Последние посты

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
23 сент., 15:13
переслано из @shmirziyoyev
Prezidentimiz yosh startapchilar bilan uchrashdi. — Президент нашей страны встретился с молодыми стартаперами.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
23 сент., 14:32
⚡ Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi Sunʼiy intellekt markaziga tashrif buyurib, yoshlarning startap loyihalari bilan tanishdi.Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt


21,600Открыть в Telegram
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
23 сент., 13:57
⏺Prezidentimiz Baliqchi tumanidagi “LB Sport” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.Korxonaning istiqboldagi rejalari haqida axborot berildi. Ishlab chiqarish yoʻnalishlarini kengaytirish maqsadida 2027-yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida sport velosipedlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.💬 Shu yerning o‘zida iqtidorli yoshlar, korxona ishchilari bilan samimiy muloqot qilindi.Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
23 сент., 10:15
📱 Prezidentimiz «Ipak yo‘li» sanoat zonasidagi texnikumda bo‘ldiTexnikum joriy yil iyun oyida ishga tushirildi. Hozirda bu yerda 210 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. 2030-yilga qadar yillik qabulni 1 ming 800 nafarga, oʻquvchilarning umumiy sonini esa 4 ming nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarining soni 20 tagacha koʻpaytiriladi.Prezidentimiz texnikumda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, yoshlar va investor bilan suhbatlashdi.Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
23 сент., 09:42
⚡️Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga tashrifi doirasida umumiy qiymati 9 milliard 400 million dollar boʻlgan 206 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
23 сент., 07:37
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Eco Cotton” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.Davlatimiz rahbari korxona ishchilari bilan samimiy muloqot qildi.💬 Shu yerning o‘zida viloyatda yoshlar bilan ishlash, ularni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish hamda bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va rejalar to‘g‘risida axborot berildi.Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
23 сент., 07:35
💰Shaxmat olimpiadasi g’oliblariga 200 ming dollar mukofot puli beriladiBu bo’yicha Prezident qarori (PQ–346-son, 21.09.2026 y.) qabul qilindi. Unga ko’ra, nufuzli xalqaro musobaqalar g’oliblariga beriladigan pul mukofotlari miqdori quyidagicha bo’ladi:➖ Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (kattalar):🥇oltin — 200 ming AQSh dollari (bungacha BHMning 2 ming baravari – 880 mln so’m edi); 🥈kumush — 100 ming dollar (bungacha BHMning 1 ming baravari – 440 mln so’m edi); 🥉bronza — 50 ming dollar (bungacha BHMning 500 baravari – 220 mln so’m edi).➖ Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (yoshlar):🥇oltin — 20 ming dollar; 🥈kumush — 10 ming dollar; 🥉bronza — 5 ming dollar.➖ FIDE tasnifiga ko’ra jahon miqyosidagi musobaqalar:🥇oltin – 15 ming dollar (bungacha BHMning 300 baravari – 132 mln so’m edi); 🥈kumush – 7,5 ming dollar (bungacha BHMning 150 baravari – 66 mln so’m edi); 🥉bronza – 3 ming 750 dollar (bungacha BHMning 75 baravari – 33 mln so’m edi).➖ FIDE tasnifiga ko’ra Osiyo miqyosidagi musobaqalar:🥇oltin – 10 ming dollar (bungacha BHMning 70 baravari – 30 mln 800 ming so’m edi); 🥈kumush – 5 ming dollar (bungacha BHMning 35 baravari – 15 mln 400 ming so’m edi); 🥉bronza – 2,5 ming dollar (bungacha BHMning 17,5 baravari – 7 mln 700 ming so’m edi).➖ Xalqaro grossmeyster unvonini olganlarga — 5 ming dollar (bungacha BHMning 100 baravari – 44 mln so’m edi).Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
21,400Открыть в Telegram
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
23 сент., 05:03
🌿O‘zbekiston tabiati dunyo sahnasiga chiqmoqda: 12 ta noyob surat xalqaro bosqichga yo‘l oldi🌎 O‘zbekistonda xalqaro Wiki Loves Earth 2026 fototanlovining milliy bosqichi yakunlandi. Hakamlar hay’ati tomonidan saralangan 12 ta eng yaxshi surat endi xalqaro bosqichda mamlakatimizning noyob tabiiy merosini dunyoga namoyish etadi. Bu yil tanlov ishtirokchilari yurtimizning turli hududlariga borib, tog‘lar, ko‘llar va daryolar, o‘rmonlar, noyob hayvonot dunyosi hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tasvirga oldi. Jami 1 172 ta fotosurat yuklandi. Bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston Wiki Loves Earth 2026’da ishtirok etgan mamlakatlar orasida 20-o‘rinni egalladi.📯 Saralangan ishlarda Toshkent botanika bog‘i, Zomin milliy tabiat bog‘i, Ugam-Chotqol hududi, Urungach tabiiy yodgorligi hamda Qoraqalpog‘istondagi Sudoche tabiiy qo‘riqxonasi kabi tabiat maskanlari aks etgan.🌍 Wiki Loves Earth – shunchaki fototanlov emas. Uning muhim jihati – mamlakatning tabiiy merosi haqida erkin va ochiq vizual arxiv yaratishdir. Tanlov davomida olingan suratlar Wikimedia Commons platformasiga joylashtirilib, kelgusida ensiklopedik, ta’limiy va ma’rifiy loyihalarda foydalanilishi mumkin.⚡ Endi O‘zbekistonning eng sara 12 ta surati xalqaro bosqichda boshqa mamlakatlardan saralangan ishlarga qo‘shiladi. Ular nafaqat tanlovda ishtirok etadi, balki O‘zbekiston tabiatini dunyoga ko‘rsatadigan vizual elchiga aylanadi.Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt


