Последние посты

Komil Allamjonov
21 сент., 20:14
переслано из @sshmirziyoyeva
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное




Komil Allamjonov
17 сент., 14:26
переслано из @sshmirziyoyeva
“O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdim. “O‘zbekfilm” shunchaki kinostudiya emas, balki qariyb bir asr davomida xalqimizning tarixi, taqdiri, orzu-armonlari va kechinmalarini ekranda aks ettirgan milliy kino maskanidir. Endigi vazifa — uni zamonaviy O‘zbekiston kino industriyasining milliy brendi va tayanch markaziga aylantirish.Buning uchun kino sohasida boshqaruv tizimi o‘zgarishi kerak. Bundan buyon davlat filmning ijodiy jarayoniga aralashadigan buyurtmachi emas, sohani rivojlantiradigan va moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydigan strategik hamkor bo‘ladi. Xususiy kinostudiyalar, mustaqil prodyuserlar va ijodkorlar esa industriyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi.Kinoni ishlab chiqarishdan tomoshabingacha bo‘lgan butun zanjir — moliyalashtirish, distributsiya, prokat, festivallar va eksport — zamonaviy talablar asosida




Komil Allamjonov
17 сент., 11:13
переслано из @sshmirziyoyeva
Yangi Toshkent hududida bo‘lib, zamonaviy bino va inshootlar qurilish jarayoni bilan tanishdik.Shahar ko‘z o‘ngimizda shiddat bilan qad rostlamoqda va rivojlanmoqda. Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan mazkur bunyodkorlik doirasida bugun ulkan, keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda.Britaniyalik me’morlar tomonidan puxta va uzoqni ko‘zlab ishlab chiqilgan shahar konsepsiyasi kelgusi o‘n yilliklar uchun mustahkam asos yaratdi. Poydevor qo‘yildi, biroq shaharning ertangi kuni qanday bo‘lishi endi bevosita o‘zimizga bog‘liq.Aynan shuning uchun tadbirkorlarimiz Yangi Toshkentga alohida e’tibor qaratishlarini istardim. Bu yerga sarmoya kiriting, qurilish qiling, o‘z biznesingizni yo‘lga qo‘ying. Mazkur maskanning istiqboli va imkoniyatlari beqiyos.Keling, ushbu betakror, yangi shaharni birgalikda bunyod etaylik!—Мы посетили Новый Ташкент и ознакомились с




Komil Allamjonov
17 сент., 10:34
переслано из @sshmirziyoyeva
Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak. Ayniqsa, issiq iqlimimiz sharoitida daraxtlar, suv havzalari va soya-salqin joylar aholi turmush sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.Shayxontohur tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi istirohat bog‘i hududini ko‘zdan kechirdim. Bu yerda ko‘l, ko‘kalamzor maydonlar paydo bo‘ladi hamda oilaviy, bolalar bilan dam olish, sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish uchun barcha qulayliklar muhayyo qilinadi.Bunday maskanlar poytaxtimizning barcha tumanlarida tashkil etilishi lozim. Shaharda istirohat bog‘larini yanada ko‘paytirish, mavjud yashil hududlarni asrab-avaylash, yangi ekologik toza mavzelarni barpo etish zarur.Toshkentni rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri shu, biz boshlangan ishlarni qat’iy davom ettiramiz.—Ташкенту нужно больше зелёных пространств. Особенно в нашем жарком климате, где деревья, вода и тень




Komil Allamjonov
16 сент., 07:32
переслано из @sshmirziyoyeva
Administratsiyadagi jamoamiz bilan qizg‘in tahliliy muhokama o‘tkazdik. Muhim yo‘nalishlar va yaqin kelajakda amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan yirik loyihalarni atroflicha ko‘rib chiqdik.Biz doimiy ravishda mana shunday ochiq formatda ish olib boramiz: ustuvor vazifalarni belgilaymiz, dolzarb masalalarni tahlil qilamiz, turli yechimlarni o‘rtaga tashlab, ular orasidan eng samaralilarini tanlab olamiz.Har bir mavzuning butun jamoa ishtirokida muhokama qilinishi vaziyatni kengroq baholash, yangi imkoniyatlarni ko‘ra olish hamda eng maqbul yondashuvlarni topishga xizmat qiladi.Yakunda aniq vazifalarni belgilab, Davlatimiz rahbariga taqdim etiladigan asosli takliflarni jamlaymiz.—В Администрации мы с командой провели большой мозговой штурм. Обсудили важные направления и крупные проекты, которые можем реализовать в ближайшее время.Мы регулярно работаем в таком формате.




Komil Allamjonov
15 сент., 08:20
переслано из @sshmirziyoyeva
Toshkent | 14.09.2026—Ташкент | 14.09.2026
Komil Allamjonov
15 сент., 05:03
переслано из @sshmirziyoyeva
Toshkent shiddat bilan kengayib bormoqda, shaharsozlik va ekologiya bilan bog‘liq bugungi vaziyatni inobatga olsak, uning kelajagi har qachongidan ham jiddiy e’tibor va tahlilni talab qilmoqda.Shu maqsadda qator yirik me’moriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdik.Birgalikda yechim topishimiz kerak bo‘lgan masalalar talaygina — muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlar zimmasiga katta yuk tushayotganidan tortib, elektr hamda suv ta’minoti muammolarigacha. Yangi qurilishlar shaharni rivojlantirishga xizmat qilishi, qo‘shimcha nomutanosiblik keltirib chiqarmasligi va hududiy tizimlarni ortiqcha zo‘riqtirmasligi kerak.Oldimizda turgan maqsadlar ulkan, biz Toshkentni har bir yurtdoshimiz hamda shahrimiz mehmonlari uchun yanada qulay,




Komil Allamjonov
8 сент., 14:10
Jamoamiz bilan ushbu tadbirni tashkil qilganimizga roppa-rosa 9 yil bo‘libdi.Oradan shuncha vaqt o‘tsa ham, hayajon hamon o‘sha-o‘sha.—Ровно 9 лет назад мы вместе с нашей командой провели это мероприятие.Прошло столько времени, а волнение всё то же.
Komil Allamjonov
5 сент., 16:45
AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi. Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Yangi Bosh
