gram news
Аватар канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

@acdfuz

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining rasmiy telegram sahifasi Официальный телеграм канал Фонда развития культуры и искусства Узбекистана http://acdf.uz/ www.instagram.com/acdfuz/ fb.com/acdfuz

4,690подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

    22 сент., 06:49

    Sankt-Peterburgdagi Faberje muzeyida “Zamin muhabbati va samoviy muhabbat. Vladimir va Konstantin Makovskiylar” ko‘rgazmasi o‘z nihoyasiga yetdi. Ko‘rgazmaga jami 210 717 nafar kishi tashrif buyurdi.Ekspozitsiyadan O‘zbekiston davlat san’at muzeyi kolleksiyasiga mansub to‘qqizta san’at asari o‘rin oldi. Ulardan sakkiztasi ko‘rgazmaga tayyorgarlik doirasida restavratsiya qilindi.O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘rgazmani tashkil etish va uning muvaffaqiyatli o‘tishiga hissa qo‘shgan Faberje muzeyi direktori Vladimir Voronchenko, san’at homiysi Viktor Vekselberg, shuningdek, barcha hamkorlar va mutaxassislarga samimiy minnatdorlik bildiradi. ______В Музее Фаберже в Санкт-Петербурге завершилась выставка «Любовь земная и любовь небесная. Владимир и Константин Маковские», которую посетили 210 717 человек.В экспозиции были представлены девять произведений
    989видео61Открыть в Telegram
  • Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

    21 сент., 15:37

    O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Viktoriya va Albert muzeyida xonanda Layloning konserti hamda so‘zana kashtachiligi ustasi Yulduz Muhiddinovaning mahorat darslari o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatladi. Tadbirlar 2026-yilgi London dizayn festivalining asosiy maskanlaridan biri bo‘lgan muzeyning ommaviy dasturi doirasida tashkil etildi.Mazkur tadbirlar 2024-yilda Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan hamda 2025-yilda ilk bor o‘tkazilgan Buxoro biyennalesi qatnashchisi bo‘lgan o‘zbekistonlik rassom Aziza Qodiriyning “Yuboruvchi noma’lum” (Sender Unknown) installyatsiyasiga hamohang tarzda o‘tkazildi. “Yuboruvchi noma’lum” installyatsiyasi Viktoriya va Albert muzeyi buyurtmasi asosida, muzeyning Jameel dasturi doirasida yaratilgan bo‘lib, loyiha Sarixani oilasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. ____Фонд развития культуры и искусства
    Иллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
  • Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

    18 сент., 06:30изменён

    Dohadagi Islom san’ati muzeyida O‘zbekistonning ming yildan ortiq badiiy va madaniy merosidan hikoya etuvchi “O‘zbekiston: boqiy meros” nomli ko‘rgazma o‘z ishini davom ettirmoqda. Ko‘rgazma Islom san’ati muzeyi tomonidan O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, u 2026-yil 28-noyabrgacha davom etadi.Namoyishga qo‘yilgan diqqatga molik buyum va ashyolar orasida O‘zbekiston sarhadlaridan tashqarida ilk bor namoyish etilayotgan VII asrga oid Afrosiyobdagi “Elchilar zali”ning g‘arbiy devori parchasi, VIII asrga taalluqli Katta Langar Qur’oni varaqlari hamda Amir Temur maqbarasi majmuasiga tegishli XV asrga oid o‘ymakor yog‘och darboza mavjud.Ekspozitsiya O‘zbekiston badiiy va hunarmandchilik an’analarining rang-barangligini kashf etadigan Buxoro va Rishton maktablari kulolchiligi, zardo‘zlik, an’anaviy zargarlik buyumlari,
    1,510видео22Открыть в Telegram
  • Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