21,700Открыть в Telegram
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
22 сент., 12:28
#XalqaroKoʻrgazma #YoshlarIttifoqi #IdpIELTS🎓 Qadrli yoshlar, xorijda ta’lim olishni istaysizmi?⏰ 3-oktabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda IDP IELTS & STUDY ABROAD hamkorligida yirik xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.💬 Ko‘rgazmada Avstraliya, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi 20 ta nufuzli universitet vakillari bilan: ☑️ bevosita muloqot qilishingiz; ☑️ ta’lim yo‘nalishlari va qabul talablari bilan tanishishingiz; ☑️ universitetlarni solishtirib, o‘zingizga mosini tanlashingiz; ☑️ shu yerning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujjat topshirishingiz mumkin.🎁
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
22 сент., 09:25
🏠 Biznesga nom tanlash va uni ro‘yxatdan o‘tkazish qanday amalga oshiriladi?Spot biznesni noldan boshlash jarayonini bosqichma-bosqich tushuntirishda davom etmoqda. Navbatdagi materialda biznes nomini tanlash va uni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muhim jihatlar ko‘rib chiqilgan:🌐qaysi so‘z va nomlardan foydalanish mumkin emasligi; 🌐tanlangan nomning bo‘sh yoki bandligini qanday aniqlash mumkinligi; 🌐nomni oldindan band qilish bosqichlari; 🌐rebrending — biznes nomini o‘zgartirish va yangilash jarayoni; 🌐nom tanlashdan oldin qaysi bepul platforma va reyestrlarda tekshiruv o‘tkazish mumkinligi haqida so‘z boradi.BatafsilIjtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
22,100Открыть в Telegram
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
22 сент., 06:52
🥈Osiyo o‘yinlari-2026. O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir kumush medalni qo’lga kiritdiAralash jang san’atining modern yoʻnalishida ishtirok etgan 🇺🇿hamyurtimiz Firdavs Atamuradov -60 kg vazn toifasining finalida 🇹🇯tojikistonlik Mirzobek Umarovga imkoniyatni boy berdi va ikkinchi oʻrinni egalladi.Delegatsiyamiz hisobida hozircha 🥇1 ta oltin, 🥈2 ta kumush va 🥉1 ta bronza medali bor. Medallar jamg’arish bo’yicha umumjamoa hisobida 9-o’rinda bormoqdamiz.Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

