shuki: men to‘g‘ri ish qildimmi? Qaynonam «ket» degani uchun ketaymi? O‘g‘li esa «onamning ko‘nglini ol, ketmasdan» deyapti, lekin qaynonam mendan hamisha norozi.G‘iyosiddin Yusuf:— Qaynonangiz otangizni haqorat qilgani noto'g'ri, albatta. Ammo siz bunga javob qilib, tortishib ketishingiz oila tinchligini buzishi tayin edi. Haqoratiga javob qilish uchun og'ir-bosiqlik bilan unday demasligi aytish mumkin edi, ammo qaynona bilan janjallashib ketish yaxshi emas.Endi turmush o'rtog'ingizning aytganini qilib, munosabatlarni yaxshilashga harakat qiling. Siz qaynonangiz bilan barobar bo'lishga harakat qilsangiz, albatta sizdan norozi bo'ladi-da.


Yechim
21 сент., 05:37
MAS’ULIYATSIZ UKA VA UYLANTIRISH MUAMMOSIAssalomu alaykum.Mening ukam 23 yoshda. O‘tgan yili ammamning o‘g‘liga va yana kimgadir kredit olib bergani hamda ular umuman to‘lamagani uchun ukamni qamab qo‘yishdi. Ikki oy qamoqda yotdi, amallab pul topib chiqardik. Ukam sodda va ishonuvchan, shu sababli ham birovlarning krediti buning bo‘ynida qolib ketdi. Hali ham shu ishning mashmashalari tugamagan, hozirda kamida 40 millioncha qarz zimmasida turibdi — shuncha paytdan beri to‘lab qolgani bu.O‘zi esa tezroq uylanishni istaydi. Mening ham istagim shu: «Tezroq uylab qo‘ysak, xotini sal eplab olarmidi», — deyman. Ammo moddiy tomonlama bunga umuman sharoit yo‘q. Men ko‘p aytaman: «Yaxshi ishla, ko‘proq pul top, barini iziga solib, pul yig‘, keyin uylantiramiz», — deb. «Xo‘p, opacha», — deydi-da, lekin bir mas’uliyat degan narsa yo‘q, tayinli ishi ham yo‘q.O‘zi qamoqdan chiqarish uchun


Yechim
20 сент., 15:03
GO‘DAK TARBIYASI VA TELEFON ZARARIAssalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh.Alhamdulillah, baxtliman. Qaynonam ham, erim ham yaxshi insonlar. Kuzda turmush qurganimizga ikki yil bo‘ladi, yetti oylik farzandimiz bor.Bolaga telefon ko‘rsatishga qarshiman. O‘zi ko‘rishni yaxshi ko‘radi, lekin men bermaslikka harakat qilaman. Ammo qaynonam: «Ber, multfilm ham foydali. Bolang injiq, yig‘loqi, yig‘latmasdan tinchlantirishga harakat qil. Bola telefon bilan tinchlansa, bergin, bolani qiynama», deydilar.Mening telefonga qarshiligim to‘g‘rimi yoki qaynonamning gaplarimi? Qaynonamga telefonning zarari haqida ko‘p tushuntirdim, lekin foydasi bo‘lmayapti. Qanday yechim qilsam bo‘ladi?Farzandim ilmli bo‘lishini istayman, shu tomondan ham maslahat bering. O‘zim Qur’on xatm qilaman, badiiy, ilmiy, detektiv asarlar o‘qiyman, turmush o‘rtog‘im ham kitob o‘qiydilar.Nima maslahat berasiz?G


