Последние посты

ALFRAGANUS UNIVERSITY
23 сент., 16:17изменён
🔴ISMNI TOPING LOYIHASI🟤Alfraganus universiteti "AFU pharm infinity" klubi tomonidan "Ismni toping" loyihasi o'tkazildi.🟤Batafsil videoda.🟤Klubga ulanish - @afu_pharm_infinity __________________________ — Qabul.afu.uz — Bakalavriat yo‘nalishlari — Magistratura mutaxassisliklari — Manzil — Alfraganus_callcenter — Call center: +998781227557😎 Telegram 😎 Instagram 😎 YouTube 😎 Facebook
ALFRAGANUS UNIVERSITY
23 сент., 16:12
☺️ OZARBAYJON | REYTING🟤Alfraganus universiteti 2025-yilda UI GreenMetric jahon reytingida o‘z natijasini sezilarli yaxshilab, 139 pog‘onaga yuqoriladi va 733-o‘rinni egalladi. Mazkur natija universitetning ekologik barqarorlik va “yashil kampus” yo‘nalishidagi faoliyatining muhim ko‘rsatkichidir.🟤Bugun, 23-sentabr kuni, Ozarbayjonning Boku shahrida UI GreenMetric 2026 xalqaro tadbirlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan universitet vakillari va xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.🟤Mazkur xalqaro tadbirda Alfraganus universiteti Xalqaro jurnallar va reytinglar bilan ishlash departamenti rahbari Nazirjon Rajabov ham ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida u UI GreenMetric raisi Dr. Vishnu Juwono bilan uchrashdi.🟤Shuningdek, dastur doirasida ECO-SYNERGY 2026 xalqaro ilmiy konferensiyasi tashkil etilib, unda chiqindilarni qayta ishlash, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda energiya samaradorligi kabi muhim ekologik masalalar muhokama qilinmoqda.🟤Alfraganus universitetining mazkur xalqaro tadbirdagi ishtiroki “yashil kampus” bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va yangi ekologik loyihalar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda. __________________________ — Qabul.afu.uz — Bakalavriat yo‘nalishlari — Magistratura mutaxassisliklari — Manzil — Alfraganus_callcenter — Call center: +998781227557😎 Telegram 😎 Instagram 😎 YouTube 😎 Facebook




ALFRAGANUS UNIVERSITY
23 сент., 13:55
☺️ FILOLOGIYA FAKULTETIDA 1-BOSQICH TALABALARI UCHUN MOSLASHUV DARSI OʻTKAZILDI🟤Bugun universitet Xotin-qizlar kengashi raisi Nafisaxon Marahimova hamda Filologiya fakulteti kengash raisi Gulnoraxon Umarbekova tashabbusi bilan 1-bosqich talaba-qizlari uchun psixologlar ishtirokida "Moslashuv darsi" tashkil etildi.🟤Tadbir tafsilotlari: — Psixologik tavsiyalar: Universitet psixologlari talabalarga yangi muhitga koʻnikish va adaptatsiya jarayoni boʻyicha muhim tushunchalar berishdi; — Klublar taqdimoti: Talabalar akademiyasi rahbari universitetda faoliyat yuritayotgan klublar va yaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berib oʻtdi.🟤Muloqot yakunida talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Filologiya lider qizlari” klubini tashkil etishga kelishib olindi.🟤Alfraganus universiteti — yoshlar tashabbusi va kelajagi uchun! _________________________— Qabul.afu.uz — Bakalavriat yo‘nalishlari — Magistratura mutaxassisliklari — Manzil — Alfraganus_callcenter — Call center: +998781227557😎 Telegram 😎 Instagram 😎 YouTube 😎 Facebook




ALFRAGANUS UNIVERSITY
23 сент., 12:24изменён
☺️ KATTA TANAFFUS🟤"AFU Notiqlik sirlari" klubi tomonidan talabalar uchun "Eng yaxshi ustozingizni yozib keting" loyihasi o'tkazildi.🟤Batafsil videoda!🟤Klubga ulanish - @Notiqlik_sirlari_AFU __________________________ — Qabul.afu.uz — Bakalavriat yo‘nalishlari — Magistratura mutaxassisliklari — Manzil — Alfraganus_callcenter — Call center: +998781227557😎 Telegram 😎 Instagram 😎 YouTube 😎 Facebook
ALFRAGANUS UNIVERSITY
23 сент., 12:22
☺️ CHORSHANBA — SPORT KUNI🟤Alfraganus universitetida an’anaviy “Chorshanba — sport kuni” doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha qizg‘in musobaqalar davom etmoqda.🟤Mazkur musobaqalar talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy faolligini oshirish hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.🟤Sport bellashuvlari yoshlar uchun o‘z mahoratini namoyon etish bilan birga, o‘zaro hurmat, do‘stlik va halol raqobat tamoyillarini mustahkamlash imkoniyatidir. _________________________— Qabul.afu.uz — Bakalavriat yo‘nalishlari — Magistratura mutaxassisliklari — Manzil — Alfraganus_callcenter — Call center: +998781227557😎 Telegram 😎 Instagram 😎 YouTube 😎 Facebook




