gram news
Аватар канала Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

@abdukakhkarov_blog

👨‍💻 Python Web Developer 6 yillik tajriba 📚 35 dan ortiq muvaffaqiyatli loyihalar 🕸 talaba-edu.uz | mmtri.uz )) 🤖 AI & ML Learner 🚀 Tajribam va bilimim bilan yangiliklarni amalga oshirishga intilaman! Bog'lanish: @abdukakhkharov98

9,200подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    22 сент., 14:40

    Men realist bo‘lganim uchunmi, negadir she’riyat menga unchalik qiziq emas.Ba’zida bir she’rni o‘qiyman: kimdir undan butun bir falsafa topadi, kimdir hayajonlanadi, yana kimdir “bu misralar meni larzaga soldi” deydi.Men esa: “Xo‘sh, muallif aslida nima demoqchi?” deb qolaman. 😄Hatto ba’zida she’riyat menga oddiy bir fikrni juda ko‘p metafora va o‘xshatishlar orasiga yashirib qo‘ygandek tuyuladi.Nasrda esa voqea, xarakter, sabab va oqibat bor. Balki miyam shuni talab qilayotgandir.Lekin bir savol qiziq:She’riyatni yaxshi ko‘rish insonning hissiyotga, tasavvurga moyilligi bilan bog‘liqmi? Realist va analitik fikrlaydigan odamlar nazmga kamroq qiziqadimi?Yoki buning realizmga umuman aloqasi yo‘q — men shunchaki yaxshi she’riyat bilan hali uchrashmaganmanmi?Nazmni yaxshi ko‘radiganlar, siz she’rda men ko‘rmayotgan nimani ko‘rasiz? 🙂
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    22 сент., 04:00изменён

    G'alaba muborak bo'lsin.Alisher Sadullayev bular nimani muhokama qilishayotgan bo'lsa deb post qoldirgan ekan.Shu rasmni ko'rib meme yasashlik ilhomim kelib ketdi)1. Shoh berganimdan keyin yomon hid chiqib ketti negadir... 😹2. O'yindan chiqib samarqand oshga boramiz 🤭3. Bibisoraga ayt ketib qolmasin, o'yinni tugatib chiqaman 😸Qolgan memelarni siz davom ettiring 👇
    1,2602564Открыть в Telegram
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    19 сент., 09:51

    Har kimning hayotga qarashlari turlicha. Men esa bir narsani qadrlayman:Qiyinchilikda uzatilgan bir qo‘l — muvaffaqiyatda qarsak chalgan o'nta qo‘ldan qadrliroq.Chunki yaxshi kuningda yoningda bo‘lish oson. Insonning asl qadrini esa sen hech kimga kerak bo‘lmay qolgandek tuyulgan paytingda yoningda qolganlar ko‘rsatadi.Shuning uchun men ko‘pchilikning qarsagidan ko‘ra, ozchilikning sadoqatini qadrlayman.
    2,0704119333Открыть в Telegram
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    15 сент., 19:29изменён

    Davlat tilini mensimaysan, lekin davlatni o‘ylaysan.Ona tilingda gapirishni ep ko‘rmaysan, lekin patriotlik da’vo qilasan.He, o'ynab qo'yay patriotliginga, o'ynab qo'yay...Bugun otamdan qolgan dalalar filmini ko'rdim va ketidan Facebookda "Amaldorlarni" rus tilida "O'zbeklarga" majlis o'tayotganini videolarini ko'rdim.
    3,76032251Открыть в Telegram
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    12 сент., 03:01

    Ba’zi joylar shunchaki bino bo‘lib qolmaydi. U yerda hayotingning bir bo‘lagi qoladi.2013–2016-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti(Politex) qoshidagi Kompyuter texnologiyalari akademik litseyida tahsil olganman.O‘sha paytlarni yaxshi eslayman. Universitetga kirish bugungidan ancha qiyin tuyulardi. Litseyimiz esa kuchli ta’lim muhiti, talabchan ustozlari va natijalari bilan ajralib turardi. Bitiruvchilarining katta qismi OTM talabasi bo‘lar edi. Biz uchun bu litseyda o‘qishning o‘zi ham alohida faxr edi.Bugun esa o‘sha litsey o‘rnida yangi bosqich — ToshTech universiteti. Kecha bu maskanga davlat rahbari tashrif buyurganini ko‘rib, beixtiyor 13 yil oldingi kunlar esimga tushdi.Lekin men uchun bu joyning eng katta qadri faqat bergan bilimida emas.Aynan shu yerda hayotimdagi eng yaqin do‘stlarimni uchratganman. Birga darsga kirganmiz, imtihonlarga tayyorlanganmiz,
    5,650201731Открыть в Telegram
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    11 сент., 01:29