Yechim
20 сент., 03:01
QAYNONANING ERKAKLARGA HURMATSIZLIGI VA QIZLAR TARBIYASIAssalomu alaykum. Javobingiz uchun oldindan rahmat, ustoz.Uch nafar qizim bor: 7, 3 va 2 yoshdalar. Ularning tarbiyasida ba’zi qarorlarga kelishga va yechim topishga qiynalayotganim sababli sizga murojaat qilyapman.Qaynonam qaynotamni va erimni hurmat qilmaydi, mensimaydi. Ba’zan juda qo‘pol, yomon gaplar bilan urishadi. Erimni ham yosh bola deb bilib, o‘zicha muomala qiladi, vaholanki u kishi 30 yoshda. Qizlarim ham otasi va bobosining gapiga kirmaydi, chaqirishsa bormaydi. Dasturxon atrofida ham kinolardagi ochiq sahnalar-u er-xotinlik munosabatlarini bemalol gaplashib o‘tirishadi. Erim esa qizlarining unga bo‘lgan hurmatsizligidan menga e’tiroz bildiradi.Bu holatda qizlarni har kuni ulardan qo‘riqlab yurolmayman-ku. Lekin alohida ovqatlansammi deb ham o‘ylab qolyapman. Nima qilsam bo‘ladi?G‘iyosiddin Yusuf:— Va alayku


Yechim
19 сент., 15:04изменён
OILA AJRIMI VA MAHR MASALASIAssalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh.Ustoz, maslahatingiz juda zarur.To‘yimga 4 oy bo‘lyapti va oilamiz ajrim yoqasida turibdi. Erim mahrimni bermagan edi.Endi bu nima bo‘ladi? Ajrimdan sal oldin berishi kerakmi yoki ajrashib ketsak bermaydimi?Javobingiz uchun oldindan rahmat.G‘iyosiddin Yusuf:— Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh. Mahr masalasini fatvo hay'atidan so'raysiz. Men ajrashish sabablarini bilib, imkon bo'lsa, oilani asarab qolish tarafdoriman.#Muammo


Yechim
19 сент., 07:32
SOXTA NIKOH VA SINOVLI AJRIMAssalomu alaykum, yaxshimisiz, ustoz? Ilmingiz ziyoda bo‘lsin.Turmush qurganimga 1 yil bo‘ldi. Erim bilan o‘rtamizda farzand yo‘q. Hozir ajrim yoqasidaman. Erim menga unashtirilganimizdan keyin xiyonat qilganini bilib qoldim. 3 marta qo‘l ko‘tardi. Bir nechta krediti borligini, to‘yimiz uchun ham kredit olganini bildim. Maoshimni qo‘limdan olib: "Yegan-ichganingizning haqi bu", deyishardi.Eng katta muammo esa erimning sog‘lig‘ida nuqsoni borligini aytishmagan. Uzr, ustoz, uyat bo‘lsa ham aytishga majburman: 1 yildan beri turmush qurgan bo‘lsam-da, hali ham bokira holatdaman. Erimning uydagilari faqat meni shifokorga olib borishdi, aybni mendan qidirishdi. Shifokorlar ayb menda emasligini aytishsa ham, erim biror marta ko‘rinmadi.Ma’lum bir sabab tufayli ota uyimdaman. Uydagilarim ajrashishimni aytishyapti, men ham shu fikrga keldim. Erim: "Boshqa


Yechim
19 сент., 03:03
OTA VA QIZ MUNOSABATIDA ISHONCHAssalomu alaykum, ustoz.Ikkita qizimiz bor, kattasi 5 yoshda. Yutuqlari bo‘lsa yoki kimdir xafa qilsa, dadasiga aytib keladi. Lekin xato ish qilib qo‘ysa, aytishga qo‘rqadi. Men esa hamma narsasini dadasi bilan bo‘lishishini, qo‘rqmasligini xohlayman. Erimga: "Siz yaxshi gapiring, sizning mehringizga to‘ysin", deyman. Mehribonlar, yaxshi gapiradilar. Ba’zan qizimizning haddan oshgan ishlari uchun gapim o‘tmasa: "Dadangga aytaman", deb qildiraman yoki dadasi o‘sha paytda qattiqroq turadi.Ustoz, sizga savolim: shu qilayotganimiz to‘g‘rimi?Umuman, ota va qiz o‘rtasi har doim mustahkam, qo‘rquvsiz, ishonchli bo‘lishi uchun nimalar qilaylik?Oilada albatta kimdir, ayniqsa dada qattiqroq turishi muhimmi?G‘iyosiddin Yusuf:— Va alaykum assalom. Qilayotgan ishlaringiz to'g'ri — to'g'ri tushungan bo'lsam. Ota ba'zan biroz qattiqqo'l bo'lgani yaxshi.


