Последние посты

Umar
18 сент., 20:31
So‘zlar ojizlik qilgan onlar
Umar
8 сент., 11:50
Nega piyolalarni ushlagichi yoq bilasizlarmi ?
1,660Открыть в Telegram
Umar
3 сент., 08:15
Kanalda qancha daromad borligi bilan qiziqqanlar boʻldi.Suratda Telegram monetizatsiyasidan kelayotgan tushumlar. Kuniga 0.001 TON atrofida. Yaʼni shu paytgacha deyarli nol edi, chunki bunga umuman eʼtibor qaratmaganman.Lekin endi kanalga eʼtibor qaratishni yana boshladim. Toʻgʻri yondashilsa, bu koʻrsatkichni Telegram’ning oʻzidan kuniga bemalol 50$ ga olib chiqsa ham boʻladi. Auditoriya va potensial bunga yetarli.Bu kanal men uchun faqatgina pul manbayi emas, lekin tizim taqdim etayotgan imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish ham zarar qilmaydi. Asosiy maqsad sifatni yoʻqotmagan holda kanalni rivojlantirish.
2,350Открыть в Telegram
Umar
2 сент., 14:46
Virtual olam qiziq-da. Odamlar o‘yin akkauntlariga masalan 20,000$ lab pul tikadiyu, oxiri arzongagina, 2,000$ ga sotib yuboryapti.Tashqaridan qaragan odamga bular xuddi jinnidek tuyuladi. Tushunmaysan ham. Lekin hamma gap o‘sha ichkaridagi azartda. Inson o‘sha paytdagi ehtiros, yutish va bir-biridan o‘zib ketish istagi uchun ko‘zini yumib pul tikaveradi. Azart odamni shunaqa ko‘r qilib qo‘yadi, o'zini to'xtatolmay qoladi.Keyin esa o‘sha olov o‘chadi, hammasi joyiga tushadi. Shu muhitning ichiga kirsang, bunaqa g‘alati va mantiqsiz holatlar oddiy narsaga aylanib bo‘lganini ko‘rasan. Odam zoti o‘zi shunaqa, vaqti kelib o‘sha azart o‘lib, qadri yo‘qolgan matohlardan shunchaki tezroq qutulishni xohlab qoladi.Umar yozdi.
Umar
26 авг., 18:57
Deb yozilgan edi qayerdadir
Umar
20 авг., 17:26
Haqiqiy ritsarlik va erkaklik kuchi yondagi qilichda, choʻntakdagi boylikda yoki qudratda emas. Erkak kishining haqiqiy kuchi va buyukligi uning goʻzal axloqida, aqli va olijanobligida namoyon boʻladi. Poʻlat qilich inson tanasini jarohatlashi mumkin, lekin yuksak axloq va olijanoblik qalblarni zabt etadi, asirlarni ozod qiladi va hatto dushman bagʻridan ham hurmat uygʻotadi. Qilichni dastroziyga, moddiy narsaga almashtirish mumkindir, ammo qalbning pokligi hamda olijanob prinsiplarni hech qanday boylikka sotib olib boʻlmaydi.Chaqnayotgan qilich emas, balki bagʻriqenglik va mardlik har qanday jangdan koʻra keskirroq va ta'sirchanroqdir. Haqiqiy ritsar bu oʻz kuchi bilan emas, oʻzining adolati va axloqi bilan gʻolib boʻladigan insondir.Umar yozdi
Umar
15 авг., 20:09изменён
Qimmat narsalar olib boyib ketsam baxtli bo‘laman derdim, oxiri hammasiga erishdim ham. Lekin keyin boshqacha bo‘lib chiqdi, chunki o‘sha narsalar odamni erkin qilmas ekan. Masalan, oxirgi model Telefon olasanu, batareyasi o‘lmasin, tirnalib qolmasin deb pishillab yotasan. Qimmat mashinani minasan, lekin yo‘lda biroz tirnalib qolsa yuraging siqilib, o‘sha matohga qul bo‘lib qolganingni tushunasan. Telegramda minglab dollarga qimmat username yoki NFT olasanki, ertaga bitta qoida o‘zgarsa yoki o‘chib ketsa tamom, o‘tirasan bor-budingdan xavotir olib. Brend kiyimlar kiyasan, lekin qayergadir o‘tirganda kir bo‘lmasin deb o‘zingni erkin tutolmaysan. Hammasini ko‘rdim, ichida yashab o‘tdim. Shuning uchun oxiri o‘zimni o‘sha ortiqcha dabdabalardan tortib olib, sekin-sekin oddiylashayotganimni sezayapman.Umar Yozdi.3,120Открыть в Telegram
Umar
13 авг., 18:48изменён
@theumarway3,060Открыть в Telegram
Umar
12 авг., 17:40
Bu rasm juda chiroyli edi... toki pastdagilar shunchaki stul emasligini anglamagunimcha. Uni yana ko‘rdim, lekin faqat uyg‘ongunimcha.
