Последние посты

Abdusattor
19 сент., 13:04изменён
AI’ni ishlatib ko‘rish bilan uni ish quroliga aylantirish orasida katta masofa bor.ChatGPT’ga matn yozdirolasiz, lekin har kuni ikki soatingizni olayotgan ishni u bilan qanday yengillashtirishni bilmasligingiz mumkin. AI’da video yasash oson. Lekin shu imkoniyatni mijoz chaqiradigan va daromad keltiradigan xizmatga aylantirish boshqa masala.Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ma’lumotlariga ko’ra AI’dan foydalanadigan korxonalar ulushi 2024-yildagi 14,2 foizdan 2025-yilda 20,2 foizga oshgan. O‘sish sezilarli, lekin bu hali har beshta korxonadan taxminan bittasi degani.Siz ijtimoiy tarmoqlarda AI haqidagi kontentni ko‘p ko‘rib, hamma allaqachon undan foydalanyapti deb o’ylaysiz. Lentangizda bir mavzu ko‘payishi butun bozor shunaqa degani emas. Ya’ni AI bilan orqali o’z xizmatingizni bizneslarga taklif qilishga hali kech emas demoqchiman.Bu uchun o‘zingiz biladigan
Abdusattor
13 сент., 12:42
Raqamli San’at Ijodiy Birlashmasi tashkil etildi. Loyihaning rejalari va asosiy yo'nalishlarini ko'rib mazza qildim. Manga judayam yoqdi.Sizlardan kamdan-kam biror bir kanalga obuna bo'lishingizni so'rayman. Lekin bu loyihaga obuna bo'lmasangiz bo'lmaydi.Loyiha haqida to'liq ma'lumotni loyihaning rasmiy Telegram kanalida olishingiz mumkin.@raqamlisanat
Abdusattor
13 сент., 12:26
Man tarixni juda zo‘r bilaman deb aytolmayman. Lekin tarixga doim qiziqqanman.Tilimiz, xarakterimiz, madaniyatimiz, hatto ayrim odatlarimiz ham bizdan oldin yashagan minglab ajlodlar qoldirgan iz ekanligini tushunaman.Bolaligimizdan ko‘plab xorijiy qahramonlarni obraz sifatida taniymiz. Ularning kiyimi, xarakteri, janglari, hatto gapirish uslubigacha ko‘z oldimizda.O‘zimizning tariximizda ham qahramonlar, voqealar va hikoyalar bundan kam emas.Shu sabab man doim o‘z tariximizni ham zamonaviy vizual tilda ko‘rishni xohlardim.Bugun Raqamli San’at Ijodiy Birlashmasi Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasini zamonaviy vizual vositalar va sun’iy intellekt yordamida qayta talqin qilibdi.Manimcha, bu o‘z tariximizni yangi avlodga zamonaviy tilda yetkazish yo‘lidagi qiziq tajribalardan biri.Ko‘rishingizni tavsiya qilaman.🎞: https://youtu.be/f_fJpTnW


Abdusattor
13 сент., 10:27