ALFRAGANUS UNIVERSITY
23 сент., 12:17
☺️ ALFRAGANUS UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI FAOLIYATI ATROFLICHA OʻRGANILDI🟤Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor Ziyodullo Rahmatullayev boshchiligidagi ishchi guruh Ijtimoiy fanlar fakultetining barcha yoʻnalishlardagi faoliyatini atroflicha oʻrgandi. Shunindek, guruh sardorlari bilan uchrashuv ham tashkil etildi.🟤Oʻrganish davomida quyidagi asosiy masalalar qamrab olindi: — Oʻquv va akademik intizom: Dars jarayonlari, talabalar davomati hamda xonalarning moddiy-texnik holati; — Maʼnaviy-tarbiyaviy ishlar: Yoshlar oʻrtasidagi maʼnaviy muhit va darsdan tashqari tadbirlar tashkil etilishi; — Tyutorlik faoliyati: Talabalar bilan individual ishlash hamda ijara va yotoqxonada yashovchilar holatidan xabardorlik; — Ijro intizomi: Hujjatlar bilan ishlash va topshiriqlarning oʻz vaqtida bajarilishi.🟤Oʻrganish yakunida fakultet faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha masʼullarga aniq vazifa va tavsiyalar berildi. _________________________Bizda qabul davom etmoqda!✍ Qabul.afu.uz ✍ Bakalavriat yo‘nalishlari ✍ Magistratura mutaxassisliklari ✍ Manzil ✍ Alfraganus_callcenter ✍ Call center: +998781227557😎 Telegram 😎 Instagram 😎 YouTube 😎 Facebook




ALFRAGANUS UNIVERSITY
23 сент., 11:26
☺️ XAVFSIZ TALABA — UNIVERSITET VA JAMIYATDA XAVFSIZ MUHIT🟤Alfraganus universitetida talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida mazkur mavzuda davra suhbati tashkil etildi.🟤Tadbirda Davolash ishi va Pediatriya fakulteti tyutorlari, Xotin-qizlar kengashi raisi Nafisaxon Marahimova hamda universitet profilaktika inspektori, kapitan Dilnoza Narimbayeva ishtirok etdilar.🟤Muloqot davomida xavfsizlik qoidalari, talabalarning huquq va majburiyatlari hamda xotin-qizlarning huquqiy himoyasi muhokama qilindi. Talabalarga muammoli vaziyatlarda mas’ullarga o‘z vaqtida murojaat qilish yuzasidan tavsiyalar berilib, savollariga javob qaytarildi.🟤Xavfsiz talaba — xavfsiz jamiyat garovi! __________________________ — Qabul.afu.uz — Bakalavriat yo‘nalishlari — Magistratura mutaxassisliklari — Manzil — Alfraganus_callcenter — Call center: +998781227557😎 Telegram 😎 Instagram 😎 YouTube 😎 Facebook




ALFRAGANUS UNIVERSITY
23 сент., 10:37
☺️ MAKTABGACHA TA’LIMDA RAQAMLASHTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR🟤Alfraganus universitetida “Maktabgacha ta’limda raqamlashtirish masalalari: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.🟤Tadbirni Mo‘minjon Xo‘jayev va Jo‘rabek Mavlonov kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.🟤Seminarda Nurali Mavlonov, Munisxon Rizayeva, Mavluda Kubayeva va Azizbek G‘afurov ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.🟤Ma’ruzalar va muhokamalarda maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.🟤Tadbir olimlar va amaliyotchi mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish hamda sohadagi dolzarb muammolar yuzasidan takliflar bildirish uchun muloqot maydoni bo‘ldi. __________________________ — Qabul.afu.uz — Bakalavriat yo‘nalishlari — Magistratura mutaxassisliklari — Manzil — Alfraganus_callcenter — Call center: +998781227557😎 Telegram 😎 Instagram 😎 YouTube 😎 Facebook




