Последние посты

Alisher Tojiev
22 сент., 14:52
Bugun ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida Startup & Venture Summit’da bo‘ldik.Startaplar, investorlar, venchur fondlar va davlat vakillari bir joyda. O‘zbekiston texnologik ekotizimi qanday sur’atda rivojlanayotganini his qilish mumkin bo‘lgan muhit.Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ham tadbirda ishtirok etib, nutq so‘zladi.DOMO stendida esa kun davomida koʻplab mehmonlarni kutib oldik. Savollar, qiziqishlar, yangi tanishuvlar va loyihamiz haqida samimiy suhbatlar.Har safar DOMO haqida gapirganimizda bitta narsani tushuntirishga harakat qilamiz:DOMO shunchaki to‘lov tashkiloti emas. Biz uyingizning raqamli yordamchisini qurmoqdamiz. 💙Bugun yana bir bor amin bo‘ldim: O‘zbekiston tech ekotizimi o‘smoqda. Yangi g‘oyalar, yangi jamoalar, yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda.Biz esa bu o‘sishni chetdan kuzatayotganlar emas, uning ichida o‘z hissasini qo‘shayotgan
Alisher Tojiev
22 сент., 12:00
🚀 Founder bo'lish qo'lingizdan keladimi? ICT Week'da bilib olasiz DOMO & IT Park ICT Week doirasida «I am Founder challenge» o'tkazadi. Bu oddiy viktorina emas 👇 🧠 Nima sinovdan o'tkaziladi? Savollar uch blokdan tuzilgan: • IQ — mantiq va tez fikrlash •
Alisher Tojiev
22 сент., 09:43
Bizning vazirimizda bir fazilat bor: samimiyat.Kichik startap egalarini ham katta hurmat bilan tinglaydilar. Har bir fikrga e’tibor, har bir suhbatga chin yurakdan yondashuv. Bunday munosabatni ko‘rish va his qilishning o‘zi katta motivatsiya.Bugun ham mehmonlarning qalbida qoladigan samimiy so‘zlar bilan chiqish qildilar. O‘zbekistondan chiqqan Startap Asoschisi degan nom menga ham nasib etganidan xursandman.Vazirimiz oldimizga katta maqsad qo‘ydilar: O‘zbekistondan chiqqan yunikornlardan biri bo‘lishimiz shart.Bu men uchun oddiy tilak emas. Bu katta ishonch, mas’uliyat va o‘zimizga qo‘yilgan yuqori talab.Va ishonch bilan ayta olamanki, jamoam bilan bunga harakat qilamiz. Chunki bizning maqsadimiz shunchaki yaxshi mahsulot yaratish emas, O‘zbekistondan dunyoga chiqadigan texnologik kompaniya qurish.DOMO hali o‘zining eng katta hikoyasini yozgani yo‘q.@AlisherAhmatovich
Alisher Tojiev
22 сент., 05:26

Alisher Tojiev
20 сент., 11:17
переслано из @domouz
🚀 Founder bo'lish qo'lingizdan keladimi? ICT Week'da bilib olasizDOMO & IT Park ICT Week doirasida «I am Founder challenge» o'tkazadi. Bu oddiy viktorina emas 👇🧠 Nima sinovdan o'tkaziladi? Savollar uch blokdan tuzilgan: • IQ — mantiq va tez fikrlash • EQ — jamoa va mas'uliyat bo'yicha vaziyatlar • Psixologik — tavakkal va noaniqlikda harakatShu orqali founderlikka ishtiyoqingiz va layoqatingiz bor-yo'qligini aniqlaymiz.🎁 Sovrinlar: • Har kuni 15–17 kishi — Mi Band 10 • Final g'olibi — iPhone 18 Pro Max • Barcha qatnashchilarga — DOMO futbolka📌 Muhim: faqat 1 000 kishi qatnasha oladi. Futbolka — kirish chiptasi.Ro'yxatdan o'tish botda 👇
Alisher Tojiev
19 сент., 09:18