Avtomatik jamg‘arish nega ishlaydi?Har oy o‘zingizga “bu safar albatta pul ajrataman” deysiz. Lekin oy oxiriga kelib reja ko‘pincha amalga oshmay qoladi. Agar pul kartangizdan avtomatik ravishda jamg‘armaga o‘tib tursa, natija butunlay boshqacha bo‘ladi.Bu faqat iroda emas, tizim masalasi ekanini ko‘rsatadi.AQShda o‘tkazilgan bir tadqiqotda kompaniya xodimlari pensiya jamg‘armasiga qo‘shilish uchun o‘zlari ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘lgan. Hech narsa qilmasa, jamg‘arma ham boshlanmasdi. Natijada xodimlarning atigi 37 %i dasturda qatnashgan.Keyin tizimni o‘zgartirishgan. Yangi xodim ishga kirishi bilan avtomatik ravishda jamg‘arma dasturiga qo‘shilgan, xohlamasa esa keyin o‘zi chiqib ketishi mumkin bo‘lgan.Natijada jamg‘armada qatnashuvchilar soni 37 %dan 86 %gacha oshgan.Ya’ni odamlar har doim jamg‘arishni xohlamagani uchun emas, ko‘pincha uni boshlashni kechiktirgani uchun
Abdusattor
10 сент., 13:59изменён
3-qismShu sabab internetda: “Milliarderlarning 80 foizi mana buni qiladi”, “Baxtli odamlarning 70 foizi mana bunday yashaydi”, “Uzoq umr ko‘radigan odamlar mana buni yeydi” degan ma’lumotlarni ko‘rganimizda birinchi savol berishingiz kerak.- “Raqam rostmi?” - “Bu narsa sababmi yoki shunchaki yonma-yon kelayotgan belgimi?”Masalan, muvaffaqiyatli odamning hayotiga qaraymiz.Soat 5 da turadi, kitob o‘qiydi, sovuq dush oladi, qahva ichadi, qora futbolka kiyadi.Keyin shu tashqi belgilarni ko‘chirib, natija ham ko‘chadi deb o‘ylaymiz.Vaholanki, uning natijasini olib kelgan asosiy sabab butunlay boshqa joyda bo‘lishi mumkin.20 yil bir sohada ishlagandir. Kerakli vaqtda kerakli odam bilan tanishgandir. Oilasi unga kuchli ta’lim bergandir. Risk qilgandir. Omadi kelgandir. Yoki bularning hammasi birgalikda ishlagandir.Shuning uchun korrelyatsiya bizga “bu ikki narsa orasida
Abdusattor
10 сент., 13:59изменён
2-qismMasalan, yana bir mashhur gap bor, “Muvaffaqiyatli odamlar ertalab 5 da uyg‘onadi” degan.Shu gapdan “Demak, soat 5 da uyg‘onsam muvaffaqiyatli bo‘laman” degan xulosa chiqarsak to'g'ri bo'ladimi?Unda obodonlashtirish xizmati xodimlari dunyodagi eng boy odamlar bo‘lishi kerak edi. Ular sizdan ham, mendan ham oldin uyg‘onishadi. Demak, muammo uyg‘onadigan soatda emas. Balki muvaffaqiyatli odamlarning ayrimlari umuman tartibli yashar.Balki maqsadi aniqdir. Vaqtini to'g'ri boshqarar. Keraksiz narsalarga “yo‘q” der. Yoki erta uyg‘onish shunchaki o‘sha hayot tarzining bir ko‘rinishi bo‘lishi mumkin.Biz esa natijani ko‘rib, uni sabab deb o‘ylaymiz. Bu huddi daraxtning mevasiga qarab “Demak, olmani shoxga osib qo‘ysam, daraxt bo‘ladi” deyishga o‘xshaydi.Yo‘q. Olma sabab emas. Olma undan oldin bo‘lgan butun bir jarayonning natijasi. Ildiz bor. Suv bor. Tuproq bor. Quyosh bor.
