Последние посты

Аbdushukur Xamzayev
22 сент., 11:02
O‘zbekiston Ekologik partiyasida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha zamonaviy elektron platformalar joriy etildi.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
Аbdushukur Xamzayev
21 сент., 15:12
“Yashil makon”: endi ko‘chat soni emas, inson uchun yaratilgan yashil muhit natija bo‘lishi kerakBugun Prezidentimiz “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish va innovatsion yechimlarni joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishar ekan, juda muhim hayotiy masallarga e’tibor qaratdi.Darhaqiqat, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda yondashuvni tubdan o‘zgartirish vaqti keldi. Asosiy mezon qancha ko‘chat ekilgani emas, balki ularning qanchasi yashab qolgani, qancha soya bergani va aholi hayoti uchun qanchalik qulay, sog‘lom muhit yaratgani bo‘lishi shartligi qayd etildi.Endi nazorat faqat ekilgan daraxt-buta ko‘chatlarining sonini emas, ularning yashovchanligi, sug‘orish va parvarish holati, aholi gavjum hududlarda soya-salqin muhit yaratilganligi hamda yashil hududlardan aholining real
Аbdushukur Xamzayev
21 сент., 07:32
переслано из @ecopartyuzb
#NahotkiDunyo aholisining 83 foizdan ortig‘i yorug‘lik bilan ifloslangan osmon ostida yashaydi. Insoniyatning uchdan biri esa tunda o‘z galaktikamiz - Somon Yo‘lini umuman ko‘ra olmaydi. Eng xavflisi, bu muammo yiliga qariyb 9,6 foizga o‘smoqda.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Аbdushukur Xamzayev
19 сент., 13:42
“Yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladiPrezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda hududning ulkan tabiiy va iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, aholi farovonligini oshirish bilan bir qatorda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berildi.Ayniqsa, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, suv resurslarini tejash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish hamda Orolbo‘yida ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar Qoraqalpog‘istonning kelgusi taraqqiyotida ekologik omillar ustuvor ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi.Bugun Qoraqalpog‘istonda 860 megavatt yangi energetika quvvatlari ishga tushirilib, Beruniy va Qorao‘zakdagi shamol stansiyalari hisobiga “yashil” energiya ulushi 23 foizga yetdi. 2030-yilga
Аbdushukur Xamzayev
18 сент., 06:03
переслано из @ecopartyuzb
#Deputat_hududdaOliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev boshchiligidagi ishchi guruhning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi o‘rganishlaridan lavha.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Аbdushukur Xamzayev
17 сент., 15:11
Sanoat korxonasining eksport salohiyati va ekologik holatini o‘rgandikQoraqalpog‘iston Respublikasidagi o‘rganishlarimiz davomida Ellikqal’a tumanidagi “Boston Denim” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish jarayoni, mavjud quvvatlari va eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdik.Bizga ma’lumot berishicha, 2018-yilda ish boshlagan korxona hozirda yiliga 2 ming tonnagacha turli xil sochiq mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Yana bir muhim jihati, 120 nafar fuqaroning doimiy bandligi ta’minlangan.Bunday korxonalarning barqaror faoliyati hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy sanoatni rivojlantirish, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda mamlakatimiz eksport hajmini oshirishda muhim ahamiyatga ega.O‘rganish davomida korxona atrofida yashil hududlarni kengaytirish, ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitga
Аbdushukur Xamzayev
17 сент., 12:48
YANGI FORMAT VA AMALIY MANFAATLARGA ASOSLANGAN HAMKORLIKJahondagi global o‘zgarishlar va murakkab iqtisodiy jarayonlar sharoitida o‘zaro ishonch, teng huquqlilik va uzoq muddatli manfaatlarga asoslangan xalqaro hamkorlik tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlari ana shunday tamoyillarga tayangan holda izchil rivojlanib, yangi mazmun va amaliy yo‘nalishlar bilan boyib borayotgan siyosiy puls sifatida ko‘rilmoqda.🚨 BATAFSIL✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube8,250Открыть в Telegram
Аbdushukur Xamzayev
17 сент., 11:03
переслано из @ecopartyuzb