Alisher Tojiev
19 сент., 07:31
Assalomu alaykumHafta davomida har kuni 12-14 soat ishlayman. DOMO loyihamizni qurish bilan bir qatorda jamoaviy o‘sish, O‘zbekistondagi boshqa Asoschilarga ko‘maklashish, ota-onalarga farzandlarining bilim va tarbiyasi, mutaxassislik yo‘lini topishida yordam berish, tadbirkorlarga bizneslarini rivojlantirishda AI Agentlar bilan ko‘maklashish va yana bir necha o‘nlab faoliyat va sohalarga ulguraman.Qizig‘i, bularning barchasi menga DOMO startapimni rivojlantirishga yordam beradi.“Qayerdan bunaqa g‘oyalarni topyapsizlar?”, “Qanday qilib bunaqa tez o‘sish mumkin?” kabi savollarga javobim bitta:Xalq va bozor markazida bo‘ling. Kerakli bo‘ling. Foydangiz tegsin.Siz kimgadir bilim berasiz, kimningdir muammosini hal qilasiz, yana kimningdir yo‘lini ochishga yordam berasiz. Va bir kun kelib, bularning barchasi sizga boshqa shaklda qaytadi.Yangi g‘oya bo‘lib, kerakli inson bo‘lib,
Alisher Tojiev
19 сент., 07:15
переслано из @uzbekistan24_tvnews
#Studiya_24 | 17.09.2026Raqamli infratuzilmada innovatsiyalar va sun'iy intellekt: yangi iqtisodiyot poydevorimtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
Alisher Tojiev
19 сент., 07:15
переслано из @munosabat_tokshousi
👍✅✅✅📹"Munosabat" ko'rsatuvidanTo'liq ko'rsatuv bu yerda📍 "Munosabat" 🔥📺O'zbekiston telekanalida tomosha qiling#munosabatRasmiy sahifalarimiz✅ 😎 Telegram 😎 Instagram 😎 Facebook 😎 YouTube
Alisher Tojiev
15 сент., 14:21
переслано из @domouz
Кейинги DOMO қандай бўлади? Буни сиз ҳал қиласиз 💙Иловада қисқа сўровнома жойладик. Саволларга жавоб бериш бор-йўғи 5 дақиқа вақт олади.Яна бир гап: жавобларингизни DOMO асосчиси Алишер Тожиевнинг ўзи ўқийди. Демак фикрингиз тўғри эгасига етиб боради.Нима ёқади, нималарни ўзгартириш ёки қўшишимиз мумкин - саволларга жавоб беринг. Кейинги янгиликлар айнан шу жавоблар асосида ишлаб чиқилади.📲 Иловани очинг ва сўровномада қатнашинг
Alisher Tojiev
15 сент., 14:21
переслано из @domouz

Alisher Tojiev
12 сент., 05:02

Alisher Tojiev
10 сент., 14:10
Hozirgina, Apex Bank bilan ketayotgan ishlarimizning status almashinish maqsadida uchrashuv tugadi.Endi navbat ham investorim ham hamkorim bilan 800 kalloriya yoqish uchun ketyapman, ular 1600 yoqadilar)))Agar chiqqanimda kuch topa olsam qolganini aytaman. Oʻzi sizlarga qiziqmi?Agar shunaqa lifestory yozishimni kutayotganlar boʻlsa — 🔥 qoldiring
Alisher Tojiev
10 сент., 10:48