    18 сент., 05:45

    O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Savitskiy muzeyida bo‘lib o‘tgan Orol maktabi Assambleyasi doirasida me’mor, kurator va yozuvchi Jozef Grima dastur direktori sifatida Orol maktabining ikkinchi qabuliga ochiq tanlov e’lon qiladi. Jozef Grima e’lon arafasida Nukusga tashrif buyurib, Orol dengizi havzasi bo‘yicha Xalqaro innovatsiya markazida bo‘ldi hamda birinchi qabul bitiruvchilari bilan birgalikda hudud olimlari, me’morlari va tarixchilari bilan uchrashdi.Orol maktabi — Orol dengizining ekologik muammolariga javob izlashga qaratilgan fanlararo oliy ta’limdan keyingi dastur. U O‘zbekistondan mahalliy va xalqaro ishtirokchilarni birlashtirib, madaniy va ekologik tiklanish yechimlarini o‘rganishga qaratilgan. Orol maktabida bilimlarni har bir keyingi dasturga uzatishga alohida e’tibor qaratiladi. Ikkinchi qabul "Iqlim va landshaft" mavzusiga bag‘ishlanib,
    1,150видео53Открыть в Telegram
  • Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

    17 сент., 15:19

    “Ko‘k mitti yoki marvarid yurak” spektakli tomoshabinlar bilan uchrashishda davom etmoqda – 17-sentabr kuni O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatrida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan sahnalashtirilgan spektaklning qo‘shimcha namoyishi bo‘lib o‘tdi.Bu xatti-harakat, musiqa, nur va ifodali qiyofalar orqali gavdalantiriladigan hamdardlik, samimiylik, kechirimlilik hamda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash haqidagi hikoyadir.Navbatdagi qo‘shimcha namoyish 18-sentabr kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.Chiptalar quyidagi havola orqali mavjud.___Спектакль «Синий карлик, или Жемчужное сердце» продолжает встречаться со зрителями — 17 сентября в Узбекском национальном театре кукол состоялся дополнительный показ постановки, реализованной по инициативе Фонда развития культуры и искусства Узбекистана.История о сострадании, искренности, прощении и взаимной
    819видео71Открыть в Telegram
  • Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

    15 сент., 07:20

    O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri sahnasida “Ko‘k mitti yoki marvarid yurak” spektaklining qo‘shimcha kun namoyishlari bo‘lib o‘tadi.Spektaklning diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri so‘zlarning deyarli yo‘qligidir: qahramonlar xayoliy tilda muloqot qiladilar, voqealarning ma’nosi esa xatti-harakat, musiqa, chiroq yo‘nalishilari hamda qo‘g‘irchoq teatrining ifodali qiyofalari orqali ochib boriladi, buning sharofati bilan hikoya tomoshabinlar uchun ularning yoshi, tili va madaniyatidan qat’i nazar tushunarli bo‘ladi.Qo‘shimcha namoyishlar 17 va 18-sentabr kunlari soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.Chiptalar quyidagi havola orqali mavjud.___На сцене Узбекского национального театра кукол состоятся дополнительные показы спектакля «Синий карлик, или Жемчужное сердце».Одной из главных особенностей спектакля является почти полное отсутствие слов: герои общаются на вымышленном языке, а
    Иллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
  • Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

    14 сент., 13:16

    Uch kun davomida Orol assambleyasi bilim va tajriba almashish, mintaqaning buguni va kelajagi haqida birgalikda fikr yuritish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi. Dasturga o‘z bilimlari, savollari va qarashlari bilan hissa qo‘shgan barcha so'zga chiqqanlar, ishtirokchilar, hamkorlar va tinglovchilarga minnatdorlik bildiramiz. Shuningdek, bizni qabul qilgan I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi hamda Qoraqalpog‘iston bo‘limi Fanlar akademiyasiga alohida tashakkur izhor etamiz.Assambleyaning so‘nggi kuni maxsus madaniy dastur, “Suv to‘xtagan joyda” filmining premyerasi va konsert bilan davom etdi. Kino, musiqa va mushtarak fikr almashuvlar uch kunlik dasturning o‘ziga xos yakuniga aylandi. Orol assambleyasida boshlangan muloqot va fikrlar almashinuvi uning doirasidan tashqarida ham davom etishiga umid qilamiz. ____За три дня Aral Assembly стала
    Иллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
    1,260421Открыть в Telegram
  • Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

