Последние посты

Abdulla Oripov she'rlari
17 сент., 15:02
Rostgo'ylikMeni laqillatib aytaverma so'z, Mana bu otashdir, mana bu-chi, muz.Qurbaqa emasdir malika aslo, Yaxshini yaxshi de, yovuzni yovuz.Abdulla Oripov 2015 9-sentabr @Abdulla_Oripov_sherlari
Abdulla Oripov she'rlari
1 сент., 21:32
Marsiya O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom KarimovgaBir xabar tarqaldi, tun yarim edi. Go'yo g'am seliga botdim, yo'qoldim. Kimdir yo'lboshchidan ayrildik dedi. Men-chi aziz do'stdan ayrilib qoldim.Kimning xayoliga kemishdir axir, Birdan qulab tushsa buyuk bir chinor. Alam bo'g'zimizda achchiq va taxir, Bu g'amni na cheki chegarasi bor.Ketdi nogohda aytmay bironta so'z, Hijron olovida barchani tashlab. O'zbek osmonida so'ndi cho'ng yulduz, Katta-yu kichikkning ko'zini yoshlab.Biz --noqis bandalar, o'ylamay goho, Boshimiz silagan qo'lni tishladik.
Abdulla Oripov she'rlari
1 сент., 08:05изменён
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿Bayram barchamizga muborak bo‘lsin aziz vatandoshlar🇺🇿🇺🇿🇺🇿@Abdulla_Oripov_sherlari
Abdulla Oripov she'rlari
31 авг., 07:39изменён
@Abdulla_Oripov_sherlari
Abdulla Oripov she'rlari
30 авг., 09:29
переслано из @abdulla_oripov_sherlari
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 "O‘ZBEKISTON VATANIM MANIM" 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿✍ Abdulla Oripov 🎼Muhammadkarim Soipov 🎹Axliyor Azimov @Abdulla_Oripov_sherlari
Abdulla Oripov she'rlari
29 авг., 08:19изменён
ТУҒИЛГАН КУНОҳорли дўппингни кийиб ол, ўғлим, Дарвоза олдини супур, келинжон. Тортмамда турибди нафақа пулим, Олинг болаларга совға бир жаҳон.Тағин айтиб қўяй, унутма буни, Кампир, ҳамсоянгга чиқартиргин ош. Бугун Истиқлолнинг туғилган куни, Бугун тантанага Давлат ўзи бош.2013 йил август✍ Абдулла Орипов@Abdulla_Oripov_sherlari
Abdulla Oripov she'rlari
23 авг., 18:00изменён
Абдулла Орипов "Қадр"@Abdulla_Oripov_sherlari
Abdulla Oripov she'rlari
18 авг., 15:38изменён
@Abdulla_Oripov_sherlari
Abdulla Oripov she'rlari
11 авг., 22:43
✍️Abdulla Oripov sheʼri. 🎙Yoriyev Gʼolibjon o‘qidi.@Abdulla_Oripov_sherlari
Abdulla Oripov she'rlari
10 авг., 18:35
@Abdulla_Oripov_sherlari
Abdulla Oripov she'rlari
9 авг., 10:20
переслано из @abdulla_oripov_sherlari
@Abdulla_Oripov_sherlari
Abdulla Oripov she'rlari
1 авг., 14:56
Abdulla OripovAVGUSTBearmon suzdim men ummon bag‘rida, Zerikkan chog‘imda nabiralar do‘st. Olis Amriqoning chet bir shahrida, Xayr-xo‘sh qilaman sen bilan, Avgust.Mevalar g‘arq pishgan yurtimda hozir, Kunduz jazirama, salqindir tunlar. Ishkomlar hosilin ko‘targay bazo‘r, Tugab ketgandir ham gurvak qovunlar.Men bugun musofir, sargashta sayyoh, Balki qumloqlarga singmish so‘zlarim. Sen ham sog‘indingmi, ey ona dargoh, Meni kutgaysizmi, xumor ko‘zlarim.Vatandan yiroqda kechdi ko‘p damlar,
Abdulla Oripov she'rlari
24 июл., 12:26
ABDULLA ORIPOVFASLARIMYetaklashib qator va qator, Yo'ldan o'tdi yetmish besh bahor. U bahorlar meniki edi, Bolam, bari seniki endi. Yo'ldan o'tdi yoz bilan kuz ham, Ular menga bo'lganlar hamdam. Ikkovi ham meniki edi, Egalik qil, seniki endi. Ortda qoldi chamanlar, bog'lar, Yo'l so'ngida ko'rindi tog'lar. Muzliklarga borib yetdim men, Faqat qishni ola ketdim men.2016-yil 13-sentyabr Xyuston @Abdulla_Oripov_sherlari
Abdulla Oripov she'rlari
