Последние посты

Agrobank Matbuot xizmati
25 сент., 04:04
переслано из @sshmirziyoyeva
Nyu-Yorkda “BlackRock” rahbariyati — kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, “Global Infrastructure Partners” raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Xatami bilan uchrashdik.Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildik. “BlackRock” ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashdik.O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda.—В Нью-Йорке встретилась с руководством BlackRock в лице Роберта Капито, президента компании, Томаса Донилона, вице-председателя, Адебайо Огунлеси, председателя и главного исполнительного директора Global Infrastructure Partners, и Чарльза Хатами, глобального руководителя Группы финансовых и стратегических инвесторов компании и руководителя по Ближнему Востоку.Мы обсудили запуск Ташкентского международного финансового центра в 2027 году. BlackRock помогает с формированием концепции и структуры Центра.На нашем совместном круглом столе с представителями деловых кругов Америки обсудили перспективы развития Узбекистана и региона на ближайшие десятилетия.Узбекистан открывается для крупных качественных инвестиций.




Agrobank Matbuot xizmati
24 сент., 15:08
Nurobodda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi📍 Samarqand viloyati Nurobod tumanida Agrobank Boshqaruvi va tuman hokimi ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.🤝 Uchrashuv davomida tadbirkorlarning moliyalashtirish, kredit ajratish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda infratuzilma bilan bog‘liq murojaat va takliflari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish va amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.✅ Shuningdek, yangi loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarning real ehtiyojlarini bevosita o‘rganish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud masalalarga manzilli yechim topishga xizmat qiladi.📱 Instagram 📱 Facebook 🖥Sayt



Agrobank Matbuot xizmati
24 сент., 12:22
переслано из @shmirziyoyev
Prezidentimiz Andijon viloyati taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangi choralar va tashabbuslarni e’lon qildi. — Президент нашей страны объявил о новых мерах и инициативах, нацеленных на дальнейшее развитие Андижанской области.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Agrobank Matbuot xizmati
24 сент., 10:00
Piskent tumanida yoshlar loyihalarining amaliy natijalari o‘rganildi📗 “Agrobank” ATB Piskent tumanida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligi va tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning amaliy natijalari o‘rganildi.💡 Ramozonova Shodiyabonu chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 50 mln so‘m kredit mablag‘idan foydalangan. 💡 Shodiyev Abdurasul esa 10 mln so‘m kredit mablag‘i hisobidan ta’lim olish va universitetga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan. 💡 Karimov Muslimbekga ajratilgan 17 mln so‘m kredit mablag‘i asosida 1 gektar kechki yer ajratilib, qishloq xo‘jaligi faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratilgan. 💡 Rahmonova Umrinisoga esa qishloq xo‘jaligi faoliyatini rivojlantirish maqsadida separator qurilmasi taqdim etilib, 1 gektar yer ajratilgan.✅ Mazkur loyihalar yoshlarning tadbirkorlik va mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda hududda yoshlar bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.📱 Instagram 📱 Facebook🖥Sayt




Agrobank Matbuot xizmati
24 сент., 09:35
переслано из @press_secretary_uz
Qoraqalpog‘iston tajribasi asosida qolgan 13 ta hudud uchun ham loyihalar menejeri lavozimlari joriy etilishi belgilandi.Andijondagi loyihalar menejeri viloyatning yangi investitsiya modelini yaratishga mas’ul bo‘ladi.Bu jarayonda har bir tumanning sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari sun’iy intellekt yordamida baholanadi. Yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish imkoni bo‘lgan sohalar aniqlanib, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish rejasi ishlab chiqiladi.Aylanmasi 100 milliard so‘mdan yuqori 104 ta korxona faoliyatini kengaytirish orqali qo‘shimcha 20-30 ming ish o‘rni yaratish bo‘yicha loyihalar tayyorlanadi. Aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshgan 4 ta korxonada texnologik modernizatsiya hisobiga qo‘shilgan qiymatni 40-50 foizga ko‘paytirish choralari ko‘riladi.Kelgusi yil Andijonda kamida 10 foiz iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.Facebook|Instagram|X


Agrobank Matbuot xizmati
24 сент., 08:01
переслано из @press_secretary_uz
Davlat banklarini mijozlar biznesini o‘stirish tamoyili asosida transformatsiya qilish zarurligi ta’kidlandi.Yil boshidan garov yoki kafil topa olmagan 35 ming kishiga kredit berilmagan. Banklar an’anaviy garov va bir xil standart shartlar bilan cheklanib qolmasligi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.Endi real pul oqimi, buyurtma va shartnomalar, debitorlik qarzi, tovar aylanmasi hamda biznes zanjiriga asoslangan kompleks moliyaviy mahsulotlar keng joriy qilinadi.Kichik tadbirkorlarning lider korxona yoki yirik buyurtmachi bilan uzoq muddatli shartnomasi kredit garovi sifatida qabul qilinadi.500 million so‘mgacha loyihalarni kreditlashda biznes-reja talab etilmaydi. Kredit garovga emas, pul oqimiga qarab ajratiladi. Eksportbop mahsulot uchun xomashyo sotib olish kreditlarida esa sug‘urta polisining o‘zi garov sifatida yetarli bo‘ladi.To‘qqizta davlat bankiga bir oyda biznesni o‘stirishga ko‘maklashadigan 20 ta yangi bank mahsulotini taklif etish vazifasi qo‘yildi. Mahalla bankirlari yangi xizmatlarni aholi va tadbirkorlarga tushuntirib boradi.Facebook|Instagram|X