Abdusattor
10 сент., 13:41
Boy odamlar ko‘proq kitob o‘qiydi degani, “kitob o‘qisangiz boy bo‘lasiz” degan emas.Tasavvur qiling, yoz fasli keldi. Muzqaymoq savdosi oshdi. Xuddi shu paytda suvda cho‘kish holatlari ham ko‘payadi.Agar statistikaga yuzaki qarasak, “Muzqaymoq odamlarni cho‘ktiradi” degan xulosa chiqarishimiz mumkin.Chunki muzqaymoq savdosi oshgan sari cho‘kish ham oshyapti. Mantiqsiz, to‘g‘rimi?Muzqaymoq bilan cho‘kish o‘rtasida bog‘liqlik bor, lekin biri ikkinchisining sababi emas. Statistikada bunga “korrelyatsiya” deyiladi.Oddiy tilda aytganda, ikki narsa bir vaqtda o‘zgarayotganini ko‘ramiz. Muammo shundaki, inson miyasi bunaqa raqamlarni ko‘rganida darrov hikoya yasagisi keladi.Misol uchun A oshdi. B ham oshdi. Ha demak, A sababli B oshgan deb juda ko‘p xato qilamiz.Masalan, boy odamlar ko‘p kitob o‘qiydimi? Ha. Demak, ko‘p kitob o‘qisangiz boy bo‘lasiz deyish to’g’ri xulosa


Abdusattor
9 сент., 13:39
Pulni tejash kamroq xarid qilish degani emas. Muammo nima uchun xarid qilayotganingizni tushunishda.Kimdir telefoni eskirgani va foydalanish noqulay bo’lgani uchun yangi telefon sotib oladi. Yana kimdir atrofidagilardan ortda qolmaslik uchun.Tashqaridan ikkalasi ham bir xil xarid. Lekin birinchisi ehtiyojdan kelib chiqqan qaror, ikkinchisi esa impulsiv.Rostini aytsak biz ko’p holatda hissiyot bilan xarid qilamiz. Va shu tarzda pulimizning katta qismi ongli tanlovga emas, avtomatik iste’molga ketadi.Manimcha, moliyaviy intizom ham aynan shu joydan boshlanadi. Inson uchun bugungi rohat ham kelajakka investitsiya ham kerak. Asosiy narsa qaysi biriga qancha mablag’ ketishida.Masalan, hozir daromadingizning atigi 5–10 foizini IMANUM orqali investitsiyaga ajratsangiz, bu summa bugun hayotingizni tubdan o‘zgartirmasligi mumkin.Lekin sizda pulning bir qismini iste’mol qilmasdan,
Abdusattor
9 сент., 11:03
Bir dasturchi har kuni chekish yillar davomida o‘pkaga qanday ta’sir qilishini 3D model orqali ko‘rsatibdi.Qiziq joyi ekranda ko‘rinayotgan har bir o’pka uchun alohida 3D model yaratilmagan.O‘pkaning bitta 3D modeli yaratilgan. Keyin Chat GPT Astra shu bitta modelni jonlantirgan.Ya’ni saytga kirib “5 yil”, “10 yil”, “20 yil” deb o‘zgartirsangiz, o‘pka ham ekranda asta-sekin o‘zgaradi.Ba’zi narsalarni matndan o‘qish yoki mutaxassisdan eshitish har doim ham ta’sirli bo’lavermaydi. Masalan, “chekish o‘pkaga zarar qiladi” degan gapni hammamiz bilamiz. Lekin o‘sha zarar yillar davomida qanday yig‘ilib borishini 3D ko‘rinishda ko‘rish butunlay boshqa ta’sir qiladi.🔗: https://breath-atlas.thebuggeddev.chatgpt.site
Abdusattor
4 сент., 13:27
🗓️ 6-sentyabr kuni soat 11:00 da “O‘rmon Saroyi” loyihamizda ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi. 🌳 Siz loyiha qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishasiz, xonadonlar va mavjud takliflar haqida to‘liq ma’lumot olasiz. Ishtirok etish uchun pastdagi havola orqa
Abdusattor
4 сент., 13:26
переслано из @xojimurod_xayitmuradov
🗓️ 6-sentyabr kuni soat 11:00 da “O‘rmon Saroyi” loyihamizda ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi.🌳 Siz loyiha qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishasiz, xonadonlar va mavjud takliflar haqida to‘liq ma’lumot olasiz.Ishtirok etish uchun pastdagi havola orqa ro‘yxatdan o‘tinghttps://forms.gle/eKu3PvUHApHKApA58📞 +998 55 515 01 00
