Последние посты

Alisher Sadullaev
23 сент., 14:40
Yurtboshimiz Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi Sunʼiy intellekt markaziga tashrif buyurib, yoshlarning startap loyihalari bilan tanishdi.Davlatimiz rahbari yoshlar yaratgan startaplar bilan yaqindan tanishib, ularning bilim va intellektual salohiyatiga yuqori baho berdi.Samimiy muloqot davomida yigit-qizlar mamlakatimizda startap ekotizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbus va takliflarini bildirdi.@alisher_sadullaev




Alisher Sadullaev
23 сент., 13:45
G’alabaaaaa!!!!
Alisher Sadullaev
23 сент., 13:19
⚡️Qoyilmaqom!!!O’zbekiston shaxmatchilari Xitoy terma jamoasiga qarshi ishonchli g’alaba qozonishga juda yaqin!!!Bu jiddiy qadam, do’stlar. Avval Hindiston endi Xitoy terma jamoasi ketma-ket taslim etilmoqda!!!
Alisher Sadullaev
23 сент., 12:55
🇺🇿 O‘zbekiston – 🇨🇳 Xitoy!Nodirbek ustunlikni oshiryapti. Javohirda muvozanat. Yoqubboyevda kurash teng. Muhiddin ham pozitsiyani ushlab turibdi.🔴jonli efirYigitlar, bo‘sh kelmang!@alisher_sadullaev




Alisher Sadullaev
23 сент., 10:02
⚡️G‘alaba uchun 200 ming dollar. Bundan ortiq motivatsiya bormi?🇺🇿 Davlatimiz rahbari qarori bilan shaxmat bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqalar g‘olib va sovrindorlari uchun mukofot pullari oshirildi.Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasida endi oltin medal uchun 200 ming, kumush uchun 100 ming, bronza uchun 50 ming dollar beriladi.Yoshlar o‘rtasidagi Olimpiada va paralimpiadada mukofotlar 20 ming, 10 ming va 5 ming dollar etib belgilandi. Jahon va Osiyo miqyosidagi musobaqalar sovrindorlari, shuningdek, xalqaro grossmeyster unvonini olgan shaxmatchilar uchun ham rag‘bat miqdori oshirildi.Bu qarorning aynan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi davom etayotgan kunlarda qabul qilingani shaxmatchilarimiz uchun juda katta motivatsiya bo‘ladi.Qaror jamoamizga qo‘shimcha ruh berishi aniq. Eng muhimi, bu rag‘bat bugungi Olimpiada ishtirokchilarigagina emas, ularning o‘yinlarini kuzatib, shaxmatga havas qilayotgan minglab yoshlarimizga ham katta maqsadlar beradi.🇨🇳 Qolaversa, bugun Xitoyga qarshi muhim tarixiy o‘yin. Yigitlar, Prezidentimizning ushbu qarori ayni pallada shijoatingizga shijoat qo‘shsin.Olg‘a, azamatlar! G‘alaba yor bo‘lsin! Barcha jamoamizga muvaffaqiyat tilaymiz!🔴Jonli efirni Uzchess Youtube kanalida tomosha qiling!@alisher_sadullaev


Alisher Sadullaev
23 сент., 07:35
Prezidentimiz Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Andijon tumanidagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Eco Cotton” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.Davlatimiz rahbari korxona ishchilari bilan samimiy muloqot qildi.Shu yerning o‘zida Yurtboshimizga viloyatda yoshlar bilan ishlash, ularni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish hamda bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va rejalar to‘g‘risida axborot berildi.@alisher_sadullaev




Alisher Sadullaev
21 сент., 16:48изменён
🤯 Shaxmat Olimpiadasidagi raqiblarimiz:6-tur: 1,5 mlrd aholiga ega mamlakat 🇮🇳 7-tur: 1,4 mlrd aholiga ega mamlakat 🇨🇳
Alisher Sadullaev
21 сент., 14:44
😅😅😅