Aqchako‘lda ekoturizm va tabiat muhofazasi uyg‘unligiSo‘ngi paytlarda odamlar shaharlardagi sun’iy manzaralardan ko‘ra tabiiy go‘zallik va tabiat manzaralaridan ko‘proq bahramand bo‘lishni ma’qul ko‘rmoqda. Shu bois butun dunyoda ekoturizm rivojlanyapti.Mamlakatimizda ham o‘ziga xos go‘zal tabiatiga ega maskanlar talaygina. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida joylashgan Aqchako‘l shulardan biridir. Qariyb 6000 gektar maydonga ega ushbu ko‘l sohilida ekoturizm va etnoturizm maskani barpo etilmoqda. Ko‘l atrofida zamonaviy plajlar, dam olish maskanlari va sayyohlik infratuzilmasi barpo etiladi.Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rganishlar olib borayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev hamda fraksiya a'zosi Sapargul Utemuratova Aqchako‘l turistik zonasi bilan tanishdi.Deputatlar ko‘lning
Аbdushukur Xamzayev
17 сент., 09:43
Zamonaviy yondashuvlar asosida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilmoqdaPrezidentimiz joriy yil 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvdagi nutqida: “Qoraqalpog‘istonliklar “yashil” energetika, IT va sun’iy intellektni iqtisodiy drayverga aylantirsa – yangi asr texnologiyalari mana shu yerda barpo etiladi. Minglab yoshlarimiz hayotiga, tadbirkorlarimiz faoliyatiga yangi mazmun kiradi”, — deya ta’kidlagan edi.Ushbu fikrlarning amaliy ifodasini “ERIZON MALL” faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin. Beruniy tumanidagi o‘rganishlarimiz davomida ushbu majmuada zamonaviy yondashuvlar asosida savdo va xizmat ko‘rsatish jarayonlari tashkil etilganiga guvoh bo‘ldik.Supermarketda aholi uchun bir qator qulayliklar yaratilgan. 2500 kvadrat metr maydonda oziq-ovqat va maishiy tovarlar savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, majmuada bolalar uchun dam olish
Аbdushukur Xamzayev
16 сент., 17:40
"Yashil makon"ning kuzgi mavsumi uchun ko‘chat zaxiralari bilan tanishdikHa demay mamlakatimiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi boshlanadi. Yaqinda davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ushbu loyihaning kuzgi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, har tomonlama marrani yuqori olish ta’kidlanib, viloyat, tuman hokimlari hamda boshqa tegishli mutasaddilarga hudud iqlimiga mos ko‘chat zaxiralarini tayyorlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi.Beruniy tumanidagi o‘rganishlarimiz davomida Prezidentimizning yuqoridagi topshiriqlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdik.Beruniy Davlat o‘rmon xo‘jaligida 26 gektardan ziyod yer maydonida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqlimiga mos katalpa, yasin, aylant, qayrag‘och, oq akatsiya, jiyda, tut, qora tol, terak kabi ko‘chatlar zaxirasi yetishtirilmoqda.Ma’lumot uchun,
Аbdushukur Xamzayev
16 сент., 13:32
переслано из @ecopartyuzb
#Deputat_hududdaBeruniy aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildiQoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida o‘rganishlar olib borayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sapargul Utemuratova tuman tibbiyot birlashmasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar va muassasadagi shart-sharoitlar bilan tanishdi.Bugungi kunda Beruniy tumani aholisiga 398 o‘rinli markaziy kasalxona, 1 ta ko‘p tarmoqli poliklinika va 3 ta filial, 7 ta oilaviy poliklinika hamda 4 ta oilaviy shifokorlik punkti orqali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. 2026 yilning 6 oyi davomida esa tibbiyot muassasalarida jami 900 minga yaqin qatnov qayd etilgan.O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, muassasalarning moddiy-texnik holati va mavjud shart-sharoitlar ham
Аbdushukur Xamzayev
16 сент., 07:07
Ham tadbirkorning, ham aholining manfaatlari ta’minlanadiBugun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning joylardagi ijrosi bilan tanishish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sapargul Utemuratova bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi «Jayhun» mahallasida bo‘ldik.O‘rganishlar davomida mahallada «Xodjaev Hakimboy» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan chiqindilarni qayta ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani bilan tanishdik.Albatta, chiqindilarni qayta ishlash va ularni resursga aylantirish atrof-muhitni asrash, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratish nuqtai nazaridan muhim. Biroq bunday faoliyat aholiga noqulaylik tug‘dirmasligi, tadbirkorlik manfaatlari bilan bir qatorda fuqarolarning manfaatlari ham ta’minlanishi lozim.Shu maqsadda tuman hokimligiga korxona uchun aholi yashash hududidan