Yechim
18 сент., 16:04
TURMUSHDAN KEYIN OTA-ONAGA YORDAM VA ERNING E’TIROZIAssalomu alaykum va rahmatulloh.Qiz bola turmush qurgandan keyin ota-onasiga qanday munosabatda bo‘lishi kerak? Turmush o‘rtog‘imga ota-onamning ro‘zg‘oridagi ba’zi kamchiliklar haqida aytsam yoki qaysidir kunlarda ularga hadya bermoqchi bo‘lsam, negadir janjal chiqadi. Lekin olib beradilar.Yaqin kunlarda menga har xil gaplar aytib, videolar jo‘natyaptilar: "Ota-onasini o‘ylayveradigan qiz ajrashib ketadi, xiyonatga uchraydi", qabilida. To‘g‘risi, ishlagan paytlarim men ham ularning ota-onalariga xarajat qilganman, hatto oyligimni ham olishardi. O‘z ota-onamda esa o‘g‘il farzand yo‘q, to‘rtta qizmiz.Menga nasihat qiling, turmush o‘rtog‘imni shunchalik bezdiradigan darajada ularni o‘ylayotganimni bilmasdim. Gapirganlarida hayron qoldim.G‘iyosiddin Yusuf:— Va alaykum assalom va rahmatulloh. Ota-onangizga o'z pulingizdan


Yechim
18 сент., 14:59
СИЗ ИЗЛАЁТГАН «ҲУЗУР» АСЛИДА ҚАЕРДА?🤷♂🙌 Кўпчилик Аллоҳни узоқлардан, моддият ва сабаблар оламидан қидиради!Ваҳоланки, У Зот сизга шоҳ томирингиздан ҳам яқинроқ... (Қоф, 16)Дунёнинг шовқини ва тугамас ташвишлари Қалб кўзгусини лойқалатди.💡Сувсаган инсон сувнинг формуласини ўрганиб чанқоғини босолмаганидек, Қалб ҳам шунчаки билим билан ҳузур топмайди. Унга «Ҳол» керак!🤷Ҳол нима ўзи?👇Буни каналимиздан билиб оласиз!🔥Нафс деворларини йиқитиб, Ишқ оловини ёқиш вақти келди!👉 Қалб кўзгусини занглардан тозалаб, Ҳақиқатда ким эканлигингизни англамоқчи бўлсангиз ва Ички Ҳузурни топиш учун каналимизга қўшилиб қолинг:Канал линки:https://t.me/+geqsWkflABo2ZmRi
Yechim
18 сент., 07:32
DUNYOQARASHDAGI FARQ VA IKKILANISHAssalomu alaykum, ustoz, yaxshimisiz?Savolim shuki: yaqinlarimning tavsiyasi bilan bir qiz bilan uchrashuvga chiqdim. Xullas, qiz yoqdi, oilalar ham bilishadi. Endi uning ham, mening ham o‘qishim borligi sabab fotiha to‘yini qishga qo‘yganmiz.U bilan yozishib, gaplashib turaman. Lekin bir narsa ko‘nglimni xijil qilyapti: uni taniganim sayin dunyoviy qizligi yanada bilinib qolyapti. Ko‘nglim negadir g‘ash bo‘lyapti. Salonma-salon yurishlari-yu, yana allambalolar... O‘ziga qarashiga qarshiligim yo‘q, lekin dunyoqarashlarimizdagi farq katta bo‘lib boryapti.U qiz esa menga ishonib, bog‘lanib qolgan. Ammo nima qilishga hayronman...G‘iyosiddin Yusuf:— Va alaykum assalom. Yaxshi, rahmat.Avvalo, yozishib, gaplashib turmaslik kerak. Ikkinchidan, chiroyidan boshqa yana qanday mezonga ko'ra sizga ma'qul bo'lganini bilmayapman, bu haqida aytmagansiz.