    4,870видеостикер15156Открыть в Telegram
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    10 сент., 17:23

    Dunyoning ishlari qiziqda…Bolalikda pulimiz yo‘q edi — vaqtimiz ko‘p edi. Hozir pul topamiz — vaqt topolmaymiz. ))Yoshligimizda uxlashni xohlamasdik — endi dam olish kuni bo‘lsa, uyquni rejalashtiramiz. ))Oldin: “Qachon katta bo‘laman?” derdik. Hozir: “Kim meni katta qilib qo‘ydi o‘zi?” deymiz. ))Bir paytlar baxt uchun ko‘p narsa kerak deb o‘ylardik. Keyin bilsak, ba’zan tinch bosh, sog‘liq va ko‘ngil xotirjamligi — eng katta boylik ekan.Xullas, dunyoning ishlari qiziqda…Davomini siz yozing: “Dunyoning ishlari qiziqda, ____________________” 👇😄Eng kulgili, lekin ma’noli javoblarni keyingi postga chiqaraman.
    5,2603315102Открыть в Telegram
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    7 сент., 02:29

    Bugun metro boshqacha…Kimningdir ko‘zida — “Nihoyat, talabalik boshlandi!” Kimningdir ko‘zida — uyqu Yana kimningdir nigohida esa — “Uffff… shu o‘qish yetmay turgan edi…”Ba’zilar yangi maqsadlar sari ketyapti. Ba’zilar diplom sari. Ba’zilar esa qayerga ketayotganini hali o‘zi ham anglab ulgurmadi — tanasi metroda, ruhi hali yotoqda.Xullas, yangi o‘quv yili boshlandi.Barcha talabalarni birinchi dars kuni bilan tabriklayman! Semestr davomida ko‘zlardagi shu quvonch saqlanib qolsin.Hech bo‘lmasa birinchi sessiyagacha… 😁🤭
    5,3903932203Открыть в Telegram
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    7 сент., 02:18

    переслано из @abdukakhkarov_blog

    🌞 Dushanba ham boshlandi, do‘stlar! 🌟Bugungi kun – yangi hafta, yangi imkoniyatlar va yangi orzularni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat. Har bir dushanba – bu hayotingizni yangi sahifadan boshlash uchun ajoyib imkoniyatdir. Bugun o‘zingizga ishoning, shijoat va ishtiyoq bilan to‘ling!🔹 Biror yangi narsa o‘rganing. 🔹 Yaqinlaringizni quvontiring. 🔹 O‘z maqsadlaringizga yana bir qadam yaqinlashing.Eslab qoling: tabassum, yaxshi kayfiyat va ijobiy fikrlar har qanday kundan quvonch yaratadi! 😊💪Haftangiz omadli, kuningiz esa shodon va iliq o‘tsin! 🌟✨
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    5 сент., 15:17

    2-sentabrdan boshlab ishxonadan mehnat ta’tiliga chiqqandim.Mana, 3 kuncha uyda bo‘ldim. To‘g‘risini aytsam, mazza qilib yubordim. 😄Har kuni ertalab uyg‘onib, “ishga borish kerak”, “API yozish kerak”, “buni qilish kerak, uni tugatish kerak” degan o‘ylardan xoli bo‘lish qanday yaxshi ekanini yana bir bor his qildim.Shu bir necha kun ichida o‘zim ham sezmagan narsamni tushundim: ish, vazifalar, deadline’lar orasida biroz robotga aylanib qolgan ekanman.Uydagilar bilan bemalol suhbatlashish, ularga o‘zim ovqat tayyorlab berish, kechqurun birga o‘tirib gaplashish… Oddiy tuyuladigan shu narsalar ijtimoiy hayotimni ancha tiklab qo‘ydi.Ba’zan unumdor bo‘lish uchun ko‘proq ishlash emas, aksincha, vaqtida to‘xtash ham kerak ekan.Ish hech qayerga qochmaydi. API’lar ham kutib turadi. 😄 Lekin yaqinlaringiz bilan o‘tadigan vaqtni keyinga suraverish to‘g‘ri emas.Kerak paytda dam
    5,13026196Открыть в Telegram
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    3 сент., 16:32