Alisher Tojiev
10 сент., 08:53изменён
Alifbo oʻzgarish taklifini Senat tasdiqlabdi, juda katta xatolarimizdan biri boʻlmasin ishqilib.Haliyam kech emas, oʻzi endi moslashayotgan edik. Juda ham koʻp va xoʻp xarajat hamda savodsizlikka olib borishi mumkin.
Alisher Tojiev
10 сент., 07:17изменён
Inqilob har doim yangi narsani o‘ylab topishdan boshlanmaydi.Ba’zan dunyoda allaqachon bor bo‘lgan narsalarga boshqacha qarashning o‘zi kifoya.Christopher Nolan’ni olaylik.Kinoda kamera, aktyor, syujet, ovoz, montaj va effektlar undan oldin ham bor edi. Hatto IMAX ham undan oldin mavjud edi. Lekin Nolan mavjud imkoniyatlarni shunchaki ishlatmadi. U ularni o‘z falsafasiga bo‘ysundirdi va natijada butun bir kino tili o‘zgardi.DOMO bilan ham men aynan shuni ko‘ryapman.Uyimdagi gaz, suv, elektr uchun to‘lov qilish funksiyasi bozorda bizdan oldin ham bor edi.Hatto deyarli barcha yirik to‘lov tashkilotlarida ham “Mening uyim” degan funksiya mavjud.Lekin masala funksiyada emas.Masala — uni qanday mahsulotga aylantirishda.DOMO atigi ~1,5 yil ichida qariyb 3 million foydalanuvchiga yetdi va bir yildan beri O‘zbekistondagi ilovalar orasida TOP-20 ichidan tushmay kelmoqda.
Alisher Tojiev
9 сент., 15:20
Yaxshilikni javobi yaxshilikdir.Biz bugun jamoamiz bilan Oʻzbek futboliga oʻzimizni startapcha yondashishimiz bilan DOMO ilovasining kommunal xayriya boʻlimida “Bunyodkor chiroqlarini birga yoqamiz” aksiyasini tashkil qilib 400’dan ortiq foydalanuvchilar tomonidan 4 000 000 soʻmga yaqin xayriya qilib berdik.Kichik bir qilgan ishimizni Oʻzbekistondagi barcha futbolga oid kanallar bir necha Millionlab foydalanuvchilarga yetkazishdi va Startapimizni yanada ommalashishiga olib keldi.Xullas, oʻsha gap: yaxshilikning javobi yaxshilikdir!DOMO trendda!
Alisher Tojiev
9 сент., 09:36
переслано из @domouz
"Бунёдкор" стадионига биргаликда ёрдам берамизми?Хабарингиз бўлса керак - қарздорлик сабабли 4-сентябрдан «Бунёдкор» стадионининг электр таъминоти вақтинча тўхтатилган. Қарз миқдори - 1 727 921 161 сўм.Рақам катта туюлади. Лекин биргаликда қарасак:Бу қарзни тўлашга 2 миллиондан ортиқ киши қўшилса, ҳар биримизга атиги 600 сўмдан тўғри келади.Шунинг учун DOMO иловасининг Хайрия бўлимида стадионнинг электр ҳисоби учун махсус бўлим очилди. Ҳар бир тушган сўм тўғридан-тўғри қарзни ёпишга йўналади.Хайрия қилиш учун ҳавола 👇🔗 DOMO иловаси → Хайрия → «Бунёдкор» стадиониФутбол - ҳаммамизники. Стадион ҳам.↗️ Постни каналингизга ва дўстларингизга жўнатинг💙 DOMO - сизники!
Alisher Tojiev
8 сент., 11:44
переслано из @tsueuzofficial
#Birinchi_kurs_maktabi #Startap🇺🇿 Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti talabalari uchun mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.➡️ Seminar davomida Domo.uz va boshqa ko‘plab mashhur startap loyihalar asoschisi Tojiyev Alisher Ahmatovich mehmon sifatida ishtirok etib, talabalarga o‘z mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini ulashdilar.🇺🇿TDIU Axborot xizmati🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Alisher Tojiev
8 сент., 07:15
Mani ham koʻp Chet eldan kelgan tanishlarim yoki umuman oʻzbekchani bilmagan tanishlarim ham farzandlarini negadir oʻzbek maktablariga berishmoqda sabab nima deb oʻylaysiz?— Muhrim aka posti — Sardor aka posti
Подписчики пишут боту, вы отвечаете реплаем, ваш аккаунт скрыт. Создаётся в одно касание.
Как это работает →