ALFRAGANUS UNIVERSITY
22 сент., 16:28изменён
☺️ TALABALIK DAVRIDAYOQ RAHBAR BO‘LISHNI XOHLAYSIZMI?🔵 Bu imkoniyat Alfraganus universitetida bor.🔵 Universitetda talabalar rahbarligidagi yuzga yaqin klublar faoliyat olib boradi. Siz ham safimizga qo’shiling!🟤BIZDA QABUL DAVOM ETMOQDA… __________________________ — Qabul.afu.uz — Bakalavriat yo‘nalishlari — Magistratura mutaxassisliklari — Manzil — Alfraganus_callcenter — Call center: +998781227557😎 Telegram 😎 Instagram 😎 YouTube 😎 Facebook
ALFRAGANUS UNIVERSITY
22 сент., 16:21
☺️ ALFRAGANUS UNIVERSITETI — ILMIY-INNOVATSION LOYIHA TANLOVIDA ISHTIROK ETDI🟤Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilingan Imom Dorimiyning noyob ilmiy merosini zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida o‘rganish, tarjima qilish va keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ilmiy-innovatsion loyihalar tanlovi o'tkazildi.🟤Ushbu tanlovda Alfraganus universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boyicha prorektori Xo‘jayev Mo‘minjon Isohonovich va loyiha rahbari Jurayeva Nazokat Gulmurodovna — fil.f.n., professor v.b. lar ishtirok etdi.🟤Loyiha doirasida Imom Dorimiyning “Sulosiyoti fil hadis” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilish, 3D vizualizatsiya hamda sun’iy intellekt texnologiyalariga ega uch tilli mobil ilova yaratish ko‘zda




ALFRAGANUS UNIVERSITY
22 сент., 15:59
☺️ “LEYTENANT” HARBIY UNVONINI OLISH IMKONINI BERUVCHI O‘QISHGA TANLOV ASOSIDA QABUL JARAYONI BOSHLANMOQDA🟤 Alfraganus universitetida 3-kursda tahsil olayotgan o‘g‘il bolalar uchun harbiy tayyorgarlik yo‘nalishida muhim tushuntirish tadbiri tashkil etildi.🟤 Tadbir Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilib, talabalarga oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng zaxiradagi “leytenant” harbiy unvonini olish imkonini beruvchi o‘qishga tanlov asosida qabul jarayoni haqida batafsil ma’lumot berildi.🟤 Uchrashuv davomida talabalarga tanlovning asosiy bosqichlari, unga qo‘yiladigan talablar hamda tayyorgarlik jarayonining muhim jihatlari tushuntirildi.




ALFRAGANUS UNIVERSITY
22 сент., 15:50
🇺🇿 BARCHA TALABALAR UCHUN MAXSUS CHEGIRMA!🟤 Alfraganus universitetining barcha bosqich, barcha yo‘nalish va barcha ta’lim shakli talabalari diqqatiga!🟤 2026-yil 10-oktyabrga qadar kontrakt shartnomasida belgilangan to‘lov summasi 100% miqdorda amalga oshirilgan taqdirda, 10% miqdorida chegirma taqdim etiladi.🟤 Chegirma imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! To‘lovni joriy yilning 10-oktyabrgacha amalga oshiring va 10% chegirmadan foydalaning.🇷🇺 Русский🇬🇧 English _________________________✍ Qabul.afu.uz ✍ Bakalavriat yo‘nalishlari ✍ Magistratura mutaxassisliklari


ALFRAGANUS UNIVERSITY
22 сент., 14:06
☺️ “SMART KITOB” — MAXSUS INFOGRAFIKALAR TO‘PLAMI🟤“Taraqqiyot strategiyasi” markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligiga (35 yilligi) bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan “Smart kitob” — maxsus infografikalar to‘plamini taqdim etdi.🟤Kuzatib boring! _________________________— Qabul.afu.uz — Bakalavriat yo‘nalishlari — Magistratura mutaxassisliklari — Manzil — Alfraganus_callcenter — Call center: +998781227557😎 Telegram 😎 Instagram 😎 YouTube 😎 Facebook _________________________— Qabul.afu.uz — Bakalavriat yo‘nalishlari