Agrobank Matbuot xizmati
24 сент., 07:00
переслано из @press_secretary_uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.– Bizga o‘sishdagi raqamlar emas, balki har bir ko‘rsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday o‘zgarish olib kirgani muhim, – dedi davlatimiz rahbari.Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko‘p sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.So‘nggi o‘n yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratildi.Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.Facebook|Instagram|X


Agrobank Matbuot xizmati
24 сент., 05:26
переслано из @sshmirziyoyeva
BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa yo‘qolib borayotgan hozirgi dunyoda O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi haqida so‘zladim.Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz.Nutqimda Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tdim.Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor.—Выступила на 81-й Генеральной Ассамблее ООН. С трибуны этой организации я говорила о позиции Узбекистана в мире, где становится всё больше конфликтов и всё меньше доверия.Наш выбор ясен — открытость, добрососедство и диалог. Мы выступаем за мир, сотрудничество и уважение человеческого достоинства.Говорила о переменах в Центральной Азии, реформах в Узбекистане, экологии и трагедии Арала, развитии искусственного интеллекта, верховенстве закона и правах человека.Сегодня ни одна страна не может справиться с глобальными проблемами в одиночку. Узбекистан готов вносить свой вклад в мир, основанный на доверии и взаимном уважении.




Agrobank Matbuot xizmati
22 сент., 16:28
Raqamli muhitda kiberxavfsizlik har bir xodimning kundalik faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Agrobank xodimlarining kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.📗 Bugun o‘tkazilgan seminarda “Kiberxavfsizlik markazi” DM mutaxassislari hamda Agrobank Axborot xavfsizligi departamenti xodimlari ishtirok etdi.✅ Tadbirda zamonaviy kiberxavflar va firibgarlik holatlari, axborot resurslaridan xavfsiz foydalanish, kiberhujumlarning oldini olish hamda ehtimoliy tahdidlarga qarshi samarali choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.👥 Shuningdek, xodimlarga shubhali xabar va havolalarni aniqlash, maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda axborot xavfsizligi talablariga rioya etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan




Agrobank Matbuot xizmati
22 сент., 15:15
Andijonda tadbirkorlik tashabbuslari joyiga chiqib o‘rganildi📗 “Agrobank” ATB Boshqaruvi tomonidan Andijon viloyatining Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, mavjud loyihalarni kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan o‘rganishlar olib borildi.📍Bo‘ston tumanida Agrobank Boshqaruvi va tuman hokimligi vakillari sabzavotchilik, muzlatkich omborlari, un ishlab chiqarish, chorvachilik va parrandachilik komplekslari, sut mahsulotlari ishlab chiqarish hamda boshqa qator loyihalar bilan joyiga chiqib tanishdi. Tadbirkorlarning faoliyat yo‘nalishiga mos kredit mahsulotlarini ishlab chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.📍Ulug‘nor tumanida ham bir qator tadbirkorlik subyektlari faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. Xususan, “Ulug‘nor Halol