    “Itdan bo‘lgan qurbonlikka yaramaydi.”Qadimdan qolgan bu ibora bugun ham o‘z ma’nosini yo‘qotmagan. Chunki zamon o‘zgarsa ham, insonning aslini mansab, pul yoki chiroyli niqob o‘zgartirib qo‘ymaydi.Bugun bunga misollar yetarli.Kecha bir rahbarni ko‘klarga ko‘targan odam, bugun yangi rahbar kelishi bilan kechagisini tanimay qoladi. Ertaga yana boshqasi kelsa, uning yonidan joy oladi. Lavozimlar almashadi, xushomad esa o‘sha-o‘sha.Ijtimoiy tarmoqlarda adolat haqida baland gapiradigan ayrimlar o‘z manfaatiga tegilganda jim qoladi. Kecha tanqid qilgan narsasini bugun o‘ziga foyda keltirsa himoya qiladi. Demak, masala prinsipda emas — manfaatda bo‘lgan.Yillar davomida mehnat qilib, bilim orttirgan mutaxassis chetda qolib, tanish-bilish orqali yuqoriga chiqqan odam unga qanday ishlashni o‘rgatadigan holatlar ham uchraydi. Ammo lavozim bilim bermaydi, kreslo esa odamni mutaxassis
    5,220281421Открыть в Telegram
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    2 сент., 10:23

    https://t.me/TYUZBEK/134169Shu postn ko'rib, Bugun 1-sinfga chiqqan bolalarning maktab eshigi oldida yig‘lab, ortiga qaytishga urinayotgan videolarini ko‘rib, beixtiyor o‘zimning birinchi kunim esimga tushdi.Men ham o‘sha payt vaziyatni juda sodda tushungandim: “Mayli, bugun bir kun borib kelaman. Ertaga bormayman.”Bolalikning eng go‘zal tomoni ham shu ekan — hali tizim qanday ishlashini bilmaysan. 😂 Men maktabni bir kunlik tadbir deb o‘ylagan ekanman.Maktab esa meni 9 yillik loyihaga qabul qilib bo‘lgan ekan.Ertasi kuni yana bordik. Keyin yana... Keyin dushanba degan tushuncha paydo bo‘ldi. Nazorat ishlari, kundalik, chorak, ota-onalar majlisi...Bir kun deb kirgan joyimdan 9 yildan keyin hujjatlarimni olib chiqdim. 😂 Keyin 3 yil akademik litsey va 5 yil Oliy ta'lim)
    4,6401642Открыть в Telegram
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    1 сент., 00:13изменён

    🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!Mustaqil yurt farzandi bo‘lish — biz uchun nafaqat faxr, balki ulkan mas’uliyat.Bizga berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, ilm o‘rganib, izlanib, innovator avlod sifatida Vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shaylik.G‘oyalarimiz — yurt ravnaqi uchun, bilimimiz — xalqimiz kelajagi uchun, mehnatimiz — Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun xizmat qilsin!Har bir qilayotgan loyihamiz, har bir yangi tashabbusimiz va har bir yutug‘imiz ortida Vatanga xizmat qilish degan ulug‘ maqsad tursin.🇺🇿 Mustaqilligimiz muborak bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    25 авг., 15:09

    Bu bolani taniydiganlar bormi?)Yutuqlariga qiziqdim...
    6,81033997Открыть в Telegram
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    18 авг., 14:11

    Bugun rahbar bilan bo'lgan majlisda bir gapni eshitib qoldim:“Ta’limda 2 xil toifalar bor, ular konservativ fikrlaydiganlar va zamonaviy fikrlaydiganlar.”Menimcha, bizda birinchi toifa ancha ko‘p.Dunyo sun’iy intellektni ta’limga integratsiya qilish, individual ta’lim trayektoriyalarini yaratish, bilimdan ko‘ra kompetensiyani baholash haqida gapiryapti. Bizda esa ayrim joylarda haligacha davomat, konspekt, qog‘ozbozlik va “bizning paytimizda shunday edi” degan qarash ta’lim sifatining asosiy mezonidek ko‘riladi.Muammo texnologiyada emas.Yangi platforma berishingiz mumkin. Yangi metodika olib kelishingiz mumkin. Eng zamonaviy auditoriyani qurishingiz mumkin.Lekin eski fikrlash bilan yangi ta’lim qurib bo‘lmaydi. Bugungi talaba 10 yil oldingi talaba emas. Bugungi mehnat bozori 10 yil oldingi bozor emas. Bugun talab qilinayotgan ko‘nikmalar ham boshqa.Shunday sharoitda
    6,0101854Открыть в Telegram
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    17 авг., 16:45изменён

    https://t.me/oblakouz/29544👆 shu postga munosabatim❗️ TA’LIMNI NAZORAT QILAMIZ DEB, YANA XALQNING CHO‘NTAGIGA QO‘L SOLINADIMI?Maktabda davomat bo‘lishi kerak. Bola sababsiz dars qoldirmasligi ham kerak. Bunga hech kim qarshi emas.Lekin muammoning yechimi yana JARIMA bo‘lishi shartmi?Ota-ona farzandini maktabga yubormadi — jarima. Takrorlandi — yana kattaroq jarima. Yana takrorlandi — millionlab so‘m jarima.Shunda savol tug‘iladi:Biz bolani maktabga qaytaryapmizmi yoki xalqdan pul undirishning yangi mexanizmini yaratyapmizmi?Avval bolaning nima sababdan darsga kelmaganini o‘rganish kerak emasmi?
    3,7802097Открыть в Telegram
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    12 авг., 18:24