ALFRAGANUS UNIVERSITY
22 сент., 13:33изменён
☺️ TALABALAR AKADEMIYASIDAN YANGI TASHABBUSLAR🟤Talabalar oʻzini oʻzi boshqarish akademiyasining yoʻnalish rahbarlari ishtirokida muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi.🟤Uchrashuvda akademiyaning 2026/2027-oʻquv yilidagi ustuvor vazifalari hamda yangi tashabbuslari atroflicha muhokama qilindi.🟤Yangi oʻquv yilida Talabalar akademiyasini yanada ulkan marralar va yangi imkoniyatlar kutmoqda!🟤Akademiyaga a’zo bo’lishni istagan talabalar @Suhrob0502 ga yozma murojaat qilishi mumkin. _________________________— Qabul.afu.uz — Bakalavriat yo‘nalishlari — Magistratura mutaxassisliklari — Manzil — Alfraganus_callcenter — Call center: +998781227557😎 Telegram 😎 Inst
ALFRAGANUS UNIVERSITY
22 сент., 12:32
☺️ XALQARO HAMKORLIK | YAPONIYA🟤Alfraganus universitetiga Yaponiyaning yetakchi taʼlim va raqamli texnologiyalarga asoslangan “Media Mitsumura Co Ltd” kompaniyasi prezidenti va bosh direktori Akita Norihiro, “Digital Knowledge Co Ltd” kompaniyasining Xalqaro loyihalar boʻyicha vakili Gyoda Yoshihiro, Loyiha koordinatori va tarjimon Farzona Dustmatovalar tashrif buyurdi.🟤Batafsil videoda _________________________— Qabul.afu.uz — Bakalavriat yo‘nalishlari — Magistratura mutaxassisliklari — Manzil — Alfraganus_callcenter — Call center: +998781227557😎 Telegram 😎 Instagram 😎 YouTube 😎 Facebook
ALFRAGANUS UNIVERSITY
22 сент., 11:40
☺️ TIBBIYOT KUTUBXONASIGA TASHRIF: TALABALAR ILM-FAN BILAN🟤Davolash ishi va Pediatriya fakulteti 1-bosqich talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ilmiy-tibbiyot kutubxonasiga tashrif buyurdi.🟤Tashrif davomida boʻlajak shifokorlar kutubxonaning boy ilmiy fondi, noyob tibbiy adabiyotlar hamda zamonaviy elektron imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.🟤Tashrif doirasida: Talabalar kutubxonaga toʻliq aʼzo qilindi va resurslardan samarali foydalanish tartiblari oʻrgatildi, mutolaa madaniyati, ilmiy izlanishlar olib borish va mustaqil ta’limning boʻlajak tibbiyot xodimi hayotidagi oʻrni haqida samimiy muloqot oʻtkazildi. _________________________— Qabul.afu.uz — Bakalavriat yo‘nalishlari — Magistratura




ALFRAGANUS UNIVERSITY
22 сент., 11:12
☺️ TALABALIKNING ENG YORQIN LAHZALARI — ALFRAGANUSDA🟤Alfraganus universitetida ta’lim jarayonlari, talabalar hayoti va universitetdagi unutilmas lahzalar aks etgan foto lavhalarni e’tiboringizga havola etamiz.🟤Har bir kadr — Alfraganusdagi faol, mazmunli va jo‘shqin talabalik hayotining bir bo‘lagi! _________________________✍ Qabul.afu.uz ✍ Bakalavriat yo‘nalishlari ✍ Magistratura mutaxassisliklari ✍ Manzil ✍ Alfraganus_callcenter ✍ Call center: +998781227557😎 Telegram 😎 Instagram 😎 You




ALFRAGANUS UNIVERSITY
22 сент., 11:07
☺️ AFU STOM KLUBI — VOLONTYORLIK TASHABBUSLARINI BOSHLADI🟤 Alfraganus universiteti Stomatologiya va farmatsiya fakulteti va "AFU stom" klubi rahbarlari tomonidan amaliyot o‘tash maqsadida Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ahmad Yugnakiy mavzesida joylashgan 256-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.🟤 Amaliyot davomida klub rahbarlari maktabdagi ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishib, stomatologiya yo‘nalishidagi amaliy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha zarur tajriba va ko‘nikmalarni amalga oshirdilar. _________________________✍ Qabul.afu.uz ✍ Bakalavriat yo‘nalishlari ✍ Magistratura mutaxassisliklari ✍ Manzil