Agrobank Matbuot xizmati
22 сент., 14:44
“Mening tomorqam”: tashlandiq yerdan — barqaror daromad manbaigacha📺 Bugun “O‘zbekiston 24” telekanalida “Agrobank” ATBning “Mening tomorqam” ko‘rsatuvining navbatdagi soni namoyish etiladi.🐟 Ushbu son Andijon viloyati Asaka tumani “Ne’matobod” mahallasida istiqomat qiluvchi Zohidjon Fayziyevning baliqchilikdagi ibratli tajribasiga bag‘ishlanadi.✅U 60 sotix tashlandiq yerni obod qilib, baliq yetishtirishga mo‘ljallangan ko‘lga aylantirdi. Ayni paytda bu yerda uch turdagi baliq parvarishlanmoqda.📈 Izlanish, tadbirkorlik, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan unumli foydalanish natijasida foydalanilmay yotgan maydon bugun yiliga 550 million so‘m daromad keltiradigan maskanga aylandi.Ko‘rsatuvda:✅ tashlandiq yerni
Agrobank Matbuot xizmati
22 сент., 09:41
переслано из @rasmiy_axborot_official
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
Agrobank Matbuot xizmati
21 сент., 14:33
“Loyihalar fabrikasi” — Buxoroda!📍 Buxoro viloyati Buxoro tumanida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan “Loyihalar fabrikasi” yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.📇 Yarmarka davomida fuqarolarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagidagi tashabbuskorlar uchun tayyor loyiha takliflari, imtiyozli moliyalashtirish imkoniyatlari hamda davlat va bank xizmatlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.✍️ Tadbirda har bir murojaat individual o‘rganilib, yangi ish o‘rinlarini yaratish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va hududlarda barqaror bandlikni ta’minlashga qaratilgan amaliy yechimlarga alohida e’tibor qaratildi.📗 Agrobank aholi
Agrobank Matbuot xizmati
21 сент., 13:33
📗"Agrobank" ATB Boshqaruvi O‘rta Chirchiq tumanidagi mahallalarda bo‘lib, tadbirkorlar va fuqarolarning mavjud masalalari, taklif hamda tashabbuslarini joyiga chiqib o‘rgandi.📍Xususan, "Xalqobod" mahallasida payvandlash bo‘yicha o‘quv kursi faoliyatini kengaytirish, "Rovatak" mahallasida esa issiqxona tashkil etish, bedanachilikni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud tadbirkorlik loyihalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.✅Shuningdek, limon, mandarin va qulupnay ko‘chatlari yetishtirayotgan lider tadbirkor faoliyatini kengaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar o‘rganilib, bank tomonidan tegishli takliflar bildirildi.O‘rganishlar yakunida aniqlangan masalalarga manzilli yechim topish, istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliy loyihalarga aylantirish bo‘yicha




Agrobank Matbuot xizmati
21 сент., 11:23
переслано из @agrobankchannel
Yana bir muhim marra zabt etildi!📱 Agrobankning Instagram sahifasidagi obunachilar soni 100 ming nafarga yetdi.📗 Bu natija — bizga bildirilgan ishonch, doimiy qo‘llab-quvvatlash va siz bilan shakllangan katta hamjamiyatning yorqin ifodasidir. Har bir fikr va izohingiz biz uchun qadrlidir.🙏 Biz bilan birga bo‘lgan barcha obunachilarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Bu — barchamizning yutug‘imiz. Oldinda esa yanada katta marralar va unutilmas lahzalar bor!📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Telegram


Agrobank Matbuot xizmati
21 сент., 10:36
переслано из @centralbankuzbekistan
❔❔❔“Bankda nima gap” o‘zi nima loyiha? “Bankda nima gap” — Markaziy bank va tijorat banklarini mijozlar bilan bir maydonda bog‘laydigan ochiq media-community. Maqsad — bank xizmatlarida uchrayotgan holatlarni ko‘rish, ularga tezroq munosabat bildirish va xizmatlarni yanada qulay hamda sifatli qilish. Nima yuborish mumkin? Kartangiz bloklandimi? Ilovada uzilish bo‘ldimi? To‘lov o‘tmay qoldimi? Bank xizmatida tushunarsiz yoki noqulay holatga duch keldingizmi? Holatni qisqa yozing, rasm yoki skrinshot qo‘shing va bizga yuboring. Qanday qo‘shilasiz? 1️⃣ Telegramdagi @bankdanimagap kanaliga a’zo bo‘ling. 2️⃣ Savol yoki murojaatingizni post izohida yozing yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri @tajriba_lab_bot orqali yuboring. 3️⃣ Eng ko‘p takrorlangan va ko‘pchilikka tegishli masalalarni e’lon qilamiz. 4️⃣ Teg
Agrobank Matbuot xizmati
19 сент., 16:37
переслано из @shmirziyoyev
Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni belgilab berdi. — Глава нашего государства обозначил новые возможности для дальнейшего развития Каракалпакстана.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Agrobank Matbuot xizmati
19 сент., 16:33
📗 Bugun, 19-sentabr kuni “Agrobank” ayol xodimlaridan tashkil topgan jamoalar o’rtasida sportning “Quvnoq startlar” bo’yicha musobaqa o‘tkazildi.✅Musobaqa sog’lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.🏆Musobaqa natijalari: 🥇 “Yulduzchalar” 🥈 “Quyoshli” 🥉 “Liderlar”👏G‘olib va sovrindor jamoalar Boshqaruv tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi.✨ Barcha ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz! Sportdagi faollik, jamoaviy birdamlik va yaxshi kayfiyat hamisha hamroh bo‘lsin!📱 Instagram




Agrobank Matbuot xizmati
19 сент., 10:43
переслано из @minbarortida
Prezident bilan uchrashuvga tayyorgarlik.




Agrobank Matbuot xizmati
18 сент., 16:50
переслано из @uzbekistan24_tvnews
#Mening_tomorqam | 15.09.20261000 jo‘ja — 40 kunda 15 million daromadmtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