    14 сент., 10:35

    O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi London dizayn 2026 festivali doirasida Viktoriya va Albert muzeyida (V&A) o‘zbekistonlik rassom Aziza Qodiriyning “Yuboruvchi noma’lum” (Sender Unknown) installyatsiyasiga hamohang Ommaviy dasturni taqdim etadi. Ommaviy dasturdan Yulduz Mukhiddinova boshchiligidagi an’anaviy so‘zana kashtachiligi bo‘yicha mahorat darsi hamda o‘zbekistonlik xonanda va qo‘shiqnavis Layloning jonli ijrodagi konserti o‘rin oladi."Yuboruvchi noma’lum" — V&A buyurtmasi asosida Aziza Qodiriy tomonidan yaratilgan yangi installyatsiya. 2024-yilda rassom Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston Milliy pavilionining yetakchi rassomi sifatida qatnashgan, 2025-yilda esa ilk Buxoro biyennalesida o‘z asarini taqdim etgan. V&A muzeyining tarixiy so‘zana kolleksiyasidan ilhomlangan Aziza Qodiriy ushbu to‘qimachilik an’anasini qo‘l mehnati, raqamli texnologiyalar
    Иллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
    9174211Открыть в Telegram
  • Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

    14 сент., 07:42

    14-sentabr kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Jahon iqtisodiy forumi vakillari – Yevropa va Yevroosiyo yo‘nalishi rahbari Ditrih Jon hamda Yevropa va Yevroosiyo bo‘yicha hamkorlik rahbari Marven Garbaa bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Tomonlar O‘zbekiston va Jahon iqtisodiy forumi o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, mamlakatning Forum tashabbuslari va hamjamiyatlarida ishtirokini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.Kelgusi hamkorlikning muhim yo‘nalishlari sifatida kreativ iqtisodiyot, madaniyat, turizm va inson kapitalini rivojlantirish hamda O‘zbekistonning 2027-yil yanvar oyida Davosda bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumida ishtirok etish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. ____14 сентября состоялась встреча председателя Фонда развития культуры и искусства
    Иллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
  • Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

    13 сент., 05:39

    Orol assambleyasining ikkinchi kuni Orol maktabida o‘tdi. Dastur bitiruvchilar, ekspertlar va turli soha vakillarini munozaralar, mahorat darslari hamda bilim va tajriba almashish uchun birlashtirdi.Kun I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi direktori Gulbahor Izentaevaning muzeyning 60 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng Orol maktabi bitiruvchilari va ekspertlar hamjamiyatlar, landshaft, suv va kelajak amaliyotlari haqida fikr almashib, Qoraqalpog‘istonning an’anaviy bilimlari va mahalliy tajribasiga alohida e’tibor qaratdilar.Kunning ikkinchi yarmida mintaqaning kosmik sohadagi salohiyati va kosmik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi. Dastur an’anaviy me’morchilik va mahalliy materiallarga bag‘ishlangan mahorat darslari bilan davom etdi hamda o‘tmish bilimlarining kelajakni shakllantirishdagi
    Иллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
  • Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

    11 сент., 16:53

    Orol assambleyasi doirasida Orol maktabi Jozef Grima rahbarligida dasturning ikkinchi mavsumi boshlanganini e’lon qiladi. Yangi mavzu — "Iqlim va landshaft".Me’mor, kurator va tadqiqotchi Jozef Grima Orol maktabining ikkinchi mavsumiga dasturiy direktor etib tayinlandi. U O‘zbekistonda qator madaniy loyihalarni amalga oshirgan, jumladan, 2021-yilda Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi uchun ko‘rgazmaga, 2022-yilda esa Venetsiya biyennalesidagi O‘zbekiston Milliy pavilioniga kuratorlik qilgan. Nukusda Grima birinchi dastur ishtirokchilari, mentorlar va mahalliy mutaxassislar bilan uchrashib, ilk yil tajribasini muhokama qildi hamda yangi mavsumning asosiy yo‘nalishlarini belgilab oldi.Ikkinchi mavsum Orolbo‘yining o‘zgarib borayotgan muhiti hamda uning landshaftini shakllantiruvchi ijtimoiy, madaniy va ekologik o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rganishga bag‘ishlanadi.Dasturning ikkinchi
    Иллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiИллюстрация к посту канала Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
    1,300421Открыть в Telegram