Abdusattor
30 авг., 14:07
Negadir topadigan pulimizga ikki xil munosabatda bo’lamiz. Oylik maoshni rejalashtirib ishlatamiz, lekin premiya yoki sovg‘a qilingan pulni "tekin pul" deb o’ylaymiz. Mantiqan ikkalasi ham bir xil xarid kuchiga ega. Lekin “tekin pullar” kelganda ongimiz bizni keraksiz xarajatlarga undaydi.Har oy maosh yoki asosiy mehnatingiz evaziga keladigan pulni ishlab topish qanchalik qiyin bo‘lganini miya yaxshi biladi, shuning uchun uni juda ehtiyotkorlik bilan rejalashtiradi va tejaydi.Premiya, lotereya yutug‘i, sovg‘a yoki kutilmaganda qaytgan eski qarz uchun miya zo‘riqmagani uchun uni "tekin imkoniyat" deb baholaydi va bir lahzalik qarorlar bilan keraksiz narsalarga ishlatishga tayyor turadi.Shu joyda vijdonni oqlaydigan "Baribir bu pul mening oylik rejamda yo‘q edi!" degan fikr uyg‘onadi. Aynan shu fikr keraksiz xarajatlar uchun yashil chiroq yoqib beradi.Aslida rejada bo’lmagan pulga
Abdusattor
30 авг., 12:09изменён

Abdusattor
27 авг., 10:38

Abdusattor
24 авг., 13:11
Bir haftadan keyin yangi o'quv yili boshlanadi. Man 2 ta farzandimni "Jahon School"ga berganman."Jahon School" asoschisi Jahongir Pulatovni yaqindan taniyman va uni chinakam ta'lim odami deb bilaman. Shu uchun ham bolalarimni qo'rqmasdan uning maktabiga berganman."Jahon School" maktabi 26-avgust kuni ota-onalar uchun "Maktab ko'rish kuni"ni o'tkazyapti ekan.Agar farzandingiz uchun yaxshi maktab izlayotgan bo'lsangiz, shu tadbirga kelishingiz mumkin.Tadbirda maktab bilan tanishtiruv, ota-onalar uchun taqdimot va taomlar degustatsiyasi bo'ladi.⏰ Tadbir: 26-avgust, Chorshanba 14:00'da boshlanadi.Tadbirda ishtirok etish uchun pastdagi havoladan ro'yxatdan o'tishingiz mumkin:✍️: https://jahonschool.uz/forma2
Abdusattor
23 авг., 13:52
O‘rganilgan ojizlikAniq bilaman, sizning ham kamida bitta shunaqa tanishingiz bor: hech narsadan yaxshilik umid qilmaydigan, hamma narsada faqat tanish-bilish, korrupsiya va negativ ko‘radigan.Ular o‘z-o‘zidan bunday bo‘lib qolmagan. Ular psixologiyada "O‘rganilgan ojizlik" deb ataladigan ruhiy tuzoqqa tushib qolgan.Bu holat inson ketma-ket muvaffaqiyatsizlikka uchragach, "baribir hech narsa o‘zgarmaydi, harakat qilishdan ma’no yo‘q" degan fikrga kelishi va hatto imkoniyat paydo bo‘lganda ham harakat qilmay qo‘yishiga aytiladi.Masalan, yillab og‘ir oilaviy sharoitda yoki bosim ostida yashagan inson, keyinchalik vaziyatni o‘zgartirish va mustaqil oyoqqa turish imkoniyati paydo bo‘lganda ham hech narsa qilmaydi. U o‘zidagi kuchga va resursga ishonmay qo‘ygan.Yoki imtihondan o‘tish, ishga kirish uchun bilim o‘rniga shunchaki "tanish-bilish kerak" degan fikrga qattiq
Abdusattor
17 авг., 14:16