Аbdushukur Xamzayev
15 сент., 08:01
Strategik sheriklikning yangi bosqichi: ta’lim, innovatsiya va parlamentlararo hamkorlikXorijda tahsil olayotgan yoshlarimizning bilim va tajribasi, keng dunyoqarashi va yangi g‘oyalari mamlakatimiz taraqqiyotining muhim intellektual zaxirasiga aylanmoqda. Ayniqsa, ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va inson kapitaliga tayanib yuksak taraqqiyotga erishgan Janubiy Koreya tajribasi O‘zbekiston uchun katta amaliy ahamiyatga ega.Yaqinda hududlararo o‘tkazilgan forum bu tajribani o‘rganish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashda muhim maydon bo‘ldi. Navbatdagi forumning Samarqandda o‘tkazilishi bo‘yicha kelishuv esa munosabatlarimiz izchil rivojlanayotganini ko‘rsatadi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Cho Chjon Shik bilan uchrashuvida parlamentlararo hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi. Do‘stlik guruhlari, parlament
Аbdushukur Xamzayev
14 сент., 10:29
переслано из @ecopartyuzb
Abdushukur XAMZAYEV,FAROVONLIK VA EKOLOGIK BARQARORLIK TUTASHGAN NUQTAO‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘zining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi orqali suv resurslarini muhofaza qilish, atmosfera havosini toza saqlash, o‘rmon fondi yerlarini kengaytirish va bioxilmaxillikni saqlashga qaratilgan qonun loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Аbdushukur Xamzayev
11 сент., 16:37
“Qichqiriq” — Yangi O‘zbekiston mahallasining yorqin namunasiPrezidentimiz Shavkat Mirziyoyev siyosati bilan mahalla xalqqa eng yaqin, keng vakolat va katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan zamonaviy tuzilmaga aylandi.Bugun poytaxtimizning Olmazor tumanidagi Qichqiriq mahallasida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari bilan yurtboshimizning o‘zi tanishdi."Obod mahalla" davlat dasturi doirasida mahalliy budjetdan 71,4 milliard so‘m yo‘naltirilib, hudud mutlaqo yangi qiyofa kasb etdi. Qichqiriq kanali bo‘ylab 2,4 kilometrli zamonaviy sayilgoh, 12,4 kilometr piyodalar yo‘lagi, yashil hududlar, favvoralar, shiyponlar va dam olish maskanlari barpo etildi. 6,5 mingga yaqin daraxt va “yashil” shaharsozlik muhitini o‘zida mujassam etgan haqiqiy ekologik mahallaga aylandi. Yoshlar uchun 12 ta vorkaut maydonchasi, 3 ta futbol maydoni, kutubxonalar, aholi uchun esa zamonaviy amfiteatr ham
Аbdushukur Xamzayev
11 сент., 05:27
Tabiat daxlsizligi – millat xavfsizligidir!Jahon maydonida ekologik va iqlim inqirozlari kuchayib borayotgan bir sharoitda, o‘z tabiatini qat’iyat bilan himoya qilgan davlatgina chinakam barqarorlikka erishadi.Bu strategik yondashuv va qat’iy siyosiy iroda quruq shiorlardan ancha baland turishini davlat rahbarining “Zomin tog‘lari” tabiat ob’yektini UNESCO ro‘yxatiga kiritish tashabbusida yana bir bor ko‘rdik.Zominning asriy archazorlari va noyob faunasi mintaqamiz iqlim muvozanatini saqlab turuvchi eng muhim ekologik tayanch nuqtalaridan biridir. Ushbu tabiat majmuasining xalqaro maqomga ko‘tarilishi hududni har qanday salbiy antropogen aralashuvlardan mutlaq asrovchi, uning daxlsizligini ta’minlovchi mustahkam xalqaro va huquqiy kafolatga aylanadi.Iqtisodiyotni tabiat hisobiga, uni ekspluatatsiya qilish orqali rivojlantirish davri ortda qoldi. Zominning jahon merosi e’tirofiga olib chiqilayotgani mamlakatimizda qudrat va farovonlik faqatgina "yashil taraqqiyot" poydevori ustiga qurilishini isbotlamoqda.Biz bu tarixiy qadamni shunchaki e’tirof etibgina qolmay, partiyamizning ko‘p ming sonli a’zolari va barcha bo‘g‘indagi deputatlarimiz bilan birgalikda uning to‘liq ro‘yobga chiqishi uchun bor salohiyatimizni safarbar etishga tayyormiz.Zero, tabiat daxlsizligi – millat xavfsizligidir.Ekologik barqarorlikni ta’minlamasdan turib, buyuk kelajakka erishib bo'lmaydi. Bu hayot haqiqati bugun bosh dasturimizga aylanib borayotgani bizga ham quvonch, ham ulkan mas'uliyat bermoqda.@A_XamzayevTelegramShavkat Mirziyoyev_press-servicePrezident Shavkat Mirziyoyev madaniy merosni asrab-avaylash, muzey ishini rivojlantirish va Oʻzbekiston madaniyatini xalqaro maydonda targʻib qilish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился…
Аbdushukur Xamzayev
10 сент., 16:03