    Bugun The Guardianda Yaponiya ta’lim tizimi haqida bir maqolani o‘qib qoldim. Undagi bir fikr meni ancha o‘ylantirdi:“We gave our teachers the respect of an Emperor, the immunity of an Ambassador, and the salary of a Minister.”Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya juda og‘ir ahvolda edi. Urushdagi mag‘lubiyat, vayron bo‘lgan shaharlar, iqtisodiy qiyinchiliklar… Shunday bir vaziyatda ular mamlakat kelajagini qayta qurishning eng muhim yo‘llaridan biri sifatida ta’limni tanlagan.Eng qizig‘i, buning markaziga o‘qituvchini qo‘ygan.Ya’ni ustozga imperatordek hurmat, elchidek daxlsizlik va vazirga munosib maosh berish kerak, degan qarash shakllangan.Natijasini bugun hammamiz ko‘rib turibmiz.Yaponiya deganda texnologiya, ilm-fan, intizom, sifat va taraqqiyot ko‘z oldimizga keladi. Bularning ortida esa, menimcha, juda oddiy, lekin kuchli bir tamoyil bor:Kelajakni o‘zgartirmoqchi
    4,68019775Открыть в Telegram
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    4 авг., 06:30

    #diqqat_tanlov💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasi qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling!🔹Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Pro Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin.✅ Viktorinada g‘oliblar test va referal bo‘yicha alohida aniqlanadi. ✅ Faol qatnashganlarga QR kodli elektron sertifikat beriladi.Batafsil ma’lumot olish👇 https://t.me/bilimtanlovbot?start=29193830
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    2 авг., 17:06

    50 kun oldin o’zimga bitta qaror qo’ydim: Instagramni chetga surib, uning o’rniga mutolaani tanladim.Bugun qarasam, oradan 50 kun o’tibdi.📚 Shu vaqt ichida 140 soat audiokitob va elektron kitob mutolaa qilibman.Bu 140 soat davomida shunchaki kitob o’qimadim. Bir dunyo bilim oldim, turli hissiyotlarni his qildim, hayotga boshqacha qarashni o’rgandim va o’zim uchun juda ko’p ibratlar topdim.Eng qizig’i,boshida mutolaa ilovasining Premium tarifiga yiliga 150 ming so’m to’layotganimda: “Shuncha pul ham ketadimi?” deb o’ylagandimHozir esa shu 50 kun va 140 soatdan keyin, hech ikkilanmay ayta olaman: agar bugun “Premium 1,5 million so’m” desa ham olardim. Chunki buning qiymati pul bilan emas, hayotingizga qo’shadigan bilim va tafakkur bilan o’lchanarkan.Ijtimoiy tarmoqlarda o’tkazilgan vaqt deyarli hech narsa qoldirmaydi. Kitob bilan o’tgan vaqt esa sizni har kuni oz bo’lsa-da
    3,26020177Открыть в Telegram
  • Abdukakhkharov Yorkin | Private Blog

    30 июл., 15:20

    4–5 yil oldingi o'zim esimga tushib ketdi. 😄Django Community UZ guruhida 2020-yildan beri borman, shu guruhda bir suhbatga ko'zim tushdi: "Zakazlarni qayerdan olyapsizlar?"Shuni o'qib, eski Yorqin yodimga tushdi. 2020-2022-yillar O'shanda junior edim. (Rostini aytsam... hozir ham ba'zida o'zimni junior deb hisoblayman )Freelance qilardim. Eng qizig'i, mijoz bilan uchrashuvga borsam: — Sizga sayt/bot kerakmi? deyish o'rniga, — Aka, sizning biznesingizda mana bu muammo bor ekan. Agar shunday tizim qilinsa, vaqtingiz tejaladi, mijozlar ko'payadi, hisob-kitob osonlashadi... deb o'zimcha biznes konsultant bo'lib ketardim.Natijada odam: — Ha, bunaqasi kerak ekan. Qancha bo'ladi? derdi.O'shanda tushunganman: ko'p mijoz "menga sayt kerak" deb yurmaydi. U muammosini hal qiladigan odamni qidiradi.Odamlar kod sotib olmaydi. Ular natija sotib oladi. Shuning uchun faqat Python, Django
    2,880977Открыть в Telegram