Bu izohlar YouTube’dagi “Shakarsiz 30 kun” videomizga yozilgan. Video 1 mln.dan ortiq ko’rilgan va bu kabi izohlar juda ko’p.Shu videoni chiqarishdan oldin 1 oy davomida umuman shakar iste’mol qilmaganman. O’sha payt bu chellenj hayotimdagi eng uzun chellenjlardan biri bo’lgan.Umuman olganda ko’pchilik insonlar manashu videoni ko’rib shakardan uzoqlashgani yoki butunlay voz kechganini aytishadi. Bundan men xursand bo’laman.Kimdir kelib sizga, butun umr charchoq, diqqat ushlolmaslik, kayfiyat o’zgaruvchanligidan qiynalib kelganman lekin sizning shakar haqidagi videoyingizdan keyin shakardan voz kechdim va hammasi joyiga tushdi desa o’zingizni qanday his qilasiz?!Videoda faqat nazariya emas, shaxsiy 30 kunlik shakarsiz chellenj tajribam bilan boʻlishganman. 30 kun davomida nimalarni his qildim, qanday qiyinchiliklarga duch keldim va yakunda qanday natijaga erishganimni videoda




Abdusattor
14 авг., 12:18изменён
Uy olma, qo’shni ol deyishgan. Uyni olib bo’ldim, endi qo’shni olish kerak.1 yil oldin, o’zi uy olish niyyatim yo’q edi lekin bu loyiha taklif qilgan narxi va to’lov shartlari shu loyihadan uy olishga majbur qildi.Ko'z tegmasin loyiha qurilishi kutilganidan ham tez ketyapti. 1 yil oldin tekis dala bo’lgan joyda hozir bir nechta blok uylar 11-12 qavat qurilib bo'lingan."O'rmon Saroyi" loyihasini qurayotgan Vatan qurilish kompaniyasining egasi Hojimurodni shaxsan taniyman. Qadriyatli, bergan va'dasini ustidan chiqadigan inson. Bu kompaniyaning yana “Ostona” va “Yangi Qoʻyliq 2” loyihalari ham bor.Bugun kompaniya barcha loyihalari uchun katta chegirma e’lon qilgan.Chegirma shartlari, loyihalarning holati haqida to’liq ma’lumotni bugun soat 20:30 da CHILLA aksiyasi Telegram kanalida bilib olsangiz bo’ladi.Agar yaqin orada xonadon olishni niyat qilib yurgan boʻlsangiz, shu
Abdusattor
11 авг., 09:40изменён
Diplomi bor odam o’qimagan odamdan ko’proq daromad topadi.AQSh Mehnat byurosi ma’lumotlariga qaraganda bakalavr darajasiga ega mutaxassislar faqat maktab diplomiga ega bo'lganlarga qaraganda haftasiga ~66% ko'proq daromad olar ekan. Bu yiliga taxminan $32,000 farq degani. Ya’ni diplom mavjudligining o'zi daromadni 50% oshiradi.Bundan tashqari bakalavr yoki undan yuqori darajaga ega bo'lganlar orasida ishsizlik 1.2% – 2.5% oralig'ida bo'lsa, diplomsizlar orasida bu ko'rsatkich 6.2%’ga yetadi.Iqtisodiy inqirozlar paytida ham oliy ma’lumotli insonlar faoliyat yuritadigan sohalar inqirozga chidamli bo’lgani uchun ular ishini kam yo’qotadi.To’g’ri hozirgi zamonaviy dunyoda diplomning o’zi muvaffaqiyatni kafolatlamaydi, lekin “diplom shart emas" degani "bilim va ko'nikma shart emas" degani emas. Uning ustiga universitet faqat diplom bermaydi. U yerda mantiqiy fikrlash, muammolarni


Abdusattor
10 авг., 13:03изменён
Maqsad klubidagi Yurish sizni qutqaradi darsligimizda yurishning juda ko'p foydalari haqida gapirganman. Undan tashqari bir necha oy oldin har kuni 15 ming qadam yurish chellenjini ham qilgan edik. Yaqinda yurish haqida yana bir qiziq tadqiqot o'qib qoldim.Miyamizda gippokamp deb nomlanuvchi xotira va oʻrganish markazi bor ekan. Inson 50 yoshdan oshgandan keyin bu markaz har yili tabiiy ravishda taxminan 1-2’ga kichrayib borar ekan. Bu kichrayish altsgeymer, xotira yoʻqolishi hamda kundalik narsalarni unutish xavfini oshirarkan.Olimlar yoshi kattaroq 120 nafar koʻngillini 1 yil davomida ikkita guruhga boʻlib kuzatishibdi:1-guruh: Haftasiga bir necha marta muntazam, oʻrtacha tezlikdagi piyoda yurish bilan shugʻullangan.2-guruh: Faqat choʻzilish va yengil gimnastika mashqlari bilan shugʻullangan.Natijada oddiy choʻzilish mashqlarini qilganlarda gippokamp kichrayishda davom