Chiqindi muammo emas, iqtisodiy resursga aylanmoqdaBugun Prezidentimiz chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, ularni qayta ishlash va elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari bilan tanishdi.Mamlakatimizda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni iqtisodiy resursga aylantirish va sirkular iqtisodiyot tamoyillarini keng tatbiq etish muhim yo‘nalish sifatida belgilanmoqda.Olib borilayotgan ishlar ko‘lami ham buni yaqqol ko‘rsatib turibdi. 2026-2027 yillarda chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 933 million dollar bo‘lgan 6 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu korxonalar ishga tushgach, har yili 3,6 million tonna chiqindi qayta ishlanib, 1,6 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.Eng muhimi, bu poligonlarga tushadigan yuklamani kamaytirish, ekologik vaziyatni yaxshilash va bosqichma-bosqich “nol chiqindi” tamoyiliga o‘tish uchun mustahkam zamin yaratadi.Shuningdek, xorijiy kompaniyalar ishtirokida yana 625 million dollarlik 5 ta istiqbolli loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Ular orqali yiliga yana 1,9 million tonna chiqindi qayta ishlanib, 635 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi, 158 million kub metr tabiiy gaz tejalishi va issiqxona gazlari 316 ming tonnaga kamayishi kutilmoqda.Prezidentimiz ilgari surib kelayotgan barqaror energetika siyosatida ham zamonaviy, ekologik toza va muqobil energiya manbalarini kengaytirish strategik maqsad sifatida belgilangan.Yangi O‘zbekistondagi yangicha yondashuvning mohiyati ham shunda, tabiatni asrash bilan iqtisodiy taraqqiyotni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymasdan, ularni yagona barqaror rivojlanish modeliga aylantirishdir.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
Аbdushukur Xamzayev
10 сент., 13:22
переслано из @ecopartyuzb
TA’ZIYAEkologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish bo‘limi xodimi Mirzo Botirov xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘ldi.Ma’lumotlarga ko‘ra, Mirzo Botirov 9-sentabr kuni tungi soat 23:00 da Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotgan huquqbuzarlarning qarshiligiga uchragan va natijada suvga tushib ketgan. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bugun, 10-sentabr kuni inspektorning jasadi topildi.O‘zbekiston Ekologik partiyasi va uning ko‘p ming sonli jamoasi nomidan Mirzo Botirovning oila a’zolari va barcha yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.Mazkur voqeaning barcha tafsilotlari qonuniy tartibda, adolatli o‘rganilishiga ishonamiz.Mirzo Botirov butun umrini atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishladi. Uning tabiatni muhofaza qilish va ekologik qonunchilik talablarini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari hamda ko‘rsatgan jasorati munosib baholanib, vafotidan so‘ng “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishini yuksak e’tirof etamiz.Tabiat jonkuyari, o‘z kasbining fidoyisi Mirzo Botirovning yorqin xotirasi qalblarimizda abadiy saqlanadi.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Аbdushukur Xamzayev
8 сент., 14:26
Tarixiy tashrif — yuksak e’tirof!Bugun Belgrad shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti — "Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni" bilan taqdirlandi. Yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga shaxsan Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.Bu orden xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi. Ushbu mukofotning yurtboshimizga taqdim etilishi, nafaqat Prezidentimizga, balki butun o‘zbek xalqiga ko‘rsatilgan chuqur hurmat va do‘stlik ramzidir.Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak ehtiromi, ikki xalq o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirishga qat’iy intilish timsoli, deya qayd etdi.Muhimi shundaki, bu mukofot O‘zbekiston Prezidentining Serbiyaga mamlakat tarixida ilk bor amalga oshirilayotgan davlat tashrifi doirasida topshirildi.Tashrif chog‘ida ikki davlat rahbari strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Shuningdek, iqtisodiy, savdo, investitsiya, transport va boshqa yo‘nalishlarda 20 dan ortiq hujjat almashildi.Bundan tashqari, Belgradda "Toshkent" ko‘chasining barpo etilishi taqdim etildi va Serbiya–O‘zbekiston biznes-forumi o‘tkazildi.Ushbu yuksak e’tirof va tarixiy kelishuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar yangi va strategik bosqichga ko‘tarilganidan dalolat beradi.Bu — O‘zbekiston olib borayotgan ochiq, faol va tinchliksevar tashqi siyosatning halqaro maydondagi munosib e’tirofidir.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