22,000Открыть в Telegram
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
22 сент., 04:29
💸 Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiHukumatning 2026-yil 17-sentyabrdagi 501-son qarori bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.👉 BatafsilIjtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
21 сент., 14:45
🇺🇿 ⚡️ Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston amaldagi chempion Hindistonni taslim etdiSamarqand shahrida davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 6-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy bahslardan birida O‘zbekistonning asosiy erkaklar terma jamoasi musobaqaning amaldagi g‘olibi — Hindiston terma jamoasiga qarshi dona surdi.🟡 E’tiborli jihati, ushbu to‘qnashuvga qadar har ikki jamoa ham ortda qolgan 5 ta turning barchasida g‘alaba qozonib, yuz foizlik natija qayd etib kelayotgan edi. Shiddatli va asabiy kechgan qarama-qarshilik yakunida o‘zbekistonlik shaxmatchilar 2,5 : 1,5 hisobida zafar quchib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.🤩 Ushbu g‘alabadan so‘ng, ketma-ket 6 ta turda zafar quchgan O‘zbekistonning birinchi raqamli terma jamoasi


22,000Открыть в Telegram
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
21 сент., 12:01
⚡️🥳 3-parashaxmat olimpiadasida bronza medallarini qo‘lga kiritgan sportchilarimiz tantanali kutib olindiIjtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
21 сент., 09:21
🇺🇿🥇Osiyo o‘yinlari-2026. O‘zbekiston ilk oltinni qo‘lga kiritdiOʻzbekiston delegatsiyasi Yaponiyada oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida oʻzining dastlabki oltin medaliga ega chiqdi.💬 Karate bahslarida -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdulvahob Rashidov finalda sportchi Yugo Kozakidan ustun keldi.💬 Bungacha O‘zbekiston hisobida 🥈1 ta kumush va 🥉1 ta bronza medal bor edi. Kumushni karate bo‘yicha -55 kg vazn toifasida Humoyunmirzo Halimov qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Nodirbek Shavkatov aralash jang sanʼatining modern yoʻnalishida -71 kg vazn toifasida bronzaga ega chiqdi.Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook


“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
21 сент., 07:11
🚌 “ICT Week Uzbekistan 2026” ishtirokchilari uchun bepul avtobuslar tashkil etiladi🗓Joriy yilning 22–25-sentabr kunlari Toshkent shahridagi CAEx majmuasida bo‘lib o‘tadigan “ICT Week Uzbekistan 2026” tadbiri ishtirokchilari uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.Shahar → CAExbirinchi avtobus — soat 08:00 da; keyingi avtobuslar — har soatda; so‘nggi avtobus — soat 17:00 da.CAEx → shaharso‘nggi avtobus — soat 18:00 da harakatlanadi.➡️ Shahardagi avtobuslarning jo‘nash nuqtalari:➖IT Park majmuasi / Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi;➖“O‘zbekiston” mehmonxonasi;


“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
21 сент., 07:02
👨💻 ICTWeek 2026: Dunyo АT hamjamiyati O‘zbekistonda jamlanadiO‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng muhim va nufuzli tadbirlardan biri — ICTWeek Uzbekistan 2026 joriy yilda yana bir bor mamlakatning raqamli taraqqiyot kun tartibini belgilaydigan yirik xalqaro maydonga aylanishi kutilmoqda.💬 2004-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — ICTWeek yillar davomida mamlakatning AT sohasidagi eng muhim voqealaridan biri sifatida shakllandi. Tadbir har yili soha vakillari, davlat tashkilotlari, mahalliy va xorijiy kompaniyalar, investorlar, startaplar, IT mutaxassislari hamda texnologiyalarga qiziquvchi keng auditoriyani bir maydonda birlashtirib kelmoqda.🟢ICTWeek 2026: yanada katta


“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
21 сент., 05:09
💸 Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.🗣Bu muddat:• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar; • oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar; • oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.🟡 15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram


“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
20 сент., 07:51
⚡️Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz.Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
19 сент., 07:36
⚡️Ayni paytda Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. 🟡 Qoraqalpog‘istonda 1 million 100 ming yoshlar bor, shundan 505 mingi 14-30 yoshda.22,200Открыть в Telegram