Yechim
18 сент., 03:04
OTA-BOLA MUNOSABATI VA ERKAKLAR E’TIBORIAssalomu alaykum.Uch yoshli o‘g‘lim bor. O‘g‘lim dadasi bilan bir kunda hech bo‘lmaganda 30-40 daqiqa mazmunli vaqt o‘tkazishini xohlayman: birga o‘yinchoq o‘ynash, gaplashish, ertak aytib berish kabi. Lekin turmush o‘rtog‘imning ishlari odatda soat 18:00–19:00 larda tugasa ham, ishdan keyin ko‘pincha o‘rtoqlari bilan vaqt o‘tkazishni istaydilar yoki uyga kelsalar ham faqat kino ko‘rib dam olishni xohlaydilar.Ishdan keyin charchashlarini tushunaman, lekin ota bola bilan ham qachondir shug‘ullanishi kerak-ku. "O‘g‘limiz bilan biroz gaplashing, o‘yinchoq o‘ynang", deb o‘zim aytib ko‘rdim. O‘g‘limizga gapirtirib, ikki-uch marta video olib ham yubordim ("Dadajon, menga qimmat o‘yinchoqlar, topgan pulingiz kerak emas, men bilan vaqt o‘tkazishingizni xohlayman", degan ma’noda). Ota-bola munosabatlarini yaxshilash, ruhlantirish uchun kitoblar olib


Yechim
17 сент., 15:05
KICHIK YOSHDAGI BOLA TARBIYASI VA ILM BERISHAssalomu alaykum, uzr, bezovta qildim.Ustoz, sizga savolim bor edi. Bir yarim yoshli qizim bor. Shu qizimga ilm berishni nimadan boshlasam bo‘ladi? Hali kitob o‘qishga juda kichiklik qiladi-ku, o‘qib bersam ham tushunmaydi. Hozircha Qur’on eshittiraman, yana nima qilsam bo‘ladi?Qizim biroz qaysarroqqa o‘xshaydi: jahli chiqsa, baqirib, hamma narsani otib yuboradi. Bu yoshda shundayligidan o‘zim qo‘rqib ketaman.G‘iyosiddin Yusuf:— Va alaykum assalom. Yana kitob o'qib bersangiz bo'ladi. Tushunsa ham, tushunmasa ham kitobga oshno bo'laversin.#tarbiya


Yechim
17 сент., 07:21
BIR XIL MIZOJ VA OILAVIY UYG‘UNLIKAssalomu alaykum va rahmatulloh.Savdo mizoj sohibasiman. Menga sovchi qo‘ygan yigit ham shunaqa ekan. Ta’rifini tanishlardan eshitdim, deyarli xarakterimiz bir xil. Tashqi ko‘rinish jihatidan ham savdo mizojga tortadi. Dini, xulqi yaxshi ekan.Aytmoqchi bo‘lganim, men u kishi bilan yaxshi oila qurib, jamiyatga manfaat yetkaza olamizmi? Chunki meni ham kimdir boshqarib, turtkilab tursa, tezroq natijaga erishaman. Ikkimizda ham sustkashlik bo‘lib qolmasmikan?G‘iyosiddin Yusuf:— Va alaykum assalom va rahmatulloh. Xavotiringiz o'rinli, bir tomon sustkash bo'lsa, ikkinchisi ustun tabiatli bo'lgani afzal. Ammo uning bir qancha afzal jihatlari ham bor ekan, bir-biringizga mos kelishingiz ham ijobiy holat. Shuning uchun bu vaziyatda istixora qilib, natijaga ko'ra harakat qilganingiz ma'qul.#Oila_qurish


Yechim
17 сент., 03:03изменён
QIZ BILAN KELIN TAFRIQIAssalomu alaykum.Aksar o‘zbek oilalarida qiz bilan kelinga bir xil muomala qilinmaydi. Qizning fikriga quloq tutiladi, iltimos va ehtiyojlari qondiriladi, unga erkinlik beriladi. Kelinning esa fikr bildirishga haqqi yo‘qdek, ehtiyoj yoki istaklaridan qizg‘oniladi, uy ishlarida unga qizga qo‘yilmagan talablar qo‘yiladi. Natijada kelin qizni yoqtirmay qolishi va hasad qilishi tabiiy.Shu vaziyatga tushib, o‘zini uyida ortiqcha his qilayotgan, ko‘p janjallar shuning orqasidan chiqayotganini ko‘rib turgan hamda na uyidagilariga, na kelinga ta’sir o‘tkaza olmayotgan bir qizga qanday maslahat berasiz?G‘iyosiddin Yusuf:— Va alaykum assalom. Kelin bilan yaqin bo'lishga harakat qilavering. Ishlarida ko'maklashing, unga xayrixohligingizni bildiring. Buni ochiq ham ayting: "Men bunday bo'lishini xohlamayman. Siz va meni barobar ko'rishlarini istayman, lekin