Alisher Sadullaev
21 сент., 14:37

Alisher Sadullaev
21 сент., 14:28

Alisher Sadullaev
21 сент., 14:20
Tarixiy g’alabaga juda yaqinmiz!!!
Alisher Sadullaev
21 сент., 13:22
O’zbekiston – Hindiston!!!O’yin yonyapti 🔥🔥🔥https://www.youtube.com/live/DALYpuTttj8?si=rdA0Y_tcTuxbkeHcYouTubeO'zbekistonDunyoning eng kuchli shaxmatchilari, yuzlab milliy terma jamoalar va shaxmat olamining eng yirik nomlari bir sahnada jam bo‘lmoqda. 🏆 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasi rasman boshlanadi! Va bu safar jahon shaxmatining markazi — O‘ZBEKISTON! Ochilish marosimida…
Alisher Sadullaev
21 сент., 10:09

Alisher Sadullaev
21 сент., 09:45
O‘zbekiston – Hindiston. Shaxmat “El-Klassiko”sini o‘tkazib yubormang!Birozdan so‘ng 6-tur va biz orziqib kutgan O‘zbekiston – Hindiston o‘yini boshlanadi.Hindiston misolida Olimpiadadagi jamoaviy taktika qanday ishlashini kuzatish juda qiziq. Bir necha oydan keyin Javohir Sindorov bilan jahon toji uchun o‘ynaydigan Gukesh bu yerda Hindistonning 4-taxtasida o‘tiribdi. Avvaliga g‘alati tuyuladi. Jahon chempioni nega to‘rtinchida?Oddiy turnirda shaxmatchi o‘zi uchun o‘ynaydi. Olimpiadada esa to‘rtta shaxmatchining natijasi qo‘shilib, jamoaning umumiy natijasiga aylanadi. Hindiston Gukeshni 4-taxtaga qo‘yib, nazarimizda, aynan shu taxtada ustunlik qidirmoqda.Hindiston shu paytgacha Gukesh orqali izlagan ustunlikni bugun Shamsiddin to‘xtatishi kerak.Vohidovning kuchiga shubha yo‘q, u Olimpiadada 4 partiyadan 3,5 ochko jamg‘argan. Gukeshda ham shunday. Demak, bu taxtada jiddiy jang


Alisher Sadullaev
20 сент., 17:33
2022-yil, Chennai, O'zbekiston-Hindiston 2:2 O'zbekiston Chempion!2024-yil, Budapesht, O'zbekiston-Hindiston 2:2 Hindiston Chempion!2026-yil, Samarqand O'zbekiston-Hindiston? Chempion?!
Alisher Sadullaev
20 сент., 17:04
Ertaga 🔥🔥🔥🇺🇿O’zbekiston – 🇮🇳HindistonOlg’a O’zbekiston!!!
Alisher Sadullaev
20 сент., 16:08

Alisher Sadullaev
20 сент., 16:03
5-tur yakuni. Vengriya ustidan yirik g‘alaba, AQSH bilan durang!Erkaklar o‘rtasida asosiy jamoamiz Vengriyaga hech bir taxtada imkon qoldirmadi. To‘rt partiya, to‘rtta g‘alaba va yakunda 4:0! Olimpiada darajasida bunday yirik hisob jamoamizning kuchi, ishonchi va yaxshi maromda ketayotganini ko‘rsatib turibdi.Ayollar o‘rtasida ham asosiy jamoamiz kuchli AQSH terma jamoasiga qarshi munosib bahs olib bordi va durang qayd etdi.Qizlarimizga alohida olqish! Kuchli raqib qarshisida olingan bu natija keyingi bahslar oldidan yanada katta ishonch beradi.Barcha jamoalarimizga keyingi turlarda zafar tilaymiz! Sizlarni butun O‘zbekiston kuzatyapti. Butun dunyo kuzatyapti!Sizlar eng zo‘risiz!@alisher_sadullaev


Alisher Sadullaev
20 сент., 15:45
⚡️Juda muhim kunErkaklar O’zbekiston - Vengriya (4:0)Ayollar O’zbekiston - AQSh (2:2)
Alisher Sadullaev
20 сент., 13:31