3,380Открыть в Telegram
Umar
11 авг., 18:35
2,980Открыть в Telegram
Umar
5 авг., 11:11
3,690Открыть в Telegram
Umar
1 авг., 10:24
Pavel Durov Rossiya rasmiylarining oʻziga qoʻygan terrorchi degan ayblovini masxara qilib post joyladi.Ammo Kremlning ikkiyuzlamachiligini fosh qilmoqchi boʻlgan milliarder oʻzining kreativlik darajasi gʻarbdagi arzon stereotiplardan nariga oʻtmaganini koʻrsatib qoʻydi.Hazil rasm ostiga "Canal Géopo" kabi toʻplamlardan olingan muqaddas kalimali islomiy bayroq emojisini qoʻshish — saviyali sarkazm emas, balki internetdagi 15 yoshli oʻsmirlarning darajasidir. Siyosiy urushlaringizga milliardlab insonlarning diniy ramzlarini aralashtirmay, oʻz gʻoyalaringiz bilan kurashavering, janob Durov.3,600Открыть в Telegram
Umar
23 июл., 17:22
🍁Sentyabrning oʻtkinchi ekanligini yomon koʻrardim. Lekin angladimki, u aynan shu oʻtkinchiligi sababli ham mening eng sevimli oyim ekan. Sogʻinish va qadrlash uchun kutish kerak...🗓4,670Открыть в Telegram
Umar
6 июл., 19:38изменён
⭐️ Did you know my name was almost Amir عامر? 🤔In Arabic grammar, words strictly follow exact weights and linguistic molds (wazn). Amir fits perfectly into a standard blueprint. But my identity chose a completely different path—I was named Umar (عمر), a name known in linguistics for not following the common paths, but instead belonging to a rare, unique, and specialized category of its own. 🌟Looking back, it all makes sense. I was never meant to fit into conventional boxes, standard structural weights, or common societal definitions. 🧱My name, my character, and every single post on this channel exist completely outside the ordinary lines. We don't follow the general formulas; we operate under our own distinct rules.6,570Открыть в Telegram
Umar
30 июн., 16:41
🇮🇶 Saddam and Kaddafi 🇱🇾

6,460Открыть в Telegram
Umar
26 июн., 14:11
🇵🇹5:0🇺🇿6,820Открыть в Telegram
Umar
22 июн., 15:35изменён
Tizim qoidalari: Markazlashgan dunyoda shaxsiy erkinlikni saqlash 🌍Zamonaviy dunyo adolat yoki axloq tamoyillariga asoslanmagan. Bugungi geosiyosiy muhit — yirik davlatlar, media imperiyalari va global kuchlar tomonidan shaxsiy manfaatlarning toʻqnashuv maydoni hisoblanadi. Koʻpchilik aholi voqealarni soddalashtirib, ularga faqat yaxshi va yomon degan ikkita kategoriyaga boʻladi. Biroq, real hayot ancha murakkab boʻlib, unda mutlaq toza tomon mavjud emas. 🗽Xalqaro siyosat, media va shaxsiy erkinliklar oʻrtasidagi munosabatlarni tahlil qilsak, uchta muhim haqiqat namoyon boʻladi.1. Siyosatda axloq yoʻq, faqat manfaat borXalqaro maydonda doimiy qadriyatlar mavjud emas. Hukumatlar birinchi navbatda xalqni emas, oʻz taʼsir doirasini oʻylaydi. Yaqin Sharqdagi soʻnggi voqealar buni yaqqol isbotladi: kechagina million7,370Открыть в Telegram