Yechim
16 сент., 15:05
XIYONAT, ZO‘RAVONLIK VA OILADAGI ISHONCHSIZLIKAssalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh.Ustoz, mening turmush qurganimga 3 yil bo‘ldi, bitta farzandimiz bor. Ota-onam shu insonni tanlab uzatdilar, rozi bo‘ldim. Lekin xo‘jayinim bilan qanaqa munosabatimiz borligini ham bilmayman.To‘yimizga 5 oy bo‘lganida telefoniga beixtiyor bir qiz rasm tashlab yozishganini ko‘rib qolgandim. "Kim bu?", deb so‘rasam, "Tanimayman", dedi, keyin sinfdoshi ekanini aytdi. Bolam tug‘ilishidan bir oy avval Toshkentga ishlagani ketib, u yerda o‘sha sinfdoshi va boshqa qizlarga borganini aniq isboti bilan bilib qoldim. Sababini so‘rasam: "Boshqa qilmayman, bolamga gunohi urishidan qo‘rqdim, unday qilmadim", deb kechirim so‘radi. Lekin ishonchim poymol bo‘ldi. Na ketishni, na qolishni bildim, ammo bolam uchun qoldim.Mana, bolamiz ham katta bo‘lyapti, lekin hali ham munosabatlarimiz yaxshi emas. Meni


Yechim
16 сент., 12:35
ONANING ISHLASHI VA BOLA TARBIYASIMaktabda dars bermoqchiman. Tushlikkacha dars berib, tushlikdan keyin bolam bilan shug‘ullansam, unga nisbatan adolatsizlik qilgan bo‘lmaymanmi?Kelajakda baribir ishlayman, mening ishlashim farzandim tarbiyasiga ta’sir qilmaydimi?G‘iyosiddin Yusuf:— Bu dunyoda hech narsa beta'sir bo'lmaydi. Faqat ba'zi kamchiliklarning o'rnini yopishni ham bilish kerak. Ishlashingiz zarur bo'lsa, shunga ko'ra harakat qiling. Bola 3–4 yosh bo‘lguncha ishlamay turganingiz ma'qul.#tarbiya


Yechim
16 сент., 07:32
QAYNOTANING XIYONATI VA OILAVIY FITNAAssalomu alaykum, ustoz, yaxshimisiz?Bu narsalarni yozish juda qiyin bo‘ldi. Bizning to‘yimizga 4 yil bo‘ldi. Qaynona-qaynotamning shu kungacha so‘zini ikki qilmaganman, juda hurmat qilardim. Turmush o‘rtog‘im hozir Rossiyada.Shu yaqin yoz oylaridan beri qaynotam menga g‘alati gaplar qilib, kiyimlarimga aralashadigan bo‘lib qolgandi: "Ko‘ylaging kalta emasmi, uzun emasmi, kiyimlaring eski yo yangimi, bu ko‘ylaging issiq emasmi, yozga mosmi?" deb, hatto tirnog‘imning sal o‘sib qolganini ham gapirardi. Eng yomoni, har safar: "Yuvinib chiqdingmi?", deb hammomga kirishimga ham aralashadigan bo‘lib qolgandi. Shunaqa savollaridan juda bezib ketgandim. Qaynonam va erimga shunday savollar berayotganini aytib, ogohlantirganimda, ular: "O‘zingga ehtiyot bo‘l", deyishgandi.Kunlar o‘tib, bir kuni shomdan keyin hammomga yuvinish uchun kirsam, qaynotam