16 июл., 14:18
ILG‘OR ISHCHI VA CHAQQON MUXBIR QISSASIIshchi tongda turib olib Qurilishga boradi. G‘isht teradi, tosh yo‘nadi, Shag‘alini qoradi.Qo‘l ishda-yu, ammo o‘zga Xayol kezar boshida, Bog‘chadagi qizchasining Lentasi yo‘q sochida.Telpagini yo‘qotibdi, O‘yinqaroq kenjasi. Yangisini obber, — deydi, Yig‘lab chiqdi kechasi.Biroviga papka kerak, O‘ylab hamma-hammasin, Ishchi shu kun ikki hissa
Abdulla Oripov she'rlari
15 июл., 12:48изменён
Ta’ziya@Abdulla_Oripov_sherlari kanali va uning ko‘p sonli aʼzolari nomidan O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning akasi, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Oʻsimlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasi professori Abdurazzoq Oripovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Janoza namozi 2026-yil 16-iyul kuni soat 8:00da Qarshi shahri Samarqand mahallasi Yangi tong ko‘chasi 23-uyda o‘qiladi. Mo‘ljal: Onkologiya shifoxonasi orqa ko‘chasi.@Abdulla_Oripov_sherlar
Abdulla Oripov she'rlari
10 июл., 01:42
Sevgidan so'ylarding u kun entikib, So'ylarding visolning yaqin kelishin. Men bo'lsam ko'zimni qaygadir tikib, O'ylardim dunyoning savdoli ishin.Bugun-chi, bir o'zim, yuribman tanho, Sevgi ham visol ham bo'ldilar abas. Barchasi manguga tark etdi, ammo Faqat o'sha o'ylar tark etgan emas...Abdulla Oripov@Abdulla_Oripov_sherlari
Abdulla Oripov she'rlari
4 июл., 16:20
НИСБИЙЛИКЖуда яхши! — деймиз мана бу нарса, Гўё ҳукм каби янграр сўзимиз. Ўйлаб кўрганмизми ҳеч бирор марта, Киммиз ўзимиз? Жуда ёмон! — деймиз мана бу нарса, Гўё ҳукм каби янграр сўзимиз. Ўйлаб кўрганмизми ҳеч бирор марта, Хўш, ким ўзимиз? Кимгадир ёқамиз биз ўзимиз ҳам, Кимгадир ёқмаймиз биз ҳам ўзимиз. Шунақа чархпалак экан бу олам, Демак, нисбий эрур ҳар бир сўзимиз.Абдулла ОРИПОВ 1977 @Abdulla_Oripov_sherlari
Abdulla Oripov she'rlari
29 июн., 11:05
ABDULLA ORIPOVPOLIZ QO'RIQCHISIChaylamiz bor edi, Dalada edik, Jayralar o'ch bo'lar qovun-tarvuzga. Har holda, cho'chitib turadi dedik , Qo'riqchi o'rnatdik bir kun polizga.O'risning xochidek butani chopdik , Yerga qadab qo'ydik оyoq-dastakni. Qaydandir eski bir shlyapa topdik, Egniga kiygizdik yag'ir po'stakni.G'aroyib qo'riqchi bo'lgandi paydo, Dovdirar, tushsa gar shaytonning ko'zi. Uzoqdan qorasin ko'rganda goho, Juftakni rostlardi bolalar o'zi.
Abdulla Oripov she'rlari
20 июн., 11:33
BulutTiniq ko'l bag'ridan parcha oq bulut Suzib chiqdi bir vaqt maviy osmonga. Shamol qanotida yo'l oldi xushnud Oshyonidan uzoq-uzoq tomonga... Qaylarga shoshardi?! Bilmas edi u Oshib o'tdi cho'llar, tog'lardan yiroq Va bir kun kezishlar jonga tegdi-yu, Qaytmoq bo'ldi shunda ortiga, biroq, Biroq... yo'l bermadi shamollar haydab Yig'lab bitdi bulut, sel bo'ldi ko'z yosh. So'ng irmoq bo'ldi-yu, bilmaydi qayda... Makonin axtarib olib ketdi bosh.📝Abdulla Oripov @Abdulla_Oripov_sherlari
Abdulla Oripov she'rlari
18 июн., 16:21
Абдулла ОриповАДИ-БАДИ ҲАҚИДА РИВОЯТХотин бир кун эрига: — Манов иш қандоқ, — деди. Эри эса жавобан: — Ундоқмас, бундоқ, — деди. Хотин деди: — Болани Бундоқ қилиб боқамиз. Эри деди: — Ундоқмас, Мундоқ қилиб боқамиз. Хотин деди: — Меҳмонни, Кутмоқ керак бунақа. Эри деди: — Йўқ, асло, Менинг гапим мунақа. Хотин охир чарчади, Ҳаётдан тўйди ҳатто. Бола-чақа, молу мулк, Бисотдан тўйди ҳатто,