Umar
19 июн., 16:54
🇺🇿Tizim o'zi yozgan qonunni o'zi minalashtirganda.🇺🇿Eng ayanchli manzara — qonun himoyachilarining o‘zlari huquqbuzarga aylanishidir. Toshkent markazidagi "pivo festivali" — shunchaki tadbirkorlarning tashabbusi emas. Uni bevosita Toshkent shahar hokimligi va IIBB (Ichki ishlar bosh boshqarmasi) muvofiqlashtirdi, ko'chalarni yopib berdi. Qonunni muhofaza qilishi kerak bo'lgan organlar, o'zlari qonunni oyoqosti qilishga sharoit yaratdi.Salqin ichimliklar degan soxta nom ostida davlat idoralari amaldagi ikkita eng muhim qonuniy taqiqni ochiqchasiga buzdi:1. Reklama to‘g‘risida"gi qonunning 39-moddasi: Ushbu moddaga ko‘ra, pivo va ko‘piklanadigan ichimliklarni reklama qilish maqsadida madaniy-ko‘ngilochar, ommaviy va sport tadbirlariga homiylik qilish taqiqlanadi. IIB va hokimlik esa yirik pivo brendlariga shahar6,240Открыть в Telegram
Umar
16 июн., 17:58изменён
Ekzistensial inqiroz nuqtalari: Gʻazo hududidagi reallik tahlili ⚠️Dunyoda geosiyosiy toʻqnashuvlar tufayli hayot oʻzining odatdagi mazmunini yoʻqotadigan va faqat jismoniy tirik qolish instinkti hukmronlik qiladigan hududlar mavjud. Gʻazo — bugungi kunda har qanday xalqaro ritorika va siyosiy bayonotlar oʻz qiymatini yoʻqotgan, reallik esa faqat insoniy fojialar orqali ifodalanadigan makonga aylandi. 💔Biz global maydonda murakkab ssenariylar, raqamli kelajak va strategik rejalarni muhokama qilayotgan bir paytda, ushbu hududda yagona vazifa mavjud: jismoniy tiriklikni saqlab qolish. Osmondagi harbiy harakatlar va raketalar u yerda hech qanday mafkuraviy maʼnoga ega emas, ular faqat oʻlim xavfini anglatadi. Insonning eng birlamchi ehtiyojlari cheklangan vaqtda, dunyoning barcha falsafiy qarashlari va siyosiy nazariyalari oʻz ahamiyatini yoʻqotadi.
Umar
6 июн., 14:14
✨ Hayotimda biror marta bunday chuqur asarni eshitmagan edim...Bugun men uchun juda hayajonli kun. Arab adabiyotining eng buyuk siymolaridan biri — Ahmad Shavqiy qalamiga mansub moʻjizaviy bir sheʼrni (masalni) sunʼiy intellekt (Aida) yordamida ovozlashtirdim. Natija esa shunchaki tasavvurimdan ham aʼlo chiqdi! Shunchalik goʻzal va taʼsirli boʻldiki, hozir ham uning sehridan chiqa olmayapman.Sheʼrda magʻrur Kapalaklar malikasi va sokin Koʻrshapalak oʻrtasidagi falsafiy bahs yoritilgan. Kapalak yorugʻlik va shamga oshiq boʻlib, Koʻrshapalakning tunni va qorongʻulikni yaxshi koʻrishini masxara qiladi. Ammo yakun... hayotiy haqiqatga borib taqaladi. Sham alangasiga oʻzini urgan kapalak qanotlari kuyib, fojia bilan qaytadi.Bu shunchaki sheʼr emas, bu — hayot, magʻrurlik va chinakam sadoqat haqidagi falsafadir.Ovoz va sheʼriyat uygʻunligini YouTube
5,940Открыть в Telegram
